Qoʻshilaman.
"Tilla baliqcha"ni 5-sinf darsligiga kiritishni yoqlagan (yoki kiritgan?) olimlardan biriga, "5-sinfda bu asar bilan qanday ishlashni tavsiya qilasiz, oʻquvchida asarni tahlil qilish uchun na adabiyot nazariyasi boʻyicha va na asarning konteksti haqida yetarlicha bilim yoʻq-ku?" deb savol berganimda "Chuqur kirilmaydi, asarning kontekstini tushuntirilmaydi" deb javob bergan edi. Lekin "chuqur kirilmasa", "kontekst tushuntirilmasa" - bu asarni 5-sinf oʻquvchisiga berishdan qanday maqsad koʻzlangan oʻzi, yuqoriroq sinflarga, oʻquvchi asarni tahlil qilish uchun yetarli bilimga ega boʻlgan paytda bergan maʼqulroq emasmi, degan savolni javobsiz qoldirgan edi.

👍23
Асанов формати
Буларнинг барчаси онлайн платформалар ва веб-сайтлар фаолиятини тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий базани мустаҳкамлаш, интернет маконидаги хавфсизликни таъминлаш, тизимли чора-тадбирларни кучайтириш заруратини кўрсатмоқда.
Eldar aka, uzr-ku, bunday manipulyatsiyaning nima keragi bor? xuddiki muammoli qonun loyihasisiz Oʻzbekistonda qurol-yaroq, psixotrop moddalar targʻiboti yoki pornografiyaga ruxsat berilganday.
Amaldagi "Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi"gi qonunni ochib qarang, siz yozgan narsalarning hammasi qonunning 12-1 moddasi bilan taqiqlangan.
Oʻsha gap: siz bugun yoqlab berayotgan oybolta ertaga oʻzingizga ham qarshi ishlatilishi mumkinligini yodda tuting.

👍40🔥7👏4👎2🤔1🤯1
Ha, onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerlardir
Umuman, AOKA muammoli qonun loyihasi bo'yiicha e'tirozlar va savollarga o'z javobini beribdi.
AOKAning tushuntirishicha, ha, taklif qilinayotgan loyiha bo'yicha, ijtimoiy tarmoqlarning har qanday foydalanuvchisi bloger bo'ladi va har qanday shaxsiy yozishmalar "kontent tarqatish" deb qabul qilinadi. Lekin bunday yondashuv "blog", "bloger", "kontent" tushunchalarining buzib talqin qilinishidir. Blog" (inglizcha "web-log" - "internet-jurnal" so'zidan) - bu muallifning (blogerning) omma uchun ochiq qaydlari (masalan, qarang: Kembrij lug'ati, rus tilining katta lug'ati). "Kontent" deganda ham ommaga mo'ljallangan ma'lumot tushunilishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti bor har bir foydalanuvchini (bu akkaunt yopiq bo'lsa ham) "bloger" toifasiga kiritish, tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan har qanday shaxsiy yozishmalarni "kontent tarqatish" deb hisoblash nashidga layk bosishdan ko'ra xatarliroq oqibatlarga olib keladi va istalgan yoqmaydigan shaxsni shaxsiy fikri, foto yoki videosi uchun taqib qilish uchun qonuniy zamin yatarib beradi.
AOKA o'z javobida "kontent jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solsagina noqonuniy hisoblanadi", demoqda. Lekin, birinchidan, loyihaga ko'ra, jismoniy yoki yuridik shaxs yolg'on axborotni o'chirish talabi bilan murojaat qilishi mumkin, influyenserlar va OAVlar esa "yolg'on" degan maxsus belgi qo'yishi kerak. Maqolada yozganimdek, "yolg'on axborot" tushunchasining loyihada berilgan ta'rifi g'ayriilmiydir va qaysidir davlat organi yoki amaldorga yoqmagan istalgan axborotni "yolg'on" deb e'lon qilish imkonini beradi. Qolaversa, loyihadagi mavhum ta'riflar AOKAga, masalan, davlat yashirmoqchi bo'lgan har qanday voqea-hodisa, falokat haqidagi ma'lumotlarni "jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid soladigan" (demak, noqonuniy) deb e'lon qilish imkonini beradi. AOKA o'z bayonotida keltirgan misol ham bu xavotirni qaysidir ma'noda tasdiqlaydi.
"Ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi yoki faktlarni buzib ko‘rsatishi mumkin, ammo u oddiy hazil yoki kinoya va hokazo bo‘lgani uchun shaxs, narsa, voqea, hodisa va jarayon haqida noto‘g‘ri taassurot qoldirmaydi", deyiladi AOKA bayonotida. Oldinroq ham yozganimdek, har qanday "taassurot" subyektiv bo'ladi, ya'ni ma'lumotni qabul qiluvchiga bog'liq - bu ilmiy isbotlangan. Shunday ekan, taassurotning "to'g'ri" yoki "noto'g'ri"si bo'lmaydi. (Umuman, "taassurot"ni "to'g'ri" yoki "noto'g'ri" deb tasniflash har qanday fikrni nazorat qilishga intiladigan totalitar jamiyatlarga xos xususiyatdir). Subyektiv tushunchalarni qonunchilikka olib kirish qonunni istagan tarafga burish imkonini yaratadi va har birimiz uchun xavfli oqibatlarga olib keladi.
Aslida, bu loyiha "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" deb nomlangan bo'lsa-da, foydalanuvchilarga qandaydir amaldagi qonunchilikda mavjud bo'lmagan huquqlar yoki himoya mexanizmlari bermaydi. Amaldagi qonunchilikda shundoq ham, masalan, ayrim blogerlar (taklif qilinayotgan loyiha bo'yicha - influyenserlar) yoqlab chiqayotgan jihatlar tartibga solingan. Tushunishimcha, bu loyiha kimgadir har qanday fikr ("kontent") ustidan total nazorat o'rnatish uchun kerak.

