Mabrur - IT Blog ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ธ
3.28K subscribers
682 photos
94 videos
14 files
475 links
๐Ÿ’ป Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
YouTube Rossiya davlat OAVlari va telekanallariga tegishli sahifalarni bloklab tashladi๐Ÿ˜•

Qidirib ko'rganlarim:
ะ ะพััะธั 24,
ะ ะพััะธั 1,
ะŸะตั€ะฒั‹ะน ะบะฐะฝะฐะป
ะขะ’ ะฆะตะฝั‚ั€,
ะŸัั‚ั‹ะน ะบะฐะฝะฐะป
Hullas hammasi...

@mabrur_dev
Loyihani doim noldan qurib o'tirmaslik uchun, o'zimga o'xshagan erinchoqlarga Node.js (Express)da tayyor Authentication template yasab qo'ydim. Toza postgres ishlatmaganman, sequelize ORM da qilingan. Pull qivolib, o'zingiznikidek ishlatavering )

Kirib bemalol layk, podpiska qilib ketishiz mumkin, tekin๐Ÿ˜
https://github.com/mabrur-h/user-auth

@mabrur_dev
Forwarded from Abduaziz ฯ€ (Abduaziz)
๐Ÿงช Loyihalarning backend qismini samaradorligini tekshirish

Bu jarayon ba'zan HTTP benchmarking yoki load testing deb ham yuritiladi va men o'ylaymanki har bir loyiha bunday sinovlardan o'tishi lozim. Bu turdagi sinovlarni amalga oshirish uchun unga mo'ljallangan tool(instrumentlar) zarur. Ushbu postda esa o'zim bilgan, ishlatgan tool'lar haqida ma'lumot bermoqchiman.

WRK - dasturchilar orasida eng ko'p ishlatiladigani desam ham adashmagan bo'laman. Serverga multithreaded dizayn kombinatsiyasi asosida sezilarli darajada yuklamani tushuradi. Shu orqali serverning qancha so'rovlarni qayta ishlashi va ularning qaytish vaqti(latency)ni ham hisoblaydi.
O'rnatilishi sodda, github sahifasida 3-4 ta buyruq asosida o'rnatib olishingiz mumkin. Ishlatish esa oddiy CLI , -d argumenti orqali sinovning davomiyligini, -c bilan esa connection'larning soni va -t orqali esa threadlar sonini kiritasiz va skrinshotdagidek natijani olasiz. Bizga ko'proq requests/second ya'ni rps'ning qiymati muhimroq ๐Ÿ˜„ Bu instrument C da yozilgan va shuning uchun ham raketa ๐Ÿš€

Locust - perfomance testing uchun eng yaxshi ko'rgan instrumentim desam adashmagan bo'laman. Chunki siz unda o'zingiz test skriptlar yozishingiz(custom testingdek narsa)mumkin, ajoyib web UI ham mavjud, va yana qo'shimcha ko'plab customization sozlamalari borligi yoqadi + rasmiy qo'llanmasi ham tushunarli tilda zo'r qilib yozilgan. Avvalliga siz uni pip orqali o'rnatasiz(pythonda yozilganda๐Ÿ˜), so'ng testing uchun bitta python fayl ochasiz va qo'llanmada berilganidek "task"larni kiritasiz. Terminalda locust buyrug'ini kiritishingiz bilan web interfeys ham tayyor holatga keladi. Foydalanuvchilar soni va spawn rate(users/second)ni kiritib testingni boshlab yuborasiz. Statistikani xohlasangiz Web UIda grafik orqali, yoki web UI'siz terminalning o'zida va CSV fayl orqali olishingiz mumkin bo'ladi.

NodeJSda , Golangda tayyorlangan bir talay HTTP benchmarking tool'lar mavjud. Yuqorida esa o'zim foydalanganlarimni ulashdim, foydali bo'ldi degan umiddaman ๐Ÿ˜‰

@AbduazizPy
Qachondir telegramni bloklashmoqchi bo'lishsa har ehtimolga qarshi saqlab qo'ying:

Android uchun sifatli VPN:
https://t.me/mabrur_dev/595

Telegram uchun proksi:
Proksini yoqish

@mabrur_dev
Ishga kirishdan avval ko'rib chiqish kerak bo'lgan kurslardan ikkitasi:
Mabrur - IT Blog ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ธ
Photo
Bu kurslarni Udemydan yoki ZeroToMastery saytidan topasiz
Podkast yoki audioga bog'liq loyiha qilmoqchi bo'lganlar uchun audio visualizer:
https://foobar404.dev/Wave.js/

O'zbekistonda hali podkastlar uchun platforma ko'rmaganman. Portfolio qilmoqchi bo'lganlar uchun tekin g'oya :)

@mabrur_dev
#JS_tips
Funksiya ko'p argumentlarni qabul qilsa ularni obyekt ko'rinishda yozish kodni o'qishni ancha qulaylashtiradi.

