Kelinglar, CHSB - BSB mavzusidan chalgʻiylik ...
Bir-birimizni tushunishimizni taʼminlaydigan til (oʻzbek tili, ingliz tili, istalgan jonli til) oʻta murakkab iyerarxik tizim ekanligini hech oʻylab koʻrganmisiz? Qanday qilib 4-5 yoshga kelib bola bu murakkab tizimni hech kim unga ataylab oʻrgatmasa ham oʻrganib oladi? Biz gaplarni va matnlarni miyamizda qayta ishlayotganimda (processing) semantikasini (maʼnosini) alohida, grammatikasini alohida qayta ishlaymizmi yoki bir paytning oʻzida? Koʻp maʼnoli soʻzlarning kontekstda aynan qaysi maʼnosi kelayotganini miyamiz qanday aniqlaydi?
Shunga oʻxshagan qiziq savollarning ayrimlariga men eshitishni boshlagan mana bu "Kognitivistikaga kirish" deb nomlangan maʼruzalar turkumida javoblar bor ekan - turkumning dastlabki bir necha maʼruzasi psixologingvistikaga bagʻishlangan.
Nega "ayrimlariga" dedim? Chunki, maʼruzachi, Michigan universiteti professori Thad Polkning taʼkidlashicha, fan hali yuqoridagi kabi savollarning hammasiga ham javob topa olganicha yoʻq.
Siz ham yuqoridagi savollarga oʻz javobingizni oʻylab turing, maʼruzalardan olgan javoblarim bilan keyinroq boʻlishaman.
Darvoqe. Ushbu maʼruzalar turkumi "The Teaching Company"ning "The Great Courses" turkumiga kiradi. Bu turkumda ilm-fanning turli sohalarida turli darajalardagi maʼruzalarni topish mumkin. Qiziq, nega bunday maʼruzalar turkumlarini oʻzbek tilida yozish mumkin emas? "Mutolaa"chilarga (yoki istalgan boshqa qiziqqan jamoaga) oʻtlab koʻrish uchun gʻoya. Oʻylaymanki, bizda ham oʻz sohasini chuqur biladigan, qiziq tadqiqotlar olib borgan va katta auditoriyaga foydali narsalar bera oladigan olimlar topiladi. (Masalan, "psixolingvist" kanalini kuzatayotganlar biladiki, kanal muallifi, filologiya fanlari nomzodi Iroda Azimova psixolingvistikani aynan oʻzbek tili misolida yaxshi tahlil qilib bera oladilar. Oʻz sohasini chuqur biladigan bunday olimlar, oʻylayman, koʻp). Balki ularning ilmini shu yoʻsinda tarqatish haqida ham oʻylab koʻrish kerakdir?

👍16
Bakiroo "darsliklar ijarasi uchun toʻlov qayta tiklansa, tejalgan milliardlar kimnidir choʻntagiga ketadi?" degan savolni qoʻymoqda. Haqli savol. Lekin boshqa savol ham berilishi kerak: "darsliklarni yangilash" uchun oxirgi bir necha yillar ajratilgan trillionlar qayerga ketgan?
Yangi baholash tizimidan norozi ota-onalar tashkil qilgan guruhda "darsliklar yoʻq" degan jumla bilan qidiruv berilganda chiqib kelgan natijalarga eʼtibor bering: bittasida bu yil Singapurning "Novda" tarjima qilib chop qilgan (qilishi kerak boʻlgan?) "Tabiiy fanlar" darsligi yoʻq, boshqasida - informatika, yana bittasida - tarix va hokazo. Ota-onalar darsliklarni farzandlariga oʻzlari chop qilib berishyapti, yoki har xil telegram kanallarda aylanib yurgan darsliklar parchalarini yigʻib bolalariga dars qildirishyapti, yoki umuman dars qildirishmayapti, chunki darslikning tagi yoʻq - na elektron va na bosma. CHSB - BSBlar esa yangi darsliklardan olinib yotibdi.
Umumiy oʻrta taʼlim tizimi hech qachon Umarova va uning jamoasi boshchiligidagi boshqaruvning uchinchi oʻquv yilidagidek darajadagi "bardak"ni koʻrmagan boʻlsa kerak.