Газета.uz
Ha, onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerlardir. AOKA qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi
AOKA onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi. Ular onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari shundoq ham blogerlar hisoblanishini ta’kidlab, kontent 'faqat jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solsagina'…
🤯9👍5
Dilshooda
Hukumat va xalq turli axborot makonida yashashni boshlagan.
Ha, buning boshlanganiga ancha bo'lgan. Masalan, "onlayn platformalar" to'g'risidagi qonun loyihasi - go'yoki "onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish"ni va'da qilsa-da, aslida hukumat hatto shaxsiy muloqotlar va yopiq akkauntlardagi "partiya liniyasi"ga mos kelmaydigan fikrlarga toqatsiz bo'lib borayotganini ko'rsatmoqda. Va hukumat real muloqot, dialog o'rniga, tobora g'ashga tegib borayotgan PRni kuchaytirish bilan ovora.
"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining 2025-yilgi matbuot erkinligi indeksida O'zbekiston 180 davlat orasida 148-o'rinni saqlab qoldi, biroq ball hisobida ko'rsatkichlar yomonlashdi (35,24; bir yil oldin - 37,27). Tashkilot ekspertlarining qayd etishicha:
- "kam sonli mustaqil jurnalistlar qatag'on sharoitida ishlashmoqda" - shunday kam sonli jurnalistlarning birining arizasi bilan bo'lib o'tgan sud natijalari, jurnalistlarni haqorat qilib, suvdan quruq chiqishning qonuniylashtirilishi "pul"ga (inglizcha "pool" so'zidan) kirmaydigan jurnalistlarga munosabatni ko'rsatdi.
- "hokimiyat yoppasiga blogerlarni sotib olmoqda" - qizig'i, "metodichka"ning manbasi bitta ekanligini yashirishga ham urinmay qo'yishdi.
Tashkilot Markaziy Osiyoda Rossiya propagandasining tobora kuchayishi ham vaziyatni yanada og'irlashtirganini qayd etgan. Bunday sharoitda agressor davlat bilan "axborot siyosati" sohasida hamkorlikning kuchaytirilishi to'g'risidagi xabarlar xavotirga solmay qo'ymaydi.
Umuman olganda, bu tendensiyalarni kutilmagan ham deyish qiyin, menimcha. Ikki yil oldingi konsertlarni eslang.

