🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🏫 Yangi qiyofa, yangi imkoniyatlar!📍Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan
100-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining sport maydonchasi
🌟Kadastr agentligi tomonidan
to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
⚽️ Yangi sport maydonchasi bolalarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida zamonaviy talablarga mos tarzda jihozlandi.
✅ To‘liq ta’mirdan chiqqan sport maydonchasida:
sun’iy qoplamali futbol maydoni,
yoritish tizimi o‘rnatildi.🎯 Bu tashabbus
🌟Kadastr agentligining
ijtimoiy mas’uliyat doirasidagi amaliy ishlaridan bo‘lib, bolalarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatga integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
🌟Kadastr agentligi kelgusida ham ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda davom etadi!#Kadastr_agentligi #ijtimoiy_yordam📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt