Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.35K subscribers
679 photos
92 videos
14 files
472 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Kartadan kartaga pul qanday o'tadi, kim biladi?
Backend dasturlashni o'rganish, dasturchi bo'lib ishga kirish, yosh dasturchilarda kuzatiladigan xatolar, ishga topshirishdagi xatolar, hullas, Backendga tegishli hamma narsa haqida foydali ma'lumotlarga boy podkast bo'libdi, ko'ringlar )

https://www.youtube.com/watch?v=DrOYRt81Hz0
Dasturchisanu, Windows bosib ber deyishganida men.

Izohlarda davom ettiramiz...

@mabrur_dev
Forwarded from MABRUR
Yaqinda backend dasturlash haqida tavsiya bergan edim. Bugun frontend dasturlashni o'rganish bo'yicha tavsiya bermoqchiman. Lekin bu tavsiya dasturlashning shu yo'nalishiga qiziqqan barcha uchun emas. ) Frontend yo'nalishi bo'yicha boshlang'ich bilim va ko'nikmalarga ega insonlar uchun.

21-22-may kunlari soat 10:30 da «Najot Ta'lim» markazida ushbu kursning mutaxassislik bosqichi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tar ekan.

Motivatsiya emas, bilim beruvchi mutaxassislar qo'lida ta'lim olishni istasangiz, quyidagi havola orqali imtihon uchun ro'yxatdan o'tinglar )

LINK: https://bit.ly/3NnrHPg
Yoshingiz kichik yoki kichik yoshlik farzandingiz bo'lsa va dasturlashga bo'lgan mehri baland bo'lsa yoz oylarida qilish mumkin bo'lgan eng yaxshi harakatlar:
- Ingliz tili kurslariga borsin, ish topishi juda osonlashadi. Xalqaro kompaniyalar ingliz tili talab qilishadi;
- Matematika kursiga borsin, fikrlashi kengayadi. Muammoga tezroq yechim topishni o'rganadi;
- Rus tili kursiga borsin, Toshkentda kompaniyalar rus tili talab qilishadi, MDHda ham;
- Kompyuter olib bering, o'zi chuqullab o'rgansin. Tez yozishni, o'ziga moslashni, dasturlarni o'rnatishni, klaviaturani sozlashni o'rgansin.
Tushungan tushundi😆

@mabrur_dev
Odamlarga juda foydali kontent, masalan podkastlar, telegram-youtube kanallar, bloglar, kanal egasining bo'sh vaqti bo'lmagani, yoki homiy topa olmagani uchun yopilib ketganini ko'rsam yuragim eziladi. Manfaatli ishlar uchun ham donat, hayriya qilish yo'q, asosan hayp mavzularni yoritadiganlarda, bemaza, mazharaboz vaynerlarda homiylik, reklama shartnomalari keti uzilmaydi. to'g'ri, ular bilan biznes egalari kelishadi asosan, ammo har birimiz masalan 3000 so'mdan donat bersak ham, birorta zo'r loyihalar yo'q bo'lib ketmagan bo'larmidi.

Ingliz tilini o'rgatadigan podkast eshitib turib, eng oxirgisi 2019-yilda qo'yilganini joylashtirganini koo'rganimdan keyingi fikrlar.

©️ Ayyubxon Kamoldinov
Assalomu alaykum. Tanish do’stlarimiz bir foydali loyiha boshlashayotgan ekan. Shunga o’z hissangizni qo’shsangiz xursand bo’lar edik 🙂

Fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin: 👉 https://forms.gle/7eGA1Ft2ReTpnL6s6

@jaloliddin_blog
Rivojlanib borayotgan NOOR jamoasiga ishda olib qolish uchun stajor frontendchi kerak.

Talablar:
to'liq vaqt ajrata olish, rivojlanish xohishi, NOORga tushgan (asosan landing page) loyihalarning frontend qismini tayorlash

Afzalliklar: Kompaniya hisobidan tushlik, metroga yaqin va qulay ofis, rivojlanish imkoniyati, yangi kurslar sotib olishda qo'llab-quvvatlash

Yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy bermang, nomzodingizni qoldirish uchun pastdagi formani to'ldirishingiz mumkin:

https://cutt.ly/bHZSwM8
Bir kuni Netflixdagi boshlig'im ofisimga kelib, meni oyligimni oshirishini aytdi.

Men Netflixga endigina kirgan edim, shuning uchun oyligim oshishini kutmagan edim.

"Yaxshi, ammo nega?", - deb savol berdim.

Uning javobi nima uchun Netflixda ishlashni yoqtirishimga yaqqol misol bo'ldi. "Biz jamoaga yangi Senior dasturchi olib keldik va u sening oyligingdan ko'proq oylik so'radi. U bilan teng bo'lishing uchun maoshingni oshiryabmiz."

Agar yangi ishchilar bilan shartnoma imzolash uchun ko'proq pul to'layotgan bo'lsangiz, demak bozor shuni talab qiladi va boshqa ishchilaringizni oyligini tenglashtirishingiz kerak.

