Yoshlar ishlari agentligining "bepul" pulli loyihalari
Xabarlarga qaraganda, Yoshlar ishlari agentligi tizimida ishlaydigan yoshlar yetakchilarini "Ibrat Academy" ilovasining pulli versiyasini sotib olish va "Super start" kursidan oʻtib, sertifikat olishga "ixtiyoriy-majburiy" jalb etish kampaniyasi boshlangan. Hozirgi kunda "super start" "maxsus chegirma" bilan taxminan 130 ming soʻmga "taklif" qilinmoqda ekan. Qiziq, agentlik tizimida nechta yoshlar yetakchilari ishlaydi?
Agentlik "Ibrat Academy"ni "xorijiy tillarni bepul, sodda va kreativ usulda o‘rgatadi"gan loyiha sifatida taqdim etgan edi.

😢23👍4
Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi yoshlar yetakchilari soni 9300dan oshiq ekan. Shularning yarmi "ixtiyoriy majburiy" tarzda "super start"ni sotib olgan taqdirda ham, bu 585 million soʻmni tashkil qiladi. Va qizigʻi, bu pullar, click tizimi taqdim etayotgan maʼlumotlarga ishonilsa, "Ibrat farzandlari" nodavlat notijorat tashkilotiga emas, Rustam Koriyev taʼsischisiligidagi "Ibrat Camp" MCHJga tushar ekan.
Umuman, agentlik rahbari Alisher Saʼdullayev agentlik va har xil MCHJlarning oʻzaro aloqalari haqidagi savollarga javob bermoqchi edi. Hozircha javob olinmadi, savollar esa koʻpaymoqda.

👍15🔥4
"U kishi (Alisher Saʼdullayev) senator ..."
Yoshlar ishlari agentligi bilan bog'liq bugungi xabarlar ortidan shaxsan menda ikki savol tug'ildi. Aslida-ku, bu savollar oldindan bor edi, lekin bugungi xabalarlar ularni yana yuzaga chiqardi.
Birinchi savol post sarlavhasi bilan bog'liq. Ma'lumotlarga qaraganda, bu jumla Yoshlar ishlari agentligiga topshirilgan bir loyiha - "1000 kitob" bilan bog'liq mojarolar paytida loyiha rahbari tomonidan aytilgan. Darhaqiqat, Alisher Sa'dullayev - Vazirlar Mahkamasi (ya'ni hukumat) tarkibidagi Yoshlar ishlari agentligi rahbari (ya'ni ijro hokimiyati vakili) bo'lishi bilan birga, Oliy Majlis yuqori palatasi - Senat a'zosi, ya'ni qonun chiqaruvchi organ a'zosi. Qiziq, bu holat - ayni bir shaxs ham ijro hikimiyati organi rahbari, ham qonun chiqaruvchi hokimiyat a'zosi bo'lishi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipi (11-modda) mustahkamlangan Konstitutsiyaga qay darajada mos?
Qolaversa, bunday holat qiziq bir paradoksni yuzaga keltirmaydimi? Paradokski, davlat organlarining (shu shumladan ijro hokimiyatining) va davlat xizmatchilarining (shu jumladan ijro hokimiyati rahbarlarining) faoliyati qonuniyligi, korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi holatlariga yo'l qo'yilmayotgani ustidan nazorat o'rnatishi kerak bo'lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yoki Bosh prokuratura agentlik rahbari yoki Bosh prokurorni tasdiqlash vakolatiga ega bo'lgan (95-modda) senator rahbarlik qilayotgan organni tekshirishga haddi sig'adimi? Davlat hokimiyati organlari ustidan nazorat o'rnatishi kerak bo'lgan senator o'zi rahbarlik qilayotgan organga so'rov yuboradimi, o'zini o'zi tekshiradimi?
Balki shuning uchun ham agentlikning shubhali tenderlari va har xil loyihalari bilan hech kim qiziqmas? Balki shu sababli ham agentlik, masalan, jurnalistlarning va faollarning savollariga javob bermasligi muammo emasdir?
P.S. "Ibrat Academy" ilovasining "super start"i uchun to'lanadigan mablag' tushadigan MCHJ ta'sischisi va rahbari Rustam Koriyev hamda kun.uz'ning mana bu materialida “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari sifatida tilga olingan Rustam Qoriyev - ayni bi shaxsmi?
P.P.S. Ikkinchi savol haqida keyinroq.

👍28🔥13😱5🤯1
Pedagoglar bolalarni koʻzboʻyamachilik va koʻchirmakashlikka oʻrgatayotgan tizim haqida:
Telegram
Shunchaki...
