Yoshlar bilan ishlash departamenti
386 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
📢 Teran fikrli, dunyoqarashi va tafakkuri keng talaba-yoshlarni insholar tanloviga taklif etamiz!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan "Vatan taqdiri - mening taqdirimda" g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda albatta ishtirok eting. Insho uchun qo‘lingizga qalam olishga undaydigan aynan sizlar uchun qiziqarli va muhim mavzular tanlangan.

🕰 O‘tkazish vaqti: 2022-yil 16-mart, soat 14:00 da (А bino 110 xona)

🎁 G‘oliblarni pul mukofotlari kutmoqda:

✔️1 ta 1⃣-o‘rin uchun - 1 500 000 so‘m;
✔️2 ta 2⃣-o‘rin uchun - 1 000 000 so‘mdan;
✔️3 ta 3⃣-o‘rin uchun 500 000 so‘mdan;
✔️10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rinlar (nominatsiyalar bo‘yicha) ham mavjud. 80 baldan yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan 10 nafar talabaga o‘quv rejasiga muvofiq fanlardan A+ (90 ball) kredit taqdim etiladi.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting ⬇️ https://forms.gle/pJKfTjdCGyK6mTPa9
👍2
Xalqaro sammitda Qo‘qon universiteti jamoasi "Eng yaxshi delegatsiya" sifatida e'tirof etildi

Samarqand shahrida World Students Sammiti yuqori saviyada o‘tkazildi.

Respublikamiz va xorijlik talabalar ishtirokida xalqaro formatda o‘tkazilgan Sammitda yoshlar o‘rtasida networkingni shakllantirish, xorijiy tillarni biluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratildi.

Ishtirokchi yoshlar dastlab turizm, tadbirkorlik, xalqaro munosabatlar va diplomatik etiket yo‘nalishlarida treningda qatnashdilar va spikerlardan bilimlar oldilar. Keyingi bosqichda bahs-munozaralar olib borildi, muammolar yechimiga qaratilgan loyihalar ishlab chiqildi.

E'tirof etish joizki, sammit ishtirokchilari e'tiboriga havola qilingan Qo‘qon universiteti faoliyatiga oid videolavhalar qizg‘in olqishlandi. Talabalarimiz sammit jarayoni va loyiha taqdimotlarida uyushqoqlik bilan faol ishtirok etganliklari uchun "Eng yaxshi delegatsiya" nominatsiyasi bo‘yicha Sertifikat va Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🔗@kokanduniversity
👍8🔥1
👋 𝙌𝙖𝙙𝙧𝙡𝙞 𝙮𝙤𝙨𝙝𝙡𝙖𝙧!

🤝 𝐘𝐮𝐤𝐬𝐚𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐥𝐨𝐲𝐢𝐡𝐚𝐬𝐢 𝐯𝐚 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐚𝐠𝐞𝐧𝐭𝐥𝐢𝐠𝐢 𝐐𝐨‘𝐪𝐨𝐧 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝐛𝐨‘𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐡𝐚𝐦𝐤𝐨𝐫𝐥𝐢𝐤𝐝𝐚 𝐬𝐞𝐦𝐢𝐧𝐚𝐫-𝐭𝐫𝐞𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐤𝐢𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐚𝐝𝐢.

🎯 Seminar-trening quyidagi mavzularda olib boriladi:

👉 𝘔𝘢𝘲𝘴𝘢𝘥 𝘲𝘰‘𝘺𝘪𝘴𝘩
👉 𝘕𝘰𝘵𝘪𝘲𝘭𝘪𝘬 𝘴𝘢𝘯'𝘢𝘵𝘪
👉 𝘛𝘪𝘮𝘦-𝘔𝘦𝘯𝘦𝘫𝘮𝘦𝘯𝘵

☝️ Bu̶n̶a̶q̶a̶s̶i̶ ̶h̶a̶l̶i̶ ̶b̶o̶‘̶l̶m̶a̶g̶a̶n̶.̶

🕰 𝗧𝗮𝗱𝗯𝗶𝗿 𝟭𝟰 𝗺𝗮𝗿𝘁 𝘀𝗼𝗮𝘁 𝟭𝟬:𝟬𝟬 𝗱𝗮 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗻𝗮𝗱𝗶

🗣𝔹𝕒𝕣𝕔𝕙𝕒 𝕪𝕠𝕤𝕙𝕝𝕒𝕣𝕟𝕚 𝕦𝕤𝕙𝕓𝕦 𝕥𝕒𝕕𝕓𝕚𝕣𝕘𝕒 𝕥𝕒𝕜𝕝𝕚𝕗 𝕢𝕚𝕝𝕒𝕞𝕚𝕫!

