Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
3.32K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
πŸ’» Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tesla avtopiloti to'lin oyni svetoforning sariq chirog'i deb o'ylayabtiπŸ˜‘

@mabrur_dev
"Qayerda o'qiy", "Qaysi markaz yaxshi?" va 40.000$ lik shogird tushish haqida

Eng avval "Qayerda o'qiy?" savoliga javob topaylik. Birinchi o'rinda siz nimaga o'qimoqchi ekanligingizni aniqlashtirib oling. "Database development, backend development, frontend development va hk. development". Agar tezda oyiga 3000$ daromadga qaysi biri olib chiqsa shu desangiz: "Eshikni orqasidan yopib chiqib keting" :))

Nimada o'qishingizni aniq qilib olganingizdan keyin, shu bo'yicha mutaxassisdan bo'lgan odamni topishga urining. Masalan: frontend tanlaganda Muhammadjavohir akadan dan maslahat so'rang: "Qanday o'rgangan va nimani tavsiya qiladi?"

Endigi muammo "qaysi markaz yaxshi?" degan savol. Ba'zan reklamalar chiqib turadi: "9 oyda Fullstack senior dasturchi bo'ling", "Bizni bitirgan o'quvchi 2000$ ga ishga kiradi" va shunga o'xshash. Filterlash uchun aytaman. Qaysidir kishi yoki markaz katta pullik oylik bilan reklama qilyabdimi, demak katta ehtimol bilan ularning hechqanday kurs rejasi yo'q. Ularga bormang. Aksincha ko'proq texnologiyalarni reklama qilayotgan markazlar bilan qiziqing. Eng yaxshisi esa, o'sha sohaning mutaxassislaridan 2-3 tasini fikrini olib jamlashdir.

Keyingi masala "janob x" yoki "x corporation" ning 40.000$lik shogird olishi haqida. Agar sizga shunday taklif kelib qolsa va siz bu taklifni ustida kulmasangiz, marketing qurboniga aylanyabsiz ekan :))

10.000, 5.000 ga shogird olaman deb yurganlarning juda ko'pini qilgan ishini ko'rsangiz, o'zini shogird qilib olgingiz keladi. Agar sizda shunday pul juda ko'p bo'lsa, chet el universitetida yoki chetdagi kuchli akademiyalarda dasturlashni o'rganing. Qayerdagi konstrukterning shogirdi bo'lib emas :))

@muhammadyunus_uz
β€‹β€‹πŸ€” Wi-Fi parolingizni unutib qo'ysangiz nima qilish kerak?

Agar o'zingiz ulangan wi-fi parolini esdan chiqarib qo'ygan bo'lsangiz va uni topish kerak bo'lib qolsa Windows CMD orqali uni bilib olishingiz mumkin.

Buni qilish uchun:

1. Win+R tugmachasini bosamiz va u yerdan cmd yozib command lineni ochamiz va adminstrator huquqi bilan ishga tushuramiz.
2. Command Linega "netsh wlan show profiles" buyrugini kiratamiz va tarmoq nomini bilib olamiz.
3. Keyin esa: "netsh wlan show profile name=”WiFi Profile Name” key=clear" buyrug'ini yozamiz. Bu yerda "WiFi Profile Name" siz ko'rgan tarmoqning nomi.
4. Tayyor: parol "Key Content" qatorida joylashgan.

P.S: Bu hech qanday hacking emas, o'zingiz oldin ulangan WiFi parolini bilish holos.

@mabrur_dev
Turli tarmoqlarning ishlash tezliklari

@mabrur_dev
JavaScriptda dasturlash | 4-dars: HTML bilan ulash usullari

https://youtu.be/B6Oy1lIM-0k
Forwarded from MJ
"Frontend dasturlash asoslari" onlayn kursining dastlabki 4 ta videosi chiqarildi.

001 - Kirish
002 - O'zim haqimda
003 - Kursda o'rgatiladigan texnologiyalar
004 - Kurs davomida tuziladigan loyihalar

Kurs videolarini ko'rish

Videolar bo'yicha savollar, fikrlar yoki takliflar bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring

#onlayn_kurs
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
"Frontend dasturlash asoslari" onlayn kursining dastlabki 4 ta videosi chiqarildi. 001 - Kirish 002 - O'zim haqimda 003 - Kursda o'rgatiladigan texnologiyalar 004 - Kurs davomida tuziladigan loyihalar Kurs videolarini ko'rish Videolar bo'yicha savollar…
Ustozimiz, Muhammad Javohir aka, frontend dasturlash bo'yicha O'zbekistondagi eng sifatli kurslardan birini tayyorlashni boshladi )

Kurs davomida, ishga joylashish uchun kerak bo'ladigan katta portfolio yig'ishingiz va tajriba orttirishingiz mumkin bo'ladi.

