Kecha eʼlon qilingan farmonda, mening nazarimda, bir qancha yaxshi yangiliklar bor. Shulardan biri part time taʼlimga imkon berilishi. Bu qanday taʼlim shakli ekanligi haqida yuqoriroqda yozgandim. Profi universiteti taʼsischisi Bektosh Hatamov ham bu haqda tushuntirib beribdi.
Farmondagi eng muhim oʻzgarish - oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari uchun program accreditation joriy qilinadi. Program accreditation - taʼlim dasturi akkreditatsiyasi degani - taʼlim muassasasi oʻqitmoqchi boʻlgan yoʻnalishning oʻquv dasturi akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Masalan, universitet pedagog tayyorlamoqchi. Bu yoʻnalishda oʻqiydigan talabalar qaysi dastur boʻyicha oʻqiydi, bitiruvchilar qaysi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib chiqib ketadi, ularning haqiqatda bu bilim va koʻnikmalarni egallaganligi qanday usullar bilan baholanadi, yoʻnalishda oʻqitiladigan fanlar bu bilim va koʻnikmalarni egallash imkonini beradimi, bu fanlarni oʻqitish uchun taʼlim muassasasida salohiyat va imkoniyat bormi - bularning hammasi tekshiriladi. Har qalay, nazariyada shunday. Bir necha yil oldin Toshkentdagi xususiy oliy taʼlim muassasalaridan birining xorijiy organdan akkreditatsiya olishga tayyorgarlanishi va akkreditatsiya olishi jarayonida qatnashganman va aytishim mumkinki, agar akkreditatsiya jarayoni toʻgʻri tashkil qilinsa, taʼlim muassasasiga biron-bir yoʻnalish ochishdan oldin oʻsha yoʻnalishni bitiradigan mutaxassislar sifati haqida oʻylashga yordam beradi.
Farmonda yana bir narsa. Taʼlim dasturlari akkreditatsiyasi hamma oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari uchun majburiy boʻladi. Davlatniki uchun ham, nodavlatniki uchun ham. Umid qilamanki, bu davlat OTMlarini ham bir-biri bilan raqobat qilishga majbur qiladi. Masalan, filolog tayyorlaydigan hamma davlat OTMlari bir xil qolipdagi dasturlar asosida oʻqitmasligi kerak. Universitet oʻz salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻziga xos taʼlim dasturi taklif qilishi, boʻlajak talabada har xil dasturlarni solishtirib tanlash imkoniyati boʻlishi kerak. Oʻzim Britaniyada baholash (testologiya) boʻyicha magistrlik dasturlari taklif qiladigan bir qancha universitetlarning dasturlarini solishtirib (garchi hammasi bir xil mutaxassislik uchun oʻqitsa-da, ularning taʼlim dasturlari farq qilgan), keyin bittasini tanlaganman.
Va farmonda nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari faoliyatiga imkon berilgani ham, nazarimda, ijobiy holat. Oliy taʼlimi kuchli davlatlarda koʻplab nodavlat akkreditatsiya organlari faoliyat olib boradi. Biron-bir yoʻnalishdagi (masalan, tibbiyot, huquq va hokazo) taʼlim dasturlarini akkreditatsiya qilishga ixtisoslashgan akkreditatsiya organlari ham bor (masalan, qarang).
P.S. Lekin baribir oʻsha gap: oʻzimiz chiqargan "oʻyin qoidalari"ga oʻzimiz amal qilishimiz kerak. Hozir qonunosti hujjati qonunga zid boʻlib qoldi, endi dastyor parlamentimiz qonunni farmonga "podgon" qilib beradi. Bunday boʻlishi kerak emas - qonun bilan (qonunosti hujjati emas) hal qilinadigan masalalar qonun bilan hal qilinishi kerak. Masalan, bu farmonni tayyorlashda ishtirok etganlar bu oʻzgarishlar zaruratini deputatlarga tushuntirishi va qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritishga ishontirishi kerak edi. Menimcha.

Газета.uz
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. U ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, kamchilikka yo‘l qo‘ygan oliygohlarga taqdimnomalar kiritish, sifatni taqqoslash uchun milliy reyting…
👍11👏1
Yana attestatsiya Hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sukuti haqida
"Savollarni ham bildik: fan doirasida, spetsifikatsiya va adabiyotlardan chetga chiqmagan holda tuzilganini va o‘qituvchilarni "mulohaza qilish" ko'nikmasi hali uncha shakillanmaganini ham bildik. Sizlardan esa bitta javobni eshitmadik, xolos — testlarning validligi (ya'ni testning yaroqliligi, testning haqiqiylik darajasi, o‘lchovning maqsadga muvofiqligi) to‘g‘risida javobni.
O‘qituvchilar noto‘g‘ri shubhaga borishayapti. Komil aka, siz adashayapsiz. Fact-checking qilib ko‘ring: test unday emas, bunday bo‘ladi. Mana bu xorijiy davlatda attestatsiya testi (dalili bilan) bunday o‘tkaziladi. Mana bu testologiya kitobida (dalili bilan) bunday deyilgan. Mana bu olim ilmiy ishida (dalili bilan) test bunday tuziladi, mana bu maqolada (dalili bilan) bunday deyilgan. Biz shularga asoslanib shunday qilgandik, deyish nahotki shunchalar mushkul bo‘lsa? Test tuzishni bizning 5-sinf o‘quvchilarimiz ham biladi. Ammo testologiya faninichi?"