@YoshlarAgentligiQoqon
👍6
🏆 Qo‘qon universiteti- "EDU BRANDING" g‘olibi❗️

Respublika miqyosida ta'lim sohasidagi eng yaxshi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida "EDU BRANDING" tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda Qo‘qon universiteti "Eng yaxshi nodavlat va xususiy oliygoh" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

"MFaktor" biznes maktabida tashkil etilgan "EduOn ta'lim forumi"da g‘oliblar tantanali taqdirlandilar.

Qo‘qon universiteti jamoasi barcha qo‘qonliklarga hamda hamyurtlarimizga ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlaganlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi!

🔗 @kokanduniversity
📢 "Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning muhim omili" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi

🕰 O‘tkazish vaqti (birinchi kun): 29-mart, 15:00.

⚡️Maqsad: lider xotin-qizlar safini kengaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar mustahkamligining ma'naviy, iqtisodiy, huquqiy asoslarini targ‘ib qilish.

🎙Spikerlar:
▪️Sherzod Mustafakulov - Qo‘qon universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori;

▫️Kamila Kavlanova - Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i;

▪️Gulchehra Axunova - Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori;

▫️Farida Abdurahmanova - O‘zbekiston Respublikasi diniy qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, filologiya fanlari nomzodi.

▪️Gulchehra Rixsiyeva - Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari nomzodi.

▫️Rahbarxon Murtazayeva - O‘zMU professori, "Olima" uyushmasi raisi, tarix fanlari doktori.

🔗 @kokanduniversity
👍3
Talabalarimiz - xalqaro diplom sohibi

Rossiya Federatsiyasi Janubiy-Ural Davlat universiteti (YuUrGu) tomonidan "Butunjahon she'riyat kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilgan "She'riyat bahori-2022" xalqaro tanlovida Qo‘qon universiteti talabalari faol ishtirok etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra rus adabiyotini katta qiziqish bilan o‘rganayotgan bir guruh talabalarimiz xalqaro diplom sohibi bo‘ldilar.

🔗 @kokanduniversity
👍2
📢 "Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning muhim omili" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi

🕰 O‘tkazish vaqti (ikkinchi kun): 30-mart, 9:00.

⚡️Maqsad: xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan jabrlanishining sabablari va uning oldini olish, olima ayollarning ilm-fandagi yutuqlarini targ‘ib etish.

🎙Spikerlar:
▪️Kumrinisa Abdurasulova - Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

▫️Adina Zakirova - O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professori, yuridik fanlari doktori;

▪️Raima Shirinova - O‘zMU prorektori, professor;

▫️Zamira Ishanxodjayeva - O‘zMU professori, O‘zbekiston xotin-qizlar "Olima" uyushmasi raisi o‘rinbosari;

▪️Shahlo Ergasheva - TDIU huzuridagi “Moliyaviy hisobot
bo‘yicha innovatsion malaka oshirish resurs markazi”
direktori, professor;

▪️Shirin Zaynutdinova - Toshkent
davlat sharqshunoslik universiteti katta o‘qituvchisi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
rektor maslahatchisi.

🔗 @kokanduniversity
👍4
🇫🇮 Fin tilini o‘rganing va Finlyandiyada bepul ta'lim oling!

👩‍💻🧑‍💻 Yangi xorijiy tilni o‘rganish va Finlyandiyada o‘qishni davom ettirishni istaysizmi?!

▫️Fin tilini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan to‘garak faoliyati;

▪️Finlyandiyadan taklif etilgan xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha tajribali o‘qituvchi - Nadja Golubenko;

▫️ Finlyandiyaning nufuzli universitetlari bilan Talaba almashish dasturlari;

▪️ Finlyandigaya talaba yuborish tajribasi.

👌Qo‘qon universitetida maqsadingizni amalga oshirish uchun shu kabi barcha imkoniyatlar mavjud.

🕰 To‘garak: seshanbа-payshanba kunlari soat 15:30 da (A bino 302-xona).
👍52
Channel name was changed to «Yoshlar bilan ishlash departamenti»