Yoshlar bilan ishlash departamenti
388 subscribers
2.78K photos
387 videos
109 files
629 links
Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.

Robert Kiyosaki
Download Telegram
#armiya_va_yoshlar

🇺🇿"Yigit uchun Vatan, deb yashamoq go‘zal!"

Qo‘qon universitetida "Vatan muqaddas - uni himoya qilish sharafli burchdir!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari, Yoshlar ishlari agentligi, Sharqiy harbiy okrug vakillari, shuningdek O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botirjon Ergashevlar talaba-yoshlarni yanada vatanparvar bo‘lishga undovchi ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Festivalda Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona gornizonidagi harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining "Faxriy qorovul" namunali chiqishi va qo‘l jangi namoyishlarida yurtimiz himoyachilarining yuksak harbiy salohiyati o‘z ifodasini topdi. Harbiy orkestr jamoasi ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar festivalga jangovar va bayramona ruh bag‘ishladi.

Universitet rahbariyati tomonidan el-yurt oldida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan ado etayotgan vatan himoyachilariga minnatdorchilik bildirildi.

Harbiy-vatanparvarlik festivali orqali talaba-yoshlarda yurtga sadoqat, tinchlik-osoyishtalik uchun mas'ullik hissi yanada ortdi.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📣 Typing club kompyuter kursiga taklif etamiz!

💻Ushbu kurs xizmatida kompyuterning asosiy va qo‘shimcha jihozlari, chop etish qurilmalari va ulardan foydalanish yo‘riqlari mukammal o‘rgatiladi.

Kursda⬇️

WORD

➡️ matn bilan ishlash, tez yozish ko‘nikmasi;
➡️matn muharriri funksiyalari;
➡️grafiklar bilan ishlash.

EXCEL
➡️Excel dasturining uskunalar paneli bilan ishlash;
➡️dastur formula va funksiyalari;
➡️taqdimotlar tayyorlash.

PowerPoint
➡️dasturni boshqarish;
➡️PowerPoint grafikasi va effektlari bilan ishlash.

Qo‘shimcha imkoniyatlar!
➡️ Internet tarmoqlari bilan ishlash;
➡️tizimga ulanish, internet sozlamalari bilan tanishish mumkin.

Kurs mashg‘ulotlari: haftaning dushanba, chorshanba, juma;
seshanba, payshanba kunlari 16:00 da (A bino, 205), 18:10 da (B bino 109) o‘tkaziladi.


➡️ Shakli: offline va online.

Kurs xizmati - to‘lov asosida.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun: 📞 +998998442810.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
🖇 O‘quvchilar oliy ta'lim imkoniyatlari bilan tanishtirilmoqda

Qo‘qon shahri va atrof tumanlarning davlat va nodavlat maktablari o‘quvchilari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

"Ahmad Education" xususiy maktabi o‘quvchilari universitetda bo‘lib, o‘quv binolarida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud ta'lim yo‘nalishlari, o‘qishga kirish va o‘qish tartiblari xususuda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Ma'lumot o‘rnida, Qo‘qon universitetining yaqin hamkorlaridan biri - "Ahmad Education" xususiy maktabida 1000 nafardan ziyod o‘quvchilar uch bosqichda zamonaviy ta'lim-tarbiya olishmoqda. Universitetimiz talabalari mazkur maktabda kelgusida muqim ish o‘rinlariga ega bo‘lish maqsadida amaliyot o‘tab, malakali o‘qituvchilarning pedagogik texnologiyalarini o‘rganmoqdalar.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kokand University (rasmiy) (Мухтасар Исақова)
🖊 Universitetimiz delegatsiyasi II Oʻzbekiston iqtisodiy forumida ishtirok etdi

Samarqandda dunyoning rivojlangan mamlakatlari yetakchi xalqaro iqtisodchilari, nufuzli investorlar hamda ekspertlarni jamlagan II O‘zbekiston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Qo‘qon universitetining Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.

“Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusidagi forumda O‘zbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi istiqbollari, imkoniyatlari va vazifalari tahlil qilinadi.

Shuningdek, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektorning roli, o‘zgaruvchan muhitda pul-kredit va makroprudensial siyosat, yashil iqtisodiyotga o‘tish mavzulari keng muhokama etildi.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM