Mabrur - IT Blog đŸ‡ĩ🇸
3.27K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
đŸ’ģ Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Forwarded from Tweetlarim 🌙
Pulni ketidan quvmang, bilimni ortidan yuguring.

Bugungi kunda katta pul topish - bu yaxshi. Ammo uzoq muddat muvaffaqiyatli yashashni istasangiz, yaxshisi kam oylikka bo'lsa ham, aqlli odamlar orasida ishlang va ulardan bilim o'rganing. Agar bularning ikkalasini ham topishga erishgan bo'lsangiz, bundan yaxshisi yo'q, ammo doim variant tanlashda o'zingiza shu savolni bering: "Qaysi variant menga ko'proq o'rganishimga, ko'proq o'sishimga imkon beradi, atrofim kuchli odamlar bilan o'ralgan bo'ladimi?"

ÂŠī¸ #principles_for_programmers

@tweetlarim
Forwarded from Tweetlarim 🌙
O'chirib tashlashdan ko'ra, qo'shish doim osonroq bo'lgan.

Kod yozish oson, uni o'chirish qiyin. Mahsulotga yangi xususiyat qo'shish oson, qaysidir xususiyatni olib tashlash tizimni buzishi, yoki mijozni jahlini chiqarishi mumkin. Qo'shish - xato qilish va noto'g'ri boshqaruv uchun ko'proq imkoniyat yaratib beradi. Dasturchi sifatida biz biznes qiymatini oshirish uchun pul olamiz. Har doim ortiqcha kod yozganingizda, yoki begona xizmatlarni (third-party) qo'shganingizda tizim ishdan chiqish ehtimolini oshirib berasiz. Qator-qator kod yozishingiz sizni yaxshi dasturchi qilib qo'ymaydi. Sizning ishingiz kod yozish emas. Siz kod yozish uchun pul olmaysiz, aksincha biznes qiymatini oshirish uchun haq olasiz. Unutmang, ko'p degani doim ham yaxshi degani emas.

"Dasturlash jarayonini kod qatorlari bo'yicha o'lchash, samolyot qurish jarayonini og'irlik bo'yicha o'lchashga o'xshaydi."
— Bill Gates

ÂŠī¸ #principles_for_programmers

@tweetlarim