Yoshlar bilan ishlash departamenti
388 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#armiya_va_yoshlar

🇺🇿"Yigit uchun Vatan, deb yashamoq go‘zal!"

Qo‘qon universitetida "Vatan muqaddas - uni himoya qilish sharafli burchdir!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari, Yoshlar ishlari agentligi, Sharqiy harbiy okrug vakillari, shuningdek O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botirjon Ergashevlar talaba-yoshlarni yanada vatanparvar bo‘lishga undovchi ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Festivalda Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona gornizonidagi harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining "Faxriy qorovul" namunali chiqishi va qo‘l jangi namoyishlarida yurtimiz himoyachilarining yuksak harbiy salohiyati o‘z ifodasini topdi. Harbiy orkestr jamoasi ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar festivalga jangovar va bayramona ruh bag‘ishladi.

Universitet rahbariyati tomonidan el-yurt oldida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan ado etayotgan vatan himoyachilariga minnatdorchilik bildirildi.

Harbiy-vatanparvarlik festivali orqali talaba-yoshlarda yurtga sadoqat, tinchlik-osoyishtalik uchun mas'ullik hissi yanada ortdi.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2