Sotib olish niyyatida bo'lganlar ushbu kanalga o'tishi mumkin: https://t.me/mayoquz

O'quv rejasi: https://telegra.ph/Frontend-dasturlash-asoslari-kursi-oquv-rejasi-07-19
β€‹β€‹βŒWindowsingizda o'chib ketgan fayllarni qanday tiklash mumkin

Agar siz Windows-ni qayta o'rnatgan bo'lsangiz yoki shaxsiy kompyuteringizdan bilmasdan muhim narsani o'chirib yuborgan bo'lsangiz - o'chirilgan materiallarni "Recuva" dasturi yordamida tiklashingiz mumkin.

Buni qanday qilish kerak:

1. Quyidagi havola orqali dasturni yuklab oling va ishga tushiring.
2. Fayllarni tiklash uchun ular o'chib ketgan diskni tanlang.
3. "Analyze" tugmasini bosing.
4. Kerakli fayllarni tanlang, so'ng "Restore" tugmasini bosing.

E'tiborli bo'ling: Tiklamoqchi bo'lgan fayllar va o'chib ketgan fayl bitta papkada bo'lmasin, aks holda, ma'lumotlarga zarar yetishi mumkin va siz ularni ocholmaysiz.

@mabrur_dev
​​Web-saytning butun sahifasining skrinshotini qanday olish mumkin?

Bu usul orqali chrome browseringizda istalgan o'lchamingizdagi sahifadan skrinshot olishingiz mumkin. Buni quyidagicha qilish mumkin:

1. Kerakli sahifani oching. Masalan: https://www.kun.uz/
2. Keyin esa Ctrl+Shift+I yordamida dev toolsni oching.
3. Uning ichidan "Elements" bo'limini oching.
4. html tegiga borib, sichqonchaning o'ng tugmasini bosing.
5. "capture node screenshot" bo'limini tanlang.

Natijada, browseringiz kiritgan havolangizni rasmga olib beradi va kompyuteringizning downloads papkasiga saqlab qo'yadi.

@mabrur_dev
Bugungi kungacha YouTube kanalimizga chiqqan darslar ketma-ketligi:

JavaScriptda dasturlash | Kurs haqida
:
https://youtu.be/OihZRk5rgAE

JavaScript nima? | 1-dars:
https://youtu.be/ZF2kXLoynho

VS codeni sozlash | 2-dars:
https://youtu.be/kcoB0-8D6_A

Chrome browseri | 3-dars:
https://youtu.be/O9qkn8idG-c

HTML bilan ulash | 4-dars:
https://youtu.be/B6Oy1lIM-0k

O'zgaruvchilarni nomlash | 5-dars:
https://youtu.be/jKvBZzrkR1c

JSdagi ma'lumot turlari | 6-dars:
https://youtu.be/jPgL6bIuUEg

Number va String ustida sodda amallar | 7-dars
https://youtu.be/3BjYVDvKP_E
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ pinned Β«Bugungi kungacha YouTube kanalimizga chiqqan darslar ketma-ketligi: JavaScriptda dasturlash | Kurs haqida: https://youtu.be/OihZRk5rgAE JavaScript nima? | 1-dars: https://youtu.be/ZF2kXLoynho VS codeni sozlash | 2-dars: https://youtu.be/kcoB0-8D6_A Chrome…»
β€‹β€‹πŸ’¦ Agar smartfon dinamiklariga suv kirsa nima qilish kerak?

Telefonini yuvintirishni yoqtiradiganlar uchun lifehack: agar telefon karnayiga suv kirib qolsa va u odatdagidek ishlamasa, smartfoningizni ustaga olib borishga shoshilmang. Avval "Π£Π΄Π°Π»ΠΈΡ‚ΡŒ Π²ΠΎΠ΄Ρƒ" dasturini sinab ko'ring. U suyuqlikni siqib chiqarishi mumkin bo'lgan tovush to'lqinlari bilan o'ziga xos ohangni chiqara oladi.

Uni qanday ishlatish kerak:

1.
Ilovani PlayMarket-dan yuklab oling yoki uning analogini AppStore-dan yuklab oling.
2. Uni oching va "Π£Π΄Π°Π»ΠΈΡ‚ΡŒ Π²ΠΎΠ΄Ρƒ" tugmasini bosing.
3. Smartfondagi ovoz balandligini maksimal darajaga oshiramiz, smartfon ekranini pastga qaratib qo'yamiz va tovush tugashini kutamiz.
4. Smartfondan oqib chiqqan suvni tozalab tashlaymiz va dinamikni tekshirib ko'ramiz.

P.S: Bunday tozalashni 3-4 marta takrorlashni tavsiya etamiz. Agar u yordam bermasa va dinamik yomon ishlashni davom etaversa, xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

@mabrur_dev
Chrome browseridagi Dinozavr o'yiniga olimpiya munosabati bilan turli sport turlari qo'shildi.

Dinozavrni o'ynash uchun chromega internetni o'chirib kirishingiz, yoki chrome://dino/ ga o'tishingiz mumkin.

@mabrur_dev
DTM o'z prinsiplariga doim sodiq qoladi, hurmatdasizlar😏

P.S: DTM bugun abituriyentlarga ruxsatnomasini tarqatishni boshladi.

@mabrur_dev