Manba

👍31🔥6😢1
"School English Teachers" kanalida (tushunishim bo'yicha, attestatsiya jarayonida) "ko'pchilik e'tiroz bildirayotgan savollardan biri" deya bir test topshirig'i tahlil qilingan. Kanal muallifining yozishicha, bu test topshirig'ida to'g'ri javob yo'q. Manbalar "vazirlik izohi" deya bir izohni ham berishdi. Berilgan test topshirig'i va izohni (bu izoh haqiqatdan ham vazirlik tomonidan taqdim qilingan yoki yo'q - aniq bilmaymiz) tahlil qilib ko'ramiz.
Match the underlined words and phrases in the text with the headings.
This spring, I participated in a community garden project. The goal of the project was to transform an unused plot of land into a vibrant garden that would provide fresh vegetables for local families. We worked together to plant tomatoes, peppers, and cucumbers and also built raised beds to make the gardening process easier. The project brought the community together, and it was fulfilling to see the garden flourish throughout the season.
1 project name: _________________ 2 activity focus: _________________
3 community benefit: ____________ 4 plant focus: ______________
5 goal: __________________ 6 time: _____________________
Rostini aytsam, g'alati test topshirig'i ekan. G'alatiligi shundaki, mavhum (ambigious) va bitta so'ralayotgan elementga bir nechta javob tushishi mumkin bo'lgan joylari bor. Agar maqsad o'qib tushunish (reading comprehension) ko'nikmasini tekshirish bo'lsa, bunday test topshirig'ini ishlatishni tavsiya qilmagan bo'lardim.
G'alatiligi shundaki,
1) activity focus bilan goal ning aniq nima farqi borligi tushunarsiz: maqsad bo'sh yerni bog'ga aylantirish bo'lgan va bu maqsadga erishish uchun bog' yaratilgan, sabzavotlar ekilgan. Ya'ni activity focus to transform a plot of land into a garden bo'lishi ham, to plant tomatoes, peppers, and cucumbers bo'lishi ham mumkin.
2) community benefit - garden ham, fresh vegetables ham bo'lishi mumkin (chunki loyiha natijasida mahalliy aholini sabzavotlar bilan ta'minlaydigan bog' yaratilgan).
3) plant focus - vegetables ham, tomatoes, peppers, and cucumbers ham bo'lishi mumkin (chunki "tomatoes, peppers, and cucumbers" "vegetables"ga kiradi).
Agar faqat tagiga chizilgan so'zlarni berilgan 1-6 elementlarga moslashtirish kerak, deb olib test topshirig'ida so'ralayotgan narsalarni tahlil qilib ko'rsak:
1. Project name (loyihaning nomi) - bu matnning 1-gapida berilgan: community garden.
2. Activity focus (loyihada qanday faoliyat, ish asosiy bo'lgan, ya'ni loyiha qanday ishni bajarish orqali amalga oshirilgan) - bu matnning 3-gapida berilgan: gardening. Loyiha ekin ekish orqali amalga oshirilgan.
3. Community benefit (mahalliy aholining loyihadan olgan foydasi) - bu matnning 2-gapi oxirida berilgan: fresh vegetables. Loyihaning mahalliy aholi uchun foydasi - aholi bog'dan oladigan barra sabzavotlar.
4. Plant focus (loyihada qanday o'simliklarga urg'u berilgan) - bu 3- gaplarda berilgan: tomatoes, peppers, and cucumbers.
5. Goal (loyihaning maqsadi) - buni 2-gapda aniq qilib bergan: to transform an unused plot of land into a vibrant garden.
6. Time (loyiha amalga oshirilgan vaqt) - bu 1-gapda berilgan: this spring.
Demak:
1. Project name: community garden. 2. Activity focus: gardening. 3. Community benefit: fresh vegetables.
4. Plant focus: tomatoes, peppers, and cucumbers. 5. Goal: to transform an unused plot of land into a vibrant garden. 6. Time: this spring.
Bunday javob yo'q. Demak, test topshirig'ida to'g'ri javob mavjud emas.
Quyida ilova qilingan suratda keltirilgan, "vazirlikdan berilgan" deyilayotgan izohda A javob to'g'ri javob sifatida keltirilgan ekan. Bu javob hech qanaqasiga to'g'ri javob bo'la olmaydi: loyihaning maqsadi "kartoshka, qalampir, bodring" emas, balki "bo'sh yerni bog'ga aylantirish". Buni 2-gapda ochiq-oydin aytib qo'yibdi. Qolaversa, "goal" (maqsad) fe'l bilan (to do smth) ifodalanishi kerak.
(davomi quyida)

👍19🔥5👏1
(davomi)
Agar attestatsiyada shu test topshirig'i tushgan bo'lsa va A javob varianti to'g'ri javob (kalit) deb olingan bo'lsa, bu test topshirig'i tushgan barcha ingliz tili o'qituvchilari natijalari qayta hisoblanishi shart. Va umuman, yuqorida ham yozganimdek, attestatsiya jarayonida ishlatilgan testlarning validligi masalasi qo'yilishi, vazirlik bu savolga aniq javoblar berishi shart.
P.S. Test topshirig'i mana bu yerdan olingan ko'rinadi.
