Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.32K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Toshkentni katta qismida svet yo'q.
Endi tasavvur qiling, telegram, tiktok, facebook serverlarini o'zimizga ko'chirib keldi, mazami?
Memni davom ettiramiz )

@mabrur_dev
​​😻 JavaScript dasturchisi bilishi kerak bo'lgan 7 ta GitHub repozitoriyalari.

Assalomu alaykum, do'stlar. Bugun, sizlar bilan GitHubdagi 7 ta foydali repozitoriyani bo'lishishga qaror qildim. Ular mashhur va doimiy o'rganishni istaganlar uchun foydali bo'lishi aniq.

▍ You don't know JS
JavaScript bo'yicha eng sara kitoblar.

▍ JavaScript Algorithms
Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmasini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali qo'llanma.

▍ 30 seconds of code
Bu repositoriyada JSda qisqa yo'llar bilan yozish mumkin bo'lgan kodlar keltirilgan.

▍ Front-End Checklist
Sayt ishlab chiqishdan oldin tekshirib olishingiz kerak bo'lgan narsalarning ro'yxati.

▍ Front End interview handbook
Suhbatlarda tushishi mumkin bo'lgan ko'plab savollar jamlangan repositoriya.

▍ Web-Dev for Beginners
Repozitoriya Azure Cloud Advocates (Microsoft) tomonidan qo'llab-quvvatlanadi va JS, CSS, HTML ga bag'ishlangan 24 ta darsni o'z ichiga oladi.

▍ReactJS Interview Questions
React JS bo'yicha intervyularda tushishi mumkin bo'lgan 500 ta savollar.

Mahoratingizni doimiy ravishda takomillashtirish va o'rganishdan to'htamang. Chunki bu maqsadingizdagi muvaffaqiyat garovidir.

@mabrur_dev
[HTML] - Formaga parol uchun input qo'yish kerak. Buning uchun qaysi koddan foydalanish kerak?
Anonymous Quiz
10%
<input type="text" display="hidden" />
9%
<input type="pass" />
10%
<input password />
66%
<input type="password" />
5%
Bilmayman
To'satdan JSni bilishing esinga tushib qolganda😆

@mabrur_dev
Forwarded from Suhrob Abduaxatov
🚀 IT sayyorasiga uchyapmiz, parvozga 1 kun muddat qoldi

Fulfil kosmik kemasi parvoz uchun tayyor, biz ikkita charter reys bilan 17-iyul xamda 18-iyul kunlari soat 20:00-da "IT sayyorasi"ga parvoz qilamiz

Kosmik kema kapitani Fullstack dasturchi Asadbek Zoirov, kosmik kema texnigi @fulfiledu siz ham biz bilan kosmosga parvoz qilishni istaysizmi unda kosmik kemadan joy buyurtma qiling, ikki soatlik sayohat "bilet" narxi siz azizlar uchun BEPUL.

Biz o'ndan ortiq planetalarni o'rganish uchun parvoz qilamiz. JavaScript eng qaynoq va energiyali planeta bu planetani boshdan oyoq o'rganamiz. Shu jumladan ReactJs, NodeJs, ExpressJs, MangoDB, PostgreSql, Socket.io, Telegram bot, ElectronJs kabi planetalarda labaratoriya tashkil qilib "ikir-chikirigacha" o'rganib chiqamiz.

😍 Bepul-bilet: @fulfiledu
Parvoz turi: Onlayn (Zoom)
O'rinlar-soni: Cheklangan shoshiling
Parvoz-maqsadi: PERN va MERN stackni o'zga sayyoradan yangi uslubda o'rganish

🔥Parvozdan qolib ketmang, bunaqasi bo'lmagan

LINK:👉 @fulfil_education
Do'stimiz Jaxadev Android va Java bo'yicha bepul darslar chiqarayotgan ekan, kanalimizda Android dasturlashga qiziqadiganlar bo'lsa kanallariga obuna bo'lib qo'ying har kuni yangi dars chiqaradilar. kanal : @Jaxadev
Forwarded from Kadirov Dev
YouTube uchun biz endi yo'qmizmi?

O'zbekiston internet gigantlarga - ular ma'lumotlar omborlarini O'zbekistonga ko'chirishmasa, bizning hududda ishlay olmasliglarini bildirib xat yuborgan edi.

Bir nechta servislar allaqachon bloklandi. Buning ortidan Youtube O'zbekistonni davlatlar ro'yxatidan chiqarib tashlaganini eshitdim. Ishonmay kanalimga kirsam, rostan ham "Davlatsiz" bo'lib qolibman.

