Yoshlar bilan ishlash departamenti
388 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#imkoniyat. Isaak Nyuton ommaviy epidemiya sababli berilgan taʼtilda eng buyuk nazariyalarini yaratgan.
#imkoniyat

Hurmatli QO'QON universiteti talabalari, ingliz tilini minimal vaqtda maksimal darajada o’rganishga @english_lesson_ku sizlarga yordam beradi. Qisqa muddatli ta’til vaqtida ushbu kanal orqali ingliz tilini noan’anaviy usulda, online tarzda o’rganib borishingiz mumkin. Shoshiling, fursatni qo’ldan boy bermang ! ! !

@english_lesson_ku
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №6: safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan farzandlari uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun yuqorida sanalgan toifalarga kiruvchi yoshlar https://yoshlardaftari.uz platformasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma’lumot.

2022-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mazkur imkoniyatdan 12 349 nafar yosh foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Samarqand viloyatiga (2 094 nafar), Toshkent viloyatiga (1 299 nafar) va Surxondaryo viloyatlariga (1 298 nafar) to‘g‘ri kelmoqda.

P.S. O‘ylaymizki, bu ham ko‘plab yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir yaxshi tizimdir. Obunachilarimiz orasida bu imkoniyatdan foydalangan yoshlar bormi?

@alisher_sadullaev