#samiyyadanmaktabhangomalari
- Oyi, bugun... fanidan CHSB topshirdik. Ustoz past ovozda "7-test javobi C" - deb yonimizdan o'tib ketsalar, bitta ahmoq sinfdoshim baqirdi:
- Ustoz, 7 Cmidi?
Hammamiz kameraga qaradik.
🤦♀🤦♀
@suvaydo

🤯8
ELTUZ
Мурожаатда қайд этилишича, вазирликдаги муҳим лавозимларга малака ва тажрибага эга бўлмаган, аммо шахсий алоқалари бор шахслар тайинланмоқда.
Eltuz nashri Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi korrupsiya va tanish-bilishchilik iddaolari haqida yozmoqda. Undagi konkret shaxslar va ularning vazirlikdagi faoliyati haqidagi iddaolar qay darajada asosli - buni aniqlash tegishli organlarning ishi, albatta, lekin vazirlikdagi butun tizim professional kompetensiyalar va sohani qy darajada bilish emas, shaxsiy sadoqat tamoyili asosida qayta quril(ayot)gani haqida oldin yozgan edim. Umuman, nazarimda, vazir Hilola Umarovaning faoliyati mustaqil Oʻzbekiston tarixida umumiy oʻrta taʼlim tizimiga eng qaqshatqich zarba berilgan davr sifatida tarixga kirsa ajab emas. Taʼlim tizimi bu zarbadan oʻnglanib olishi uchun bir necha avlod umri kerak boʻladi.
👍35🔥5👏5
Dilshooda
Maktablarimizda haliyam elementar sanitar sharoitlar yoʻqligi trlnlab summalarni behuda ishlatyotganlarni tashvishga solmaydi. Ming afsus boʻlsinki, bu masala parlamentni ham oʻylantirmaydi, hatto.
Qachonki taʼlimda "islohotlar" qilayotgan vazir Umarovaning, vazir oʻrinbosarlarining, vazirlikdagi boshqarma-yu departamentlar rahbarlarining, ana boring-ki Oliy Majlisda tugma bosib oʻtiradigan "oʻlik" deputatlarning farzandlari, yaqinlari hamma sharoitlari muhayyo, "alohida koʻz" bilan qaraladigan prezident maktablari-yu ixtisoslashgan maktablarga yoki tashriflar uchun "qoʻgʻirchoq"dek qilib qoʻyilgan "poʻrim" maktablarga emas, elementar sharoitlari, suvi-yu hojatxonasi yoʻq maktablarga qatnasa, ularga ham oʻqituvchilar har kuni oʻz hisobidan chop qilish uchun darsliklarning elektron variantlarini telegramdan tashlab bersa, ularga ham koʻzboʻyamachilik, qogʻozboʻzlik, haddan ziyod stress va arzimagan oyliklardan asablari tarang oʻqituvchilar dars bersa, ular ham 40-45 bola bola bilan bir sinfda oʻtirsa, ulardan ham har oy maktab fondi-yu sinf fondiga pul soʻrashsa, shundagina nimadir oʻzgarishni boshlaydi. Ungacha oʻzgarishlar kutish - qurib bitgan daraxtdan meva kutish bilan barobar.
🔥32👍15😢11👏4😱3
Yoshlar ishlari agentligining vazifasi oʻzi nima?
Mana bu postga izohlarda "xalqning kelajagi ko’zlab qilinayotgan loyihalarni yomon otliqqa chiqarayotganlarga hayron qolasan" deb yozishibdi. Bir narsa: hech kim "xalqning kelajagini oʻylab qilinayotgan" loyihalarga qarshi emas. Bunday loyihalar koʻp boʻlishi tarafdorimiz. Lekin loyiha shunchalik kerakli, foydali, arzon, sifatli va hokazo va hokazo ekan - ochiq bozorda taklif qiling, davlat organi orqali shu davlat organiga u yoki bu shaklda qaram insonlarni sotib olishga majburlamang. Umuman, davlat organi qaysidir MCHJning loyihasini qoʻllab quvvatlashi faktining oʻzi manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi savollarni paydo qilishi va tegishli organlarning eʼtiborini tortishi kerak emasmi?
Izohlarda, shuningdek, "Ibrat Academy"ning "super start" ilovasini aynan kim sotib olishga majburlanganini ochiqlash soʻralibdi. Tabiiyki, ilovani sotib olishga majburlangan(lar) shaxsini ochiqlashni istamaydi - ertaga ishida yoʻq joydan muammo topilib qolishi u(lar)ga kerak emas. Ayniqsa tayinli ish topish qiyin boʻlgan viloyatlarda. Shaxsini ochiqlashdan qoʻrqmaydiganlar esa bunday tizimda ishlamaydi. Xullas, yopiq halqa.
