Mabrur - IT Blog 🇵🇸
3.31K subscribers
680 photos
93 videos
14 files
475 links
💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Assalomu alaykum🖖🏻

Kecha EPAM Systems kompaniyasi bilan suhbatim bo'lib o'tdi. Suhbatda esimda qolgan savollarni sizlar bilan ulashmoqchiman.

▍JavaScript va umumiy savollar

1. JavaScriptda Capturing va Bubbling phase nima?
2. JSda qanday qilib inheritance (me'ros) olish mumkin?
3. var, let, const o'rtasidagi farqni aytib bering.
4. Bind, call, apply farqlari nimada?
5. forEach va map ning bir-biridan qanday farqi bor?
6. JavaScriptda Closures (Замыкания) nima?
7. Event Loop qanday ishlaydi?
8. JSdagi Immutable ma'lumotlar turi qaysilar?
9. Asinxronlik nima?
10. Qanday yo'llar bilan asinxron funksiyalar yasasa bo'ladi?
11. Promiselar tuzilishini tushuntirib bering.
12. Prototiplar zanjiri (prototype chain) nima?
13. SOLID prinsiplari haqida aytib bering.
14. const bilan e'lon qilingan obyektni qanday o'zgartirsa bo'ladi?
15. Testing Pyramid haqida ma'lumot bering, qanday testlarni bilasiz?
16. Optimizatsiya uchun qanday texnologiyalardan foydalangansiz?
17. Multi-page va Single-page o'rtasidagi farq qanday?
18. CI/CD qanday ishlaydi?
19. Toza kod yozish uchun qanday stillardan foydalanasiz?
19. Eslint va Prettierning farqi nimada?
20. Kanban va Scrum metodologiyalari haqida tushunchangiz bormi?

▍Vue.js (Vue js bilganim uchun ushbu freymvorkdan savollar berildi)

1. Vuening asosiy tushunchasi va ishlash tamoyili qanday?
2. Vueda hayot sikllari (life cycle) nimalardan tashkil topgan, ular haqida batafsil aytib bering.
3. Vue va oddiy JS hodisalari o'rtasida qanday farq bor?

▍JS amaliy

1. Funksiya tuzing.
sum(2, 3) // output 5; sum(2)(3) // output 5

2. Quyidagi kodda raqamlar chiqishi ketma-ketligini tushuntirib bering.
(function() {
console.log(1);
setTimeout(function(){console.log(2)}, 1000);
setTimeout(function(){console.log(3)}, 0);
console.log(4);
})();

3. Berilgan qiymat palindromligini tekshiruvchi funksiya tuzing.
palindrome('34543') // true
palindrome('string') // false

Exadel bilan ham interview bo'lib o'tgan edi, ammo ular savollarni tarqatishga ruhsat berishmadi.

Savollarni do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang.

@mabrur_dev
Learn Laravel Vuejs from scratch - Build a TESLA web app

VueJs, VueX, Vuetify, Laravel, CSS va Bootstrap yordamida TESLA veb-ilovasini yaratish kursi

Ushbu kupon kodini kiritib, bugun kursni bepul olishingiz mumkin: D8B6DEF383038D9BEE13

https://www.udemy.com/course/learn-laravel-vuejs-from-scratch-build-a-tesla-web-app/?couponCode=D8B6DEF383038D9BEE13.
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha juda ko'pchilik Microsoft va GitHub birgalikda yaratgan Copilot AI haqida so'rabdi. Bu dastur kodni o'zi yozar ekan, endi dasturchilar ishsiz qoladimi degan savollar bo'ldi.

Avvalo dastur nomiga e'tibor bering, co-pilot, ya'ni "yordamchi pilot". Copilot kodni osmondan olib yozmaydi. Dasturchi sifatida siz yoki kodni boshlab berishingiz kerak yoki qanday funksiya (klass) yaratish kerakligini izoh/docstring ko'rinishida aniq ta'riflashingiz kerak. Copliot esa sizning ta'rifingizga ko'ra funksiya yaratib beradi.

Demak dasturning mantiqiy qismi, ya'ni qanday funksiyalar va klasslar kerakligi, ular o'zaro qanday bog'lanishi va munosabatda bo'lishini baribir dasturchi belgilaydi.

Shuning uchun, agar siz muammolarga yechim berishni, mantiqiy va muhimi kreativ fikrlashni biladigan dasturchi bo'lsangiz, xavotirga o'rin yo'q. Lekin, faqat birovlar chaynab, o'gzingizga solib qo'ygan tayyor yechimga kod yozib beradigan koder bo'lsangiz, bu AI sizni ishsiz qoldirishi aniq.