👍64🔥11👎3🤬3
IEA tashkilotining xabar berishicha, ertaga Toshkent vaqti bilan soat 14:00da 4 va 8 sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha koʻnikmalarini baholaydigan TIMSS tadqiqotining 2023-yilgi natijalari eʼlon qilinadi. Natijalarni eʼlon qilish tadbiri IEA tashkiloti YouTube kanalida jonli efirga uzatiladi.
TIMSS-2023 tadqiqotida 72 davlat, shu jumladan, Oʻzbekiston qatnashgan. Qiziq, tadqiqot Oʻzbekistonda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish sifati haqida qanday xulosalar berarkin?
Maʼlumot oʻrnida. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholaydigan PIRLS tadqiqotida Oʻzbekiston 57 mamlakat orasida 49-oʻrinni egallagan, 15 yashar oʻquvchilarning koʻnikmalarini baholaydigan PISA tadqiqotida oxirgi oʻntalikka kirgan edi.

👍9🤬5
Oldingi postda xabar berilganidek, bugun 4 va 8 sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha koʻnikmalarini baholaydigan TIMSS tadqiqotining 2023-yilgi natijalari eʼlon qilinmoqda. Tashkilot saytida hali to'liq hisobot e'lon qilinmadi, lekin infografika shaklida e'lon qilingan ma'lumotlardan O'zbekiston natijalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Ballarni tushunish uchun: TIMSS shkalasi bo'yicha 400-475 ball - quyi daraja hisoblanadi - o'quvchilar fan bo'yicha bazaviy bilimlarga egaligini yoki ayrim faktlarni bilishini anglatadi. Oʻzbekistonlik 4 va 8 sinf oʻquvchilari matematika va tabiiy fanlar boʻyicha quyi darajani qayd etishgan.

👍4😢4
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yon Xyon harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq vaziyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va iste’foga chiqishi haqida bayonot berdi. Aynan u prezidentga mamlakatda harbiy holat e’lon qilishni taklif etgandi, deb yozdi Yonhap.
Qiziq, bizda ham oqibati o'ylanmagan masalahatlar va takliflar uchun javobgarlikni zimmasiga olishga jur'at qiladigan vazirlar bormi?
Masalan, ta'limni olaylik. Shu kunlarda muhokamalarga sabab bo'layotgan, ota-onalar, o'quvchilar va mutaxassislar "noto'g'ri" deb baho berayotgan yangi baholash tizimi "tepa"ga "zo'r" deb taqdimot qilingan, buni joriy qilish davlat dasturlariga kiritilgan. Deylik, vazirlik "bu maslahatimiz noto'gri bo'lgan ekan, mana bunday oqibatlarini hisobga olmagan ekanmiz" deb mas'uliyatni o'z bo'yniga ola oladimi? Yoki muammoning yechimi maktabma-maktab turne qilib va har xil video roliklar e'lon qilib, ota-onalarni tinchlashtirishda ko'rilyaptimi?

Газета.uz
«Стало невозможно ни учиться, ни работать». К чему привело внедрение «критериальной» системы оценивания в школах?
«Нет сил, ребёнок отказывается учиться». «Оценивание ради оценивания». «Система тотального и мелочного контроля». Почему «критериальной» системой оценивания в школах недовольны и родители, и педагоги? Насколько она правильно устроена с точки зрения науки?…
👍30👎3
"Mutolaa"da bitta kitobni boshlab qoʻygan boʻlsam-da, bir necha kundan beri kirmayotgan edim. Bugun kirsam - qiziq yangilik: "Asaxiy kitoblari" toʻplami qoʻshilibdi. Unda "Asaxiy Books" loyihasi doirasida nashr etilgan kitoblar jamlangan. Ayrim kitoblarning audio varianti ham bor.
Toʻplamdagi kitoblarni oʻqish yoki tinglash uchun Premium obunasi kerak. Bu, albatta, tushunarli: bu kitoblarning tarjima huquqini sotib olish, tarjima va nashr qilish uchun nashriyot xarajat qilgan.
Shunda, adashmasam, "Mutolaa" obuna modeli asosida yangi kitoblarni oʻqish imkoniyatini taqdim qilayotgan birinchi (va hozircha yagona?) ilova boʻlyapti. Masalan, Asaxiy'ning oʻz ilovasida kitoblarni alohida sotib olish kerak (yoki ASaxiyda qogʻoz shaklida sotib olingan kitobning elektron varianti tekin beriladi).
Obuna modeli asosidagi kitobxonlikning kirib kelishi - juda yaxshi yangilik. Bunday modelning ham rivojlanishini, boshqa noshirlar ham qoʻshilishini, kerak boʻlsa, "Mutolaa"ga raqobatchilar ham paydo boʻlishini ("Mutolaa"chilar, xafa boʻlmanglar, raqobat - yaxshi narsa :) tilab qolaman.
Umuman, intellektual mulk ham pul turishiga qanchalik tez koʻniksak, shunchalik kreativ industriya tezroq rivojlanadi, deb oʻylayman.

