Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.28K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Quyida esa Потребитель.уз telegram kanalida eʼlon qilingan post. Eng oxirgi jumlaga eʼtibor bering:

Bunday ommaviy qarshilikni bunday buyogʻiga ham koʻrmaganga olib oʻtirish mumkin emas.
🔥6🤯4
Волна недовольства идет по соцсетям по поводу новой системы оценок в школах (СОЧ, СОР)
В Потребителе уже десятки обсуждений, и тысячи комментариев на эту тему.

Родители, в большинстве, пишут со слов своих детей.
Но ни родители, ни дети, не эксперты в вопросе методов оценки знаний.
Я считаю, что в первую очередь нужно выслушать учителей. Насколько им удобна, адекватна и эффективна новая система.
Если учителя в большинстве скажут нет, значит нет. Ибо им с ней работать. Скажут да - родителям и детям придется принять решение профи в деле обучения.

Но сейчас МНО нужно собрать в большой список претензии родителей и дать на них развернутый ответ. Такой массовый протест далее игнорировать нельзя.
⚜️Лилия Николенко для @potrebitel_uz
#школы #недовольство #нововведения
👍13
Yangi - "mezonlarga asoslangan" baholash tizimi (CHSB - BSBlar) bilan bogʻliq muammolarga boshqa OAVlar ham eʼtibor qaratishni boshlashdi. upl.uz nashri yangi tizim boʻyicha oʻqituvchining fikri bilan qiziqibdi. Oʻqituvchi ham yangi tizimning asosiy muammolaridan biri - oʻquvchi fanni bilmasdan, oʻzlashtirmasdan turib yuqori ball olishi mumkinligini, yaʼni yangi tizim, uni joriy qilayotganlar iddao qilganidek, "oʻquvchi bilimini obyektiv baholash imkonini" bermasligini tasdiqlamoqda.

Любой ученик, даже не владея материалом, может с лёгкостью выполнить задание на 80% и получить достаточно высокий балл ...

Nashr eʼlon qilgan material sarlavhasi ham ramziy.
👍8
upl.uz nashri eʼlon qilgan materialda eʼtiborga molik yana bir jihat:

Нет, всё осталось без изменений. Мы также распечатываем всё за свой счёт, оплачивая как бумагу, так и краску для принтера. Некоторым учителям пришлось даже приобрести принтеры в кредит, так как это выгоднее, чем оплачивать кому-то распечатывание огромного количества страниц. Стоит отметить, что некоторые контрольные и самостоятельные работы не получается уместить на 1 лист. Поднимать какие-либо проблемные темы на проводимых собраниях, посвящённых СОРам и СОЧам, учителям запретили.

Oʻqituvchi aytgan maʼlumotni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy telegram kanalida eʼlon qilingan mana bu maʼlumot bilan solishtiramiz:

Anʼanaviy tarzda imtihon oʻtkaziladigan 582 ta maktab uchun ajratiladigan (6400 ta oʻram) qogʻoz mahsulotlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Shuningdek, ushbu maktablarning nazorat materiallari hududiy boshqarmalarga maxsus ajratilgan printer qurilmalarida chop etiladi.

Qolgan 750 ta maktabga ajratiladigan nazorat materiallari oʻrnatilgan tartibda vazirlik tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etib kelinmoqda.


Ikki xil, bir-biriga zid maʼlumot: oʻqituvchi "oʻz hisobimizdan xarajat qilamiz" demoqda, vazirlik esa "jamgʻarma hisobidan qoplanyapti yoki nashriyotda chiqartirib beryapmiz" demoqda. Agar yangi tizim xarajatlari uchun mablagʻ ajratilayotgan boʻlsa, bu mablagʻlar qayerdadir "yoʻqolib" qolyaptimi shunda?

Va oʻqituvchining oxirgi gapiga eʼtibor bering: yangi tizim bilan bogʻliq muammolarni koʻtarib chiqishni taqiqlashdi.