Yuqorida agentlik faoliyati bilan bogʻliq birinchi savolni koʻtargan edim: ijro etuvchi hokimiyat tizimiga kiruvchi davlat organini boshqarayotgan shaxs ayni paytda qonun chiqaruvchi organ aʼzosi boʻlishi, qonun chiqaruvchi sifatida daxlsizlik huquqidan foydalanishi va davlat organlari faoliyatining qonuniyligini nazorat qilishi kerak boʻlgan organlar rahbarlarini tasdiqlash vakolatiga ega boʻlishi qay darajada toʻgʻri? Daxlsiz senator boshqarayotgan organ faoliyatini tekshirishga Antikorrupsiya yoki Prokuratura jurʼat qila oladimi?
Endi agentlik faoliyati bilan bogʻliq ikkinchi, jiddiyroq savolga kelsak. Agentlikning faoliyati oʻzi konkret nimadan iborat? Mohiyatan davlat organlari u yoki bu sohada davlat siyosatini yuritadi, aynan davlat koʻrsatishi kerak boʻlgan ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadi (masalan, Konstitutsiyada kafolatlangan umumiy oʻrta taʼlim) yoki aynan davlat monopol boʻlishi kerak boʻlgan sohalarni nazorat qiladi (masalan, jamoat xavfsizligi yoki davlat chegaralarini qoʻriqlash).
Xoʻsh, mohiyatan sovet davridagi komsomolning uzviy davomi boʻlgan Yoshlar ishlari agentligining konkret vazifalari nimalardan iborat? Masalan, mana bu hujjatda bu savolga aniq javob topa olmadim.
Soliq toʻlovchilar bu agentlikni moliyalashtirish ortidan qanday konkret ijtimoiy qiymat olishadi? Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlashmi? Buni ijtimoiy himoya agentligi qila oladi. Yoshlarning kasb hunar oʻrganishimi? Buning uchun Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligi hamda Mehnat vazirligi bor, Monomarkazlar bor. Multfilmlar yaratishmi? Multfilmlar yaratish bilan davlat organi shugʻullanmasligi kerak. Har kuni har xil yutuqli konkurslar oʻtkazishmi? Agentlik bu konkurslar uchun yutuq jamgʻarmasini qaysi pullar hisobidan shakllantiryapti? Oʻzi shundoq ham ilma-teshik boʻlib yotgan byudjetdanmi?
Xullas, "Yoshlar ishlari agentligi" degan tashkilot oʻzi kerakmi? Agar kerak deyiladigan boʻlsa, nega, masalan, Oʻrta yoshdagilar agentligi yoʻq? Yoki bu agentlikning yagona real vazifasi, boshqa koʻplab davlat organlari singari, kim uchundir "kreslo" yaratib qoʻyishmi?

👍40🔥14🤔2
Kun.uz "Ibrat Academy" atrofidagi gaplarni oʻrganishga harakat qilibdi.
Materialda bir qiziq - va nazarimda, muhim - detal aytilmagan: Super start ilovasi uchun toʻlovni qabul qiladigan MCHJning taʼsischisining ism-familiyasi, orginfo maʼlumotlariga koʻra, kun.uz oldingi materialida "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari sifatida tanishtirgan shaxsning ism-familiyasi bilan juda oʻxshash.
Manfaatlar toʻqnashuvi? Nima edi u?
Kun.uz gaplashgan yoshlar yetakchisi bu ixtiyoriy-majburiy topshiriq ekanini aytdi. Unga ko‘ra, agentlikning joylardagi boshqarmalari xodimlari yetakchilardan ilovani necha kishi sotib olgani haqida ma’lumot so‘raydi.
Materialda bir qiziq - va nazarimda, muhim - detal aytilmagan: Super start ilovasi uchun toʻlovni qabul qiladigan MCHJning taʼsischisining ism-familiyasi, orginfo maʼlumotlariga koʻra, kun.uz oldingi materialida "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari sifatida tanishtirgan shaxsning ism-familiyasi bilan juda oʻxshash.
Manfaatlar toʻqnashuvi? Nima edi u?
Kun.uz
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqda Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi yoshlar yetakchilariga “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga topshiriq berilgani aytildi. Agentlik hech kim yetakchilarga bunday buyruq bermaganini, agar shunday holat bo‘lsa, o‘rganish…
👍6🔥4
Xarajati davlatdan, foydasi MCHJga emasmi ishqilib?
