Yoshlar bilan ishlash departamenti
388 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#talabalar_ijodidan

🥀 ALVIDO

Oppoq libosingga o‘ralgan jonim,
Porloq orzularda o‘rtanar yurak.
Bugun qulab tushdi butun osmonim,
Fusun ko‘zlaringda yoshli kamalak.

Yosh boladek o‘ksib yig‘laydi qalbim,
Cho‘g‘dan bo‘sa olgan titraydi dudoq.
Shirin xotiraga ko‘milmish qadrim,
Sevgimiz qabrida unmish qizg‘aldoq.

Oyog‘im o‘zimda, lek ruhim yiroq,
Sen ila tushlarim qiladi sayr.
Yashagim kelyapti sevgimda, biroq,
Jonim, baxting uchun alvido, xayr!

Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
👍8👏7👎3