Muammolarni koʻtarib chiqishni taqiqlash bilan muammo yoʻq boʻlib qolmaydi, u gazak olib, chuqurlashib, ketidan boshqa muammolarni yetaklab kelaveradi. Muammoni tan olish va hal qilish ustida ishlash kerak. Va muammo faqat qogʻoz (yoki unga ajratilgan mablagʻlar) joylarga yetib borishi yoki bormayotganida emas. Muammo koʻlami ancha kengroq.
👍14🤔1
Senzura? Yoxud Oliy Majlisning majlislarini xalq ko'rishi ... shart emasmi?

Xabar berishlaricha, kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan.

Majlisdagi ikki holat jamoatchilik e'tiborini tortdi va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi. Biri - Alisher Qodirovning o'qituvchilar oyligi haqidagi fikrlari:

"50 trillionga yaqin o‘qituvchilarning maoshiga rejalashtirilgan mablag‘dan biz kutgan natijaga erisha olamizmi yoki yo‘qmi, degan savolni biz qo‘ydik. Bu savolni doimo maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga qo‘yamiz. Lekin kecha biz uni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qo‘ydik. Aytdik, o‘qituvchining faoliyatini samaradorligini o‘lchash uchun birorta tizimimiz bormi? Biz yaxshi o‘qituvchiga ko‘p oylik, yomon ishlayotgan o‘qituvchiga esa kam oylik berish orqali maktabda o‘qituvchining raqobat tizimini yarataylik", degan Alisher Qodirov.

Ikkinchi holat esa Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Qo'chqorovning tibbiyot xodimlari maoshini oshirish masalasidagi fikrlari:

“Savol shundaki, agar biz barcha xodimlarning ish haqini 15 foizga, 40 foizga yoki 50 foizga oshirsak, bu kutilgan natijani beradimi? Zamon bilan hamnafas, yuqori malakali, o‘z ishini sidqidildan bajarayotgan tibbiyot xodimlarining oylik maoshini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ochig‘ini aytsam, hozir bizda yechim yo‘q, aks holda buni aytgan bo‘lardik. Biz buning ustida ishlayapmiz. Men o‘z fikrimni tushuntirishga harakat qilaman. Asosiy muammo kimga va nima uchun yuqori maosh to‘lash kerakligini aniqlashdir. Bu borada Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz”, degan Jamshid Qo‘chqorov.

Bu muhokamalar haqida yozgan har ikki nashr ham (Xalq ta'limi info va Gazeta.uz) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisi videosiga havola bergan. Qizig'i, havolaga bosilsa, videoni ko'rish imkoni yo'q: "видео с ограниченным доступом" (ko'rish imkoniyati cheklangan video) yozuvi chiqadi.

Senzura Oliy Majlis majlislariga ham yetib bordimi? Yoki xalq saylagan vakillarning majlisini hokimiyatning yagona manbayi deyiladigan xalq ko'rishi, xalq puli qayerlarga, nimalarga sarf qilinishini bilishi shart emasmi? Yangi O'zbekiston - "ochiqlik"ning yangi tubi?
😢14👍6
Inspektor-psixologning vazifasi ogohlantirish xatlari yig'ib o'tirishmi?

Esingizda bo'lsa, maktabdagi davomatni ta'minlash masalasining Milliy gvardiyaga yuklanishi turlicha munosabatlarni keltirib chiqargan, Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshlig‘i Milliy gvardiya tizimiga o'tkazilgan psixolog-inspektorlarning vakolat va vazifalarini tushuntirib berishga harakat qilgan edi. Mana endi o'sha inspektor-psixologlar davomat masalasini qog'oz bilan yopmoqchi ko'rinadi: ota-onalardan mana bunday "rasmiy ogohlantirish"ni imzolash so'ralmoqda.

Qiziq, bunday "ogohlantirish xatlari" biron-bir yuridik kuchga egami? Ularni imzolasa nima bo'ladi-yu imzolamasa nima bo'ladi? Masalan, bunday "xat"ni imzolamasa, ota-onani bolasini maktabga surunkali yubormagani uchun qonun doirasida jazolash mumkin bo'lmay qoladimi?