P.P.S. Testologiyadagi test topshiriqlarini yaratish qoidalariga ko'ra, bunday shakldagi test topshiriqlari testning validligiga salbiy ta'sir qiladi (masalan, qarang: 124-126-betlar).

Telegram
Jalilov. Qaydlar
"School English Teachers" kanalida (tushunishim bo'yicha, attestatsiya jarayonida) "ko'pchilik e'tiroz bildirayotgan savollardan biri" deya bir test topshirig'i tahlil qilingan. Kanal muallifining yozishicha, bu test topshirig'ida to'g'ri javob yo'q. Manbalar…
👍9🔥3👏1
Yana attestatsiya mojarosi
Qoraqalpogʻistonlik oʻqituvchilardan kelgan ikki murojaat (tahrirsiz eʼlon qilinmoqda). Eʼtibor bersangiz, har ikki oʻqituvchi ham kuzatuvchilar test topshiriladigan kompyuterlarni oʻchirib chiqishganini va ular (oʻqituvchilar) testni qaytadan topshirishga majbur boʻlishganini iddao qilishmoqda.
Assalomu alaykum! Men ... Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani ... maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'laman. Sizga murojaatim shundan iboratki, attestatsiya sinovlari haqqoniy va shaffof bo'lmadi degan fikrdaman. Va bularga quyidagilarni asos deb bilaman.
1. Attestatsiya sinovlarida kompyuterimizda 49 ta savol bo'lgan va buni kuzatuvchilar vaqtida payqashmagani. O'qituvchi qattiq hayajon va qo'rquv bilan buni sezmasligi tabiiy hol. O'zimda ham shu holat ro'y berdi.
2. Men berilgan 49 ta savolni 2 soat muddatda bajarib bo'ldim. Va savol 49 ta ekanini bildim. Kuzatuvchilar esa kompyuterimizni o'chirib tashlashdi. Ishlagan testlarim barchasi kuyib ketdi.
3. Yarim soat o'tgach kompyuterimizni yoqib berishdi. 50talik testni yechish uchun yana 2 soat kompyuter oldida o'tirdik. Va albatta savollar bazasi o'zgarib ketgan.
4. Havo ancha issiq,hammamiz chanqaganmiz. Va eng achinarlisi 4.5-5 soat kompyuter oldida o'tirdik. Ko'pchilik o'qituvchilarning mazasi qochib,charchab qoldik. Men 1-toifali o'qituvchiman. Va yomon natija bilan qaytmadim 74 ball oldim. Ammo, oldingi 49 ta savolni deyarli hammasini to'liq ishlagandim va 90 ball oldim deb bemalol ayta olaman. Bu ro'y bergan voqealar texnik nosozlikmi yoki o'qituvchilarni ruhan sindirishmi? Sizdan shaxsan o'zimning va bir nechta o'qituvchilar nomidan ham iltimos qilaman, attestatsiya sinovlari qaytadan o'tkazilishi uchun yordam so'rayman!
* * *
Assalomu alaykum men Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani ... maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisiman. Men 2025-yil 3-may kuni attestatsiya test sinovida ishtirok etdim va bundan judayam xafa bo'ldim. Sizga shuni aytmoqchiman-ki bu test jarayoni umuman shaffof holda bo'lib o'tmadi. Gap shundaki 2,5-3 soatlik yo'l yurib borib 12 :00 da test jarayoniga kirib testni boshladik. Men vaqtdan oldin testni bajarib bo'lgandim va o'zimga ishongan holda ayta olamanki 80 ballni olgan bo'lar edim.
Test tugashiga 20,30 daqiqa qolganida kuzatuvchilar kimning testi 49 deb barchaning kompyuterlarimizni òchirib chiqishdi. Biz savol berdik bizlar barchasini ishlab bo'lgandik yana o'sha joyidan davom qiladimi deya, ular ha degan javobni aytishdi. Yana 30 daqiqa kutib o'tirdik, havo issiq suv yo'q tashqariga chiqarishmadi.
Endi aytingchi yana qayta yangi savollarni ishlashga inson qayerdan energiya, kuch, ishonch oladi. Charchaganidan bilgan savollari ham esidan chiqib ketadi xato javoblarni belgilab qo'yadi bu inson psixologiyasiga qanday ta'sir ko'rsatadi. Aynan menda shunday bo'ldi asabiylashganimdan savollarni ham tushunmay qoldim. Chunki 5 soatlab kompyuter oldida qolib ketdik. Buning ustiga savollarda xatoliklar bor mazmuni bir-biriga to'g'ri kelmaydi, o'ta darajada qiyin. Bu boshlang'ichlarni ustidan kulishmi yoki ularni bila turib yiqitishmi. Ta'lim tizimi shunchalikmi 49 savol tushib qolibdi qayta beramiz degan gapni aytadigan darajaga kelgani.
Men e'tiroz bildiraman shaxsan mening e'tirozim, arizam bilan alohida shug'ullanishlarini so'rayman.

🔥23👍10
NeoJadid
Bizga hozirda ajratadigan emas, murosa qiluvchi tarix kerak. Qizil Armiya safida natsistlarga kurashgan ham o‘zbek, Turkiston legioni safida bolsheviklarga kurashgan ham o‘zbek. Ya’ni, o‘zbeklar va boshqa Markaziy Osiyo xalqlari uchun bu urush qaysidir ma’noda fuqarolik urushi desa ham bo‘ladi. Faqat tarixni g‘oliblar yozgani uchun va (neo)sovet propagandasi ta’sirida mag‘lub tarafni eshitish imkoni bo‘lmadi va bo‘lmayapti.