Sadoqatli xodimlarni maoshin bozordan ortda qolishiga yo'l qo'yib, siz bilan qolganligi uchun ularni jazolamang.

P.S: Mana nima uchun maqasdlarimdan biri Netflixga ishga kirish. Sizning maqsadingizdagi kompaniya qaysi?

@mabrur_dev
Forwarded from GDG Tashkent (Dostonkhon Ozodkhujaev)
🔥 Google I/O Extended Tashkent: Web Edition '22 is here!

The magic of I/O doesn’t end after the main event.

That's why every year GDG Tashkent hosts the I/O Extended event, which brings together local developers to talk about their favorite announcements from I/O and all the new technologies.

And this year, we are hosting the brand new Web Edition of Google I/O Extended!

Join us this Sunday to meet dozens of developers, designers, founders of startups, and other representatives of the local IT community.

We will have presentations and workshops on the topics of Angular, Firebase, React, NodeJS, Flutter, Dart, Kotlin, Swift, Git, UX Design, and others.

Don't miss your chance to be part of one of the biggest tech events in Tashkent!

👀 Date: May 29, 2022
🕙 Time: 09:00
📍 Venue: Inha University in Tashkent

🎟 Get your FREE ticket here:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-io-extended-tashkent-web-edition-22/

@gdgtashkent
Forwarded from Ali's | Fikrbank :) (👨‍💻 Ali 🐼 🇺🇿 Egamberdiyev 🐼)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchi degani ertadan kechgacha laptop chuqlab ishlab o'tirish degani emas ! Barcha narsani meyorini bilishimiz kerak ! Oilamizni yaqinlarimizni bizni ustimizdagi haqlarini vaqtida qilib qo'yabmizmi deb xam o'ylab ko'rishimiz kerak ....
https://t.me/LazyDev_blog
O'zbekiston OTMlaridagi bitiruvchilar o'z sohasi bo'yicha ish topish foizi, o'z talabalariga amaliyot, yoki ish joyi topib berish foizi va ularning natijalari haqidagi statistika qayerdadir bormi?
OTMlar reytingi bizda nimaga qarab hisoblanadi, bilgichlar bormi?)
JavaScript bo'yicha junior darajadagilar uchun mock interviewlar uyushtirsak qatnashasizmi?

❗️Suhbatda qatnashishga tayyor bo'lsangiz ha, aks holda yo'q belgilang. So'rovnoma nechta odam tayyor ekanligini bilishim uchun muhim.
Final Results
62%
Ha
38%
Yo'q
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
JavaScript bo'yicha junior darajadagilar uchun mock interviewlar uyushtirsak qatnashasizmi?

❗️Suhbatda qatnashishga tayyor bo'lsangiz ha, aks holda yo'q belgilang. So'rovnoma nechta odam tayyor ekanligini bilishim uchun muhim.
FORMA TO'LDIRISH YOPILDI!

Suhbatni Juma (3-iyun) - 21:30 da, YouTube kanalimda uyushtirmoqchiman.

Qatnashmoqchi bo'lganlar quyidagi formani to'ldirishlari kerak bo'ladi:
YOPILDI

Forma chorshanba 21:30 gacha ochiq bo'ladi. So'rovnoma yopilishi bilan random orqali ishtirokchini aniqlab olamiz va aloqaga chiqamiz. Agar suhbatga qatnasha olmasa, yoki 12 soat ichida javob yozmasa undan keyin chiqqan boshqa ishtirokchini taklif qilamiz.

Iltimos, aniq qatnasha olsangiz va savollarga tayyor bo'lsangizgina so'rovnomani to'ldiring. Suhbat nafaqat o'zingizga, boshqalarga ham manfaatli bo'lishini o'ylang!
Self-study qilishni minuslaridan biri - kimdir sizni nazorat qilmaydi va dangasalik qilishni boshlaysiz.

SATga tayyorgarlik ko'rayotganim uchun offlayn kurs va Khan academydan tashqari yana bir kitobdan misollar ishlashni boshladim. Kimnidir oldida hisobot berib tursangiz, bir ishni qilishda ma'suliyat sezishingiz mumkin. Shuning uchun kuniga bittadan mavzuni to'liq ishlab @tweetlarim da hisobot berib o'tirmoqchiman. Kimga qiziq bo'lsa misollar ishlashga qo'shilishi mumkin.

Biror kun misollarni tashlamasam @tweetlarim ga kirib talab qilinglar, iltimos. Menimcha shu usul o'zimda qo'shimcha ma'suliyat his qilishda yordam beradi.
Forwarded from Azim Pulat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozda Birga Kod Yozamiz ☀️ 2022

📆 Deadline: 15-iyun
▶️ Boshlanadi: 1-iyul
🕐 Davomiyligi: 12 hafta

🔗 Topshiring: bit.ly/yoz-kod

👨‍🏫 Mentorlar:
- Khamidulla Inoyatov @ Booking
- Azimjon Pulatov @ Meta
Forwarded from Nizamoff
​​Local || International

Disclaimer: Maqola umumiy fikrlar asosida yozildi.

