Jalilov. Qaydlar
4.1K subscribers
1.45K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi maktab oshxonalarini tadbirkorlarga ijara berishni va bog'cha bolalarining ovqatlanishini bir markazga yig'ishni o'ylayotgan bir paytda ota-onalar "darsliklar qani?" deyishmoqda. Joriy hafta O'zbekiston maktablarida o'quv yilining 3-choragi boshlandi.

Shunchaki ma'lumot o'rnida. Darsliklar sohasi "bir qo'lli" qilinganidan beri har yili davlat byudjetidan "darsliklarni yangilash"ga trillionlar ajratish an'ana tusiga kirgan ko'rinadi. 2024-yil byudjetida buning uchun 1,31 trln so'm ajratilgan edi. 2025-yil byudjetida esa bu maqsadga 1,3 trln so'm yo'naltirish ko'zda tutilgan.
🔥12👍5
Bugungi kunning ayrim yangiliklaridan
👍7😢5😱1
O.Henri - Yigirma yildan so'ng.pdf
1.7 MB
Darvoqe.

Yana darsliklar masalasida: Respublika ta'lim markazi ayrim fanlar uchun darsliklar yaratishga tanlov e'lon qilgan ekan - qiziqqanlar topshirib ko'rishi mumkin.

Shu o'rinda, adashmasam, 2023-yilda bo'lgan bir voqea esga tushdi. Respublika ta'lim markazi vakillari vazirlik adabiyot fanidan 5 va 8 sinflar darsliklari mualliflariga qandaydir tanlov o'tkazayotganini aytishdi va bizdan (milliy o'quv dasturi asosidagi darsliklarni yaratishda qatnashgan mualliflardan) imkon qadar tezlik bilan mazkur tanlov uchun bo'lajak darsliklardan bir nechta mavzularni yozib berishni iltimos qilishdi. Bu tanlovga u qadar ishonmasam-da (bu paytga kelib darsliklarni kim chop qilishi hal bo'lgan edi shekilli), so'ralgan materiallarni tayyorlab topshirdik. Shundan keyin bu "tanlov"ning taqdiri nima bo'ldi, kimlar qanashgan edi-yu, kimlar o'tdi, biz topshirgan materiallar qaysi mezonlar asosida baholangan edi - bu haqida hech qanday ma'lumot berilmadi. Va oradan bir qancha vaqt o'tib 5-sinf "Adabiyot" darsligi (1-qism, 2-qism) o'sha hal bo'lganligi taxmin qilingan nashriyot grifi ostida, negadir Milliy o'quv dasturi asosida emas, butunlay boshqa dastur asosida chiqib keldi. Bu safargi e'lon qilingan tanlov o'sha "tanlov" andozasi asosida o'tmasligiga ishonsangiz - o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin.

Qizig'i, Respublika ta'lim markazi darsliklar uchun tanlov e'lon qilmoqda-yu, lekin bu darsliklar o'zi qaysi dastur asosida yaratiladi? Axir haligacha amalda ishlayotgan ta'lim standartlari ham, uzviy bir o'quv dasturlari ham yo'q - turli sinflar turli davrlarda yaratilgan va bir-biri bilan bog'lanmagan dasturlar-u darsliklar asosida tahsil olishmoqda. Standartlar va dasturlar masalasini hal qilmasdan turib yangi darsliklar yaratish shundoq ham "kasha" vaziyatni battar chigalashtiradi, xolos.

Yuqorida aytilgan va aftidan, biz "fon" bo'lib bergan "tanlov" masalasiga qaytsak - o'sha "tanlov" uchun taqdim qilingan bir materialni (bir oz qayta ishlagan holda) e'tiboringizga havola qilmoqchiman. Bu - amerikalik hikoyanavis O.Henrining "Yigirma yildan so'ng" hikoyasi asosida 8-sinf uchun didaktik material (Milliy o'quv dasturida mazkur adib hikoyalaridan birini o'rganish 8-sinf uchun tavsiya qilingan edi). Marhamat, darslaringizda sinab ko'ring. Umid qilamizki, mazkur material adabiyot darslaringizni qiziqarli tashkil qilishga, o'quvchilarda badiiy matnni tushunish va tahlil qilish kompetensiyalari hamda tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash singari hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
👍19
Ona tili va oʻzbek tili - har xil fanlarmi?