🔥11
Hilola Umarova
Maktabda o‘quvchilarga uch yil davomida xalqaro standartlar asosida ta’lim berilib, xorijdagi eng nufuzli “Top-10” universitetlarga kirishlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova umumiy oʻrta taʼlimni yanada tabaqalashtirish, "biz tanlagan elitaga - hamma narsa, qora xalqqa - hojatxonasi yoʻq maktablar" tamoyilini izchil amalga oshirish yoʻlidagi yana bir qadam haqida yozmoqda.
😢28🔥5👍2👎1
bakiroo
Мактабларнинг маош учун харажатларидан ҳам тежалганми? Тақдим этилган инфографикадан мактабларнинг маош учун харажатлари, эҳтимол, бу соҳада ҳам мақбуллаштириш юз бергани учун, тушириб қолдирилган (ҳеч қурса депутатларга маълумот учун берилгандир). Муҳокама…
Ta'lim vazirligiga MCHJlar va DUKlar nima uchun kerak?
Bakiroo Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan infografikada maktab o'qituvchilari oyligi bo'yicha ma'lumotlar aks etmaganiga e'tibor qaratmoqda va "maktablarning maosh uchun xarajatlaridan ham pul tejalganmi?" degan savol qo'ymoqda. Bu savolga, nazarimda, Bakiroo'ning o'zi ilgariroq taqdim qilgan tahlilda javob bor: "Ta’lim va tibbiyotda maoshlarning nisbiy kamayishi to‘xtagani yo‘q. Xususan, 1 aprel holatiga maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha maoshi O‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshidan 32,5%ga ortda qolmoqda (o‘tgan yilning shu davrida ortda qolish 31,2% edi)". Ya'ni, ha, tibbiyot sohasi bilan bir qatorda o'qituvchilar oyligidan ham tejash davom etmoqda, degan xulosaga kelish mumkin.
Umuman, "ma'muriy islohotlar" deya taqdim etilgan "va-va-vazirliklar" tuzish va har xil agentliklar-u qo'mitalarni bu "matryoshka" vazirliklar ichiga yaxshirish boshlanganida "ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari, shu jumladan rahbar lavozimlarini 30 foizgacha maqbullashtirish", "rahbarlarning aholi takliflari asosida faoliyatini yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik oldida hisobdorligini kuchaytirish" kabi natijalar va'da qilingan edi. Lekin, masalan, o'sha "ma'muriy islohotlar" e'lon qilingan va Maktabgacha va maktab vazirligi tuzilgan 2022-yil oxiridan beri vazirlik shishishdan to'xtagani yo'q, hisobdorlikdan esa darak yo'q.
Maktabgacha va maktab vazirligining, uning markaziy apparati va vazirlik tarkibidagi hukumat "elita" deb ajratib olgan bolalarni alohida, "qora xalq"ning tushiga ham kirmaydigan sharoitlarda o'qitish uchun mo'ljallangan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligining strukturasiga e'tibor bering. Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari, nomi har safar "islohot" qilib o'zgartiriladigan Avloniy instituti boshchiligidagi malaka oshirish institutlari ("pedagogik mahorat markazlari"), nomi o'zgartirilgan Qori-Niyoziy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti, Puchon va Gersen universitetlari filiallari, yaqinda vazirlik tasarrufiga o'tkazilgan oliy ta'lim muassasalaridan tashqari, bir qancha oromgohlar, markazlar, DUKlar va MCHJlar. Hali bu grafiklarda oxirgi paytlarda tashkil etilgan "Fan olimpiadalari markazi" kabi "matryoshka" tashkilotlar aks etmagan.
"Ma’lumotlari ochiqlanmaydigan MChJ va turli markazlar, ularning nevaralari, chevaralari kabi bolalab ketgan va ehtimolki, bolalashda davom etadi (har bir davlat korxonasi bu qaysidir chinovnik uchun yem oxuri)", deb yozgan edi Bakiroo. Qiziq-da, masalan, vazirlikka MCHJ shaklidagi bir emas, naq ikkita nashriyot nimaga kerak? Har yili paypoqday almashtiriladigan va o'quvchilar qo'liga vaqtida yetib bormaydigan "fin-Singapur-Somali" darsliklariga trillionlarni sovurish uchunmi? Hech qaysi normal davlatda ta'lim vazirligi darslik yaratish va ularni chop qilish bilan shug'ullanmasligini, vazirlik "xorij tajribasi" deb yopishib olgan o'sha Kembrijlar-u Finlyandiyalarda ham shundayligini vazirlik bilmaydi deysizmi?
Yoki "Axborot va pedagogika innovatsion markazi" deb nomlangan MCHJ nima ish bilan shug'ullanadi, shu paytgacha nima ish qildi? Nega soliq to'lovchilar bunday nima ish qilishi va qanday ijtimoiy ne'mat yaratishi noma'lum bo'lgan MCHJlarni saqlab turish uchun pul to'lashi kerak? Vazirlik tarkibidagi son-sanoqsiz DUKlar nima qiladi?
Umuman, kambag'algina, o'qituvchisi o'rtacha hisobda 300$ oylik olib-olmaydigan davlatga bunday "monstr" ta'lim vazirligining nima keragi bor? Bunday ulkan vazirlik bilan ta'lim sifatimiz gullab-yashnab ketdimi? "Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish"ni ixchamgina vazirlik bilan sifatli amalga oshirish mumkin-ku - o'sha vazirlik serqatnov bo'lib qolgan Finlyandiya, Singapur yoki Kembrijlarda shunday shekilli?

