PISA-2025 tadqiqotlari yaqinlashgani sayin "cerebry'bozlik" tobora absurd tus olayotgan ko'rinadi
Namangan viloyatidan yozishmoqda:
"Assalomu alaykum. Biz Namangan tumanidan 31- maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarmiz. Bir haftadan beri oʻquvchi ishlashi kerak boʻlgan Cerebry platformasidagi testlarni maktab direktori oʻqituvchi ishlashiga majburlayapti. Maktabda dars oʻtilmayapti. Hamma oʻqituvchi test ishlash bilan band. Bugun yakshanba boʻlishiga qaramay, hamma oʻqituvchi maktabga test ishlashi uchun chaqirildi". (Xabar muallifi ushbu iddaosini tasdiqlaydigan foto va video suratlarni ham ilova qilgan - ularda qishki kiyim kiygan o'qituvchilarning kompyuter xonalarida test ishlab o'tirishganini ko'rish mumkin).
Bundan oldinroq joylarda maktab o'quvchilari ta'til paytida maktabga chaqirilib, Cerebry platformasida test yechishga majburlanayotgani haqida xabarlar chiqqan edi (qarang: 1, 2). Kuni kecha Cerebry platformasidagi testlarni o'quvchilar nomidan mablag' yevaziga yechib berib, maktab "statistika"sini ko'tarish xizmatini taklif qilayotgan kanallar paydo bo'lgani haqida yozgan edim. Xabarlarga qaraganda, joylarda maktablarning platformadagi testlarni yechish bo'yicha statistikalari so'ralmoqda, shu asosida maktablar reytinglari yuritilmoqda. Vazirlik Singapurdagi xususiy kompaniya onlayn repetitorlik va qo'simcha praktika platformasi sifatida yaratgan mazkur platformaning PISA natijalarini yaxshilashga qanday yordam berishi mumkinligi yoki bu platforma O'zbekistonlik soliq to'lovchilarga qanchaga tushayotgani haqida biron izoh bergani yo'q. Masalan, platformaning o'zi namuna sifatida ko'rsatayotgan test topshiriqlariga diqqat qilsangiz, aksar hollarda ular PISA tadqiqotida ishlatiladigan test topshiriqlari formati va yondashuvidan farq qilishini ko'rishingiz mumkin.
Mazkur "cerebry'bozlik" kampaniyasining qiziq va tushunarsiz joyi - deylik, platforma o'quvchilarning matematika va tabiiy fanlar ko'nikmalarini yaxshilashga yordam bergan taqdirda ham, vazirlik bunday absurd darajaga chiqayotgan kampaniyabozlik - o'quvchilarni test yechishga majburlash, maktablarning platformadagi statistikasini yuritish, o'qituvchilarlarning o'quvchilar o'rniga test yechishi, pulli "xizmat"lar evaziga maktablar "statistika"sini ko'tarish - bilan o'quvchilar bilimi ko'tarilib qolmasligini tushunmaydimi? Aniq standartlar, izchil dastur yo'q, turli sinflar turli davrlarda yaratilgan va bir-biri bilan bog'lanmagan dasturlar-u darsliklar asosida tahsil olayotgan, vazirlik zo'r berib "islohot" sifatida taqdim qilayotgan "yangi baholash tizimi" esa o'quvchilarning o'qishga, o'qituvchilarning ishlashga oxirgi motivatsiyasini o'ldirayotgan bir sharoitda bunday kampaniyalar samara bermasligini, PISAdagi natijalarni yaxshilash uchun maktab ta'limi sifatini oshirish, buning uchun esa real muammolarni hal qilish kerakligini 10 mingdan oshiq maktablarni boshqarayotgan vazirlik nahotki tushunmasa? Menimcha tushunadi, lekin mana shunday hamma bir-birini - maktablar boshqarmani, boshqarma vazirlikni, vazrlik "tepa"ni yolg'on-yashiq statistikalar va "ura-ura" kampaniyalar bilan aldaydigan tizim qulayroq bo'lsa kerak. Chunki bunday tizimda o'zini ishlayotgan, nimanidir "isloh" qilayotgan qilib ko'rsatish uchun, bir o'quvchim ta'biri bilan aytganda, "katta kalla" shart emas ...

