Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi
#yosh_tadbirkorga_madad
📢 Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi
💰“Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori va Prezidentimizning PF–6260-son Farmoniga asosan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan TIF Milliy bankka 100 mln dollar pul ajratilgan.
☑️ Qarorga asosan, mazkur mablag‘lardan 2022-2024-yillarda yosh tadbirkorlarning yangi biznes loyihalari uchun kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
🔸 kredit miqdori BHMning 1000 baravaridan 2 ming baravarigacha;
🔸 muddati – 7 yil, imtiyozli davr – 3 yil;
🔸 foiz stavkasi – Markaziy bankning asosiy stavkasida (hozirda 14 %).
📝 Kreditlar ajratish uchun Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi va banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi.
🖥 Yoshlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv amaliy kurslari, shu jumladan “onlayn” tarzda bepul tashkil etiladi.
🏦 Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etilib, ular tomonidan o‘z biznesini tashkil etish uchun yuqoridagi shartlarda kreditlar ajratiladi.
❕Loyihani amalga oshirish uchun yoshlar TIF milliy bank filliallariga ariza beradi va unga muvofiq kredit ajratiladi yoki asoslantirilgan holda rad etiladi.
Telegram sahifamiz👇
@YoshlarAgentligiQoqon