Axborot saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga qaraganda, oʻzbek tili fani oʻqituvchilariga ona tili va adabiyot fanidan olgan milliy sertifikati uchun ustama toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan. Bu haqida, masalan, kun.uz va uzdiplomat nashrlari maqolalar eʼlon qilishdi, bugun esa mazkur masalada adolat soʻrab petitsiya joylangani haqida xabar chiqdi. Ona tili va adabiyotdan milliy sertifikat uchun 50%lik ustama toʻlanishi oldinroq Prezident tomonidan eʼlon qilingan edi.

Qizigʻi, vazirlik ona tili va adabiyot fanidan olingan milliy sertifikat uchun 50%lik ustama nima uchun oʻzbek tili oʻqituvchilariga (yaʼni taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan maktablarda dars beradigan oʻqituvchilarga) berilmasligi boʻyicha joʻyali izoh keltirmagan. Kun.uz eʼlon qilgan materialda buning sababi - ona tili va oʻzbek tili har xil fanlar sifatida qaralishida boʻlishi mumkinligiga ishora qilingan.

Keling, mantiqan fikrlab koʻraylik. Deylik, chet tili oʻqituvchisiga chet tilidan, matematika oʻqituvchisiga matematikadan sertifikatga ustama nima uchun toʻlanadi? Oʻzi dars beradigan fanni bilishini isbotlagani uchun. Bu yerda gap mazkur fanni oʻqitish metodikasini yaxshi bilishi, fanni samarali oʻqita olishi haqida ketmayapti - chunki milliy sertifikat testida metodikadan savollar boʻlmaydi. Oʻzbek tilini siz "ona tili" sifatida oʻzbek bolasiga oʻqitasizmi yoki "oʻzbek tili" sifatida boshqa millat vakiligami - u mohiyatini oʻzgartirmaydi: oʻsha-oʻsha leksika, oʻsha-oʻsha grammatika va hokazo. Shunday ekan, milliy sertifikat asosida ustama toʻlash mantigʻidan kelib chiqsak, sertifikati bor oʻzbek tili oʻqituvchilariga ham ona tili va adabiyot oʻqituvchilari bilan teng ustama toʻlash adolatdan boʻladi.

Endi masalaning tub mohiyatiga qarab koʻraylik. Oʻqituvchiga oʻzi dars beradigan fanni abituriyent darajasida bilishi uchun (milliy sertifikat aslida abituriyentlar uchun tuzilgan) ustama toʻlash - mantiqsizlik. Tasavvur qiling, shifokorga tibbiyotni bilgani uchun, injenerga muhandislikni bilgani uchun yoki advokatga huquqni bilgani uchun ustama toʻlayapsiz. Kulgili emasmi? Axir, mutaxassis oliy taʼlimda kamida 3-4 yil oʻqib diplom olgan sohasini shundoq ham bilishi kerak emasmi? Axir sohasini bilmasa, u qanday dars beradi, ishlaydi?

Toʻgʻri, oʻqituvchiga oʻz fanini abituriyent darajasida bilgani uchun ustama berish xorijdan jalb qilinayotgan va samarasi ilmiy isbotlanmagan oʻqituvchilarga oʻzimizning "qorakoʻzlar" tushiga kirmaydigan oylik va imtiyozlar berilayotgan bir sharoitda PR uchun yaxshi aksiya va oʻrtachadan past maoshga qanoat qilishga majbur oʻqituvchilar uchun harna. Lekin taʼlimdagi keraksiz xarajatlarni (masalan, hech qanday tayinli dasturlarsiz darsliklarni har yili yangilash, xorijdan mutaxassislar jalb qilish singari) qayta koʻrib chiqib, oʻqituvchilar hech qanday ustamasiz oladigan oyliklarini hech boʻlmasa boshqa sohalarning oʻrtacha oyliklariga tenglashtirish, ustamalarni esa boshqa mezonlar - pedagogik mahorat, dars berish samaradorli, pedagogikadagi yuruqlari singari koʻrsatkichlar uchun berish kerak.
👍32👏4
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi olib borayotgan izchil "islohotlar" natijasida, Cerebry platformasini pulga yechib beradigan maxsus telegram kanallar ham faoliyatini boshladi. Ilgariroq maktablarda "cerebry'bozlik" - 8-9 sinf oʻquvchilarini Singapurning xususiy kompaniyasi yaratgan Cerebry onlayn repetitorlik platformasida testlar yechishga majburlash kampaniyasi ketayotgani haqida yozgan edik.

