Jalilov. Qaydlar
4.01K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Ha, barcha 14 ta prezident maktabi PISAning standart, proporsional tanlanmasiga (sample) qo‘shimcha sifatida kiritildi. ... O‘zbekiston tomoni ushbu muassasalarning ta’lim natijalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun 14 ta prezident maktabini ham kiritishni so‘ragan." PISA asoschisi Andreas Shlayxer.

Modomiki barcha Prezident maktablarini tadqiqotga kiritishni Oʻzbekiston tarafining oʻzi soʻragan ekan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri maʼlumot bermasdan, vaziyatni boricha tushuntirsa boʻlmasmidi?

Vazir X tarmogʻida "O‘zbekistondagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan, maktablarni tanlash jarayoniga vazirlik umuman aralashmaydi" deb yozgan edi. Koʻrinib turibdiki, Andreas Shlayxer javobi vazirning soʻzlarini inkor qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va blogerlarga har zamonda "notoʻgʻri maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik bor"ligini eslatishni yaxshi koʻradigan matbuot xizmatlari va tashkilotlar biron munosabat bildiradimi? Yoki bunday javobgarlik faqat bir tomonlama ishlaydimi?
👍27🔥9
Yana bir narsa qiziq. Gazeta.uz nashri dushanba kuni masala yuzasidan izoh soʻrab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga murojaat qilganda tayinli javob ololmagan. Vazirlik matbuot xizmati nafaqat tayinli javob bermagan, balki vazirning X tarmogʻidagi gaplarini takrorlab, OAVga notoʻgʻri maʼlumot bergan:

"Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati dushanba kuni “Gazeta.uz”ga ro‘yxatda prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar borligini tasdiqlab, ularda o‘zbekistonlik xuddi shunday o‘quvchilar o‘qiyotganini ta’kidladi. Vazirlik maktablarni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining maxsus bo‘limi tanlab olganini, vazirlik ularni taklif qilmaganini va taklif qila olmasligini takrorladi".

Kun.uz nashri soʻroviga esa vazirlik "rasmiy munosabat tayyorlanayotganini" aytgan, bu munosabat haligacha eʼlon qilingani yoʻq.

"MMTV rasmiysi esa Kun.uz so‘roviga javoban holat yuzasidan axborot tayyorlanayotgani, tez orada rasmiy munosabat e’lon qilinishini bildirdi".

Qarangki, Toshkentdan turib Toshkentda joylashgan vazirlikdan emas, Parijdagi OECD shtab kvartirasidan maʼlumot olish osonroq boʻlib qoldi.
👍18🔥9🤔5
Yana PISA haqida: Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari fikri

Manba

Eslatma: mazkur fikr (iddao) ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga tegishli boʻlib, kanal muallifida bu fikrni tasdiqlash yoki inkor qilish imkoni mavjud emas.
👍23🔥1
bakiroo
PISA тадқиқотлари учун танланган мактабларда юқори натижа кўрсатиш илинжида қилинган кўзбўямачилик, сохтакорлик ва манипуляциялар ҳақида нима деймиз? Уларни ким, марсликлар ё шимолий кореяликлар келиб қилмоқдами? Ким бу жирканч ишлар устида турипти? Жавоб топиш учун яна халқаро ташкилотларга мурожаат этиш керак бўладими?
IHHT (OECD, PISA tadqiqotini o'tkazadigan tashkilot) Ta'lim va ko'nikmalar direktoratidan ham javob xati keldi. Direktoratdan ikkita masalada munosabat so'ralgan edi.

Birinchi masala: O'zbekiston tanlanmasiga barcha Prezident maktablarining kiritilishi va buning tadqiqot natijalari validligiga ta'siri. Direktorat bergan javobda Andreas Shlayxerning ilgariroq Gazeta.uz da e'lon qilingan fikrlari qaytarilgan.

Ikkinchi masala: Tanlanmaga kiritilgan maktablarning boshqa fanlardan ozod qilinib, testga tayyorlantirilayotgan va o'qituvchilar yordam ber(ayot)gan bo'lishi mumkinligi haqidagi iddaolarga (masalan, qarang: 1, 2, 3, 4, 5) munosabat. "Bular jiddiy iddaolardir va ishtirokchi mamlakatlarda PISA tadqiqotining amalga oshirilishi va sifatini ta’minlashni nazorat qiladigan xalqaro pudratchilar bilan birgalikda vaziyatni kuzatib bormoqdamiz", deyiladi maktubda.

