Jalilov. Qaydlar
4.07K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Rasmiy munosabat

Andijon viloyati Andijon shahri markaziga oʻrnatilgan Bobur haykalining boshqa joyga koʻchirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi koʻplab muhokamalarga Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibi Muslim Ibrohimovning munosabati (qisqacha mazmuni):

"Kim nima desa deyaversin (yozsa yozaversin), biz baribir bilganimizdan qolmaymiz".

"Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir" deyilganmidi Konstitutsiyada?
🤯3
Senat oldida turgan ustuvor vazifalardan biri - ijro organlari ustidan nazorat, deyilmoqda.

Savol: joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari - hokimlar bir ovozdan Senatga saylangan boʻlsa, Konstitutsiyadagi "hokimiyatlar boʻlinishi" tamoyili buni koʻrib boshini qayerga urishni bilmay oʻtirgan boʻlsa, Senat qanday qilib ijro organlarini nazorat qilishi mumkin?
🔥11👍1👎1
Davletovuz kanalining yozishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tmoqda. "Vazirlar Mahkamasi" to'g'risidagi Qonunning 7-moddasiga binoan, Bosh vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.

Savol: nega bunday muhim jarayon biron-bir manbada (na Oliy Majlisning YouTube kanalida, na "O'zbekiston 24"da va na boshqa manbada) jonli efirga uzatilmayapti? "Hokimiyatning yagona manbai" bo'lgan xalq uni boshqaradigan hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rejalaridan xabardor bo'lishga, o'zini nimalar kutayotganini bilishga haqli emasmi?
🔥9
"O'zbekiston 24" kanalining ayni paytdagi efiri.

Men, masalan, jurnalistlarning balandparvoz gaplardan iborat izohlarini emas, davlat rahbari nutqini va Bosh vazir lavozimiga nomzodning dasturini eshitishni xohlardim.
👍18
Oʻzbekiston parlamenti deputati, huquqshunos - hokimiyatning bir-biridan mustaqil, oʻzaro bir-birini tiyib tura oladigan va nazorat qila oladigan (checks and balances tizimi ishlaydigan) tarmoqlarga boʻlinishi haqida.
🤬13🤯2
Xabar berishlaricha, Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga ma'qullandi.

"Vazirlar Mahkamasi" to'g'risidagi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, vazirning nomzodi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda va ma’qullanayotganda taqdim etishi kerak bo'lgan harakatlar rejasi haqida ma'lumot berilmadi. Umarovaning o'zi ham bunday rejani biron-bir ochiq manbada e'lon qilganicha yo'q. Bu, albatta, bunday rejaning o'zi mavjud bo'lganmi? degan savolni tug'dirmay qolmaydi.
👎40🔥5🤬5👍3😢1
"Farqini top" turkumidan: RTMga plagiat yarashaveradi .. mi?

Postga ilova qilingan suratlardagi matnlarni solishtirib ko'ring. Ranglilari - filologiya fanlari doktori Zulxumor Mirzayeva va Komil Jalilov (men) tomonidan 2022-yilda yaratilgan 10-sinf "Adabiyot" darsligidan sahifalar. Oq-qora rangdagilari - RTMning rasmiy kanalida e'lon qilingan "tanlov sinflari uchun adabiyot o‘quv fani yuzasidan ilk bor ishlab chiqilgan o'quv qo‘llanma". Nechta farq topa olasiz?

Psixolingvist, filologiya fanlari nomzodi, Milliy o'quv dasturi asosidagi ona tili darsliklari muallifi Iroda Azimova o'z kanalida shunday yozadi:

"Ko‘chirish - bu birovning gapini aynan olib o‘z matniga qo‘shish va gapning asl muallifni ko‘rsatmaslik demakdir. Bu hajm ko‘paytirish uchun qilinadimi, o‘z matnini "ilmiylashtirilish" uchun qilinadimi ahamiyati yo‘q. Siz birovning gapini o‘zingizniki qilib ko‘rsatyapsiz degani. Bu yolg‘on, bu o‘g‘irlik demak! "Gapni qo‘shtirnoqqa olib havola bermagan bo‘lsam ham, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida berganman-ku", deb o‘zingizni oqlashga shoshilmang. U o‘z nomi bilan "FOYDALANGAN adabiyotlar ro‘yxati", "ko‘chirilgan adabiyotlar ro‘yxati" emas. Adabiyotni o‘qib, undagi bilimni o‘zlashtirish kerak, muallifning gaplarini emas".

