MKBANK
14.3K subscribers
3.05K photos
443 videos
1.62K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
#mahallada_nima_gap

Bank tizimi haqida doimo “mahallada” har xil gaplar yuradi. Yangi rubrikamiz orqali Siz bilan birgalikda turli mish-mishlarga javob izlaymiz.

❗️“IPOTEKA KREDITI FAQAT TANISH-BILISHLARGA BERILADI!”

Bo‘lmagan gap! Siz avval barcha xat-hujjatlaringizni tayyorlang, ipoteka krediti olish shartlari bilan tanishib chiqing, agar hujjatlaringiz barcha talablarga javob bersa, kredit ajratiladi. Chunki hech bir xodim bank tizimidagi mavjud qonun-qoidalarni buzishni xohlamaydi. Ishoning, barcha shartlarni bajarsangiz banklar Sizni qaytarmaydi!

👉 Yana bir masala borki, bu – bankning kredit bazasi.

Agar bankda kredit ajratish ma’lum muddat to‘xtatilgan bo‘lsa, xodimlar Sizga ma’lum tushuntirish beradi. Har qanday holatda ham, o‘z haqingizni talab qilishdan, ya’ni nima uchun kredit ajratilmayotgani, yana qanday hujjatlar yetishmayotgani haqida ma’lumot so‘rashdan aslo qaytmang. Zero, tushunmovchiliklar to‘liq yetkazilmagan axborot natijasida yuzaga keladi.

Xo'sh mahallada yana nima gaplar...
#mahallada_nima_gap

Bank tizimi haqida doimo “mahallada” har xil gaplar yuradi. Siz bilan birgalikda turli mish-mishlarga javob izlaymiz.

❗️“TA'LIM KREDITINI OLISHNING ILOJI YO'Q!”

Bo‘lmagan gap! Ta'lim krediti yangilangan tartibda 14 fozidan banklar tomonidan ajratilmoqda. Siz avval barcha xat-hujjatlaringizni tayyorlang, ta'lim krediti olish shartlari bilan tanishib chiqing, agar hujjatlaringiz barcha talablarga javob bersa, kredit ajratiladi. Chunki hech bir xodim bank tizimidagi mavjud qonun-qoidalarni buzishni xohlamaydi.

👉 Ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga Davlat byudjetidan 2021 yilda kamida 1 trln so‘m, mablag‘lar ajratiladi.

👉 Har qanday holatda ham, o‘z haqingizni talab qilishdan, ya’ni nima uchun kredit ajratilmayotgani, yana qanday hujjatlar yetishmayotgani haqida ma’lumot so‘rashdan aslo qaytmang.

Xo'sh mahallada yana nima gaplar...