Kun.uz eʼlon qilgan materialda yana bir qiziq detal:
Eʼtibor bering: materialda loyiha byudjet mablagʻlaridan moliyalashtirashtirilgan, lekin aynan pulli qismi uchun byudjetdan mablagʻ ajratilmagan, deyilmoqda.
Qiziq, agentlik loyihaning "davlat juni"dan, uzr, davlat pulidan boʻlgan qismi bilan davlat byudjetidan boʻlmagan qismining aniq hisob-kitobini olib boradimi? Hammasi - davlat byudjeti hisobiga yaratilgani qismi ham, davlat byudjetidan moliyalashtirmagan, deyilayotgan qismi ham bitta ilova tarkibida boʻlsa, buni qanday ajratib olishadi? Xarajati davlatdan, foydasi MCHJga boʻlib qolmasligi qanday nazorat qilinadi?

“Ibrat Academy” – til o‘rgatuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasining bir qismi bo‘lib, 2022 yilda tashkil qilingan. Dastlab loyiha xorijiy tillarni yoshlarga bepul o‘rgatish maqsadida, budjet mablag‘lari asosida bilan tashkil qilingan edi. Hozir loyihaning pulli shakli ham bor. Agentlikning izohlashicha, loyiha o‘z-o‘zini rivojlantirishi uchun pulli versiya joriy etilgan. “Bu loyiha, ya’ni “Super start” uchun budjetdan mablag‘ ajratilmagan”, – dedi tashkilot xodimi.
Eʼtibor bering: materialda loyiha byudjet mablagʻlaridan moliyalashtirashtirilgan, lekin aynan pulli qismi uchun byudjetdan mablagʻ ajratilmagan, deyilmoqda.
Qiziq, agentlik loyihaning "davlat juni"dan, uzr, davlat pulidan boʻlgan qismi bilan davlat byudjetidan boʻlmagan qismining aniq hisob-kitobini olib boradimi? Hammasi - davlat byudjeti hisobiga yaratilgani qismi ham, davlat byudjetidan moliyalashtirmagan, deyilayotgan qismi ham bitta ilova tarkibida boʻlsa, buni qanday ajratib olishadi? Xarajati davlatdan, foydasi MCHJga boʻlib qolmasligi qanday nazorat qilinadi?
Kun.uz
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqda Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi yoshlar yetakchilariga “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga topshiriq berilgani aytildi. Agentlik hech kim yetakchilarga bunday buyruq bermaganini, agar shunday holat bo‘lsa, o‘rganish…
🔥18👍9
"Takomillashtirilayotgan" o'quv dasturlarida pedagogikaning tamal qonuniyatlari hisobga olinadimi?
Respublika ta'lim markazining bir paytning o'zida ikki "kreslo"ni egallagan yangi rahbariyati "o'quv dasturlarini takomillashtirish" deb atalgan jarayondan uzuq-yuluq videolavhalar berishda davom etmoqda. Qizig'i, umumiy o'rta ta'lim tizimida yagona dastur mavjud emasligini, turli sinflar turli davrlarda yaratilgan va bir-biriga nomutanosib dasturlar-u darsliklar asosida tahsil olayot "kasha" vaziyat yuzaga kelganini hisobga olsak, aynan qaysi dastur "takomillashtirilayotgani" haqida savol hali ham ochiq qolmoqda. Jamoatchilik va mutaxassislar uchun, masalan, bunday uzuq-yuluq reklama videolaridan ko'ra aynan qaysi dastur "takomillashtirilyapti", "takomillashtirish" deganda aynan nima nazarda tutilmoqda, bunda qaysi tamoyillar va ma'lumotlarga tayanilmoqda, jarayon "o't-o'lanni boshqa rangga bo'yash" - Kembrijdan falon pulga o'rganib kelingan yangi jadvallarga solishdan nimasi bilan farq qilmoqda - shu haqida tahliliy ma'lumotlar berilgani foydaliroq bo'lardi.
Masalan, xuddi shu markazning oldingi rahbari Milliy o'quv dasturi yaratilayotgan paytda bergan intervyusida uning oldingi dasturlardan farqi, maqsadi haqida gapirgan edi. Lekin, o'ylaymanki, markazning hozirgi rahbarini bunday batafsil va ochiq muloqotga taklif qilish imkonsiz - chunki biladiki, beradigan har qanday ma'lumotlari qiziq xulosalarga va javobi yo'q yangi savollarga yetaklashi mumkin.