@sariqdev
Forwarded from MohirDev.uz
Mohirlar yig'ilishiga 2 kun qoldi.

Eslatib o'tamiz 4-iyulda soat 17.00 da Mohirdev.uz hamjamiyatining katta ochilishi bo'lib o'tadi.

O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniyati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram | Website | Facebook | YouTube
VPN ishlatish yoki tarqatishga 1 yildan 3 yilgacha qamoq, yoki 100 baravardan 300 baravargacha jarima miqdori bor ekan.

Tak chto, indame o'tiroramiz )

https://kun.uz/uz/news/2019/02/13/ozbekistonda-vpndan-foydalangani-uchun-jinoiy-javobgarlik-belgilandimi

Updated: ma'lumot yolg'on ekan. JJ yo'q, ishlataveramiz )

@mabrur_dev
WWW yaratuvchisi Tim Berners-Li o'zi yaratgan internet kodini 5,4 million dollarga sotdi.

Britaniyalik olim internet kodini Sotheby's kim oshdi savdosida NFT-belgisi sifatida sotdi. Kim oshdi savdosi 23-iyundan 30-iyungacha bo'lib o'tdi.

Boshlang'ich taklif 1000 dollarni tashkil etdi. So'ngi kunlarda narx 3,5 milliongacha ko'tarildi, ammo oxirgi 15 daqiqa ichida kim oshdi savdosidan ko'plab takliflar kela boshladi. Internet kodini kim olgani ma'lum qilinmadi.

@mabrur_dev
Forwarded from Kadirov Dev
Yana "Zapret"!

Skype, VKontakte va yana bir qancha servislar bloklandi. Nima emish, ular bizning ism familiyamizni O'zbekiston hududida saqlamas ekan!

Bu bahona bilan istagan servisni yopish mumkin. Keyingisi kim bo'ladi? Google? Youtube? Facebook, yoki Telegram?

"O'zkomnadzor"ning akasi, "Roskomnadzor" huddi shu qonunni chiqargandi, 5 yilcha oldin. Hech narsa qo'lidan kelmadi, biror gigant kompaniya ma'lumotlarini Rossiyaga ko'chirgan emas.

Ko'chirmaydi ham. Yana o'zimizcha hayron qolamiz, "Nega dasturchilarimiz ketib qolayapti?", - deb. Pul uchun emsa do'stlar, O'zbekistonda yaxshigina daromad topish mumkin. Lekin hech kim "Shimoliy Koreya"da yashagisi kelmaydi!

@kadirovDev
Originalidan qo'ymasin :)

@mabrur_dev
Bilasizmi? Agar Chromeda chrome://dino deb yozsangiz, brauzer sizni dinozavr o'yiniga o'tkazib beradi, chrome://history orqali esa kirgan saytlaringiz tarixini chiqarib olishingiz mumkin.

Barcha ichki sahifalar ro'yhatini olish uchun chrome://about dan foydalanishingiz mumkin. Bu narsa boshqa brauzerlarda ham mavjud, misol uchun, edgeda: edge://about

@mabrur_dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😊 O'z jamoam bilan birga o'tgan yarim oy (Maqtanib olay)

🧑‍💻 Avvalroq jamoa yig'ayotganim haqida e'lon bergan edim. Kichik bir jamoa yig'ib oldik. Ijaraga joy olinib, alohida joyga ko'chdik. Kompaniyaga aylantirish uchun arizalar ham tayyorlanmoqda. Ammo hozir aytib beradigan narsam kompaniya haqida emas. Jamoa haqida :))

Avvaliga haftasiga 25 soatdan ishlashni boshlagan edik. Hozir u rejimni ham erkin qilish arafasidamiz.

🆓 Keyin umumiy nazorat tizimini yo'qotdim. Hozirgi tizim faqat kodlar va jarayonga qaraydi. Hechkim kichik sabablar uchun so'roq qilinmaydi. "Dasturchilar haqorat qilinmaydi".

⚡️ Dasturchilar Turbo rejimida ishlashyabdi. Videodagidek.

Dasturchilar jamoa bilan yaxshi chiqishib ketishdi. Shu paytgacha ancha ish qildik. InshaAlloh katta startuplarni niyat qilganmiz.

🎁 Sizlar uchun ham foydali ishlar qilish arafasidamiz. Bitganda ko'rasiz.