👍22🤯6🔥4🤬4😱3
Rasman "nodavlat notijorat tashkiloti" maqomida boʻlgan Respublika oliy taʼlim kengashining nodavlat OTMlariga "soliq" / "oʻlpon" / "dolya" solishi - ayrimlar taʼbiri bilan aytganda, "reket" uyushtirishi - jiddiy muammo. Birinchidan, bu keysda qonun buzilishi biz oʻylaganimizdan koʻra ancha kengroq. Shu qadar kengki, nafaqat Kengash "taklif qilayotgan" shartnomaning qonuniyligini, balki Kengashning ham legitimligini savol ostiga qoʻyadi. Ikkinchidan esa, bu keys davlatning obroʻsi va unga nisbatan ishonchga jiddiy putur yetkazadiki, ularni tiklash uchun har qanday "favqulodda shtablar"ning ish berishi qiyin boʻladi.
Газета.uz
“Davlat o‘z qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda”. Komil Jalilov — xususiy oliygohlarga 4 foizli “soliq” solinishi…
Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli 'soliq solish' fikridan qaytmadi. 'Gazeta.uz' kolumnisti Komil Jalilov bitta keys orqali davlat o‘zi chiqargan qonunlariga rioya qilmasligi…
👍12
Karrasiga qimmatlagan, sifatsiz va oʻz vaqtida oʻquvchilar qoʻliga yetib bormayotgan maktab darsliklari. Mopedlar va skuterlarga davlat raqami olish zarurati. Narxi oxirgi 3 yilda 10 baravar oshgan imtihonlar. Bularning hammasi - bitta "ajdaho"ning turli boshlari ekanini bilasiz. Kimga "rahmat" aytish kerakligini ham...
🤬16😢8👍2🔥2👎1
"Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy ta’lim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor ma’lum qiladi".
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mazkur bayonotidan anglash mumkinki, shartnoma haqiqatdan mavjud.
Endi ...
Shartnomani imzolovchi tomonlardan biri — “buyurtmachi”, ya’ni mablag‘ni berishi kerak bo‘lgan tomon — nodavlat ta’lim tashkilotlari ekani aytilmoqda. Ikkinchi — “bajaruvchi”, “buyurtmachi”dan mablag‘ oladigan tomon nomidan esa shartnomani prezident Administratsiyasining ta’lim masalalarini nazorat qiluvchi mansabdor shaxsi imzolashi ko‘zda tutilgan. De-fakto bu tomon nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va ularning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga murojaat qilish vakolatiga ega davlat organi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) ustidan nazorat olib boradi va unga buyruqlar bera oladi.
Bunday holatda — shartnoma tomonlaridan biri ikkinchisiga qaram bo‘lganda — tomonlar shartnomani “xohish bildirgan holda”, “erkin” tuzyaptilar, deya olamizmi?
Bunday holatda nodavlat oliy taʼlim tashkiloti "tavsiyaviy xarakterga ega", "majburiy boʻlmagan" shartnomani imzolashdan bosh torta oladimi?
Savol ritorik, menimcha.

Telegram
Edu.uz
Rasmiy munosabat
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘laridan hech qanday foiz undirilmaydi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33534
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