👍27🔥14👏2
Mana bu postga izohlarda qaysi ballar qaysi darajani ifodalashi soʻralmoqda. Ballar taqsimotini mazkur postga ilova qilinayotgan suratda koʻrishingiz mumkin (bu yerda 4-sinf matematika misolida berilgan, lekin har ikkala fan va sinf uchun bu taqsimot bir xil):
400-475 - quyi daraja;
475-550 - oʻrta daraja;
550-625 - yuqori daraja;
625+ - rivojlangan daraja.
TIMSS - 2023 natijalaridan koʻrish mumkinki, tadqiqotda qatnashgan Oʻzbekistonlik 4 va 8 sinf oʻquvchilari na matematikadan va na tabiiy fanlardan oʻrta darajaga erishmagan. Eng past natijani 8-sinflar tabiiy fanlardan qayd etishgan:
4-sinf matematika: 443 ball;
4-sinf tabiiy fanlar: 412 ball;
8-sinf matematika: 421 ball;
8-sinf tabiiy fanlar: 396 ball.

😱7👍3😢1
Umuman olganda, bunday natijalar kutilgan edi.
Bir tarafdan, bular - taʼlimda yillar davomida yigʻilgan va yigʻilayotgan muammolar natijasi.
Ikkinchidan, masalan, PISAda matematika va tabiiy fanlardan past natijalar qayd etgan oʻquvchilarimiz xuddi shu fanlardan TIMSSda yaxshi natijalar qayd etsa, menda, masalan, bu natijalarning ishonchliligi boʻyicha katta savollar paydo boʻlar edi.
Eng achinarlisi, taʼlimdagi hozirgi olib borilayotgan gʻayri ilmiy (nafaqat gʻayri ilmiy, balki oddiy mantiqqa ham toʻgʻri kelmaydigan) siyosat, masalan, hali aniq bir taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari tasdiqlanmay turib darsliklarning paydar-pay almashib yotishi ("otdan oldin arava" siyosati), taʼlimda tengsizlikka urgʻu berilayotgani va nihoyat, tizim ishtirokchilarining tizimni muttasil aldashini (aldashga urinishini) ragʻbatlantiruvchi yangi baholash tizimi - bu muammolarni koʻpaytirsa koʻpaytiradi-ki, aslo yechmaydi.

Telegram
Jalilov. Qaydlar
Mana bu postga izohlarda qaysi ballar qaysi darajani ifodalashi soʻralmoqda. Ballar taqsimotini mazkur postga ilova qilinayotgan suratda koʻrishingiz mumkin (bu yerda 4-sinf matematika misolida berilgan, lekin har ikkala fan va sinf uchun bu taqsimot bir…
👍14👏1
nuz.uz nashri taʼlimdagi doimiy tajriba-sinovlar va yangi baholash tizimini qiynoq usuliga qiyoslamoqda:
... Регулярные эксперименты с образованием — особо изощренный метод пытки.
.. Наибольшая часть родителей подопытных школьников недовольны нововведением СОР, СОЧ и 100-балльной системы, но, почему-то это не волнует тех, кто принимал решение без всякого голосования. Почему не спросили нас? И как получилось, что наши бабушки и дедушки очень грамотные люди?
Может потому, что в их времена не были в тренде эксперименты над детьми, а просто готовили грамотных, умных педагогов? Потому, что учителя не только учили, но и сами учились? По желанию, а не по причине отправки на дообучение?
https://nuz.uz/2024/12/04/kto-vinovat-v-tom-chto-nervy-pedagogov-stabilno-neadekvatny/

nuz.uz
Кто виноват в том, что нервы педагогов стабильно неадекватны? - Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz
Только за последние полгода в Узбекистане произошло немалое количество скандалов в школах, в основном с участием педагогов и учеников. К примеру, в
👏18👎2👍1