😎 Jamoadagi har bir bola bilan faxrlansa arziydi. Sekin-sekin ularni kanalda yoritib boraman. :))

@muhammadyunus_uz
Kerakli maqola #2:

Agar zamonaviy kouchdan shoʻrva tayyorlashni oʻrgatishini soʻrashsa...
— Shoʻrva tayyorlash hammani qoʻlidan keladi. Buning uchun “komfort zonasi”dan chiqib, plita yoniga borib, tayyorlashni boshlash kifoya.
— Buning uchun bizga nimalar kerak boʻladi?
— Har bir shoʻrvada oʻziga xos masalliqlari bor. Masalliqlar orasidan oʻzingizga eng maʼqullarini tanlab oling-da, tayyorlayvering.
— Qadam-baqadam retsept bilan tanishtirib oʻtsangiz.
— Yagona shablon mavjud emas. Shunchaki oʻz-oʻzingizga: “men uddalayman, men dunyodagi eng shirin shoʻrvani pishiraman”, desangiz boʻldi. Unutmang, yoʻl qanchalar uzoq boʻlmasin, birinchi qadamdan boshlanadi.
— Xullas, nimadan boshlash kerak?
— Qaror qabul qilishdan. Qaror qabul qilishda eng muhimi esa — maqsadga intiluvchanlik. Siz oʻz oldingizga aniq maqsad qoʻyishingiz kerak: shoʻrva tayyorlanishi shart. Koʻnikma va mahorat oʻz-oʻzidan keladi.
— Unchalik tushunmadim. Umuman olganda shoʻrva pishirish uchun qanday harakatlar qilishim kerak?
— Sehrli xapdorini kutmang. Shunchaki, plita oldiga boring va urinib koʻring. Javobni oʻzingiz topishingiz lozim.
— Endi oʻrganayotgan oshpazlarga nima degan boʻlardingiz?
— Oʻzingizga ishoning. Bu eng muhimi.

Tarjima
© Gavhar Nasrulloh

@muhammadyunus_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥 TIK-TOK, VK va TWITTERdagi blokni chetlab o'tish va ularni ishlatish.

Psiphon Pro ilovasi orqali bloklangan ilovalarni chetlab o'tib, huddi oldingiday ishlatishingiz mumkin.

🔽 Pastdagi yuklab olish tugmasini bosib, ilovani tortib oling va videoda ko'rsatilgan yo'riqnoma bo'yicha ilovani sozlang.

@mabrur_dev
​​​​⚡️ JavaScript o'rganishga eng oson va ommabop dasturlash tillari orasiga kiradi. Bu tilni o'rganish uchun juda ko'p bepul manbalar mavjud.

Quyida, eng ko'zga ko'ringan platformalar ro'yxatini keltirilgan:

1. W3schools.com
2. CodeAcademy.com
3. LearnJavaScript.online
4. JavaScript.info

Ushbu saytlar orqali, JSni bepul o'rganishingiz va o'rganish davomida turli amaliy ishlarni qilib ketishingiz mumkin bo'ladi.

@mabrur_dev
Stress bilan kurashishning g'ayrioddiy usuli.

Tokio shahridagi Ferray Corporation IT kompaniyasi, xodimlari orasidagi stressni yengish uchun antiqa usuldan foydalanadi.

Kompaniya offislari mushuklar bilan to'la! Ular stollarda yurishadi, simlarni g'ajishadi va shkaflarda uxlab yotishadi, ammo yaponlar bunga pozitiv ruhda qarashadi va ularni ko'rganida kayfiyatlari ko'tariladi. Buning siri nimada?

Kompaniya direktorining aytishicha, kun bo'yi kompyuterda ishlash stressga olib keladi. Shuning uchun, kompaniya ish vaqtida mushuklar bilan o'ynash, yoki ularni silashga qarshilik qilmaydi.

Kompaniya olib kelgan barcha mushuklar uysiz, yoki daydi xayvonlar qarorgohidan olib kelinadi. Bundan tashqari, istaganlar mushuklarni uylariga olib ketib, kunduzi qaytarib olib kelishi ham mumkin.

Kim shu offisda ishlamoqchi? )

@mabrur_dev
Forwarded from IT Blog
Qiyin bo'ldi! Lekin uddaladik :)

TINGLA audio kitoblar loyihamiz uchun noldan studio qurdik va judayam sifatli texnikalar oldik! Buning uchun Allohga hamd bo'lsin. Alloh loyihamizni manfaatli qilsin.

👉 @abdusattor
❗️Ehtiyot bo'ling

🥵Hozirda O'zbekiston dunyodagi eng issiq mamlakat bo'lib turibdi. Boshqa hech qaysi davlatda 46 daraja issiq havo harorati kuzatilmayabti.

🔗 Butun dunyo bo'yicha havo haroratining infografikasini ushbu saytdan bilib olishingiz mumkin: https://www.ventusky.com/

@mabrur_dev