👍10
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Lekin bir odam bir vaqtning o‘zida ikkita hududdan senator bo‘la olmaydi, shuning uchun uni Samarqanddan saylangan senatorlar ro‘yxatidan chiqarishadi. So‘ng Sirdaryodan saylashadi. Navoiydan Surxondaryoga, Surxondaryodan Samarqandga hokim bo‘lib o‘tganida ham u avval senatorlikdan ketib, yana senatorlikka saylangan edi.
Mana shuning o'zi ham senatorlikka "saylov"larning qay darajada farsligini, "saylov" so'zining haqiqiy ma'nosidan yiroqligini ko'rsatadigan yaxshi bir misol. Darvoqe, hokimning (ijro hokimiyati vakilining) ayni payda senator (qonun chiqaruvchi organ) vakili bo'lishi esa Konstitutsiyaning 11-moddasida belgilangan davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga ham ziddir.
👍23🔥2
"Noqislik sindromi"? Soxta obroʻ? Reklama?
Yaqinda bir qancha axborot saytlari va telegram kanallar CNN saytida oʻzbek allomalariga bagʻishlangan maqolalar chop etila boshlagani haqida yozishdi. Masalan, "CNN oʻzbek allomalariga bagʻishlangan turkum maqolalarni chop etdi. Nashr olimlarning oʻzbek millatiga mansub boʻlganini alohida eʼtirof etgan", deb yozadi Oyina.uz.
Shu oʻrinda kichik tuzatish: "olimlarning oʻzbek millatiga mansub boʻlganini" nashr (yaʼni CNN) emas, ushbu turkum maqolalarning CNN saytida "puli toʻlangan kontent" (yaʼni reklama) sifatida chiqishini taʼminlagan Islom sivilizatsiyasi markazi "alohida eʼtirof etgan". CNN saytida maqolalarning Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tayyorlanayotgani va puli toʻlangani, CNN jurnalistlari yoki muharrirlari maqolalarni tayyorlashda hech bir tarzda ishtirok etmagani haqida ogohlantirish joylashtirilgan (masalan, qarang).
Bu maqolalar oddiy reklama ekan, ular haqidagi xabarlar, nazarimda, "CNN oʻzbek allomalariga bagʻishlangan maqolalar chop etdi" tarzida emas, "Islom sivilizatsiyasi markazi CNNda oʻzbek allomalari haqida reklama materiallarini joylashtirish uchun pul toʻladi" tarzida berilsa toʻgʻriroq boʻlardi. Bilamizki, reklamada reklama joylashtiruvchi (pul toʻlovchi) tomon oʻzini istagancha maqtashi mumkin, chunki ... puli toʻlangan.
Qizigʻi, Islom sivilizatsiyasi markazi bu reklama materiallarini joylashtirish uchun mablagʻni byudjetdan, yaʼni soliq toʻlovchilar hisobidan toʻlaganmi? Bu reklamalardan maqsad nima? Agar deylik, maqsad Oʻzbekistonga turistlarni jalb qilish boʻlsa, unda Oʻzbekiston ichidagi nashrlarda "Mana, CNN allomalarimiz haqida yozmoqda" deb jar solishning mantigʻi nimada? Oʻzini ishlayotgan qilib koʻrsatish? Qandaydir "noqislik sindromi"ni (комплекс неполноценности) toʻldirish? Soxta obroʻ ketidan quvish? Yoki boshqa sabab bormi?

👍44🔥3🤯3👏2
Forwarded from Ilyos Safarov
Nuqtalar: “Shakl oson, mazmun uchun ishlash esa qiyin” – ta’limidagi forma muammosi va Toshkent shahar hokimi qaroriga chizgilar
Dasturimizning ushbu soni 21-yanvar kuni muhokamaga chiqqan, bir-biridan farqli ikki sohadagi bir-biriga o‘xshash ikki vaziyat tahliliga bag‘ishlandi.
Qashqadaryoda maktab direktorining o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ish va formasiz o‘quvchilarni maktabga kiritmaslik haqidagi ko‘rsatmasi hamda Toshkent Shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning poytaxtda milliylik targ‘ibotini oshirishga qaratilgan qarori.
Suhbatdoshlarimiz, ta’lim ekspertlari Iroda Azimova va Komil Jalilov bu ikki voqelikning o‘zaro bog‘liq jihatlari hamda ilmdan uzoqlashib, shamoyilga berilish xatarlari, oqibatlarini tahlil qilishdi.
📹👉 https://youtu.be/gA_cMbAcJd0
@haqiqatdaIlyos

YouTube
“Shakl – oson, mazmun – qiyin” – jamiyat og'rig'iga chizgilar
Dasturimizning ushbu soni 21-yanvar kuni muhokamaga chiqqan, bir-biridan farqli ikki sohadagi bir-biriga o‘xshash ikki vaziyat tahliliga bag‘ishlandi.
Qashqadaryoda maktab direktorining o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ish va formasiz o‘quvchilarni maktabga…

👍7👎2
"Jinoyat qilganlar qolib, jinoyat haqida xabar berganlarni jazolaymiz".
Yangi Oʻzbekistonning yozilmagan qonunlaridan.