Shunday savollardan biri: "o'quv dasturlarini takomillashtirish" deganda shu paytgacha trillionlar sarflab chiqarilgan (?) va qaysi dasturlar asosida yaratilgani haligacha ochiqlanmagan darsliklarga "podgon" qilish - dasturlarni chiqarib bo'lingan darsliklarga moslash tushunilmayaptimi? "Takomillashtirish" jarayonida shu paytgacha "ignor" qilingan pedagogikaning bazaviy qonuniyatlari hisobga olinadimi?
Oddiy misol. Yangi o'quv materialini o'qitishda o'quvchida mavjud bilim, ko'nikmalar, hayotiy tajribani hisobga olishning zarurati - hozirgi zamon pedagogikasi uchun yangilik emas. Bu haqda o'z vaqtida XX asrning buyuk psixologlaridan biri, zamonaviy pedagogik qarashlarning "ota"laridan biri Piaje ham yozgan edi. Keyinchalik "sxemalar nazariyasi"ni boshqa olimlar ham rivojlantirishdi, yangi bilimning samarali o'zlashtirilishi uchun ularning muhimligi tajribalarda ham isbotlangan. Sxemalarning matnni tushunishdagi ahamiyati haqida ham yetarlicha yozilgan (masalan, qarang: 1, 2). Qizig'i, olimlar abstrakt tushuncha sifatida tadqiq qilgan "sxemalar"ning fiziologik, jismoniy asosi borligini - miya qabul qilayotgan yangi ma'lumot miyada mavjud ma'lumotlar bilan bog'lanmasa, sinapslar o'rtasidagi bog'lanishlar yaxshi bo'lmasligini zamonaviy kognitivistikadagi tadqiqotlar ham (masalan, qarang) ham isbotlaydi.
Pedagogikaning ushbu tamal tushunchalari hisobga olinmaganini, masalan, 2024-yilgi 5-sinf "Adabiyot" darsligida ko'rishimiz mumkin. Yaqool misol - darslikning boshida keltirilgan "Tilla baliqcha" she'ri. Adabiyotshunoslar tomonidan chuqur ramziy ma'noga ega, deya e'tirof etiladigan (masalan, qarang: akademik Baxtiyor Nazarov hammuallifligidagi 11-sinf adabiyot darsligi) ushbu she'rni tushunish, tahlil qilish uchun o'quvchida yetarlicha konstektual bilim ham, nazariy bilim ham (masalan, ramz nimalagi haqida) mavjud emas. Shunday ekan, bu yoshdagi o'quvchi she'r bilan bog'liq savollarga javob bera olmaydi. Demak, o'qituvchida ikkita yo'l qoladi: o'quvchining har qanday fikrini - u qanchalik jo'n bo'lmasin - to'g'ri deb qabul qilish, yoki she'r haqida o'zi gapirib berish. Har ikkalasi ham pedagogika nuqtayi nazaridan samarali yechim emas. Qizig'i, adabiyotni fan sifatida o'rganishni endi boshlagan va ramz haqida tushunchaga ega bo'lmagan o'quvchi mavzu nihoyasidagi "Uchala she’rdagi obrazlar hayotda kimlar yoki nimalarning ramzi bo‘lishi mumkin?" topshirig'ini qanday bajaradi - bu savol darslik mualliflarini ham, mas'ul muharrir va taqrizchilarni ham, dastur mualliflarini ham unchalik qiynamagan ko'rinadi.
Xullas, savollar ko'p - yurak yutib javob beradigan esa yo'q.

👍6🤯2
Havoga sovurilgan pullar va oʻquvchilarning bekor ketayotgan vaqti
"Novda" nashriyotining taʼlim rus va boshqa tillarda olib boriladigan maktablar 3-sinfi uchun oʻzbek tili darsligiga eʼtibor bering. Tilni qanday oʻrgatmaslik boʻyicha master klass. Soliq toʻlovchilarning havoga sovurilgan pullari va maktab oʻquvchilarining bekor ketayotgan vaqti. Rasmda koʻrib turganingiz matnni metodika nuqtayi nazaridan alohida tahlil qilamiz, hozircha esa Respublika taʼlim markazining ikki "kreslo"da oʻtirib "dasturlarni takomillashtirayotgan" rahbariyatiga savol:
Siz bu darsliklarni varaqlab koʻrganmisiz? Institutda "til oʻqitish metodikasi" degan fan oʻtgan boʻlsangiz kerak, bunday darsliklar yordamida til (xususan, taʼlim tili boʻlmagan tilni) oʻrgatish mumkin deb hisoblaysizmi? "Oʻquv dasturlarini takomillashtirish" dega ularni mana shunday sifatsiz darsliklarga "podgon" qilish - moslashtirish nazarda tutilmayaptimi?

🔥9👍4