MKBANK
14.9K subscribers
3.07K photos
446 videos
1.64K links
Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali
Manzil:100047, Toshkent sh., Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi 4-uy

📲 http://linktr.ee/mkbank
📠 office@mikrokreditbank.uz
📸 https://t.me/nurmanovich

Kontakt-markazi: 1285
Ishonch telefoni:(71)202-9999
Download Telegram
🔰 Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va 31 oktyabr — Butunjahon jamg‘arish kuni doirasida o’quvchi va talabalar o’rtasida “Mening jamg‘arma seyfim” hamda “Mening unikal (yagona) omonatim” nomli ijodiy tanlovlarni e’lon qiladi. Shuningdek, tanlovda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham qatnashishlari mumkin.

“Mening jamg‘arma seyfim” ijodiy rasmlar tanlovida 5-13 yoshli bolalar ishtirok etishlari mumkin. Bunda ular o‘zlari pul yig‘ib boradigan buyum va ashyolar rasmi yoki shunga doir tasavvurlarini chizib, bizga jo‘natishlari lozim.

Ijodiy rasmlar tanlovida g’olib bo‘lgan ishtirokchilar quyidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: Planshet Samsung
2-o‘rin: Aqlli soat
3-o‘rin: 3D ruchka

👉 “Mening unikal (yagona) omonatim” mavzusidagi insholar tanlovi (erkin shaklda) esa 9-11-sinf o‘quvchilari hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar mavzuga doir matnlarni kompyuterda terilgan holda, «Times New Roman» 14 o' lchamli shriftda 3 varoqdan oshmagan hajmda yuborishlari kerak.

Insholar tanlovida g’olib bo‘lgan ishtirokchilar quyidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: Planshet Samsung
2-o‘rin: Aqlli soat
3-o‘rin: 3D ruchka

👉 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasidagi tanlov (Istagram va/yoki Facebookda) qatnashchilardan Mikrokreditbank logotipi bilan suratga tushib, rasmni #mikrokreditbank, #jamgarmaqiling, #jamgarishkuni2020, #mkbjamgarma heshteglari bilan belgilashlari talab etiladi. Eng ko’p ovoz (layk) yiqqan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

Ijtimoiy tarmoqda g’olib bo‘lgan ishtirokchilar quyidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: Notebook
2-o‘rin: Ipad
3-o‘rin: Tv Artel 32 Smart

🕰 Ishtirokchilarning ijodiy ishlari 2020-yilning 30-oktabr soat 17:00ga qadar +998971309666 (@mkbank1103) raqamidagi telegram manzilida qabul qilinadi. Eslatib o‘tamiz, har bir ishtirokchi manzili va telefon raqamini ko‘rsatishi shart.

Tanlov g‘oliblari joriy yilning 31-oktabr kuni Mikrokreditbankning mkb.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

📞 Tanlovlar o‘tkazilishi bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa,

(78) 273-28-10 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.