Yoshlar bilan ishlash departamenti
385 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Orientation_week_2022
𝗦𝗲𝗺𝗶𝗻𝗮𝗿-𝘁𝗿𝗲𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗺𝗮𝘀𝗵𝗴‘𝘂𝗹𝗼𝘁𝗹𝗮𝗿𝗶 𝗾𝗶𝘇𝗴‘𝗶𝗻

"Orientation week" doirasida Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Universitetning tajribali ustoz-trenerlari talabalarni oliy ta'limga moslashtirish, universitet faoliyati va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirishga e'tibor qaratmoqdalar.

Treninglarda ECTS tizimi va uning afzalliklari, mustaqil o‘qish, elektron platforma va uning imkoniyatlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikma berilyapti. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ma'lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.

🔗 @kokanduniversity
👍2
#Orientation_week_2022

🖊 Ta'limning dastlabki haftasi tanishtirish jarayonlari bilan boshlandi

Universitetga 1-kursga qabul qilingan talaba-yoshlar kampusni aylanib, oliy ta'lim olish muhiti bilan yaqindan tanishmoqdalar. Ular uchun yuksak tayyorgarlik bilan tashkil etilgan "Tanishtiruv darslari"ni katta ishtiyoq bilan tinglashyapti.

Talabalarga trenerlarimiz tomonidan universitetda oʻqish tartiblari, ta'lim platformasidan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berilyapti. 1-semestrda o‘qitiladigan fanlarning taqdimotlari amalga oshirilyapti. Shuningdek, talabalarning bilimlari test topshiriqlari asosida sinovdan o‘tkazilib, daraja (level)lari aniqlanmoqda.

📱 @kokanduniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Orientation_week_2022

🖊 Tarixiy obidaga sayohat uyushtirildi

"Orientation week" haftaligi doirasida 1-kurs talaba-yoshlari uchun Qo‘qon  shahridagi muhtasham tarixiy obidalardan biri - Xudoyorxon o‘rdasi bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Qo‘qon madaniyati va tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari talabalarga tashqi qal'a, o‘rta va ichki saroylar hamda bog‘dan iborat bo‘lgan inshootning bunyod etilish tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar berdilar. Qadimiy qo‘lyozmalar, kitoblar va boshqa eksponatlar bilan tanishtirdilar. Talabalarga, ayniqsa mahorat bilan namoyish etilgan tarixiy spektakl manzur bo‘ldi.

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
👍5