O'zbekiston telekanallari bugun kun bo'yi "g'alabani madh etuvchi" ko'rsatuvlar va filmlar namoyish qilib, rasmiylar esa XXI asrda Yevropada urush boshlagan harbiy jinoyatchining "pobedobesiye" siyosati tegirmoniga suv quyayotgan bir paytda, Neojadidlarning ushbu posti bitta muhim va shu paytgacha ochishga unchalik ham jur'at qilinmayotgan bir mavzudan bahs ochdi. Bu ham bo'lsa - rasmiy darajada unitishga mahkum qilingan "Turkiston legioni" va undagi vatandoshlarimiz qismati. O'zbekistonda ular haqida (deyarli) eslanmaydi, ularning qismati o'rganilmaydi, tadqiq qilinmaydi. Vaholanki, ular ham vatandoshlarimiz, ota-bobolarimiz.
"U (Mustafo Cho‘qay, Sovet hukumati tomonidan tor-mor qilingan Turkiston muxtoriyati rahbarlaridan biri) Sovet Ittifoqiga qarshi urush boshlangach hibsga olinib, sobiq Rossiya imperiyasidan kelgan boshqa muhojirlar bilan birga Kompyen lageriga (Fransiya) joylashtirildi. U yerdan uni Markaziy Osiyolik harbiy asirlar bilan ishlash uchun Berlinga chaqirishdi. Oradan bir avlod o‘tib Markaziy Osiyoliklar bilan ilk bor uchrashish va vaziyatni baholash imkoniyati uni qiziqtirdi. Biroq ko‘rganlari uni tashvishga soldi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana yetarli emas, sunnat qilinganlarni qatl etish davom etardi. U Polshadagi konslagerni borib ko‘rganidan keyin shunday yozadi: “Debitsadagi bema’ni qatllarning barcha holatlarini tasvirlash imkonsiz. Har safar lagerdan chiqqanimda, bosh suyagi parchalangan bir nechta jasadni ko‘rardim...” U natsistlar g‘oyasiga xayrixoh bo‘lmasa-da, ularning g‘alabasi Sovet Ittifoqini yo‘q qilib, Markaziy Osiyoni ozod qilishi mumkinligi fikri uni harakatga undardi: “Ha, bizda antisovet yo‘ldan, Sovet Rossiyasi va rus bolshevizmi ustidan g‘alaba qozonish istagidan boshqa yo‘l yo‘q. Bu yo‘l, bizning xohishimizdan qat’i nazar, Germaniya orqali o‘tadi. Va u Debitsada qatl etilganlarning jasadlari bilan qoplangan.” ... Cho'qay lagerlardan birida tif kasalligiga chalinib, 1941-yil 27-dekabrda Berlinda vafot etdi. Qayumxon (Buxoro Respublikasidan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalardan biri) esa 1942-yil 13-yanvarda Turkiston legionining tashkil etilishini ko‘rdi. ... Odamlar legionga turli sabablarga ko‘ra qo‘shilishdi. Milliy ozodlikka intilish ko‘pincha qamoq lagerlarida va’da qilingan sekin o‘limdan qutulishdek amaliy maqsad bilan uyg‘unlashardi. Urush davomida Turkiston legionidagi jangchilar soni 110 000 dan 180 000 gacha yetdi. ... Legionning o‘n minglab a’zolari jangda halok bo‘ldi".
Adib Xolid: "Markaziy Osiyo: Imperiyalar bosqinlaridan hozirgi kungacha boʻlgan yangi tarix" kitobidan
"Qizil Armiya jangchilarining anchagina qismi sovet-german urushining eng og'ir boshlang'ich davrida asirga tushib qolgan edi. ... Ular safida yuz minglab turkistonlik harbiy asirlar ham bor edi. ... Ikkinchi jahon urushi daavrida turkistonlik harbiy asirlardan Germaniyada Vermaxt bosh qo'mondonligi 1942-yilda Turkiston legionini tashkil qiladi. Ikkinchi jahon urushi arafasida sovet rejimi ayovsiv qatag'on va terror tufayli mintaqani endigina o'z tizimiga sola boshlagan, ... hur fikrli milliy elita tor-mor qilingan edi. Bu holat sovet rejimiga qarshi norozilikni nafaqat saqlab qolgan, balki yanada kuchaytigan edi. Shuning uchun legion askarlarining ijtimoiy kelib chiqishi va kayfiyatlari haqida gapirganda ularning tarixiy o'tmishidan ko'z yumib bo'lmaydi. "Otamni va akamni sovetlar otishgan, shuning uchun (imkoniyat tug'ilgach), Turkiston legioniga qo'shildim", deb yozgan edi legion askarlaridan biri o'z kundaligida.
Qahramon Rajabov: "O'zbekiston XX asrda". 2-jild (1939-2000). Toshkent, "Fan" nashriyoti, 2024.
Ha, bizga faqat g'oliblar tomonidan yozilgan emas, balki xolis tarix kerak. Rossiya propagandasining "jinlar bazmi"da ishtirok etmaslik bunday xolis tarixni yaratish yo'lida birinchi qadam bo'lishi mumkin, balki.

