MKBANK
14.4K subscribers
2.91K photos
424 videos
1.57K links
🏦 Mikrokreditbank ATB rasmiy telegram kanali

🌏 Bizning sahifalarimiz: http://linktr.ee/mkbank
☎️ Telefon: 1285, +998555036363

FAROVON HAYOT POYDEVORI!
Download Telegram
#motivation

⚡️ Surxondaryolik sportchining biznesi!

Bugun Sizga bankdan kredit olib, sport maydonchasini ochgan yosh tadbirkor haqida hikoya qilamiz!

Baxtiyorjon yoshlikdan sportga juda qiziqqan, biroq oilaviy yetishmovchilik sabab, professional sport bilan shug'ullana olmagan. Unda yoshlikdagi hobbisini foydali tadbirkorlik sohasiga aylantirish haqida o'ylaydi.

"Menga o'xshab bolalarda armoni bo'lmasligi uchun ham arzon, ham foydali sport markazini tashkil qilish niyati paydo bo'ldi", deydi tadbirkor.

Xullas, Baxtiyorjon bankka keladi va sport va sogʼlomlashtirish markazini tashkil etish uchun 200 mln. soʼm miqdorida imtiyozli kredit oladi.

👉 Hozirda sherobodlik tadbirkor 200dan ortiq yoshlarga sport mashg'ulotlarini o'rgatmoqda va o'ndan ziyod yangi ish o'rinlari yaratishga ulgurdi.

Bir kun kelib Baxtiyorning sport markazida yetishgan bolalar jahon chempionatida O'zbekiston faxri bo'lishi mumkin.

Harakat qiling, bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingni_kashf_qil #mikrokreditbank