@mabrur_dev
Tartibli rezyume yozish ish beruvchini e'tiborini jalb qilishning birinchi yo'llaridan biri. Quyidagi Figma linki orqali sodda va chiroyli qilib yozilgan bepul rezyumelar shablonini ochib, ishlatishingiz mumkin.

LINK

@mabrur_dev
Mabrur - IT Blog ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ธ
Tartibli rezyume yozish ish beruvchini e'tiborini jalb qilishning birinchi yo'llaridan biri. Quyidagi Figma linki orqali sodda va chiroyli qilib yozilgan bepul rezyumelar shablonini ochib, ishlatishingiz mumkin. LINK @mabrur_dev
#maslahat
Rezyume yozayotganda hech qachon skillaringizni foizda ko'rsatmang, bu ish beruvchi tomonidan sizga nisbatan negativ fikr uyg'otishi mumkin. Rezyumeyingiz iloji boricha 1 varoq bo'lsin va uni ochishingiz bilan asosiy narsalar ko'rinib tursin.

Izohda sizlardan ham maslahatlarni kutaman :)

@mabrur_dev
Forwarded from Dilbar O'rinboyeva
Git bilan ishlayotganda odam va mashina tomonidan o'qilishi oson bo'lishi uchun commit xabarlarni qanday yozilishi haqida spetsifikatsiya

https://www.conventionalcommits.org/en/v1.0.0-beta.2/

@ndn1618 | #git #github
Forwarded from Tweetlarim ๐ŸŒ™
Pulni ketidan quvmang, bilimni ortidan yuguring.

Bugungi kunda katta pul topish - bu yaxshi. Ammo uzoq muddat muvaffaqiyatli yashashni istasangiz, yaxshisi kam oylikka bo'lsa ham, aqlli odamlar orasida ishlang va ulardan bilim o'rganing. Agar bularning ikkalasini ham topishga erishgan bo'lsangiz, bundan yaxshisi yo'q, ammo doim variant tanlashda o'zingiza shu savolni bering: "Qaysi variant menga ko'proq o'rganishimga, ko'proq o'sishimga imkon beradi, atrofim kuchli odamlar bilan o'ralgan bo'ladimi?"

ยฉ๏ธ #principles_for_programmers

@tweetlarim
Forwarded from Tweetlarim ๐ŸŒ™
O'chirib tashlashdan ko'ra, qo'shish doim osonroq bo'lgan.

Kod yozish oson, uni o'chirish qiyin. Mahsulotga yangi xususiyat qo'shish oson, qaysidir xususiyatni olib tashlash tizimni buzishi, yoki mijozni jahlini chiqarishi mumkin. Qo'shish - xato qilish va noto'g'ri boshqaruv uchun ko'proq imkoniyat yaratib beradi. Dasturchi sifatida biz biznes qiymatini oshirish uchun pul olamiz. Har doim ortiqcha kod yozganingizda, yoki begona xizmatlarni (third-party) qo'shganingizda tizim ishdan chiqish ehtimolini oshirib berasiz. Qator-qator kod yozishingiz sizni yaxshi dasturchi qilib qo'ymaydi. Sizning ishingiz kod yozish emas. Siz kod yozish uchun pul olmaysiz, aksincha biznes qiymatini oshirish uchun haq olasiz. Unutmang, ko'p degani doim ham yaxshi degani emas.

"Dasturlash jarayonini kod qatorlari bo'yicha o'lchash, samolyot qurish jarayonini og'irlik bo'yicha o'lchashga o'xshaydi."
โ€” Bill Gates

ยฉ๏ธ #principles_for_programmers

@tweetlarim
Berilgan arrayListni qanday qilib bo'shatish mumkin?

@mabrur_dev
Ramazon kunlari qiynalmay ishlash uchun kun tartibi.

@mabrur_dev
Forwarded from Jakhadev (Jakhongir Mannonov) (ะ–ะฐั…ะพะฝะณะธั€ ะœะฐะฝะฝะพะฝะพะฒ :(:)
Kirib kelayotgan Ramadan Kareem barchaga muborak bo'lsin shu o'rinda kichik bir loyihamizni sizlarga taqdim qilmoqchiman, Ramazon taqvimi 2022 vaqtlari, Google Play'dan bemalol yuklab olib ishlatishingiz mumkin, Contains Ad