👍20👎4🔥4🤬1
Va yuqoridagiga qo'shimcha.
G'alabaning bizda deyarli eslanmaydigan qiymati (cost) haqida:
"Ammo sovetlarning g‘alabasi ... juda katta qurbonlar evaziga qo‘lga kiritildi va g‘oliblar ulkan sinovlardan o‘tdilar. Nemislar mag‘lub etilgach, sovet davlati o‘z g‘azabini hamkorlikda ayblanganlarning ustiga yog‘dirdi. Ayblov jamoaviy edi – sotsialistik vatanga xiyonatda alohida shaxslar emas, balki butun milliy guruhlar ayblandi va jazolandi. Ayblanuvchi millatlarning butun aholisi surgun qilindi va ularning respublikalari tugatildi. ... Sovet davlati qaytib kelgan harbiy asirlarga ham shubha va katta shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘ldi. Urush boshida Sovet Armiyasi Oliy Bosh Qo‘mondonligi Stalinning imzosi bilan mashhur 270-sonli buyruqni chiqargan edi. Unga ko‘ra, “jang paytida o‘z nishonlarini yirtib tashlab, orqaga qochadigan yoki dushmanga taslim bo‘ladigan qo‘mondonlar va siyosiy zobitlar qasamyodini buzgan va vatanga xiyonat qilgan yovuz qochqinlar deb hisoblanib, oilasi bilan hibsga olinishi kerak” edi. Asirlikka tushishni dezertirlik va xoinlik bilan tenglashtiradigan bu qarash hech qachon o‘zgarmadi. Qaytib kelgan harbiy asirlar “filtrlash lagerlari”dan o‘tib, siyosiy politsiyani hamkorlik qilmaganliklariga ishontirishlari kerak edi. Ularni qayta chaqirishlari, ishchi batalyonlariga jo‘natishlari yoki hatto Gulagga yuborishlari mumkin edi. Ayrim O‘rta Osiyolik asirlar, Turkiston legionida jang qilganlar ham, qilmaganlar ham, repatriatsiyadan qochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular Turkiya, Saudiya Arabistoni va G‘arbiy Yevropadagi kichik Markaziy Osiyo diasporasiga qo‘shildi".

O'zbekiston telekanallari bugun kun bo'yi "g'alabani madh etuvchi" ko'rsatuvlar va filmlar namoyish qilib, rasmiylar esa XXI asrda Yevropada urush boshlagan harbiy jinoyatchining "pobedobesiye" siyosati tegirmoniga suv quyayotgan bir paytda, Neojadidlarning…
🔥7👍6
Tarixchi, pedagog, "xorijiy agent" Tamara Eydelman yozadi:
РАЗГОВОР С БЕЗНАДЁЖНЫМИ ДВОЕЧНИКАМИ
Президент Трамп сообщил миру, что Соединённые Штаты выиграли Вторую Мировую войну. В Америке мало кто удивился, потому что множество людей там так думает.
Президент Путин не раз сообщал миру, что Вторую Мировую войну выиграл Советский Союз. В последние годы как-то всё яснее звучит добавление к этой фразе — иногда в подтексте, а подчас и открыто: во главе с Иосифом Виссарионовичем Сталиным. В России, думаю, мало кто этому удивляется, потому что множество людей уже очень давно привыкли думать именно так.
Так и хочется спросить: президенты, почему вы не учите историю???
Дональд, иди-ка к доске! Ну-ка расскажи про Московскую, Сталинградскую, Курскую битвы. Не знаешь? Садись, два!
Вовочка, ты там опять пакостничаешь на последней парте? Отвечай быстро, как англичане остановили немецкие танки под Эль-Аламейном и не дали Гитлеру захватить Суэцкий канал и ближневосточную нефть? А как американцы сражались у атолла Мидуэй? Как бились на Филиппинах? Сражались за Иводзиму?
Не знаешь? Придётся и тебе влепить двоечку.
А помните ли вы, что с лета 1940 по лето 1941 в мире была только одна страна, противостоявшая Гитлеру — и это не была ни Америка, ни СССР, а Великобритания?
Что были ещё партизаны по всей Европе: в Польше, в Югославии, во Франции? Товарищ Сталин, кстати, сильно им мешал — французских коммунистов, жаждавших сражаться против захватчиков, огорошил пактом Молотова-Риббентропа, Армии Крайовой нанёс смертельный удар, обеспечив разгром фашистами Варшавского восстания…
Да и вообще, Вовочка, неплохо бы вспомнить, как товарищ Сталин сначала сговаривался с Гитлером о том, как им разделить Европу, и только после, когда на него напали, запел про «Священную войну»?
А то, какую огромную, просто исполинскую роль в победе сыграли американские поставки по ленд-лизу, Вовочка, ты помнишь? И нет, Дональд, Рузвельт не грабил СССР так, как ты собираешься ограбить Украину.
А товарищ Сталин, Вовочка, сначала разгромил собственную армию, потом ещё в 41-м нашёл виноватых среди собственных генералов и их расстрелял, потом отрёкся от своих пленных, поставил позади собственных войск заградотряды с пулемётами, всех — от солдата до маршала — затерроризировал смершевцами, загубил намного больше своих солдат, чем нужно было для победы, а потом ещё приучил нас гордиться числом погибших, как будто это великое достижение, а не позорное преступление.
