Yoshlar bilan ishlash departamenti
387 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
📣📣📣 Abituriyentlar diqqatiga❗️

Qo‘qon universitetiga kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan 2022-yilning 21-avgust kuni Farg‘ona shahrida 1-smenada o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Kunduzgi ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar ruxsatnomalarini bugun, 16-avgust kunidan shaxsiy kabinetlaridan yuklab olishlari mumkin.

Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:

➡️ Farg‘ona davlat universiteti stadioni: Farg‘ona shahri, "Yoshlar" MFY Al-Farg‘oniy ko‘chasi.

📌 Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/qN8krF9XH77ZaogL6

➡️ Marg‘ilon shahar 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadioni: Marg‘ilon shahri, "Yangi bog‘" MFY, Turkiston ko‘chasi, 100-B uy

📌 Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/zJG1SRH1BV85J15j7

❗️Shaxsiy kabinetga kirish uchun ushbu havolani bosing ⬇️

https://qabul.kokanduni.uz/uz
🗣 Yoshlar ishlari agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi yosh, shijoatli, yoshlar manfaati uchun kuch, resurs sarflaydigan, harakatchan yoshlarni mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimiga taklif qiladi.

📌Ushbu link orqali ochiq tanlov asosida "Quduqlik" MFY yoshlar yetakchisi lavozimiga o‘z nomzodingizni taklif qiling!

🔗 https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/160650#profile

@YoshlarAgentligiQoqon
👍2
☝️Yaxshi maosh, milliy kadrlar zaxirasiga kirish imkoniyati, yaxshi karyera (professional o'sish), yana bir qancha imtiyoz va imkoniyatlarga ega bo‘lishni xohlovchi fidoiy yoshlarni ishga taklif qilamiz!

Quyida "G‘oziyog‘liq" MFY yoshlar yetakchisi lavozimiga o‘z nomzodingizni taklif qilishingiz mumkin

🔗 https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-detail/159444#profile

@YoshlarAgentligiQoqon
🔰 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari BHMning 4 baravari miqdorigacha (1,2 mln so‘mgacha) va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.

Qonunchiligimizda nazarda tutilganidek, bu imtiyoz “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga ham taalluqlidir.

#huquqiy_komak
#yoshlarga_oid_imtiyoz

@YoshlarAgentligiQoqon
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️IT sohasida Prezident sovrini uchun tanlov oʻtkaziladi

Prezident qarori bilan 2023-yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan Prezident sovrini uchun tanlov oʻtkaziladi.

@alisher_sadullaev
👍8
📣 AMALIYOTGA MARHAMAT!

🎓 Qo‘qon universitetining Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarini "Ahmad Education" xususiy maktabiga amaliyotga taklif qilamiz.

👉 "Ahmad Education" zamonaviy xususiy maktabida darslar xorijiy professor-o‘qituvchilar, Turkiyadan taklif etilgan malakali ustozlar tomonidan xalqaro pedagogik texnologiyalar asosida o‘tiladi. Amaliyot jarayoni talabalar uchun katta tajriba maktabi vazifasini o‘taydi.

Muhimi, amaliyot davrida o‘z qobiliyatlarini faol namoyon etgan bitiruvchilar kelgusida ish bilan ta'minlanishlari mumkin.

✔️Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun tel: ⬇️
📲 +998991114500

@kokanduni
👍5🔥2
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
#Orientation_week_2022
𝗦𝗲𝗺𝗶𝗻𝗮𝗿-𝘁𝗿𝗲𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗺𝗮𝘀𝗵𝗴‘𝘂𝗹𝗼𝘁𝗹𝗮𝗿𝗶 𝗾𝗶𝘇𝗴‘𝗶𝗻

"Orientation week" doirasida Maktabgacha ta'lim (maxsus) sirtqi yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Universitetning tajribali ustoz-trenerlari talabalarni oliy ta'limga moslashtirish, universitet faoliyati va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirishga e'tibor qaratmoqdalar.

Treninglarda ECTS tizimi va uning afzalliklari, mustaqil o‘qish, elektron platforma va uning imkoniyatlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikma berilyapti. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan ma'lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.

🔗 @kokanduniversity
👍2
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
📢 Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarni o‘quv seminarga taklif etamiz❗️

📋 Mavzu: "Barqaror rivojlanish 4-maqsadini targ‘ib qilish va muvofiqlashtirishda sun'iy idrok".

🖇 Hamkorlarimiz:
▫️UNESCO;
▫️Turizm va madaniy meros vazirligi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi;
▫️Indoneziyaning Gunadarma universiteti;
▫️Indoneziya universiteti.


🗓 2022-yilning 25, 26-avgust kunlari, 10:00 da Qo‘qon universitetida o‘tkaziladi.

⚡️O‘quv seminarda ishtirok eting va inson ongi bilan bog‘liq barcha imkoniyatlarga ega raqamli tizimlar, sun'iy idrok borasida yangilik almashing!

📄 Ishtirokchilarga xalqaro Sertifikat taqdim etiladi❗️

📌 Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
📲 +998909518866.

🔗 @kokanduniversity
👍1
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
✍️ Qo‘qon universitetida xalqaro o‘quv seminari start oldi

Qo‘qon universitetida YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Turizm Lab NNT, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda YUNESKO qatnashuv dasturi doirasida tasdiqlangan loyihaga asosan Indoneziyaning Gunadarma va Indoneziya universitetlari professorlari tomonidan xalqaro o‘quv seminari boshlandi.

"Barqaror rivojlanish 4-maqsadini targ‘ib qilish va muvofiqlashtirishda sun'iy idrok" mavzusidagi o‘quv seminarida Indoneziya va viloyatimizning qator universitetlari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etmoqdalar.

O‘quv seminarining ochilishida Qo‘qon universiteti rektori v.b G‘afurjon Zaxidov, Farg‘ona viloyati hokimining Turizm va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ahmedovlar insoniyatga ko‘mak berish uchun yaratilgan sun'iy intellektni barcha sohalar, xususan ta'lim tizimiga keng tatbiq etishning ahamiyatiga to‘xtaldilar va seminar ishiga muvaffaqiyat tiladilar.

Seminarda Indoneziyaning Gunadarma universiteti professori, D.r I Made Wiryana "O‘zbekiston ta’limini sun’iy intellekt davriga tayyorlash" mavzusida ma'ruza qilmoqda.

O‘quv seminari davom etmoqda.
---------------------------
Ma'lumot uchun,
2030-yilgacha barqaror rivojlanish milliy tamoyil va vazifalarining 4-maqsadida umumqamrovli va adolatli sifatli ta'limni ta'minlash hamda barchaning butun umri davomida ta'lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish nazarda tutilgan. Bugungi o‘quv seminar ushbu muhim maqsadni amalga oshirish, bu borada sun'iy intellekt imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

🔗 @kokanduniversity