Mustaqil Oʻzbekiston tarixida maktab taʼlimi hech qachon bu darajada absurd holatga chiqmagan boʻlsa kerak. Bizni oldinda vazir va vazirlik jamoasining qancha "islohotlar"i kutayotganini tasavvur qilish qoʻrqinchli.
🤯28🤬15👍4👎1
PISA-2025 tadqiqotlari yaqinlashgani sayin "cerebry'bozlik" tobora absurd tus olayotgan ko'rinadi

Namangan viloyatidan yozishmoqda:

"Assalomu alaykum. Biz Namangan tumanidan 31- maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarmiz. Bir haftadan beri oʻquvchi ishlashi kerak boʻlgan Cerebry platformasidagi testlarni maktab direktori oʻqituvchi ishlashiga majburlayapti. Maktabda dars oʻtilmayapti. Hamma oʻqituvchi test ishlash bilan band. Bugun yakshanba boʻlishiga qaramay, hamma oʻqituvchi maktabga test ishlashi uchun chaqirildi". (Xabar muallifi ushbu iddaosini tasdiqlaydigan foto va video suratlarni ham ilova qilgan - ularda qishki kiyim kiygan o'qituvchilarning kompyuter xonalarida test ishlab o'tirishganini ko'rish mumkin).

Bundan oldinroq joylarda maktab o'quvchilari ta'til paytida maktabga chaqirilib, Cerebry platformasida test yechishga majburlanayotgani haqida xabarlar chiqqan edi (qarang: 1, 2). Kuni kecha Cerebry platformasidagi testlarni o'quvchilar nomidan mablag' yevaziga yechib berib, maktab "statistika"sini ko'tarish xizmatini taklif qilayotgan kanallar paydo bo'lgani haqida yozgan edim. Xabarlarga qaraganda, joylarda maktablarning platformadagi testlarni yechish bo'yicha statistikalari so'ralmoqda, shu asosida maktablar reytinglari yuritilmoqda. Vazirlik Singapurdagi xususiy kompaniya onlayn repetitorlik va qo'simcha praktika platformasi sifatida yaratgan mazkur platformaning PISA natijalarini yaxshilashga qanday yordam berishi mumkinligi yoki bu platforma O'zbekistonlik soliq to'lovchilarga qanchaga tushayotgani haqida biron izoh bergani yo'q. Masalan, platformaning o'zi namuna sifatida ko'rsatayotgan test topshiriqlariga diqqat qilsangiz, aksar hollarda ular PISA tadqiqotida ishlatiladigan test topshiriqlari formati va yondashuvidan farq qilishini ko'rishingiz mumkin.

