Yoshlar bilan ishlash departamenti
388 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Abduqodir Hamidovich Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi va shu munosabat bilan Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏆 YILNING ENG YAXSHI XUSUSIY OLIYGOHI - 2022

Respublikamizda rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining onlayn reytingini aniqlash maqsadida ushbu tanlov tashkil o‘tkazilmoqda. 

Tanlov tashkilotchilari:
OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi va Edu - Taʼlim yangiliklari telegram kanali

Axborot hamkori:
Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi - TDI.UZ 

Tanlov maqsadi:
O‘zbekistonda xususiy ta’lim salohiyatini yanada oshirish, ta’lim sohasidagi eng yaxshi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish. 

📄 Tanlov nizomi: https://oliygoh.uz/post/eng-yaxshi-oliygoh-tanlov-nizomi

📄 Tanlov natijalari: https://oliygoh.uz/vote/yilning-eng-yaxshi-xususiy-oliygohi-2022

📌 Eslatma: Tanlovda ovoz berish 31-yanvar kuni 20:00 da yakunlanadi.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 "Yilning eng yaxshi xususiy oliygohi - 2022" tanlovida Kokand university'ni qo‘llab-quvvatlang va ovoz bering!

⚠️Ism, sharifingiz va telefon raqamingiz so‘ralsa yozishingiz mumkin. Bu ovozlarning haqqoniy bo‘lishi uchun zarur.

❗️"Yilning eng yaxshi xususiy oliygohi - 2022 tanlovida qaysi oliygohga ovoz berasiz, tanlang:" yozuvidan so‘ng albatta Kokand universityni toping va belgilang!

🙌 Kokand university - bir oila ekanligini yana bir bor isbotlaylik, azizlar!

🌐Ovoz berish ➡️ https://t.me/nodavlat_reyting_bot?start=
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉2
🔔Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari uchun 2023-yil 4-yanvardan 14 yanvargacha an'anaviy (oflayn) o‘qish kunlari ekanligini eslatamiz!

Yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalar ertaga quyidagi lokatsiyalarda belgilangan manzillarga kelishlari mumkin.

Kunning istalgan vaqtida kelishingiz, quyidagi raqam orqali ishchi guruh bilan bog‘lanib, yotoqxonaga joylashishda ko‘mak olishingiz mumkin ⬇️

📞+998907700717 (departament boshlig‘i Rustam Matmusayev)

Yoshlar bilan ishlash departamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rustam Matmusayev
Forwarded from Rustam Matmusayev
#talabalar_ijodidan

🥀 ALVIDO

Oppoq libosingga o‘ralgan jonim,
Porloq orzularda o‘rtanar yurak.
Bugun qulab tushdi butun osmonim,
Fusun ko‘zlaringda yoshli kamalak.

Yosh boladek o‘ksib yig‘laydi qalbim,
Cho‘g‘dan bo‘sa olgan titraydi dudoq.
Shirin xotiraga ko‘milmish qadrim,
Sevgimiz qabrida unmish qizg‘aldoq.

Oyog‘im o‘zimda, lek ruhim yiroq,
Sen ila tushlarim qiladi sayr.
Yashagim kelyapti sevgimda, biroq,
Jonim, baxting uchun alvido, xayr!

Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
👍8👏7👎3
📢 Hurmatli talabalar!

Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalarining
ID kartalari tayyor bo‘lganligini ma'lum qilamiz. A bino foyesiga kelib olishingiz mumkin!

Talabalarga xizmat ko‘rsatish departamenti
📢 Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari diqqatiga!

Aziz talabalar, universitet Axborot-kutubxona markazidan foydalanishingiz mumkin!

🔎 Kutubxonamizda sizga kerakli barcha darslik, monografiya va qo‘llanmalar mavjud. Shuningdek, o‘zingiz izlagan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlarini ham topishingiz mumkin.

🔵Qo'qon universitetining Axborot-kutubxona markazi
❤️ Psixologik seminar-treningga taklif qilamiz!

Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi talabalari uchun qiziqarli psixologik trening - "Ichindagi ichindadir".

🎙Spiker: Faxriddin Hamidullayev - psixoterapevt-trener.

Bugun:
▪️1-kurs talabalari uchun - soat 10:30
(A bino 209-xona);
▪️2-kurs talabalari uchun - soat 15:30
(B bino 110-xona).

💡Trening psixoanalizda shaxs tushunchasi xususida. Albatta ishtirok eting va o‘zingizni yanada chuqurroq anglang!

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
#KU_yil_talabasi
#oltin_fond

🎓 A'zamboy - yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi

Sizlarni o‘z iqtidori bilan yutuqlarga erishayotgan talabalarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz.

Xabaringiz bor Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi A'zamboy Abduvohidov universitetimiz miqyosida o‘tkazilgan "Yil talabasi" tanlovi g‘oliblaridan biriga aylandi. Bu talabamizni ko‘pchiligingiz oliygohimizda o‘tkazilgan tadbirlar boshlovchisi sifatida ham taniysiz.

A'zamboy "Yil talabasi" nomiga qanday sazovor bo‘ldi? Keling, uning boshqa yutuqlarini ham ko‘zdan kechiramiz.

Batafsil ➡️ https://bit.ly/3ZtnKzG

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Qo‘qon universitetining barcha erkak-o‘qituvchilari va xodimlari, talaba yigitlarini 14-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

👮‍♂YIGIT SO‘ZI

Ostonangda boshim, doim ta'zimda,
Tuprog‘ingda unib, o‘sgan maysaman.
Farzandingman xizmat qilmoq farzim-da,
Nokaslarga otgan o‘qing — nayzaman.

Sarhadlaring er yigitga omonat,
Unda Temur, Jaloliddin ruhi bor.
Bir zum bo‘lsin o‘ylamaslik — xiyonat,
Qo‘riqlayman chegarangni men bedor.

Xotirjam, tinch uxlasinlar uyida,
Azizlarim: ota-onam va yorim.
Yuksak, porloq kelajaging o‘yida
Yashayapman fido qilib men borim.

Shodligiga gard yuqtirmay bolamning,
Orzusiga imkon bergan qanotman.
Ajdodlardan qolgan ko‘hna olamning,
Osuda, hur hayotiga najotman.

Men askarman, kechayu kun xushyorlik,
Sadoqat-la xizmat qilmoq chin ontim.
Vatan, senga bo‘lsin menda xushtorlik —
Umrim, jonim, nafas olar har onim!

Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
👏4
Forwarded from Edu.uz
#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Xalqaro IT-sertifikati nima va qanday imkoniyatlar beradi?

Birozdan so‘ng, soat 15:00da xalqaro IT-sertifikat olish bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘shimcha savollarga javob berish maqsadida onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

Spiker: IT-Parkda Xalqaro IT sertifikatlar boʻlimi boshligʻi Mirabbos Anvarov.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi IT-sertifikatga ega bo‘lish istagidagi yoshlar uchun tavsiya etadi.

ZOOM uchun havola: 👉bit.ly/3vZXkbb

Ma’lumot uchun, xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash boʻyicha it-istedod.uz” portali ishga tushirilgan. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali — my.gov.uz orqali arizalarni qabul qilish xizmati mavjud.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#KU_yil_talabasi

🎓 Alisher - yilning eng faol sportchi talabasi

Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Alisher Qayumov universitetimizda o‘tkazilgan "Yil talabasi" tanlovida "Yilning eng faol sportchi talabasi" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

😎Batafsil ▶️ https://bit.ly/3whTaLH

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🎉1