Oradan shuncha vaqt o'tib, Parijdan bir emas, ikkita javob kelishga ulgurib, nijoyat Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ham tilga kirdi. Va qizig'i, vazirlik rasmiy munosabatida yana o'sha "tasodifiylik tamoyili" haqida gap boradi:

"Maktablarni va o‘quvchilarni tanlab olish random (tasodifiylik) usulida bo‘lib, biror bir maktab yoki ishtirokchini majburan ro‘yxatga kiritish imkoniyati yo‘q",

deyiladi vazirlikning rasmiy munosabatida.

Vaholanki, tanlanmaga barcha Prezident maktablari kiritilishi tasodiy emasligini, buni O'zbekiston tomoni iltimos qilganini Andreas Shlayxer ham, IHHT Ta'lim va ko'nikmalar direktorati ham tasdiqlab bo'ldi. O'zi Shokir Tursun yozganidek, vazirlik boshidan to'g'ri ma'lumot berganida, shuncha mashmasha yo'q edi.
👍21😱1
Dilshooda
MMTV yaxshilanishni boshlagan reputatsiyasini
Dilshoda, qachon "yaxshilanishni boshlagan" edi, eslatib yuboring? Men MMTV (XTV emas) tashkil qilinganidan buyon "reputatsiyadagi yaxshilanish"ni sezmadim. Oʻsha mashhur "fin darsliklari" va "yopiq" (maʼlumot chiqarmaslik sharti bilan oʻtkazilgan) "matbuot anjumani"dan beri. Yoki balki undan ham oldinroq.
👍18🔥5
Dilshooda
Albatta, men ham ko'plab o'quvchi, o'qituvchi va ota-onalarning sabrini sinayotgan darsliklar yoki off the record yig'ilishlar tarafdori emasman, bu boradagi pozitsiyamni juda yaxshi bilasiz.
Ha, bilaman - siz oʻz pozitsiyasiningni koʻp marta ochiq bildirgansiz - va hurmat qilaman.

Balki siz haqdirsiz. Siz keltirgan misollar - jurnalistlar oldiga chiqa olish yoki Xdagi faollik - muhim, albatta. Ayniqsa asosiy vazifasi maʼlumot olish va yetkazish hamda tahlil boʻlgan jurnalistlar uchun. Shuning uchun ham bunday misollar sizning esingizda qolgan, men esa eslay olmagan boʻlishim mumkin.

Taʼlimni, pedagogikani universitetlarda oʻrgangan, tadqiq qilayotgan va butun faoliyati taʼlim bilan bogʻliq mutaxassis sifatida esa menda vazir va u boshqarayotgan vazirlik faoliyati bilan bogʻliq boshqa narsalar koʻproq esda qolgan.

Har qanday taʼlim tizimi uch fundament ustiga quriladi: maqsad (nimani oʻqitamiz? - oʻquv dasturlari), vosita (qanday oʻqitamiz? - metodika), natija (oʻqita oldikmi? - baholash). Taʼlim tizimi samarali ishlashi uchun mana shu uch fundament uzviy bogʻlangan, bir biriga hamohang boʻlishi kerak..

Vazir va u boshqarayotgan vazirlik faoliyatini mana shu uch fundament nuqtayi nazaridan tahlil qilib koʻrsak:

Oʻquv dasturlari: "kasha" boʻlib yotibdi. Har xil sinflar har xil davrlarda yaratilgan, uzviy boʻlmagan dasturlar va darsliklar asosida tahsil olmoqda. Hali bironta oʻquv dasturi oxirigacha joriy qilinmasdan, uning "baland-pasti" amaliyotda koʻrilib, tahlil qilinmasdan, "takomillashtirilib" yotibdi. Bunga hatto siz-u biz, farzandlarimiz foizi bilan toʻlaydigan kredit mablagʻlari ishlatilmoqda.

Metodika va oʻquv materiallari: "fin" darsliklarini koʻrdik. Oʻsha keysdan keyin darsliklar "bir qoʻlli" qilinib, koʻpchilik yaxshi tanib olgan bir xususiy nashriyotga berildi. Oʻquv dasturlari boʻyicha bir qarorga kelinmasdan turib darsliklar yaratilib yotibdi yoki boshqa davlatlardan tarjima qilinyapti. Bu esa oʻquv dasturlari bilan bogʻliq chigal vaziyatni battar chigallashtiryapti. Oʻsha paydar pay chiqarilgan darsliklar ham oʻquvchilarga vaqtida yetib bormadi. Ota-onalar koʻp joylarga yugurdi, "darsliklar qani" deb. Vazirlik oddiy va normal davlatlarda ishlayothan yechim - yagona darslikdan voz kechishni oʻylayotgani yoʻq.