Qarangki, YouTube uchun O'zbekiston endi davlat ham emas. O'zbekiston fuqarosi bo'la turib, o'zbek tilida darslar tayyorlab, kanal davlatini esa "Rossiya" deb ko'rsatishga majbur bo'ldim. Davomi nima bo'ladi? Skype, Vkontakte, Twitter, Tik-Tok ortidan YouTube ham yopiladimi?

Dunyoning 3 dan bir qismi foydalanaydigan bu platforma eng sara bilimlarga ega kutubxonaku!

Halqimizni internetdan chegaralash uning ma'lumot olish huquqini cheklash deb bilaman.

Deputatlardan "Shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekiston hududida saqlash" haqidagi qonunni bekor qilishlarini iltimos qilaman!

@kadirovDev
Bugunni o'zida JavaScript bo'yicha 3 ta darsni yozib bo'ldim. Viloyatdan qaytganimdan so'ng darslarni YouTube kanalimga yuklab boraman )

Hozircha kanalda hech qanday kontent yo'q, yuklashni boshlashim bilan e'lon qilaman: https://www.youtube.com/channel/UC8b6ifFBrrPeo6rlkN4tmpw
Assalomu alaykum, dindoshlar.
Barchamizga hayit muborak bo'lsin🤗

@mabrur_dev
Robotlar va sun'iy intellekt dunyoni egallab oladimi?

Bugun YouTube menga foydali bir videoni ko'rishni tavsiya qildi, unda o'zim yoqtirgan video blogger - Yan Toples sun'iy intellektlar haqida chiqish qilgan. Uning barcha videolarini ko'rib chiqqanman deb o'ylagan edim, aslida unday emas ekan, buni ham sun'iy intellekt aniqlab berdi.

Videoni ko'rib chiqargan xulosalarim shuki, sun'iy intellektga buyruqlarni inson o'rgatadi, u biror harakatni o'zi qilishi uchun minglab, millionlab urinishlarni qilishi kerak. Hech qachon u mustaqil fikrlay olmaydi va dunyoni bosib olish haqida o'ylamaydi, chunki unga dunyoni keragi yo'q. Mol-dunyo faqatgina insonlarning tashvishi.

Bosib olmoqchi bo'lsa ham, buning uchun minglab, yuz minglab yillar ketishi mumkin, chunki bu yo'lda u, yuqorida aytganimizdek juda ko'p urinishi, ko'plab xatolar qilishi va katta ma'lumot yig'ishi kerak. SI (sun'iy intellekt) insoniyatga beradigan eng katta zarar - insonlardan kasblarini olib qo'yishi. Aslida bundan ham qo'rqish kerak emas, chunki SI haydovchining kasbidan ayirgan bo'lsa, o'rniga dasturlash sohasida minglab bo'sh ish o'rinlarini olib kelishi mumkin.

Tak chto, SI sohasini bosorish kerak, Elon Maskni sindiradigan robotlarni yasab tashashimiz kerak :)

Videoni sizlaga ham ilindim, ko'ring, dunyo qarashingiz ancha kengayadi.

https://www.youtube.com/watch?v=d6YT8ARj66Y&ab_channel=%D0%A2%D0%9E%D0%9F%D0%9B%D0%95%D0%A1
#shunchaki
Stackoverflow dasturchilari ham stackoverflowda chiqqan xatoliklarni tuzatish uchun stackoverflowdan foydalanishadimi😆🤔
Forwarded from Mardon Tursunov
Pavel Durov Telegram asoschisining telefoni Pegasus josuslik dastur yordamida 2018-yildan buyon kuzatuvda bo'lgan deb xabar berilmoqda. Durov: “ Mening telefonimni kuzatgan josus, faqat telegramning dastur kodlaridan boshqa narsani ko'rmagan” deb xotirjam aytmoqda.
Assalomu alaykum, do'stlar👋

JavaScriptda dasturlash nomli kursimizni YouTube kanalimga joylab borishni boshladim. Pastdagi havolaga o'tib, kursni ko'rishingiz, xato va kamchiliklarini izohda yozib qoldirishingiz mumkin.

Darslarni qo'llab-quvvatlash uchun, videoni dasturlashga kirib kelmoqchi bo'lgan do'stlaringiz bilan ulashishni va layk bosib qo'yishni unutmang :)
JavaScriptda dasturlash | Kurs haqida:
https://youtu.be/OihZRk5rgAE

JavaScript nima? | 1-dars:
https://youtu.be/ZF2kXLoynho
Full-Stack dasturchilar bittada tushunadi😂

@mabrur_dev
Mabrur - IT Blog 🇵🇸 pinned «JavaScriptda dasturlash | Kurs haqida: https://youtu.be/OihZRk5rgAE JavaScript nima? | 1-dars: https://youtu.be/ZF2kXLoynho»