Forwarded from Kokand University (rasmiy)
#talaba_ijodidan
✍ 𝗜𝘀𝘁𝗶𝗾𝗹𝗼𝗹𝗶𝗺 𝗼‘𝘁𝘁𝗶𝘇 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗶𝗻𝗴 𝗺𝘂𝗯𝗼𝗿𝗮𝗸!
Xalqim yuz-ko‘zida baxtdan nishona,
Har kim gap-so‘zida porloq kelajak.
Yangi O‘zbekiston – bizning zamona,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Qishloqlar bag‘riga yugurdi shamol,
Uyg‘ondi barchaning qalbi mushtarak.
Yangi bog‘-rog‘lar ham aytar, ehtimol,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Yangi qiyofada qurilgan uylar,
Obod ko‘ngillardan beradi darak.
Dil va til bir bo‘lib madhingni kuylar,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Bugun shoirlardan bog‘bonlaring ko‘p,
Har ishda mirishkor, bunyodkor beshak.
Hatto, ko‘kartirar bersang quruq cho‘p,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Serqirra yoshlaring topmoqda kamol,
Ilmu hunar, sport yanada yuksak.
Chempionlaringdan butun dunyo lol,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Samoga bo‘y cho‘zgan orzular bisyor,
Go‘yo maqsadlaring to‘la bu falak.
Har yongan yulduzda Cho‘lponlaring bor,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Eng ko‘hna tarixning shirin o‘yisan,
Shiroq, Spitamen – cho‘g‘ bo‘lgan yurak.
Temurdan shod bo‘lgan yurtim to‘yisan,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Farobiy, Farg‘oniy olimlar uyi,
Buxoriy, Beruniy sharafli maslak.
Ulardek kelajak bo‘lsin fidoyi,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Yuksalsin barkamol avlod parvozi,
Bolangning shodligi misoli varrak.
Baralla yangrasin O‘zbek ovozi,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Sayragan qushlarda shukronalik bor,
Don-duning mo‘ldirki, to‘la tevarak.
Tinchlik, omonlikda to‘kindir bozor,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Ilm istaganga nurli yo‘llaring,
Ulug‘ niyat – xalqni o‘qitish kerak.
Duoga hamisha ochiq qo‘llaring,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Buyuk daholarga ota makonsan,
Har bir farzandingga tog‘dayin tirgak.
Ulug‘ karvonlarga shonli sarbonsan,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Olam qalbi go‘yo senda mujassam,
Senda halovat bor, har yering gashtak,
Ajdodlarim izi bo‘ldi muazzam,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Ezgu ishlar boshi shavkatli sarbon,
Uchinchi Renessans boshlanar, demak.
Yurtboshim, doimo sog‘ bo‘lsin, omon
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Muruvvat, sahovat qalbi daryoyim,
Xirmoning mo‘l bo‘lsin, shu mendan tilak,
Saodat maskani bo‘lgin, iloyim,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Hamid Ikrom,
Qo‘qon universiteti Boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishi talabasi.
✍ 𝗜𝘀𝘁𝗶𝗾𝗹𝗼𝗹𝗶𝗺 𝗼‘𝘁𝘁𝗶𝘇 𝘆𝗼𝘀𝗵𝗶𝗻𝗴 𝗺𝘂𝗯𝗼𝗿𝗮𝗸!
Xalqim yuz-ko‘zida baxtdan nishona,
Har kim gap-so‘zida porloq kelajak.
Yangi O‘zbekiston – bizning zamona,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Qishloqlar bag‘riga yugurdi shamol,
Uyg‘ondi barchaning qalbi mushtarak.
Yangi bog‘-rog‘lar ham aytar, ehtimol,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Yangi qiyofada qurilgan uylar,
Obod ko‘ngillardan beradi darak.
Dil va til bir bo‘lib madhingni kuylar,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Bugun shoirlardan bog‘bonlaring ko‘p,
Har ishda mirishkor, bunyodkor beshak.
Hatto, ko‘kartirar bersang quruq cho‘p,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Serqirra yoshlaring topmoqda kamol,
Ilmu hunar, sport yanada yuksak.
Chempionlaringdan butun dunyo lol,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Samoga bo‘y cho‘zgan orzular bisyor,
Go‘yo maqsadlaring to‘la bu falak.
Har yongan yulduzda Cho‘lponlaring bor,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Eng ko‘hna tarixning shirin o‘yisan,
Shiroq, Spitamen – cho‘g‘ bo‘lgan yurak.
Temurdan shod bo‘lgan yurtim to‘yisan,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Farobiy, Farg‘oniy olimlar uyi,
Buxoriy, Beruniy sharafli maslak.
Ulardek kelajak bo‘lsin fidoyi,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Yuksalsin barkamol avlod parvozi,
Bolangning shodligi misoli varrak.
Baralla yangrasin O‘zbek ovozi,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Sayragan qushlarda shukronalik bor,
Don-duning mo‘ldirki, to‘la tevarak.
Tinchlik, omonlikda to‘kindir bozor,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Ilm istaganga nurli yo‘llaring,
Ulug‘ niyat – xalqni o‘qitish kerak.