👍25
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova "elita" va "prezident farzandlari" deb ajratib olinadiganlar uchun oddiy maktablarni yanada sharoitdan qisish evaziga (byudjet rezina emas-ku axir) yaratiladigan sharoitlarni reklama qilmoqda.
Har qanday davlatda umumiy oʻrta taʼlimning vazifasi kimnidir "top" universitetlarga maqsadli tayyorlash emas, yurtning barcha farzandlariga oʻz iqtidorlarini namoyish qilishlari, kelajak uchun kerakli fundamental bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun teng sharoitlar yaratib berish ekanligini taʼlim sohasini boshqarayotganlar tushunib yetgandagina qandaydir oʻzgarishlardan umid qilsa boʻladi.

Telegram
Hilola Umarova
Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi mazmuni va yo’nalishlari qanday?
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida ta’lim jarayonlari qanday tashkil etiladi?
Videoda ushbu savollarga mutaxassislarimiz batafsil javob bergan.…

O'qituvchiga va'da qilingan ustamalardan qisib qolishga bahonalar tayyor?
Qoraqalpog'istondan yozishmoqda:
"Qoraqalpog'istondanman, Nukus shahridan. Tarix fani o'qituvchisi bo'lib ishlayman. Bizda shu oydan boshlab Milliy sertifikat uchun ustamani to'liq to'lab bermay qoldi. Qoraqalpog'iston tarixi faniga amal qilmaydi deb, aslida dars setkasida u aloqida dars ham emas, O'zbekston tarixi ichida o'tamiz. Shu muammoni ko'tarsangiz, iltimos, zora tepadagilar eshitsa". X ijtimoiy tarmog'ida ham Qoraqalpog'istonlik bir pedagog xuddi shu muammoni ko'targan edi.
Qiziq, nega o'zi shundoq ham o'rtacha oylikdan ancha kam oylik oladigan o'qituvchilarga qonunchilikda va'da qilingan ustamalarni to'lashda muammolar yuzaga keladi, to'lamaslik uchun bahonalar topiladi? Qoraqalpog'iston keysida - pedagoglarning yozganlariga qaraganda, "tarix fanidan milliy sertifikat Qoraqalpog'iston tarixi fanidan emas"ligi bahona qilinmoqda ekan. Bunday mantiq bo'yicha oladigan bo'lsak, masalan, "Jahon tarixi" fanidan alohida sertifikat yo'q-ku, lekin tarix fanidan olingan sertifikat bo'lsa, o'qituvchining jahon tarixi fani soatlari uchun ham ustama to'lanadi, to'g'rimi?
Byudjet pulini tejash kerak bo'lsa, pastdan - o'qituvchilardan emas, vazirlik ichidagi nimalar bilan shug'ullanishi haqida hisobot berilmaydigan har xil MCHJlar va DUKlarni tugatishdan boshlarmiz balki?

