Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
3.34K subscribers
679 photos
92 videos
14 files
472 links
πŸ’» Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Download Telegram
Navbatdagi 2 ta mavzu joylandi.

JavaScriptda dasturlash, 4-dars: kod strukturasi, nuqtali vergullar va izohlar.
https://www.youtube.com/watch?v=KDvAgnmQVgI

JavaScriptda dasturlash, 5-dars: o'zgaruvchilar va ularni e'lon qilish.
https://www.youtube.com/watch?v=KDvAgnmQVgI
Master klass: 3 soat ichida lending sahifa tuzish

✳️ Master klassda "Ali dizayn akademiyasi" saytining Figmada tuzilgan maketini soat ichida boshidan oxirigacha jonli ravishda tuzib chiqamiz.

πŸ’‘ Bu vaqt davomida sayt tuzishdagi "best practice"lar, kodni to'g'ri tartiblash, loyihani GitHub va Netlifyga joylash va kontakt formadagi ma'lumotni Google Sheetsga yuborishni o'rganamiz.

Ustoz: Muhammadjavohir Suratov

⏰ Master klass 12-mart saot 9:00 dan 12:00 gacha bo'lib o'tadi.

P. S. Aynan shu kuni soat 14:00 da UIC Group jamoasi a'zolari ishtirokidagi Meetup ham bo'lib o'tadi.

πŸ“² +998732542404
πŸ“© @rtmadmin
πŸ“Margβ€˜ilon shahar Xiyobon koβ€˜chasi 65-uy
(Diyor mehmonxonasi orqasida)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
YouTube Rossiya davlat OAVlari va telekanallariga tegishli sahifalarni bloklab tashladiπŸ˜•

Qidirib ko'rganlarim:
Россия 24,
Россия 1,
ΠŸΠ΅Ρ€Π²Ρ‹ΠΉ ΠΊΠ°Π½Π°Π»
Π’Π’ Π¦Π΅Π½Ρ‚Ρ€,
ΠŸΡΡ‚Ρ‹ΠΉ ΠΊΠ°Π½Π°Π»
Hullas hammasi...

@mabrur_dev
Loyihani doim noldan qurib o'tirmaslik uchun, o'zimga o'xshagan erinchoqlarga Node.js (Express)da tayyor Authentication template yasab qo'ydim. Toza postgres ishlatmaganman, sequelize ORM da qilingan. Pull qivolib, o'zingiznikidek ishlatavering )

Kirib bemalol layk, podpiska qilib ketishiz mumkin, tekin😁
https://github.com/mabrur-h/user-auth

@mabrur_dev
Forwarded from Abduaziz Ο€ (Abduaziz)
πŸ§ͺ Loyihalarning backend qismini samaradorligini tekshirish

Bu jarayon ba'zan HTTP benchmarking yoki load testing deb ham yuritiladi va men o'ylaymanki har bir loyiha bunday sinovlardan o'tishi lozim. Bu turdagi sinovlarni amalga oshirish uchun unga mo'ljallangan tool(instrumentlar) zarur. Ushbu postda esa o'zim bilgan, ishlatgan tool'lar haqida ma'lumot bermoqchiman.

WRK - dasturchilar orasida eng ko'p ishlatiladigani desam ham adashmagan bo'laman. Serverga multithreaded dizayn kombinatsiyasi asosida sezilarli darajada yuklamani tushuradi. Shu orqali serverning qancha so'rovlarni qayta ishlashi va ularning qaytish vaqti(latency)ni ham hisoblaydi.
O'rnatilishi sodda, github sahifasida 3-4 ta buyruq asosida o'rnatib olishingiz mumkin. Ishlatish esa oddiy CLI , -d argumenti orqali sinovning davomiyligini, -c bilan esa connection'larning soni va -t orqali esa threadlar sonini kiritasiz va skrinshotdagidek natijani olasiz. Bizga ko'proq requests/second ya'ni rps'ning qiymati muhimroq πŸ˜„ Bu instrument C da yozilgan va shuning uchun ham raketa πŸš€

Locust - perfomance testing uchun eng yaxshi ko'rgan instrumentim desam adashmagan bo'laman. Chunki siz unda o'zingiz test skriptlar yozishingiz(custom testingdek narsa)mumkin, ajoyib web UI ham mavjud, va yana qo'shimcha ko'plab customization sozlamalari borligi yoqadi + rasmiy qo'llanmasi ham tushunarli tilda zo'r qilib yozilgan. Avvalliga siz uni pip orqali o'rnatasiz(pythonda yozilganda😁), so'ng testing uchun bitta python fayl ochasiz va qo'llanmada berilganidek "task"larni kiritasiz. Terminalda locust buyrug'ini kiritishingiz bilan web interfeys ham tayyor holatga keladi. Foydalanuvchilar soni va spawn rate(users/second)ni kiritib testingni boshlab yuborasiz. Statistikani xohlasangiz Web UIda grafik orqali, yoki web UI'siz terminalning o'zida va CSV fayl orqali olishingiz mumkin bo'ladi.