Daryo.uz
Bank xodimasining firibgarligi bo‘yicha material tayyorlagan MY5 kanali muxbiriga nisbatan maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi
“Emishki, jurnalist bank xodimasining shaʼni va qadr-qimmatini kamsitibdi hamda uning jinoyati haqida xabar berib, qonunbuzarlik sodir etibdi”, deb yozadi Abdurahmon Tashanov
🤬16🔥7
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Ism-familiyalarimiz to‘g‘ri yozilishi, to‘g‘ri transkripsiya qilinishi va umuman o‘zbekcha familiya qanday bo‘lishi kerakligiga doir muhokama davom etishi kerak.
Muhokama yaxshi-yu, lekin real keys.
SSSR paytida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarda oʻzbekcha ism-familiyalarni ruscha talaffuzga moslab yozish urf boʻlgan. Lekin SSSR tarqalib ketganidan 30 yillar oʻtib tugʻilgan bolaning familiyasini hujjatga oʻzbek tilining imlo qoidalari boʻyicha toʻgʻri yozishni talab qilganimda FHDYO xodimlari "mumkin emas" deyishgan.

👍14
«Мы знаем, кто слил информацию [Юлию Юсупову]. Давайте за закрытыми дверями договоримся и переведем эту сумму.»
«Мы понимаем, что если кто-то откажется, у нас будут проблемы, вплоть до закрытия университета. У них масса рычагов для создания трудностей любому вузу».
Spot.uz nashri nodavlat OTMlarga "soliq" ("o'lpon") solinishi bilan bog'liq ayrim tafsilotlarni ochiqlabdi. Va bu tafsilotlar men oldinroq Gazeta.uz dagi maqolamda va mana bu postimda ko'targan xavotirni yana bir bor tasdiqlaydi:
Shartnoma tomonlaridan biri ikkinchisiga qaram bo‘lganda, qaram tomon "tavsiyaviy xarakterga ega", "majburiy boʻlmagan" deyilayotgan shartnomani imzolashdan bosh torta oladimi?
Davlat organlari qarori bilan tuzilgan va regulyatorga de-fakto buyruqlar berish vakolatiga ega davlat amaldori boshqarayotgan kvazi-"nodavlat notijrat tashkiloti"ning "soliq" / "o'lpon" / "dolya" solish "taklifi"ga "yo'q" deb javob bergan nodavlat OTMni muammolar kutmasligiga kafolat bormi?
O'ylaymanki, bunday sharmandali keysdan keyin Respublika oliy ta'lim kengashi tarqatib yuborilishi, uning rahbari va ayni paytda Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi bo'lgan Odil Abdurahmonov iste'foga chiqarilishi kerak.
👍25🤯3🤬2
AQSHda "seniki meniki hammamizniki" tadbirlari o'tkazish taklif qilinmoqda. Tashabbusni ilgari surganlar amaldagi prezidentga boshlagan ishlarini yakunlash uchun imkoniyat berish kerak, degan fikrda.
P.S. O'zi shu "nou-xau"ni patentlab qo'ysak bo'larkan. Har safar boshqa davlatlar bizning g'oyamizdan foydalanmoqchi bo'lsa pul to'lardi.