Men, masalan, bunday "ogohlantirish xat"lari-yu "tushuntirish xat"lari "ayblilik prezumpsiyasi"ning bir ko'rinishi deb hisoblayman. Ha, Konstitutsiyada belgilangan aybsizlik prezumpsiyasi emas, totalitar davlatlarning insonga yondashuvida asosiy tamoyillardan biri bo'lgan "ayblilik prezumpsiyasi": har bir insonga potensial huquqbuzat / jinoyatchi sifatida qarash va "o'-o'-v, qara, ogohlantiryapman-a" deb po'pisa qilib qo'yish. Masalan, nega farzandi maktabga muntazam qatnaydigan ota-ona bunday ogohlantirish xatlariga qo'l qo'yishi kerak? Haqorat-ku bu.

Umuman olganda, modomiki, inspektor-psixologlarga davomat masalasi bilan shug'ullanish yuklangan ekan, ular birinchi navbatda surunkali darsga kelmaslik, ayrim onta-onalar farzandini nega maktabga yubormasligi (yubora olmasligi, yuborishni istamasligi) sabablarini tahlil qilish kerak. Sabablar esa turli tuman bo'lishi mumkin. Masalan, moddiy sharoit, kasallik, bulling, maktabdagi ta'lim sifatidan qoniqmaslik va hokazo. Deylik, qaysidir oilada farzandiga qish kunida ust kiyim yoki oyoq kiyim olib berish imkoni bo'lmasligi mumkin. Maktabga olib boradigan yo'l xavfsiz bo'lmasligi mumkin. O'quvchi maktabda tahqirlanishga (bulling) duch kelishi mumkin. (Masalan, mana bu intervyuda bulling tufayli qand kasalligi orttirib olgan o'quvchi haqida aytib berishgan edi). Yoki, deylik, disleksiya, autizm singari holatlar mavjud o'quvchilar uchun sharoitlar bormi maktablarda? Ular bilan ishlay oladigan pedagoglar bormi? Sabablarni aniqlab, ularning ildizi bilan ishlash kerak, "ogohlantirish xatlari" esa yechim emas.
👍10👏3
Jalilov. Qaydlar
upl.uz nashri eʼlon qilgan materialda eʼtiborga molik yana bir jihat: Нет, всё осталось без изменений. Мы также распечатываем всё за свой счёт, оплачивая как бумагу, так и краску для принтера. Некоторым учителям пришлось даже приобрести принтеры в кредит…
CHSB - BSBlarning xarajati uchun pullar maktablarga yetib boryaptimi?

Mana bu postga izohlardan:

Hech qanday qog‘oz ham, printer ham berilmagan. Haligacha o‘z yonimizdan chiqaryapmiz. Uyalmasdan, raddiya berishibdi tag‘in( ("raddiya" deganda vazirlik telegram kanalidagi "BSB-CHSBlarning qog'ozini vazirlik ta'minlab beryapti", mazmunidagi post nazarda tutilgan ko'rinadi)

Boshqa bir guruhda ota-onalar izohlaridan:

Мы тоже купили принтер для школы и кучу бумаги, чтобы учитель мог распечатать все эти СОР и СОЧ. Хотя это обязанность школы предоставить детям контрольные работы раз уж их ввели. Бардак полнейший.

У меня родственница работает учителем в школе и она так же распечатки делает со своего кармана. О каких средствах выделенных говорит МНО? И где эти средства? Почему учителя это делают сами?

Нас на собрании просили не афишировать информацию о необходимости классу приобретать за свой счет бумагу!!!


Savol tug'iladi: vazirlik, yozganidek, "qogʻoz mahsulotlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi" bo'lsa, "qolgan maktablarga ajratiladigan nazorat materiallari oʻrnatilgan tartibda chop etib kelinmoqda" bo'lsa, nega o'qituvchilar o'z yonidan xarajat qilyapti, nega ota-onalardan pul yig'ilyapti? Agar mablag' (va/yoki qog'oz) qayerdadir o'z-o'zidan yo'qolib qolayotgan bo'lsa, bu bilan kimdir (tegishli organlardan) qiziqib ko'rishi kerak emasmi?
👍16
Avtomaktablar, avtoraqamlar, maktab darsliklari ... ... ... ?