NodeJSda , Golangda tayyorlangan bir talay HTTP benchmarking tool'lar mavjud. Yuqorida esa o'zim foydalanganlarimni ulashdim, foydali bo'ldi degan umiddaman πŸ˜‰

@AbduazizPy
Qachondir telegramni bloklashmoqchi bo'lishsa har ehtimolga qarshi saqlab qo'ying:

Android uchun sifatli VPN:
https://t.me/mabrur_dev/595

Telegram uchun proksi:
Proksini yoqish

@mabrur_dev
Ishga kirishdan avval ko'rib chiqish kerak bo'lgan kurslardan ikkitasi:
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
Photo
Bu kurslarni Udemydan yoki ZeroToMastery saytidan topasiz
Podkast yoki audioga bog'liq loyiha qilmoqchi bo'lganlar uchun audio visualizer:
https://foobar404.dev/Wave.js/

O'zbekistonda hali podkastlar uchun platforma ko'rmaganman. Portfolio qilmoqchi bo'lganlar uchun tekin g'oya :)

@mabrur_dev
#JS_tips
Funksiya ko'p argumentlarni qabul qilsa ularni obyekt ko'rinishda yozish kodni o'qishni ancha qulaylashtiradi.

@mabrur_dev
Tartibli rezyume yozish ish beruvchini e'tiborini jalb qilishning birinchi yo'llaridan biri. Quyidagi Figma linki orqali sodda va chiroyli qilib yozilgan bepul rezyumelar shablonini ochib, ishlatishingiz mumkin.

LINK

@mabrur_dev
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
Tartibli rezyume yozish ish beruvchini e'tiborini jalb qilishning birinchi yo'llaridan biri. Quyidagi Figma linki orqali sodda va chiroyli qilib yozilgan bepul rezyumelar shablonini ochib, ishlatishingiz mumkin. LINK @mabrur_dev
#maslahat
Rezyume yozayotganda hech qachon skillaringizni foizda ko'rsatmang, bu ish beruvchi tomonidan sizga nisbatan negativ fikr uyg'otishi mumkin. Rezyumeyingiz iloji boricha 1 varoq bo'lsin va uni ochishingiz bilan asosiy narsalar ko'rinib tursin.

Izohda sizlardan ham maslahatlarni kutaman :)

@mabrur_dev
Forwarded from Dilbar O'rinboyeva
Git bilan ishlayotganda odam va mashina tomonidan o'qilishi oson bo'lishi uchun commit xabarlarni qanday yozilishi haqida spetsifikatsiya

https://www.conventionalcommits.org/en/v1.0.0-beta.2/

@ndn1618 | #git #github
Forwarded from Tweetlarim πŸŒ™
Pulni ketidan quvmang, bilimni ortidan yuguring.

Bugungi kunda katta pul topish - bu yaxshi. Ammo uzoq muddat muvaffaqiyatli yashashni istasangiz, yaxshisi kam oylikka bo'lsa ham, aqlli odamlar orasida ishlang va ulardan bilim o'rganing. Agar bularning ikkalasini ham topishga erishgan bo'lsangiz, bundan yaxshisi yo'q, ammo doim variant tanlashda o'zingiza shu savolni bering: "Qaysi variant menga ko'proq o'rganishimga, ko'proq o'sishimga imkon beradi, atrofim kuchli odamlar bilan o'ralgan bo'ladimi?"

©️ #principles_for_programmers

@tweetlarim
Forwarded from Tweetlarim πŸŒ™
O'chirib tashlashdan ko'ra, qo'shish doim osonroq bo'lgan.

Kod yozish oson, uni o'chirish qiyin. Mahsulotga yangi xususiyat qo'shish oson, qaysidir xususiyatni olib tashlash tizimni buzishi, yoki mijozni jahlini chiqarishi mumkin. Qo'shish - xato qilish va noto'g'ri boshqaruv uchun ko'proq imkoniyat yaratib beradi. Dasturchi sifatida biz biznes qiymatini oshirish uchun pul olamiz. Har doim ortiqcha kod yozganingizda, yoki begona xizmatlarni (third-party) qo'shganingizda tizim ishdan chiqish ehtimolini oshirib berasiz. Qator-qator kod yozishingiz sizni yaxshi dasturchi qilib qo'ymaydi. Sizning ishingiz kod yozish emas. Siz kod yozish uchun pul olmaysiz, aksincha biznes qiymatini oshirish uchun haq olasiz. Unutmang, ko'p degani doim ham yaxshi degani emas.

"Dasturlash jarayonini kod qatorlari bo'yicha o'lchash, samolyot qurish jarayonini og'irlik bo'yicha o'lchashga o'xshaydi."
β€” Bill Gates

©️ #principles_for_programmers

@tweetlarim
Berilgan arrayListni qanday qilib bo'shatish mumkin?

@mabrur_dev