Nega ko’pchilik dasturchilar local kompaniyalardan ko’ra international kompaniyalarda ishlashni istashadi? Javobi oddiy bo’lgan savol, chunki international kompaniyalarda hammasi chiki-chiki.)

Jiddiyroq yondashadigon bo’lsak, yuqoridagi savoldagi mavzuga oldinlari unchalik ham e’tibor bermas edim, yaxshi joyga ishga kirib olsa bo’ldi, qolgani esa mavhum bo’lgan tasavvur bo’lardi. Quyida hech kimga sir bo’lmagan lekin yana bir bor eslab o’tish zarar qilmaydigon ma’lumotlarni keltiraman.

1) Coverage. Hammaga ma’lum, ko’pchilik local kompaniyalar kichik marketda (o’zbek bozorida) ishlashadi, international’lari esa asosan global marketda. Loyihalar va ish qamrovlari farqini yaqqol tushunish mumkin.

2) History. Kompaniyalar faoliyatidagi “uzoq tarixga ega” so’zi “yaxshi tizimlashgan” so’ziga to’g’ri proporsional bo’lgan. Ya’ni ko’pchilik international kompaniyalar 1 yoki 2 yil oldin tashkil topmagan. Kamida 10-15 yillik tarixga ega. Bunga yaqqol misol hammaga ma’lum va mashhur Epam va Exadel. Tizimlashmagan kompaniyada PM ham, HR ham, RM ham, SM ham, hatto TL ham bitta odam bo’lishi mumkin.)

3) Relationship. International’da HRM siz bilan do’stona aloqada bo’ladi. Agar birorta taskni kechiktirsangiz hol-ahvol so’rab, oilaviy yoki qandaydir shaxsiy muammolar bormi ohangida yordam berishga urinadi.

4) Remote. Deyarli hamma internation’larda ishni uyingizdan turib ham qilish imkoniyati bor. Bu juda ham ajoyib imkoniyat. Xohlasangiz yotib, xohlasangiz o’tirib ishlayverasiz uyingizda. Hamma ham local kompaniyalarda bunday imkoniyat yo’q. 9 soat ofisda kelib ishlashingiz shart. Odatda beradigon pullari ham kelib ketish va tushlik pullarini oqlamaydi.

5) Salary. Oylik maoshlar farqi haqida aytmasam ham bo’ladi.

6) Networking. Ko’plab mamlakatdagi dasturchilar bilan muloqot qilish imkoniyati. Albatta local’da ham networking bo’ladi, lekin asosan o’zingiz kabi o’zbekzabonlar va deyarli bir xil dunyoqarashdagi insonlar bilan.

7) Flexible. International kompaniyalarda asosan bosimsiz ish bo’ladi. Ish vaqti va shunga o’xshash narsalar ancha erkin. Ba’zi local kompaniyalarda esa “Soatga qaramasdan ishlash kerak, erta kelib kech ketish kerak” kabi ahmoqona safsatalar asosan.

Ro’yxatni anchagina davom ettirish mumkin. Umumiy xulosada local kompaniyalar yomon ko’rinib qolyotganga o’xshab ko’rinyapti, yo’q albatta, hozirda ko’plab kompaniyalarimiz yaxshi tizimlanmoqda, tan olish kerak bizda IT yaqin yillardan beri rivojlanyapti, buni g’arb bilan solishtirish noto’g’ri ham bo’ladi, sababi ular 30 yillar avval bu narsalarni boshlab yuborishgan. Lekin umumiy tasavvur paydo qilish uchun yuqoridagi narsalarni aytib o’tdim. Shaxsan o’zim local’llardagi aytoladigon minusim o’zbekona stereotiplar ustiga qurilgan insoniy munosabatlar, o’zini o’ylash va soqqa qilish.

Bu solishtiruvlarni kimlardir qadriyat, e’tiqod tushunchalariga bog’lashi ham mumkin. Aytish mumkinki, qilayotgan ishingiz diningizga xilof bo’lmasa ishlayverish kerak. Hech kim sizni majburlamaydi. Bizni sohamiz ham albatta bir ilm, doimiy o’rganish kerak bo’lgan soha. Ilm esa qanday amal ekanini hamma yaxshi biladi.

P.S: Shaxsan o’zim ham niyat qilaman xalqaro miqyosdagi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritishni. Nasib qilsin hamma niyat qilganlarga.

P.S.S: Xalqaro kompaniyalar ichki tizimi haqida yaqindan ma’lumot bergan do’stlarimiz Sardor, Mabrur va Muhammadrasullarga rahmat. Ma’lumotlarni osmondan olib yozganim yo’q.)



Xalqaro kompaniyada o’tkan 1 yil haqidagi maqolani ham o’qing.

#LocalAndInternationalCompanies