И неужели, жалкие двоечники, вы никак не можете понять, что фашизм, как и любое другое зло, побеждают все вместе? Что вся суть заключалась как раз в том, что советские солдаты героически сражались в Европе, а американцы — на Тихом океане, британцы — в Африке? Что это были объединённые усилия?
Ну посмотрели бы мои лекции по истории Второй мировой, что ли?

👍24🔥2
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar!
Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Bilaman, bizni kuzatayotgan ayrim fikr egalari: “Endi hech narsani ortga qaytarib bo‘lmaydi, bizning qo‘limizdan hech narsa kelmaydi, endi kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish kerak”, degan fikrdalar. Ammo bir narsani unutmaylik: kuzgi attestatsiyada ham ayni holat takrorlanmasligiga kim kafolat beradi? Siz tayyorlandingiz deylik, lekin bu tayyorgarlik jarayoni nimaga asoslanadi? Kitobning boshidan oxirigacha yod olishgami? Bu bilimmi? Bu holatda bor bilimimizni ham, matn bilan ishlash ko‘nikmamizni ham yo‘qotamiz-ku!
Bizning maqsadimiz isyon emas, balki yechim topishdir. Shu bois bizga Respublika markazidan o‘z bilimiga ishongan professional advokatlar yordam bermoqda. Har bir viloyatdan bittadan o‘qituvchiga davlat tomonidan order ajratilmoqda. Bu order uchun to‘lov advokatga emas, balki bankga amalga oshiriladi.
Huquqiy kurashni davom ettirish uchun ixtiyoriy tarzda moliyaviy yordam yig‘moqdamiz. Bu har birimizning kelajagimizga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi. Biz minimal miqdorni 20 ming deb belgilagan edik. Ammo 10 ming bo‘lsa ham, 15 ming bo‘lsa ham – sizning qo‘llab-quvvatlovingiz zarur.
Kecha maktabdagi ikki kasbdoshim ham quyidagi hisob raqamga: 9860 1201 8338 8343 pul o‘tkazishdi. Ularning biri nafaqaga chiqishiga ikki yil qolgan, yaqinlashayotgan attestatsiyalarda qatnashmaydi. Ammo millat kelajagiga befarq bo‘lmadi.
Befarq bo‘lmang!
Sud jarayoni bu kurashning muhim bosqichidir. Agar biz sudgacha borsak va sud ijobiy qaror chiqarsa, test tuzish hamda baholash tizimini isloh qilish majburiyati yuklatilsa, o‘qituvchilar quyidagi yutuqlarga erishishlari mumkin:
Shaffoflik oshadi – Test natijalari qanday aniqlanayotgani, ballar qanday qo‘yilayotgani aniq va tushunarli bo‘ladi. Bu o‘qituvchilarga o‘z o‘quvchilari bilimini adolatli baholash imkonini beradi.
Testlar sifatli bo‘ladi – Testologiya talablariga mos tuzilgan testlar:
noto‘g‘ri javoblar bilan chalg‘itmaydi, balki bilim darajasini aniqlaydi;
murakkablik darajasi muvozanatlangan bo‘ladi;
faqat eslab qolishga emas, balki fikrlash, tahlil qilish, qo‘llay olishga yo‘naltiriladi.
Sohaviy mutaxassislar ishtiroki – Testlar amaliyotchi o‘qituvchilar, olimlar va fan mutaxassislari ishtirokida yaratiladi. Bu esa test savollarining mazmunan chuqur va dolzarb bo‘lishini ta'minlaydi.
O‘qituvchining maqomi oshadi – Baholash tizimiga nisbatan ishonch ortadi. Natijada, o‘qituvchilar o‘z mehnatining haqiqatda to‘g‘ri baholanayotganini ko‘radi.
Ta’lim sifatining oshishiga hissa qo‘shadi – O‘qituvchilar bilim berish jarayonini faqat faktlarni yodlash emas, balki chuqur tushunishga asoslangan tarzda tashkil qilishga rag‘batlantiriladi.
Jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yiladi – Bunday holat boshqa test(faqat ona tili va adabiyot emas) jarayonlarida ham ochiqlik va islohotlarga yo‘l ochadi. Tizim doimiy ravishda jamoatchilik ishtirokida takomillashadi.
Va eng muhimi – bu bizning kasbiy sha’nimizni tiklaydi!
Karta raqami:
9860120183388343
https://t.me/tilchilardan_murojaat

👍33👎3
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Shokir Tursun qarashlari
Hurmatli ustozlar! Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf…
Ustozlar sudlashayotgan ekan, sud jarayonini moliyaviy qoʻllab-quvvatlamoqchi boʻlganlar uchun karta raqami qoldirilgan.
@birgap
@birgap
👍12
Shokir Tursun qarashlari
Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Agar jarayonda testlarning validligi boʻyicha mutaxassis fikri kerak boʻlsa - yordamga tayyorman.
👍28🔥5
Mana bu postning davomi sifatida qayta aloqa botiga shunday murojaat yuborishdi:
Davomi.
Agar biz kurashmasak, nima bo‘ladi?
Biz jim tursak, test natijalari qanday aniqlanayotgani noma’lumligicha qoladi. Ballar nimaga qo‘yilganini na o‘qituvchi, na o‘quvchi tushunadi. Adolatdan gapirish ortiqcha tuyuladi.