Gazeta.uz nashri O‘zbekistonda transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan nodavlat o‘quv muassasalari 2024-yil fevralidan beri to‘laqonli ishlamayotgani haqida yozmoqda. O‘zbekistonda 1400dan ortiq nodavlat avtomaktabdan bor-yo‘g‘i 80dan ortig‘i faoliyatini davom ettiryapti, ayrim viloyatlarda “prava” olishga tayyorlovchi biror xususiy muassasa ishlamayapti. Buning sababi - avtomaktablar endi xuddi imtihon markazlaridagidek jihozlangan 1 gektarlik avtodromi bo‘lishi yoki shunday avtodromni ijaraga olishi kerak.

Nashr xuddi shu maqolada 2022-yil 4-fevraldan boshlab Toshkentning Sergeli tumanida Autodriver Study kompaniyasining birinchi yagona imtihon markazi faoliyatini boshlaganini, Yagona imtihon markazi asoschisi Komil Allamjonov o‘sha paytda monopoliya ayblovlarini rad etganini ham eslatib qo'ygan.

Bakiroo yozmoqda:

"Avtomaktablar yopilayotganiga sabab imtihon markazlariga mo‘ljallangan "og‘ir talablar"ning qo‘llanila boshlanganiga borib taqaladi. Bu talablarga qaysi korchalonning “biznesi” javob bera olishini va nega ayni shu mezonlar kiritilganini tushungandirsiz? ... O‘zbekistonni talayotgan oligarxiya u ismi va “biznes”i qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, xalqni talash modeli bitta: muammo yaratiladi, to‘siq va cheklov qo‘yiladi, narxlar sun’iy ravishda oshiriladi va pul oqimi bir cho‘ntakka qarab kanallashtiriladi".

Qizig'i, orginfo.uz dagi ochiq ma'lumotlarga ko'ra, "Autodriver Study" MCHJning ("Yagona imtihon markazi") hozirgi ta'sischisi - "GID Systems Tashkent" MCHJ. "GID Systems Tashkent" ta'sischisi - "GID FZE". "GID FZE" - avtomobil uchun davlat raqami olganingizda to'lovning katta qismini oladigan "GID License Plate"ning ham ta'sischisi. "GID FZE", shuningdek, maktab darsliklarini chop qilish ishonib topshirilgan "Novda Edutainment"ning ta'sischisi - "GID Tashkent"ning ham ta'sischisi.

Darvoqe, "Novda" chiqargan boshlang'ich sinf darsliklarini tasdiqlab bergan Ta'limni rivojlantirish Respublika markazining hozirgi rahbari vazifasini bajaruvchi (bundan oldin esa - rahbar o'rinbosari) Yuliya Risyukova ham markazga direktor o'rinbosari etib tayinlanishidan oldin Yagona imtihon markazi rahbari bo'lgan.

Mana shunaqa gidlar, uzr, gaplar ...
😢17🤬5👍4
"CHSB va BSB: qog‘oz qayerda ? Rasmiylar ayblovlarni inkor qilmoqda, lekin ota-onalar to‘lovlardan shikoyat qilmoqda", deb yozadi vaib.uz nashri va muammoning ikkita yechimini keltiradi:

1. Ta’minotda shaffoflik:

Vazirlik nafaqat qog‘oz sotib olinganligini, balki uning qayerga yuborilganini ham ko‘rsatishi kerak. Jamoatchilik resurslarni qanday taqsimlanayotganini ko‘rishi lozim.

2. Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tekshiruvi:

Agar muammo qog‘oz tarqatish bilan shug‘ullanuvchi vositachilarda bo‘lsa, bunday holatlarni maxsus organlar aniqlashlari kerak. Savol chuqur audit va nazoratni talab qiladi.