Baholash: "ura-ura" qilingan "mezonlar"ga asoslangan baholash tizimi shunchalik koʻp muammolarni keltirib chiqardiki, ota onalar unga qarshi petitsiya joylashtirib, petitsiya koʻrib chiqilishi uchun yetarli ovoz yigʻishdi. Vazirlik esa oʻqituvchilarni petitsiyaga qarshi ovoz berishga va trollikka majburladi. Xalqaro baholash tadqiqotlari - PISA bilan bogʻliq mashmashalarni ham koʻrib turibsiz. Masalan, Oʻzbekiston qatnashgan oldingi PISA tadqiqotlarida bunday holatlar boʻlganmidi? Oʻquvchilar darslardan ozod qilinib, maxsus testlarga tayyorlantirilayotgani haqida xabarlar chiqqanmidi?

Men hali faqat taʼlimning uch asosiy ustuni haqida gapiryapman. Attestatsiya mojarolari, Prezident maktablariga kirish imtihonlari bilan bogʻliq mojarolar, Cerebry'bozlik yoki boshqa keyslarni emas.

Endi oʻzingiz aytgan "matbuotga ochilish" masalasiga ham kelsak. Vazir biron marta AOKAda matbuot anjumani oʻtkazib, shaxsan oʻzi yigʻilib qolgan savollarga javob berdimi? Oldindan kelishilgan savollar bermaydigan va oldindan tayyorlab qoʻyilgan javoblar oʻtmaydigan mustaqil OAVlar jurnalistlariga interyu berdimi? Taʼlim tizimining oʻrta va uzoq istiqboldagi strategiyalari haqida, umuman, uning jamoasi tizimni qayerga boshlayotgani haqida savollarga javob berdimi? Yoki oldingi PISA tadqiqotlari natijalari eʼlon qilinganda chiqib, "mana bunday muammolarni koʻrdik, ularni mana bunday hal qilamiz" deb tushuntirish berdimi? Men eslay olmadim. Agar siz eslata olsangiz, minnatdor boʻlaman.
👍33🔥8👏2
Dilshooda
Sohadagi umumiy kartina meni ham choʻchitadi.
Taʼlim tizimining umumiy manzarasi shunchaki choʻchitadigan emas, qoʻrqitadigan, dahshatga soladigan darajaga kelgan, menimcha.

Taʼlim shunday sohaki, u pala-partish "islohotlar"ni, hali u davlatdan, hali bu davlatdan koʻr-koʻrona "oʻrganib" joriy qilinayotgan "tajribalar"ni yoqtirmaydi. Taʼlimga uzviylik, ilmiy asoslangan va puxta oʻylangan, oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan, kayfiyatga qarab oʻzgarmaydigan strategiya kerak. Hozirgi vazir va uning jamoasi bu narsani taqdim qila oladimi? Mana shu eng katta savol. Qila oladigan boʻlsa, nega shu paytgacha qilmadi? Nega biron marta matbuot anjumani oʻtkazib, savollarga ochiq javob bermadi, mustaqil OAVlarning oldindan kelishilmagan savollariga javob bermadi?

Taʼlimni boshqarayotganlar jamoatchilikka, OAVlarga, Konstitutsiya boʻyicha "hokimiyatning yagona manbai" boʻlmish xalqqa hisobdor boʻlmay qolganiga-ku, ancha boʻlgan. Oddiy misol - Toshkentdan emas, Parijdan javob olish osonroq boʻlib qolgani. Vazirning ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonotini OECD bir emas, ikki marta inkor qilib turganda ham vazirlik matbuot xizmati "sizlarga shu ham boʻlaveradi" degan maʼnoda yana oʻsha "tasodifiylik" haqidagi "plastinka"ni yoqib olgani. Yoki katta "siyosiy masala" emas, oddiy - "soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri yakshanba kuni boʻladimi? degan savolga javob olish qiyin boʻlib qolgani, umuman, taʼlimga oid koʻpirtirilgan maqtov postlar emas, real axborot va savollarga javoblar olish tobora imkonsiz boʻlib borayotgani ham hisobdorlikning yoʻqligini koʻrsatmaydimi?