Mazkur "cerebry'bozlik" kampaniyasining qiziq va tushunarsiz joyi - deylik, platforma o'quvchilarning matematika va tabiiy fanlar ko'nikmalarini yaxshilashga yordam bergan taqdirda ham, vazirlik bunday absurd darajaga chiqayotgan kampaniyabozlik - o'quvchilarni test yechishga majburlash, maktablarning platformadagi statistikasini yuritish, o'qituvchilarlarning o'quvchilar o'rniga test yechishi, pulli "xizmat"lar evaziga maktablar "statistika"sini ko'tarish - bilan o'quvchilar bilimi ko'tarilib qolmasligini tushunmaydimi? Aniq standartlar, izchil dastur yo'q, turli sinflar turli davrlarda yaratilgan va bir-biri bilan bog'lanmagan dasturlar-u darsliklar asosida tahsil olayotgan, vazirlik zo'r berib "islohot" sifatida taqdim qilayotgan "yangi baholash tizimi" esa o'quvchilarning o'qishga, o'qituvchilarning ishlashga oxirgi motivatsiyasini o'ldirayotgan bir sharoitda bunday kampaniyalar samara bermasligini, PISAdagi natijalarni yaxshilash uchun maktab ta'limi sifatini oshirish, buning uchun esa real muammolarni hal qilish kerakligini 10 mingdan oshiq maktablarni boshqarayotgan vazirlik nahotki tushunmasa? Menimcha tushunadi, lekin mana shunday hamma bir-birini - maktablar boshqarmani, boshqarma vazirlikni, vazrlik "tepa"ni yolg'on-yashiq statistikalar va "ura-ura" kampaniyalar bilan aldaydigan tizim qulayroq bo'lsa kerak. Chunki bunday tizimda o'zini ishlayotgan, nimanidir "isloh" qilayotgan qilib ko'rsatish uchun, bir o'quvchim ta'biri bilan aytganda, "katta kalla" shart emas ...
👍22🤯6🔥4🤬4😱3
Rasman "nodavlat notijorat tashkiloti" maqomida boʻlgan Respublika oliy taʼlim kengashining nodavlat OTMlariga "soliq" / "oʻlpon" / "dolya" solishi - ayrimlar taʼbiri bilan aytganda, "reket" uyushtirishi - jiddiy muammo. Birinchidan, bu keysda qonun buzilishi biz oʻylaganimizdan koʻra ancha kengroq. Shu qadar kengki, nafaqat Kengash "taklif qilayotgan" shartnomaning qonuniyligini, balki Kengashning ham legitimligini savol ostiga qoʻyadi. Ikkinchidan esa, bu keys davlatning obroʻsi va unga nisbatan ishonchga jiddiy putur yetkazadiki, ularni tiklash uchun har qanday "favqulodda shtablar"ning ish berishi qiyin boʻladi.
👍12
Karrasiga qimmatlagan, sifatsiz va oʻz vaqtida oʻquvchilar qoʻliga yetib bormayotgan maktab darsliklari. Mopedlar va skuterlarga davlat raqami olish zarurati. Narxi oxirgi 3 yilda 10 baravar oshgan imtihonlar. Bularning hammasi - bitta "ajdaho"ning turli boshlari ekanini bilasiz. Kimga "rahmat" aytish kerakligini ham...
🤬16😢8👍2🔥2👎1
"Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy ta’lim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor ma’lum qiladi".

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mazkur bayonotidan anglash mumkinki, shartnoma haqiqatdan mavjud.

Endi ...

Shartnomani imzolovchi tomonlardan biri — “buyurtmachi”, ya’ni mablag‘ni berishi kerak bo‘lgan tomon — nodavlat ta’lim tashkilotlari ekani aytilmoqda. Ikkinchi — “bajaruvchi”, “buyurtmachi”dan mablag‘ oladigan tomon nomidan esa shartnomani prezident Administratsiyasining ta’lim masalalarini nazorat qiluvchi mansabdor shaxsi imzolashi ko‘zda tutilgan. De-fakto bu tomon nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va ularning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga murojaat qilish vakolatiga ega davlat organi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) ustidan nazorat olib boradi va unga buyruqlar bera oladi.

Bunday holatda — shartnoma tomonlaridan biri ikkinchisiga qaram bo‘lganda — tomonlar shartnomani “xohish bildirgan holda”, “erkin” tuzyaptilar, deya olamizmi?

Bunday holatda nodavlat oliy taʼlim tashkiloti "tavsiyaviy xarakterga ega", "majburiy boʻlmagan" shartnomani imzolashdan bosh torta oladimi?