Nashr keltirgan bu ikki yechim - faqat qog'oz ta'minoti bilan bog'liq muammoning yechimlari, xolos. Aslida yangi baholash tizimi (CHSB va BSBlar) bilan bog'liq muammoning ko'lami kengroq va agar oldi olinmasa, ta'lim uchun natijasi halokatli bo'ladi.

gazeta.uz dagi maqola tagida 42 yillik tajribaga ega pedagog qoldirgan izohga e'tibor bering:

Обратите внимание: во всех этих тестах нет ни слова об учениках. Словно мы имеем дело не с живыми детьми, а с отвечающими механизмами. Какая оценка знаний?! Какая оценка работы учителя?! Сплошная калькуляция! Я 42 года проработала в школе, и проверяя работы учеников, я ставила оценку, в первую очередь, самой себе. Например, если у всего класса одинаковые ошибки, значит, материал не усвоен, надо ещё раз (а может. и не раз) объяснить, дать какие-то упражнения для тренировки и т.д. Обсуждая оценки по устному экзамену, мы обязательно отмечали старательность ребёнка, его способности и успехи. Приходилось и ученикам объяснять, почему одна и та же отметка имеет разный вес: для одного четвёрка — достижение, для другого — халтура. И родители учеников нам доверяли. А тут.. В общем, вся эта механическая калькуляция. нужна не учащимся, не родителям, и уж, конечно, не учителям, а чиновникам от образования для составления отчётов. А что, очень удобно: учителя подготовят все цифры, ученики закрасят кружочки, а вышестоящий чиновник засунет всё это в компьютер — и вот он отчёт, готов! Только людей за цифрами не видно.
👍17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi baholash tizimi — yangi muammo…mi?

2024-2025-o‘quv yilida mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi, bu esa ta’lim tizimida yangi muammolarni keltirib chiqardi, deya ta'kidlanmoqda.

Bu orada yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga ham murojaat yo‘lladi.

Xo‘sh, yangi baholash tizimidan nega ko‘pchilik norozi bo‘lmoqda? Qayerda xatolarga yo‘l qo‘yildi?

Bu mavzudagi muhokamalarga chek qo‘yish maqsadida xalqtaliminfo.uz vazirlik, ta’lim bo‘yicha ekspert va o‘qituvchini “Tanaffus” podkastida bir nuqtaga jamladi.

“Tanaffus” podkastning bu galgi soni juda ham bahslarga boy bo‘ldi. Podkastni YouTube sahifamizda hoziroq tomosha qiling!

▶️ To'liq video — https://youtu.be/hH_B1k1Va-U

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Ulug‘bek Po‘latov
O’ziyam, juda uzooooq yondi-da… Judayam bahs bo’lib ketti bu safargi soni.
Ha, Ulugʻbek Poʻlatov aytgandek, "uzoq yondi" - oʻzi ham salkam uch soat gaplashibmiz. Juda qiziq joylari ham boʻldi, har ikki taraf oʻzining "tilida" gapirib, ikkinchi tarafni tushunmayotganday taassurot qoldiradigan joylari ham boʻldi.

Xullas, koʻring, baho bering va oʻzingiz xulosa chiqaring.
Kanal kuzatuvchilaridan biri, baholash boʻyicha ilmiy ish qilgan mutaxassis yozmoqda:

Assalomu alaykum. Podkastning bir qismini ko‘rdim. Komil aka, sizni "yeb qo'yishibdi". Tashkiliy masalalarga burilib ketibdi. Yangi tizimning ilmiy jihati asoslab berilishi, ilmiy tomoniga ko'proq e'tibor berilishi kerak emasmidi? Validlik, ishonchlilik, shaffoflik, obyektivlik kabi masalalar haqida so'rash kerak edi.

Ha, suhbat davomida diskussiyani tizimning ilmiy tarafiga, qay darajada ilmiy asoslanganligiga burishga harakat qilsam-da, koʻproq tashkiliy masalalarga "burilib" ketaverdi. Shuning uchun ham yuqorida "ikki taraf ikki tilda gaplashganday boʻldi" deb yozdim.

Tizimning ilmiy tarafini Gazeta.uz dagi maqolamda tahlil qilishga harakat qilganman va markazga bir qancha savollarni qoʻyganman. Markaz rahbari Dilrabo Davidova bu savollarga javob berishni vaʼda qilgan. Javob kelishi bilan eʼlon qilinadi.
🔥8👍2👏1🤬1
"Hurriyat" gazetasi Madaniyat vaziriga qarshi?

