Forwarded from Nizamoff
​​Local || International
Disclaimer: Maqola umumiy fikrlar asosida yozildi.
Nega ko’pchilik dasturchilar local kompaniyalardan ko’ra international kompaniyalarda ishlashni istashadi? Javobi oddiy bo’lgan savol, chunki international kompaniyalarda hammasi chiki-chiki.)
Jiddiyroq yondashadigon bo’lsak, yuqoridagi savoldagi mavzuga oldinlari unchalik ham e’tibor bermas edim, yaxshi joyga ishga kirib olsa bo’ldi, qolgani esa mavhum bo’lgan tasavvur bo’lardi. Quyida hech kimga sir bo’lmagan lekin yana bir bor eslab o’tish zarar qilmaydigon ma’lumotlarni keltiraman.
1) Coverage. Hammaga ma’lum, ko’pchilik local kompaniyalar kichik marketda (o’zbek bozorida) ishlashadi, international’lari esa asosan global marketda. Loyihalar va ish qamrovlari farqini yaqqol tushunish mumkin.
2) History. Kompaniyalar faoliyatidagi “uzoq tarixga ega” so’zi “yaxshi tizimlashgan” so’ziga to’g’ri proporsional bo’lgan. Ya’ni ko’pchilik international kompaniyalar 1 yoki 2 yil oldin tashkil topmagan. Kamida 10-15 yillik tarixga ega. Bunga yaqqol misol hammaga ma’lum va mashhur Epam va Exadel. Tizimlashmagan kompaniyada PM ham, HR ham, RM ham, SM ham, hatto TL ham bitta odam bo’lishi mumkin.)
3) Relationship. International’da HRM siz bilan do’stona aloqada bo’ladi. Agar birorta taskni kechiktirsangiz hol-ahvol so’rab, oilaviy yoki qandaydir shaxsiy muammolar bormi ohangida yordam berishga urinadi.
4) Remote. Deyarli hamma internation’larda ishni uyingizdan turib ham qilish imkoniyati bor. Bu juda ham ajoyib imkoniyat. Xohlasangiz yotib, xohlasangiz o’tirib ishlayverasiz uyingizda. Hamma ham local kompaniyalarda bunday imkoniyat yo’q. 9 soat ofisda kelib ishlashingiz shart. Odatda beradigon pullari ham kelib ketish va tushlik pullarini oqlamaydi.
5) Salary. Oylik maoshlar farqi haqida aytmasam ham bo’ladi.
6) Networking. Ko’plab mamlakatdagi dasturchilar bilan muloqot qilish imkoniyati. Albatta local’da ham networking bo’ladi, lekin asosan o’zingiz kabi o’zbekzabonlar va deyarli bir xil dunyoqarashdagi insonlar bilan.
7) Flexible. International kompaniyalarda asosan bosimsiz ish bo’ladi. Ish vaqti va shunga o’xshash narsalar ancha erkin. Ba’zi local kompaniyalarda esa “Soatga qaramasdan ishlash kerak, erta kelib kech ketish kerak” kabi ahmoqona safsatalar asosan.
Ro’yxatni anchagina davom ettirish mumkin. Umumiy xulosada local kompaniyalar yomon ko’rinib qolyotganga o’xshab ko’rinyapti, yo’q albatta, hozirda ko’plab kompaniyalarimiz yaxshi tizimlanmoqda, tan olish kerak bizda IT yaqin yillardan beri rivojlanyapti, buni g’arb bilan solishtirish noto’g’ri ham bo’ladi, sababi ular 30 yillar avval bu narsalarni boshlab yuborishgan. Lekin umumiy tasavvur paydo qilish uchun yuqoridagi narsalarni aytib o’tdim. Shaxsan o’zim local’llardagi aytoladigon minusim o’zbekona stereotiplar ustiga qurilgan insoniy munosabatlar, o’zini o’ylash va soqqa qilish.
Bu solishtiruvlarni kimlardir qadriyat, e’tiqod tushunchalariga bog’lashi ham mumkin. Aytish mumkinki, qilayotgan ishingiz diningizga xilof bo’lmasa ishlayverish kerak. Hech kim sizni majburlamaydi. Bizni sohamiz ham albatta bir ilm, doimiy o’rganish kerak bo’lgan soha. Ilm esa qanday amal ekanini hamma yaxshi biladi.
P.S: Shaxsan o’zim ham niyat qilaman xalqaro miqyosdagi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritishni. Nasib qilsin hamma niyat qilganlarga.
P.S.S: Xalqaro kompaniyalar ichki tizimi haqida yaqindan ma’lumot bergan do’stlarimiz Sardor, Mabrur va Muhammadrasullarga rahmat. Ma’lumotlarni osmondan olib yozganim yo’q.)
—
Xalqaro kompaniyada o’tkan 1 yil haqidagi maqolani ham o’qing.
#LocalAndInternationalCompanies