Ha, hisobdorlik yoʻq. Tizim faqat "tepa" oldida "ochko" ishlash uchun ishlayotgandek. Shuning uchun ham paydar-pay "taqdimotlar", "takliflar", "falon piston davlat tajribalari" - bu takliflar, "doʻppini yechib qoʻyib" oʻylab koʻrilsa, "shishirilgan pufak" ekanligini payqash ham qiyin emas aslida.

Oʻzi umuman, mana bunga oʻxshagan taʼlimga oid selektor yoki "tepa"da taqdimot boʻlishi (boʻlgani) haqida xabarlar chiqsa, xavotir oladigan boʻlib qolganman. Xavotir shundan iboratki, yana qanday "islohot" yoki "falon davlat tajribasi" taklif qilinarkan, taʼlimni yana qanday maqsadsiz, strategiyasiz, ilmiy asoslanmagan "yangiliklar" kutarkin, degan xavotir. Bunday "islohotlar" va "tajribalar" taʼlim tizimini yaxshilamaydi, balki sohaga xaos olib kiradi, byudjet mablagʻlarini bekorga sovuradi va eng yomoni, butun boshli boy berilgan avlodni yaratadi. Taʼlim tizimi har zamonda "koʻplab yangiliklar" eʼlon qilish kerak boʻlgan soha emas, bunday yondashuv taʼlimni xarob qiladi. Tahlil qila oladigan, strategik fikrlay oladigan, vazirga oʻz fikrini ayta oladiganlar ketkazilgan yoki ketishga majbur qilingan, qolgan qutgan fikri borlar ovozi oʻchirilgan, asosan "ura ura"chilar oldingi planga olib chiqilgan vazirlik-ku, buni anglashi qiyin masala boʻlsa kerak. Lekin vazirlik olib kirayotgan har qanday "taklif"ni, "shishirilgan pufak"dan iborat "taqdimot"larni maʼqullayotgan "tepa"dagilar nahotki shuni tushunmasa, degan savol beraman oʻzimga oʻzim.

Nazarimda, "maʼmuriy islohotlar"ning eng katta xatosi - ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligining Xalq taʼlimi vazirligiga qoʻshib yuborilishi boʻldimikan, degan fikr koʻp oʻtadi xayolimdan. Vazir va uning PIIMAdagi jamoasi oʻzining har qanday "tajriba"sini 10 mingta maktab va millionlab oʻquvchilarga tadbiq qilmasdan, agentlikdagi 15-20ta maktabda qilib yurganida zararning koʻlami kichikroq boʻlarmidi, balki.
👍27🔥6👏2
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Jumladan, o‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etildi.
O'sha toifaga topshirayotgan o'qituvchilar bilimi to'g'ri baholanmoqdami? Validlik talablariga mos kelmaydigan baholash vositalari (testlar) asosida xulosa chiqarish ham, qarorlar qabul qilish ham mumkin emas. O'qituvchilarning haqiqatda bilimli yoki bilimsiz ekanligini aniqlash uchun oldin attestatsiya tizimi validlik talablariga javob berishi shart. Kameralar, kompyuterlar, ratsiyalar - bular hali shaffoflik degani ham emas, illo validlikni ham ta'minlab bera olmaydi.

Hurmatli Hilola Umarova, "tepa"ga "o'qituvchilar bilimsiz" degan ma'lumotni olib kirib, shu bilan attestatsiyaga oid muammolarni xaspo'shlashdan oldin, attestatsiya testlarining validligini ta'minlab qo'ysangiz, adolatdan bo'lardi. Menimcha.
👍41🔥6👏2
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.
Ta'limda tengsizlik va tabaqalanish yanada kuchayadi

Yuqorida "ta'lim bo'yicha selektorlar menda xavotir uyg'otadi" deb yozgandim. Bunday selektorlar orqali g'ayriilmiy, teskari samara berishi ehtimoli yuqori bo'lgan takliflarni eng yuqori minbar orqali ayttirib, legitimlashtirib olish ehtimoli katta bo'ladi.

