Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#talaba_minbari
#yoz_bekorchilik_emas

𝗥𝗮𝗴‘𝗯𝗮𝘁 𝗯𝗶𝘇 - 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝗶𝗹𝗺 𝗼𝗹𝗶𝘀𝗵𝗴𝗮 𝘂𝗻𝗱𝗮𝘆𝗱𝗶!

Men Abdulaziz Abdurahimjonov Qo‘qon universitetining Menejment yo‘nalishi 1-kurs talabasiman. Universitetda ta'lim olish jarayonida, ayniqsa Mikroiqtisodiyot fani menda katta qiziqish uyg‘otdi. Ustozlarim ko‘magida ushbu fanni chuqurroq o‘rganish maqsadida Coursera platformasi orqali Moskva Davlat xalqaro aloqalar institutining "Mikroiqtisodiyot" onlayn kursida o‘qidim va Sertifikatga ega bo‘ldim.

Universitetimiz rahbariyati tomonidan qiziqishlarim qo‘llab-quvvatlanib, erishgan yutug‘im yuksak baholanganidan mamnunman. Menga Mikroiqtisodiyot fanidan A+ bahosini berishdi.

Talabalarni rag‘batlantirishga e'tibor uchun universitetimiz rektori Sherzod Mustafakulov va barcha ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman.

Yozgi ta'tilda Coursera orqali Ingliz tili kurslarida ham o‘qishni rejalashtirmoqdaman.

𝘽𝙖𝙧𝙘𝙝𝙖 𝙩𝙚𝙣𝙜𝙙𝙤𝙨𝙝𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢𝙜𝙖 𝙮𝙤𝙯 𝙤𝙮𝙡𝙖𝙧𝙞𝙙𝙖𝙣 𝙪𝙣𝙪𝙢𝙡𝙞 𝙛𝙤𝙮𝙙𝙖𝙡𝙖𝙣𝙞𝙗, 𝙞𝙡𝙢 𝙤𝙡𝙞𝙨𝙝𝙣𝙞 𝙩𝙖𝙫𝙨𝙞𝙮𝙖 𝙦𝙞𝙡𝙖𝙢𝙖𝙣.

📍 Kanalga ulanish ➡️ @kokanduni
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_minbari

☝️ “Baxt — bu intilishda” ekanligini o‘ziga shior qilgan, uchta xorijiy tilda gaplasha oladigan, doimo harakatdan to‘xtamaydigan qahramonimiz Mirsaid Muxtorov erishgan yutuqlarini talabalarimizga namuna qilib ko‘rsatgimiz keldi.

– Arab dunyosida asl ismi Ahmad bo‘lgan Al-Maariy nomi bilan mashhur faylasuf o‘tgan. Bolaligida chechak kasaliga chalinib, ko‘zlari ko‘rmay qolgan. Ammo uning asarlari hanuz qo‘lma-qo‘l o‘qiladi. Hanuz maqbarasi qoshidan odam arimaydi.

👉 Batafsil o'qish

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube