Yoshlar bilan ishlash departamenti
385 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#live

🇺🇿🇲🇨 Qo‘qon universiteti va Indoneziyaning Gunadarma universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Ayni paytda Indoneziyaning Gunadarma va Indoneziya universitetlari professorlari xalqaro loyiha ijrosi doirasida Qo‘qon universitetida bo‘lib turibdilar. Universitetimiz faoliyati va qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlari bu xorijlik hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Qo‘qon universiteti rahbariyati va xorijiy delegatsiya a'zolari o‘rtasida o‘zaro muzokara o‘tkazilyapti. Hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida Gunadarma universiteti bazasida talabalar amaliyotini tashkil etish, tajriba almashish, istiqbolli start-up loyihalarini tatbiq etish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashish, qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yuritishga kelishildi.

Muzokara davom etmoqda.

🔗 @kokanduniversity
👍2
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#live

🇺🇿🇮🇩 Hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi

Qo‘qon universiteti va Gunadarma universiteti vakillari o‘rtasida qizg‘in muzokara bo‘lib o‘tdi.

Gunadarma universiteti professori, D.r I Made Wiryana o‘z taqdimoti orqali 1981-yilda tashkil etilgan mazkur oliy ta'lim muassasasining serqirra faoliyati xususida ma'lumotlar berdi. Har ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik rejalariga to‘xtalib, madaniyat, turizm bo‘yicha tashriflarni amalga oshirish, talabalar uchun qo‘shma seminarlar, kompaniyalar va davlat idoralarida xorijiy stajirovka tashkil etish borasida takliflar bildirdi.

Muzokaralarda Turizm va mehmonxonani boshqarish yo‘nalishi talabalari uchun Indoneziyaning Bali orolida amaliyot o‘tash, barcha yo‘nalishlar talabalari uchun Yozgi kurs, Robototexnika, Sun'iy idrok va boshqa kurslarda o‘qish, super kompyuterda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida so‘z bordi. Bitiruvchilarining Gunadarma universitetida magistrlik darajasini olishlari, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan qator loyihalar muhokama qilindi. Har ikki oliygoh talabalarining start-up g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish va boshqa istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

🔗 @kokanduniversity
👍3