Duoga hamisha ochiq qo‘llaring,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Buyuk daholarga ota makonsan,
Har bir farzandingga tog‘dayin tirgak.
Ulug‘ karvonlarga shonli sarbonsan,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Olam qalbi go‘yo senda mujassam,
Senda halovat bor, har yering gashtak,
Ajdodlarim izi bo‘ldi muazzam,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Ezgu ishlar boshi shavkatli sarbon,
Uchinchi Renessans boshlanar, demak.
Yurtboshim, doimo sog‘ bo‘lsin, omon
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Muruvvat, sahovat qalbi daryoyim,
Xirmoning mo‘l bo‘lsin, shu mendan tilak,
Saodat maskani bo‘lgin, iloyim,
Istiqlolim, o‘ttiz yoshing muborak!
Hamid Ikrom,
Qo‘qon universiteti Boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishi talabasi.
#Talaba_ijodidan
🥀 BAHOR
Lahzalarga teng umrim, asli,
Ko‘z ochib yumguncha o‘tadi.
Ostonamda go‘zallik fasli,
Uyg‘onishim intiq kutadi.
🍃🌸🍃
Samolarda minglab yulduzlar,
Nigohida sirli kelajak.
Shodlik aro necha gul yuzlar,
Tug‘iliboq uni ko‘rajak.
🍃🌸🍃
Balki birdan mast bo‘lib qolar,
Gul taqqanda daraxtlar shoxi.
Tashrifingga sumalak solar
Qiz-ayollar, o‘tli nigohi.
🍃🌸🍃
Armonlar ham erib ketadi,
To‘lib-toshib oqadi soylar.
Yalpizlaring terib ketadi,
Gul shoxingdan yuzi chiroylar.
🍃🌸🍃
Vasling aro tug‘ilar olam,
Tuproq uzra unib chiqar nish.
Seni qancha bitmasin qalam,
Bir maysangcha bo‘lolmas olqish.
🍃🌸🍃
Hayot sendan boshlanar doim,
Xayol uchar bog‘laring aro.
Izlaringni bosar har odim,
Umrimizga berarsan oro.
🍃🌸🍃
Bugun tongni quchoqlagayman,
Xuddi sendek olamni suyib.
Har bir jondan so‘roqlagayman,
Sen haqingda sevgingni tuyib.
🍃🌸🍃
Balki, qushlar tinmay sayraydi,
Jilg‘alarda tinmay oqar suv.
Seping uzra endi yayraydi,
Qir-adirni to‘ldirib suruv.
🍃🌸🍃
Kelinchakdek bezanmish bog‘lar,
Bu dunyoni etgancha maftun.
Hatto erib ketmoqda tog‘lar,
Mehr nuring tushgani uchun.
🍃🌸🍃
Men vaslingga intizor oshiq,
Nafasingdan xushhol mastona.
Quchganimcha bag‘ringni issiq,
Bolaligim qo‘msayman, Ona!..
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi.
🥀 BAHOR
Lahzalarga teng umrim, asli,
Ko‘z ochib yumguncha o‘tadi.
Ostonamda go‘zallik fasli,
Uyg‘onishim intiq kutadi.
🍃🌸🍃
Samolarda minglab yulduzlar,
Nigohida sirli kelajak.
Shodlik aro necha gul yuzlar,
Tug‘iliboq uni ko‘rajak.
🍃🌸🍃
Balki birdan mast bo‘lib qolar,
Gul taqqanda daraxtlar shoxi.
Tashrifingga sumalak solar
Qiz-ayollar, o‘tli nigohi.
🍃🌸🍃
Armonlar ham erib ketadi,
To‘lib-toshib oqadi soylar.
Yalpizlaring terib ketadi,
Gul shoxingdan yuzi chiroylar.
🍃🌸🍃
Vasling aro tug‘ilar olam,
Tuproq uzra unib chiqar nish.
Seni qancha bitmasin qalam,
Bir maysangcha bo‘lolmas olqish.
🍃🌸🍃
Hayot sendan boshlanar doim,
Xayol uchar bog‘laring aro.
Izlaringni bosar har odim,
Umrimizga berarsan oro.
🍃🌸🍃
Bugun tongni quchoqlagayman,
Xuddi sendek olamni suyib.
Har bir jondan so‘roqlagayman,
Sen haqingda sevgingni tuyib.
🍃🌸🍃
Balki, qushlar tinmay sayraydi,
Jilg‘alarda tinmay oqar suv.
Seping uzra endi yayraydi,
Qir-adirni to‘ldirib suruv.
🍃🌸🍃
Kelinchakdek bezanmish bog‘lar,
Bu dunyoni etgancha maftun.
Hatto erib ketmoqda tog‘lar,
Mehr nuring tushgani uchun.
🍃🌸🍃
Men vaslingga intizor oshiq,
Nafasingdan xushhol mastona.
Quchganimcha bag‘ringni issiq,
Bolaligim qo‘msayman, Ona!..
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi.
👍3