👍36🔥2👏1
"Oʻqituvchi? Chiqar hammasini!"
Baland minbarlardan inson qadri, oʻqituvchi qadr-qimmati haqida balandparvoz nutqlar irod qilinayotgan bir paytda, oʻqituvchini ustamasidan siqish ham, "dolzarb 90 kun" deb mehnat taʼtiliga chiqarmasdan tekinga ishlatish ham mumkin.

🤬39👍19
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z vakillarining xorijga rejalashtirilgan tashriflari to‘g‘risida adliya organlarini endi onlayn shaklda xabardor qiladi. Gap NNT faoliyati bilan bog‘liq safarlar haqida ketmoqda. Bildirishnoma kamida 7 kun oldin yuborilishi kerak.
Keyingi qadam - xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun?
👍12🔥2
Endi Rossiyada IELTS imtihonini topshirish jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin.
Bunday yangiliklar fonida o'zimizdagi ijtimoiy tarmoqlar to'g'risidagi qonun loyihasi, Adliya vazirligining NTTlarga yangi talabi hamda Rossiya bilan "axborot siyosati" va boshqa sohalarfagi tobora kuchayib borayotgan yaqinlik xavotirga solmay qo'ymaydi.
После признания Британского совета «нежелательной организацией» российские власти могут начать трактовать экзамен IELTS как проект этой организации, обратил внимание проект «Ковчег» (в реестре «иноагентов»). Это значит, что за распространение учебных материалов и ссылок на сайт экзамена может грозить штраф до 15 тысяч для физических лиц. ... Помимо этого, перевод денег за оплату экзамена также можно будет трактовать как финансирование нежелательной организации, а это уже уголовная статья — до 5 лет лишения свободы.
Bunday yangiliklar fonida o'zimizdagi ijtimoiy tarmoqlar to'g'risidagi qonun loyihasi, Adliya vazirligining NTTlarga yangi talabi hamda Rossiya bilan "axborot siyosati" va boshqa sohalarfagi tobora kuchayib borayotgan yaqinlik xavotirga solmay qo'ymaydi.
BBC News Русская служба
Британский совет объявили «нежелательной» в России организацией. Что грозит тем, кто сдает и готовит к IELTS?
Генпрокуратура России объявила Британский совет (British Council) «нежелательной организацией». Он уже несколько лет не работает в России, но является организатором официального экзамена по английскому языку IELTS, который нужен, в том числе россиянам, для…
😱12
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Unda futbolchi va murabbiylarga prezident sovg‘asi — BYD avtomobillari topshiriladi.
Hammasi zoʻr, jamoani ulkan marra - jahon chempionatiga yoʻllanma bilan tabriklaymiz.
Faqat aybga buyurmaysizlar, bir savol: BYDlar kimning hisobidan? Agar soliq toʻlovchilar hisobidan boʻlsa, bu xarajat davlat byudjetiga kiritilganmi, parlament tasdigʻidan oʻtganmi? Har qalay, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga koʻra, soliq toʻlovchilar pullarini taqsimlash xalq saylagan deputatlarning vakolatiga kiradi.
Oʻzimiz chiqargan qoidalarga oʻzimiz amal qilaylik.

👍48🔥11🤯5
bakiroo
Вазирлик 3- кун ўтиб, бу ҳақда маълумот бера туриб, аэропортдаги свет ўчиши ҳақида ёзганларга пўписа қилишдан тийилмаган. Иқтибос:
“Ижтимоий тармоқ фойдаланувчиларидан воқеанинг асл сабабини билмасдан ва ўрганмасдан туриб, одамларни чалғитувчи ҳамда уларда давлат идораларига нисбатан нохуш кайфиятни уйғотувчи маълумотлар тарқатишдан тийилишни сўраймиз”.

"Qoʻrqsa, hurmat qiladi?"
Bakiroo Energetika vazirligidan keltirgan iqtibos bir paytlar mashhur boʻlgan multfilmdagi shu mashhur jumlani yodga solmay qoʻymaydi.
"... davlat idoralariga nisbatan noxush kayfiyatni uygʻotuvchi maʼlumot tarqatishdan tiyilishni soʻraymiz".
"Noxush kayfiyat" nima degani? Uni kim, qanday qilib oʻlchaydi? Umuman, fuqaro "davlat idoralarini har doim "sevish"ga majburmi? Davlat idoralari xalq uchunmi yoki xalq davlat idoralari uchun?
Vazirlik hozircha poʻpisa qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar haqidagi qonun loyihasi oʻtsa, istalgan davlat idorasiga yoqmagan ovozni qonuniy oʻchirish uchun richag paydo boʻladi. Balki ovoz egasi bilan birga oʻchirishar?