Savol ritorik, menimcha.
👍10
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Lekin bir odam bir vaqtning o‘zida ikkita hududdan senator bo‘la olmaydi, shuning uchun uni Samarqanddan saylangan senatorlar ro‘yxatidan chiqarishadi. So‘ng Sirdaryodan saylashadi. Navoiydan Surxondaryoga, Surxondaryodan Samarqandga hokim bo‘lib o‘tganida ham u avval senatorlikdan ketib, yana senatorlikka saylangan edi.
Mana shuning o'zi ham senatorlikka "saylov"larning qay darajada farsligini, "saylov" so'zining haqiqiy ma'nosidan yiroqligini ko'rsatadigan yaxshi bir misol. Darvoqe, hokimning (ijro hokimiyati vakilining) ayni payda senator (qonun chiqaruvchi organ) vakili bo'lishi esa Konstitutsiyaning 11-moddasida belgilangan davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga ham ziddir.
👍23🔥2
"Noqislik sindromi"? Soxta obroʻ? Reklama?

Yaqinda bir qancha axborot saytlari va telegram kanallar CNN saytida oʻzbek allomalariga bagʻishlangan maqolalar chop etila boshlagani haqida yozishdi. Masalan, "CNN oʻzbek allomalariga bagʻishlangan turkum maqolalarni chop etdi. Nashr olimlarning oʻzbek millatiga mansub boʻlganini alohida eʼtirof etgan", deb yozadi Oyina.uz.

Shu oʻrinda kichik tuzatish: "olimlarning oʻzbek millatiga mansub boʻlganini" nashr (yaʼni CNN) emas, ushbu turkum maqolalarning CNN saytida "puli toʻlangan kontent" (yaʼni reklama) sifatida chiqishini taʼminlagan Islom sivilizatsiyasi markazi "alohida eʼtirof etgan". CNN saytida maqolalarning Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tayyorlanayotgani va puli toʻlangani, CNN jurnalistlari yoki muharrirlari maqolalarni tayyorlashda hech bir tarzda ishtirok etmagani haqida ogohlantirish joylashtirilgan (masalan, qarang).

Bu maqolalar oddiy reklama ekan, ular haqidagi xabarlar, nazarimda, "CNN oʻzbek allomalariga bagʻishlangan maqolalar chop etdi" tarzida emas, "Islom sivilizatsiyasi markazi CNNda oʻzbek allomalari haqida reklama materiallarini joylashtirish uchun pul toʻladi" tarzida berilsa toʻgʻriroq boʻlardi. Bilamizki, reklamada reklama joylashtiruvchi (pul toʻlovchi) tomon oʻzini istagancha maqtashi mumkin, chunki ... puli toʻlangan.

Qizigʻi, Islom sivilizatsiyasi markazi bu reklama materiallarini joylashtirish uchun mablagʻni byudjetdan, yaʼni soliq toʻlovchilar hisobidan toʻlaganmi? Bu reklamalardan maqsad nima? Agar deylik, maqsad Oʻzbekistonga turistlarni jalb qilish boʻlsa, unda Oʻzbekiston ichidagi nashrlarda "Mana, CNN allomalarimiz haqida yozmoqda" deb jar solishning mantigʻi nimada? Oʻzini ishlayotgan qilib koʻrsatish? Qandaydir "noqislik sindromi"ni (комплекс неполноценности) toʻldirish? Soxta obroʻ ketidan quvish? Yoki boshqa sabab bormi?
👍44🔥3🤯3👏2
Forwarded from Ilyos Safarov
Nuqtalar: “Shakl oson, mazmun uchun ishlash esa qiyin” – ta’limidagi forma muammosi va Toshkent shahar hokimi qaroriga chizgilar


Dasturimizning ushbu soni 21-yanvar kuni muhokamaga chiqqan, bir-biridan farqli ikki sohadagi bir-biriga o‘xshash ikki vaziyat tahliliga bag‘ishlandi.

Qashqadaryoda maktab direktorining o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ish va formasiz o‘quvchilarni maktabga kiritmaslik haqidagi ko‘rsatmasi hamda Toshkent Shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning poytaxtda milliylik targ‘ibotini oshirishga qaratilgan qarori.

Suhbatdoshlarimiz, ta’lim ekspertlari Iroda Azimova va Komil Jalilov bu ikki voqelikning o‘zaro bog‘liq jihatlari hamda ilmdan uzoqlashib, shamoyilga berilish xatarlari, oqibatlarini tahlil qilishdi.

📹👉 https://youtu.be/gA_cMbAcJd0

@haqiqatdaIlyos
👍7👎2