Axios
House Republican introduces long-shot measure to let Trump seek a third term
The proposed amendment would let presidents who served non-consecutively seek a third term.
🔥9🤔3👍2
Arzirmidi?
"Noroziligini baland ovozda ifodalagan haydovchining taqdiri "yangi" Oʻzbekiston haqida shubhalarni paydo qiladi. Soʻz erkinligi umuman kafolatlanmagan koʻrinadi". "The Economist" nashri Gʻayrat Doʻstov keysi asosida eʼlon qilgan maqolaga shunday sarlavha qoʻyilgan.
Maqola muallifi gaz qazib olish boʻyicha dunyoda top 20talikka kiradigan Oʻzbekiston aholisi har qishda yonilgʻi muammosiga duch kelishi haqida yozar ekan, Gʻayrat Doʻstov bilan boʻlgan voqeani tasvirlaydi va oʻzgacha fikrlovchilarga munosabat odamlarning gʻazabiga unchalik sabab boʻlmaydigan Oʻzbekistonda nega aynan Doʻstovning qamalishi internetni "portlatdi", degan savolni qoʻyadi. Muallif fikricha, Doʻstov timsolida odamlar oddiy oʻzbekni, oʻzlarining har kungi muammolarini koʻrishdi.
"Koʻp oʻzbeklar ishonadiki, Doʻstovning jazolanishi sababi - davlat, prezident bergan vaʼdalarga qaramasdan, tanqidga toqat qila olmaydi. Unga (Doʻstovga) rasmiylar munosabatidan gʻazab shuni koʻrsatadiki, sakkiz yil "yangi" Oʻzbekiston haqida gapirib, lekin bu gaplarni ishonarli tarzda hayotga tadbiq qila olmagan prezident va uning islohotlar kun tartibi amalga oshmagan kutuvlarni koʻratib yubordi", deyiladi maqolada.
Doʻstovning apellyatsiya ishini koʻrgan sudya "arzirmidi?" degan savolni bergan edi. Xuddi shu savolni unga maʼmuriy qamoq jazosini berishga qaror qilgan rasmiylarga qaratish mumkin. Shu bitta odamning norozilik ovozini oʻchirishga urinish mana shunday maqolalarga, xalqaro jurnalistlarning "yangi" Oʻzbekistonga ("yangi" soʻzini jurnalist qoʻshtirnoq ichiga olgan) nisbatan istehzolariga arzirmidi? Obroʻ, ishonch ketsa uni qaytarish qiyin - CNNdagi ota-bobolarimiz haqidagi reklama materiallari ham yordam bera olmay qoladi.

The Economist
The fate of a ranting driver raises doubts about the “new” Uzbekistan
It seems free speech is not so guaranteed after all
👍49🔥12👏2😢1
404lar mamlakati
Odatda yangiliklarni RSS-lenta orqali oʻqiyman: men kuzatib boradigan saytlardan xabarlar sarlavhalari RSSga yigʻiladi, agar sarlavha diqqatni tortsa, "veb-saytga oʻtish" tugmasi orqali xabarni toʻliq oʻqish mumkin. Qiziq tarafi: agar sayt xabarni oldin eʼlon qilib, keyin oʻchirgan boʻlsa ham sarlavha RSS-lentaga tushadi. Masalan, bank xodimasi haqida surishtiruv tayyorlagan MY5 telekanali jurnalisti IIVga chaqirtirilgani haqidagi xabar kun.uz da chiqqan, keyin oʻchirilgan.
Soʻz erkinligi? Jurnalistik birdamlik? Nima edi ular? Nonga surtib yeydigan narsalarmi?

😢29🔥6🤬2
Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, taʼlim sohasi vakillari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oidligi iddao qilingan bir jadvalni muhokama qilayotgan bir paytda Statistika agentligi 2024 yil uchun nominal hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi boʻyicha hisobotni eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, taʼlim (sogʻliqni saqlash bilan qatorda) eng past oylik toʻlanadigan sohalar boʻlib qolmoqda. Xususan, 2024-yilda respublika boʻyicha oʻrtacha ish haqi 5,3 mln soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, taʼlim tizimida bu koʻrsatkich 3,6 mln soʻmni tashkil qilgan. Maktabgacha taʼlim tizimida bu koʻrsatkich yanada kamroq - 1,9 mln soʻmni tashkil qilgan. Eng achinarlisi, nominal oylik oʻsishiga qaramasdan, taʼlim sohasi vakillari respublikadagi oʻrtacha oylikka nisbatan kambagʻallashishda davom etgan - ularning oyligi 2022-yilda oʻrtacha oylikning 69,2%ini tashkil qilgan boʻlsa, 2024-yilda bu koʻrsatkich 67,9%ni tashkil qilgan.
Darvoqe. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati oʻsha jadval yolgʻonligi haqida bayonot bilan chiqdi va yolgʻon maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik bilan poʻpisa qildi. Nazarimda, modomiki vazirlik yolgʻon maʼlumotlar tarqalishini istamas ekan, oʻsha jadvaldagi raqamlar - eʼtibor berilsa, undagi eng kichik summa ham oʻqituvchining bir yillik oyligidan koʻproq - nimani anglatishini ham ochiqlashi zarur. Chunki gap davlat byudjeti, yaʼni soliq toʻlovchilarning pullari haqida ketmoqda.

👍35🔥8