"Maʼnaviyat ekspertizasi" niqobi ostida joriy qilinayotgan hamda Konstitutsiya va qonunlarda taqiqlangan senzurani olqishlab chiqayotgan "Hurriyat" gazetasi yozadi:

Ҳар жойда янграётган бемаъни қўшиқлар сон-саноқсиз… Шоу-бизнесменларнинг сохта маҳсулотлари маънавий хаётимизда асл мусиқий санъат асарлари ўрнини тобора кўпроқ эгаллаб бормоқда… Уларнинг бемаъни, савиясиз, бачкана, енгил-елпи мусиқасимон шовқин шаклидаги “ижод” маҳсулотлари телерадиоканаллар, интернет, ижтимоий тармоқлар, концертлар, оммавий тадбирлар, тўю томошалар, кўча-кўйда, кафе-ресторанларда, барча жамоат жойларида тақдим этилиб, тарғиб, реклама қилиниб, инсонларнинг мусиқий дидини тубанлаштирмоқда, улар онгини заҳарламоқда, маънавиятини емирмоқда.

Мисоллар: “Атрофингда шаҳзодалар кўп. Кел, ўшалар олдида мен ғарибни битта ўп” деб куйланадиган шоу-бизнес маҳсулоти ҳалигача “хит” асар бўлиб қолмоқда…

Ozodbek Nazarbekov, "maʼnaviyat ekspertlari" ertaga sizning ham "bemaʼni, saviyasiz, bachkana, yengil yelpi" qoʻshiqlaringizga "zapret" qoʻyishiga qanday qaraysiz? Axir, "soxta mahsulot" deya misol keltirilgan "Men gʻaribni bitta oʻp" - sizning ijod mahsulingiz shekilli? Senzura Madaniyat vazirining ijodigacha yetib borsa ... qiziq tomosha boʻladi lekin.
😱14🔥8👍5👏1😢1
Modomiki bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar soni cheklanar ekan, unda foydalanuvchilar "bank qulligidan" ozod qilinishi zarur. Ayni paytdagi amaliyot shundayki (bu nima bilan bog'liq, bilmayman - rasmiy talabmi, injiqlikmi yoki boshqa) foydalanuvchi ish yoki o'qish joyining bankiga avtomatik tarzda "qaram" qilinadi. ya'ni foydalanuvchiga hisob raqam va karta u istagan bankda emas, ish (o'qish) joyiga (yuridik shaxs) xizmat ko'rsatadigan bankda ochiladi. Nega foydalanuvchi o'zi tanlagan va hisob raqam ochgan bankka uning ish haqi, stipendiya, pensiyasini o'tkazish mumkin emas - ochig'ini aytsam, haligacha tushunmayman.
👍15🔥4
Har safar serialning navbatdagi qismini koʻrganda yurakda qandaydir ogʻriq, iztirob turadi.

Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi .... (Najmiddin Ermatov)

Bu vatanni talosh qilayotgan itlarning ham son-sanogʻi yoʻq shekilli...
😢26👍6
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan baholash tizimini joriy qilishdan koʻzlangan maqsadlardan biri - obyektivlikni taʼminlash ekanligini aytib kelmoqda.

"Централизованная проверка заданий исключает влияние личностного фактора и обеспечивает справедливость оценивания", deyiladi vazirlikning Gazeta.uz nashrida eʼlon qilingan javob xatida.

Lekin oʻqituvchi(lar) 1-chorak oxirida olingan CHSBlarni markaz tekshirmay, 2-chorakning yarmi oʻtib ketgandan maktabga qaytarib yuborganini iddao qil(ish)moqda.

Vazirlik va yangi tizimni joriy qilayotgan markazdan oʻqituvchiga ishonish yoki ishonmasliklaringizni aniqlab olishni iltimos qilardim. Oʻqituvchi qoʻyadigan bahoga ishonilmaydigan boʻlsa, nazorat ishlarini oʻqituvchilarga "oʻzlaring tekshiringlar" deb qaytarib yuborishdan nima maʼno? Oʻqituvchiga ishoniladigan boʻlsa, CHSB oʻtkazishdan nima maʼno - oʻqituvchi chorak oxirida oʻzi nazorat ishi oʻtkazib oʻquvchilarini baholayvermaydimi?

Yoki maqsad - "joʻshqin faoliyat imitatsiyasi"mi?
👍16👏5