Umumiy o'rta ta'limni tabaqalashtirish, o'quvchilarni "iqtidorli - iqtidorsiz"ga ajratib, ularga har xil imkoniyatlarni ta'minlash evaziga inson kapitalini ko'targan, rivojlangan davlatlar mavjud emas. Xalqaro tadqiqotlar, masalan, PISA ham ta'limda tenglik, hamma uchun sifatli ta'lim imkoniyatlarini ta'minlash muvaffaqiyatli ta'lim tizimining muhim xususiyatlaridan biri ekanligini ta'kidlab keladi. OECD Qozog'istondagi Nazrboyev maktablari misolida ham tabaqalashtirish va tengsizlik kutilgan natijalarni bermasligini isbotlagan. Biz esa yana ilmga teskari yo'ldan ketishni ma'qul ko'rdik. Ming afsus.
👍25🔥7
Shahnoza Soatova blogi
Ўқувчилар тасодифий танлаб олинар эканми – ҳа (буни Андреас Шляйхер айтди).
Shahnoza opa, manipulyatsiya qilmang.

Maktablar tasodifiy tanlab olinadi. Lekin:

Vazirga berilgan savol nimadan iborat edi? "PISA tadqiqotlari uchun tanlab olingan 233ta maktab ro'yxatiga barcha 14ta Prezident maktablari kirishi tasodifiy edimi?"

Vazirning javobi: "Ha, tasodif. Biz aralashmadik".

Andreas Shlyayxerning va IHHT (OECD) Ta'lim va ko'nikmalar direktoratining javoblari: "Yo'q, aynan 14ta Prezident maktabining hammasi kirib qolishi tasodif emas. Buni (PMlarning hammasini qo'shishni) O'zbekiston tarafi so'ragan".

Vazirlik matbuot xizmatining bayonoti (Andreas Shlyayxerdan va IHHT Ta'lim va ko'nikmalar direktoratidan yuqoridagi javoblar kelgandan keyin): "Baribir tasodifiylik tamoyili asosida tanlangan".

"Яна нима керак шунча гап чувалаштириб.? Ўзи арзимас масала, қанча одам ишини ташлаб неча кундан бери баҳслашади". Katta tizimi boshqarayotgan vazirning ijtimoiy tarmoqlar orqali noto'g'ri ma'lumot berishi - arzimas masala bo'lib qoldimi? Yoki jamoatchilikni aldasa bo'laverdi, "yeb ketaveradi"mi?

"Ҳали натижалар чиқсин, ўшанда муҳокамага арзийдиган гаплар бўлади". 2022-yilgi tadqiqot natijalari chiqqandan keyin vazirlik biron arziydigan gap aytdimi, muhokama qildimi, arziydigan ish qildimi? Tadqiqot bergan tavsiyalarga g'irt teskari ishlar qilinyapti-ku! (Uzoqqa bormaylik, masalan, bugun ham!)

"Ўзбекистон эса бу тадқиқотлар учун маблағ сарфлаб ўзи иштирок этишни истаган экан, демак унга тоза ва ҳаққоний натижалар керак". O'zbekistonga-ku, toza va haqqoniy natijalar kerakdir, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga toza va haqqoniy natijalar kerakligiga o'zingiz ishonasizmi?

Postga ilova qilingan izohlar kanalingizdan olindi.

UPD. Ayni paytda izohlar o'chirilibdi.
👍29🔥7
Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha ming auditoriyasi bor "influenser"lar aynan bugun "bir aylanib" "PISAshunos" boʻlib qolishgani ... tasodifmi?
🔥28🤯10🤔2
Dilshooda
Vazir xonim tushuntirishi kerak edi. Nega unday bayonot bo'ldi? Biz endingi munosabatlarga qanday ishonaylik, masalan?
Ha, gap shu haqida ketayotganligini oʻsha bugun "PISAshunos"ga aylangan "influenser"lar yoki tushunishmayapti, yoki manipulyatsiya qilishyapti.
👍3🔥3
Konstitutsiyada va qonunlarda belgilab qoʻyilgan aybsizlik prezumpsiyasiga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs (qaysi jinoyatda ayblanayotganidan qatʼiy nazar) uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanishi kerak. Shu jumladan, protsessual huquqlari buzilayotgani aytilayotgan Mubashshir Ahmadga ham oʻzini qonuniy himoya qilish imkoniyati toʻliq taʼminlanishi shart. Aks holda huquqiy davlat haqida bong urishdan maʼno yoʻq.
👍32🔥5
Xalq ta'lim Info iqtibosi

"Ta’lim – usti chiroyli, tagi esa gazak olib yotgan masaladir..."

Hamid Sodiq
Siyosatshunos


Batafsilhttps://youtu.be/FBozrrgJmLU

Telegram l Facebook l YouTube
👍19🔥5🤯3