Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

✅️Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

🟢Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

💠 TANLOV NIZOMINI OʻQISH

➡️Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
🟢2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
🟢3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
🟢4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
🟢5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
🟢Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

↪️ Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH
👍3