🔥29👍3😢2
Jalilov. Qaydlar
istalgan davlat idorasiga yoqmagan ovozni qonuniy oʻchirish uchun richag paydo boʻladi.
Ozodlik radiosining YouTube kanalida bugun eʼlon qilingan video ham, agar unda jurnalistlar ochiqlagan maʼlumotlarning oz qismi toʻgʻri boʻlsa ham, Oʻzbekistonda soʻz erkinligi va umuman erkinlikning ertangi istiqboli haqida nekbin fikrga borish uchun asos bermaydi, afsuski.
Xullas, qayergadir notoʻgʻri yoʻlga burildik. Bu yoʻldan qaytilmasa oqibati hech kim yaxshi boʻlmaydi.

👍19😢4🔥2🤔1😱1
"Rakurs" podkastining taʼlimga bagʻishlangan oxirgi sonida bir qiziq masala koʻtarildi: nega oʻzbek oilalar farzandlarini taʼlim rus tilida olib boriladigan sinflarga beradi?
Podkast boshlovchisi va mehmonlari buning sabablaridan biri (yagona sababi emas) rus tilida bolalar uchun resurslarning oʻzbek tilidagi resurslarga koʻproq ekanligi bilan izohlashdi.
Bu fikrga qoʻshilmay iloj yoʻq. Va gap faqat rus tilida oʻquv adabiyotlarining (darsliklar, qoʻllanmalar, ensiklopediyalar va hokazo) koʻproq ekanligida emas. Taʼlim boʻyicha xalqaro tadqiqotlar (masalan, PISA, PIRLS) qoʻshimcha manbalarning mavjudligi va sifati ham taʼlim sifatiga taʼsir qiluvchi omillardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Demak, oʻzbek tilidagi sifatli manbalarning koʻpayishi - taʼlim sifatini oshirish uchun zaruriy shartlardan biri.
Yana bir muammo, nazarimda, oʻzbek tilidagi bolalar uchun badiiy kitoblarning aksar hollarda gʻaribligi. Gʻariblik sonda ham, sifatda ham bilinadi. Sondagi gʻariblik - oʻzbek tilida bolalar uchun yozilgan adabiyotlar ham, tarjima asarlar ham kam. Kitob doʻkonlariga kirsangiz, masalan, "Shum bola"ning har xil nashrlarini koʻrasiz, lekin "Shum bola" - bola uchun yozilgan asar emas. Undagi, masalan, oʻlik yuvish voqeasi yoki bachaboz hoji bobo bilan bogʻliq epizodlar har qanday bola psixologiyasini majruh qilishga qodir.
Sifatdagi gʻariblik: aksar hollarda oʻzbek tilida bolalar uchun chiqarilgan kitoblar yoki illyustratsiyasiz boʻladi, yoki illyustratsiyalar bir xil qolipda boʻladi. Postga ilova qilingan suratlarga eʼtibor bering: bu jahon adabiyotining mashhur namunalarining ("Kichkina shahzoda" va "Pinokkio") aynan shu asar uchun mashhur rassomlar, bolalar kitoblari illyustratorlari chizgan rasmlar bilan chop etilgan nusxalari. Oʻzbek tilida shunday asar uchun maxsus ishlangan, oʻziga xos illyustratsiyalar bilan chop etilgan kitoblar yoki yoʻq, yoki juda kam. Vaholanki mutaxassislar bolalar kitobi uchun illyustratsiyalar qay darajada muhimligini doimo taʼkidlab kelishadi.
Xullas, bolalar adabiyoti sohasida hali qilish kerak boʻlgan ishlar koʻp. Va bular ham taʼlim sifatiga taʼsir qiladi.