Testlar hali-hanuz chalg‘ituvchi savollar, noto‘g‘ri tuzilgan variantlar bilan to‘la bo‘ladi. Bilim emas, taxmin yuritish muhimroq bo‘lib qoladi. Fikr yuritish emas, yodlash ustunlik qiladi.
Fan mutaxassislari, tajribali o‘qituvchilar bu jarayonlardan chetda qolaveradi. Ularning fikri eshitilmaydi. Asl bilim egalarining o‘rni bo‘sh qoladi.
O‘qituvchi o‘zining qadri borligiga ishonmay qo‘yadi. Mehnati e’tiborsiz qolgan ustoz asta-sekin ilhomini, ishonchini, intilishini yo‘qotadi.
Ta’lim sifati esa shu yo‘sinda sekin, lekin muqarrar qulaydi. O‘quvchi darsdan hayotiy bilim emas, testda qanday aldashni o‘rganadi. Bu esa jamiyat kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.
Eng yomoni(men qo'rqadigan holat)
"Baholash tizimi o‘rganish jarayonini boshqaradi." (Miller, Cowan, et al)
Baholash – bu faqat natijani o‘lchash emas, balki o‘rganish yo‘nalishini belgilovchi omildir.
Baholash o‘quvchi nimani o‘rganishini, qanday o‘rganishini va qanchalik chuqur o‘rganishini aniqlab beradi.
To‘g‘ri baholash o‘quvchini faol o‘rganishga undaydi, noto‘g‘ri baholash esa yuzaki yodlashga olib keladi.
Qarang ustozlar, agar testlar faqat faktlarni so‘rasa – o‘quvchi yodlaydi. Agar testlar tahlil va fikrlash talab qilsa – o‘quvchi chuqur o‘rganadi. Yani baholash – o‘rganish uchun yo‘l xarita. To‘g‘ri tashkil etilgan baholash – samarali ta’limning kalitidir.
Tizim yopiq qoladi. Jamoatchilik ovozi eshitilmaydi. Muammo bor, lekin uni ko‘rishni istamaydigan ko‘zlar, eshitishni istamaydigan quloqlar test tezimini boshqarishda davom etadi.
Va eng og‘rigi – biz o‘z kasbimiz sha’nini o‘zimiz topshiramiz. O‘qituvchi jim bo‘lsa, jamiyat jim bo‘ladi. Shu bois kurashmaslik – o‘zimizga nisbatan xiyonatdir.

Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf…

👍38
Umuman, men oʻylayman, jarayonda nafaqat alohida olingan fanlar boʻyicha test topshiriqlari sifati (masalan, ona tili va adabiyoti yoki boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun test topshiriqlari sifati - har ikki yoʻnalishda attestatsiya natijalaridan norozi oʻqituvchilar soni koʻp va ular ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarga birlashmoqda), balki attestatsiya bilan bogʻliq kengroq masalalar qoʻyilishi, sud oldida va vazirlik rasmiylari oldiga jiddiy savollarga javoblar talab qilinishi kerak.
Bu qanday masalalar va savollar ekanligi haqida alohida batafsil yozaman.
Bu qanday masalalar va savollar ekanligi haqida alohida batafsil yozaman.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Hurmatli ustozlar!
Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf…
Bugun biz o‘zgarish arafasidamiz. Biz, oddiy o‘qituvchilar, ta’lim tizimida adolat va sifat uchun birlashdik. Test tizimidagi nohaqlik, ilmiy asoslardan yiroq savollar va faqat yodlashga asoslangan baholash – bular ta’lim kelajagini xavf…
👍22
Shokir Tursun qarashlari
Tasodifni qarangki, tanlangan 233 maktab orasida PIIMAga qarashli 14 ta prezident maktabining barchasi bor, qoʻshimchasiga 3 ta ixtisoslashtirilgan maktab ham.
Oʻzimizni aldash uchun pul toʻlash?
Shokir Tursun PISA tadqiqotlarida qatnashish uchun Respublikadagi barcha prezident maktablari kiritilgani tasodifmi, degan savolni qoʻymoqda. Darhaqiqat, vazir buyrugʻi bilan PISA tadqiqotlarida qatnashishi belgilangan maktablar roʻyxatiga 14ta prezident maktabi va agentlik tizimidagi bir qancha ixtisoslashgan maktablar kirilgan (roʻyxat menda ham, Shokir Tursunda ham bor va bizga bir-biridan mustaqil turli manbalar orqali kelgan). Hatto vazirlik oʻzi eʼlon qilgan fotosuratlarda ham testda qatnashayotlar aynan prezident maktablari oʻquvchilari ekanligini koʻrish mumkin.
PISA - bu imtihon emas, ilmiy tadqiqot. Ilmiy tadqiqotda tanlanma reprezentativlik tamoyiliga javob berishi kerak. Respublikadagi mavjud maktablardan shart-sharoiti, moliyaviy imkoniyatlari, oʻquv dasturi va darsliklari, umuman, har qanday jihati bilan umumtaʼlim maktablaridan tubdan farq qiladigan, maktablar soni boʻyicha respublikadagi maktablarning 1%ni tamsil qiladigan, oʻquvchilar soni boʻyicha esa shu 1%ni ham tamsil etmaydigan prezident maktablarining barchasi PISAda qatnashishi belgilangan tasodifiy tanlanmaga kirib qolishi haqiqatdan ham tasodifmi? Va bu tanlanmaning reprezentativligiga qanday taʼsir qiladi? Qiziq, OECD buni qanday izohlarkin?