🔥14👍2
Ikkinchi urinish (tanqidiy so'lchilik tomon)
Xullas, maktab tanlash — bu shunchaki “qayerda yaxshi o‘qitishadi” yoki qaysi tilda ko'proq sifatli darsliklar bor degan masala emas. Bu kapital to‘plash va undan foydalanish strategiyasi. Rus maktabi ko‘plab o‘zbek ota-onalari uchun ijtimoiy lift — yoki hech bo‘lmaganda, unga ega chiqish umidi.
Javohir Neʼmatov fikrlariga qisman qoʻshilaman: rus maktabi koʻplab ota-onalar uchun ijtimoiy lift sifatida, hech boʻlmaganda rus tili (va afsuski, Rossiya) orqali kattaroq dunyoga chiqish uchun bir qadam sifatida koʻriladi. Agar, masalan, taʼlim ingliz tilida olib boriladigan maktabga farzandni berish imkoniyati boʻlsa - balki, rus tilli maktab oʻrniga ingliz tilli maktabni tanlashardi, lekin bunday maktablar xususiy va asosiy qatlam koʻtara olmaydigan darajada qimmat.
Lekin shaxsiy kuzatuvlarimdan aytishim mumkinki, taʼlim sifati va qoʻshimcha resurslar masalasi ham ota-onalar tanloviga taʼsir qiladigan omillardandir.
Taʼlim sifati: "Taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablarda yaxshiroq oʻqitadi" degan qarash bor. Bunday qarashning sababli turli xil boʻlishi mumkin: shunchaki stereotip, yoki Shokir Tursun podkastda aytib oʻtganidek, bunday maktablarda (sinflarda) dars berayotgan oʻqituvchilar orasida katta avlod ulushining koʻpligi va ularga nisbatan ishonchning balandroqligi, bunday maktablarda faqat davlat chiqargan darsliklar bilan cheklanib qolmaslik imkoniyati borligi (aksar hollarda hech boʻlmaganda matematika va tabiiy fanlar uchun rus sinflarida oʻqituvchilar qoʻshimcha, Oʻzbekistonda chop etilmagan darslik ishlatadi).
Aslida "rus sinflarida yaxshiroq oʻqitadi" degan qarash qay darajada asoslangan - aslida bu boʻyicha tadqiqotlar natijalarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi eʼlon qilishi kerak edi. Masalan, PISA- 2022 tadqiqoti oʻzbek tilli maktablarda ham, rus tilli maktablarda ham oʻtkazilgan boʻlishi kerak va vazirlikda tadqiqot natijalarini taʼlim tillari kesimida eʼlon qilish imkoni bor edi. Lekin vazirlik xalqaro tadqiqotlar natijalarini na tuzukroq eʼlon qildi va na ulardan xulosa chiqardi.
Resurslar: Hatto pedagogikadan yiroq ota-ona ham, qoʻshimcha resurslar soni va sifati taʼlim sifatiga taʼsir qilishini tushunadi. Javohir Neʼmatov ham yozmoqda: "Ota-onalar tushunishadi: rus maktabi ma’lum bir madaniy qatlamga kirish imkonini beradi — jamiyatda "hurmatliroq" deb qabul qilingan bilimlar turiga". Oʻsha bilimlar ham oʻzbek tilida mavjud boʻlmasligi mumkin, bu esa bolaning imkoniyatlarini cheklashini ota-ona tushunadi. Masalan, haligacha kitob doʻkonlarida bolaga, deylik, fizika yoki biologiyani qiziqarli va tushunarli tarzda oʻrgatadigan (faqat testga tayyorlaydigan emas) oʻzbek tilidagi sifatli adabiyotlarni kitob doʻkonlarida deyarli koʻrmayman.
Va yana bir sabab (podkastda boshlovchi aytib oʻtdi buni shekilli): oʻzbek tili ota-ona (yoki ulardan biri) uchun ona tili (asosiy til) boʻlmasa, tanlov odatda ota-onaning (yoki ulardan birining) asosiy tili foydasiga ham, oʻzbek tili foydasiga ham boʻlmaydi. Chunki Oʻzbekistonda taʼlimni tojik, qozoq yoki boshqa tilda olish bolaning imkoniyatlarini (masalan, oliy taʼlim olish imkoniyatini) cheklaydi, degan qarash mavjud (va balki haqiqatda ham shundaydir?), oʻzbek yoki rus maktabimi degan savol turganda esa yuqorida aytilgan boshqa omillar ishga tushadi.

👍9