Va yana bir muhim narsa.
Ayrim manbalar shu hafta oʻtkazilgan PISA testlarida kameralar latta bilan yopilib, test boʻlayotgan xonalarga oʻqituvchilar olib kirilgani va oʻquvchilarga yordam berganini iddao qilishmoqda. Prezident maktablarida oʻquvchilarni bir necha haftadan beri testga tayyorlashayotgani, obrazli qilib aytganda "dressirovka" qilishayotgani, testda yuqori natijalar koʻrsatish kerak, deb bosim oʻtkazilayotgani haqida ham xabarlar kelmoqda. Albatta, bu iddaolarni tasdiqlaydigan dalillar mavjud emas va bu haqida xabar berganlar jamoatchilik oldida oʻz xabarlarini tasdiqlashmaydi (sababi, menimcha, tushunarli). Agar shunday holatlarga yoʻl qoʻyilayotgan boʻlsa (bunga vazirlik buyruq bergani yoki bu joylardagi rahbarlarning "tashabbusi" boʻlishidan qatʼiy nazar), bu - soliq toʻlovchilar pulidan millionlab dollar mablagʻni oʻzimizni oʻzimiz aldashimiz uchun toʻlash boʻladi.

👍33🔥8
Yana PISA va oʻzimizni aldash haqida
Boshqalari haqida gapirmay, bizning tumandan tanlangan maktab haqida gapiraman:
Maktabda kamida 3 oy (bu men bilganim) butun boshli komanda ishladi. Maktabga boshqarmadan, Universitetdan odamlar tashlandi. Avval PISA yoshidagi hamma tayyorlantirilgan, PISAda qatnashadiganlar roʻyxati aniq boʻlgach, oʻsha bolalar kamida 1 oy hech qaysi fanga kiritilmasdan, toʻliq maktabda faqat PISAga tayyorgarlik koʻrishgan.
Har doimgidek, isbot yoʻq, mening gapimni hech kim tasdiqlamaydi.
(Shaxsiy suhbatdan)
Boshqalari haqida gapirmay, bizning tumandan tanlangan maktab haqida gapiraman:
Maktabda kamida 3 oy (bu men bilganim) butun boshli komanda ishladi. Maktabga boshqarmadan, Universitetdan odamlar tashlandi. Avval PISA yoshidagi hamma tayyorlantirilgan, PISAda qatnashadiganlar roʻyxati aniq boʻlgach, oʻsha bolalar kamida 1 oy hech qaysi fanga kiritilmasdan, toʻliq maktabda faqat PISAga tayyorgarlik koʻrishgan.
Har doimgidek, isbot yoʻq, mening gapimni hech kim tasdiqlamaydi.
(Shaxsiy suhbatdan)
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Oʻzimizni aldash uchun pul toʻlash?
Shokir Tursun PISA tadqiqotlarida qatnashish uchun Respublikadagi barcha prezident maktablari kiritilgani tasodifmi, degan savolni qoʻymoqda. Darhaqiqat, vazir buyrugʻi bilan PISA tadqiqotlarida qatnashishi belgilangan…

👍20😢17🔥6🤯1
Oʻzbekistonning PISA-2025da qatnashishi, tasodifiy tanlanmaga barcha prezident maktablarining kirib qolishi boʻyicha savollar hamda PISA tadqiqotlarida qatnashishi kerak boʻlgan oʻquvchilarni zoʻr berib testga tayyorlash haqidagi iddaolar (masalan, 1, 2, 3) fonida qiziq maʼlumotlar:
1. Qozogʻistonning 2015-yilgi PISA natijalari bilan bogʻliq qiziq holat boʻlgan. Ochiq test topshiriqlarini (yaʼni oʻquvchilar javobini oʻzlari yozadigan test topshiriqlari) baholashda baholovchilar juda "koʻngilchan" yondashganligi tufayli, natijalar rasman eʼlon qilingan OECD hisobotida Qozogʻiston natijalari sifat nazorati standartlariga javob bermasligi, bu natijalarni Qozogʻistonning oldingi natijalari yoki boshqa davlatlar natijalari bilan solishtirish mumkin emasligi taʼkidlangan. Qozogʻiston internet nashrlari buni "katta janjal" ("большой скандал") va "Qozogʻistonning PISA natijalari diskvalifikatsiya qilinishi" deb atashgan, ayrimlar buni tadqiqotda qatnashgan oʻquvchilar orasida Nazarboyev maktablari oʻquvchilari ulushining koʻpligi bilan bogʻlashgan.
2. OECDning Qozogʻiston taʼlim tizimi boʻyicha maxsus hisobotida yozilishicha, Nazarboyev maktablari (bizdagi prezident maktablariga oʻxshagan maxsus "elita" maktablar) uchun oddiy maktablarga qaraganda ancha koʻp mablagʻ sarflanishiga qaramasdan, PISA shkalasi boʻyicha matematik savodxonlikning yuqori (5 va 6) darajalariga erishgan oʻquvchilar ulushi juda pastligicha qolgan (Qozogʻiston - 0,2%, OECD boʻyicha oʻrtacha - 8,4%). Boshqacha qilib aytganda, Nazarboyev maktablari umumiy darajani koʻtarishga hissa qoʻshmagan.

👍11