Bu - plagiat. Manbani "foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati"da ko'rsatish sizga butun-butun matnlar, mavzularni birovning kitobidan olib o'zingiznikiga qo'shish va bu matn muallifi sifatida o'zingizni ko'rsatish huquqini bermaydi. Shunday ekan, bunday plagiat "qo'llanma" rasmiy manbadan olib tashlanishini va ko'chirilgan manbalar mualliflaridan (tushunishimcha, u yerda boshqa manbalardan ham ko'chirilgan, faqat biznikidan emas) uzr so'ralishini talab qilaman.
👏14👎9🤬5🤯3
JIDU (diplomatiya) universitetida bizga "Diplomatiya tarixi" fanidan taniqli professor, bir qancha darsliklar muallifi Goga Hidoyatov dars berganlar. Baʼzan mavzudan chetlashib qiziq voqealar yoki siyosiy latihalar aytib berardilar. Shunday latifalardan biri:

Nikson va Brejnev tortishyapti. Nikson Brejnevga:
- Nima desangiz deng, bizning (AQSHning) eng katta yutugʻimiz - bu demokratiya. Sizlarda demokratiya yoʻq.
Brejnev: "Demokratiya" deganda nimani tushunasizlar oʻzi?
Nikson: Qanday tushuntirsam ekan ... Mana, masalan, kimdir Oq uy oldiga kelib, "Nikson - ahmoq!" deb baqirsa, unga hech narsa boʻlmaydi.
Brejnev: "Demokratiya" deganlaringiz atigi shumi? Bizda ham bor shu demokratiya. Kreml oldiga kelib kimdir "Nikson - ahmoq" desa unga hech narsa qilmaydi.

Bu shunchaki talabalik davri hangomalari edi. Bugungi xabarlarga aloqasi yoʻq.
👍9👎8🔥5
Yana bugungi xabar haqida.

Latifa oʻz yoʻliga, lekin xabarda bir jihat eʼtiborimni tortdi: Dusovni javobgarlikka tortish uchun asos qilib olingan modda (JK 140-moddasi: jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish).

"O‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish" deganda nimani tushunamiz? Buning oddiy "haqorat qilish"dan qanday farqi bor? Va buning oʻz xizmat burchini (vazifasini) bajarishi munosabati bilan davlat xizmatchisini (amaldorni) tanqid qilishdan qanday farqi bor?

Masalan, shunday gipotetik vaziyatni tasavvur qilaylik: men "Umarova olib borayotgan taʼlim "islohotlari" taʼlimni goʻrga tiqyapti" deb yozsam, "oʻz xizmat burchini (vazifasini) bajarayotgan" amaldor "meni oʻz xizmat burchim (vazifamni) bajarishim munosabati bilan haqorat qildi" deb sudga bera oladimi? Bizning ijro hokimiyatidan toʻla mustaqilligi shubha ostida boʻlgan (masalan, shaxsan men uchun) sudlarimiz ijro hokimiyatining bir aʼzosi, amaldor va oddiy fuqaro oʻrtasidagi bunday tortishuvda adolatli hukm chiqarishiga umid bormi? Bunday "ajoyib modda" bizning amaldorlarni "oʻz xizmat burchini bajarishi munosabati bilan" tanqid qilib boʻlmaydigan "sacred cow"ga aylantirib qoʻymasligiga kafolat bormi? Masalan, Dusov vazir oʻrinbosarini haqorat qilgani uchun jazolandimi yoki ... vazirlikdagi pul masalalari bilan bogʻliq qator iddaolari uchunmi, degan savol, oʻylaymanki, faqat menda tugʻilmadi.

Yana bir narsa. Fikrimcha, shaxs siyosatga kiryaptimi, public person boʻlishni istayaptimi, tanqidlar va baʼzan qattiqroq gaplarni koʻtarishga tayyor boʻlib kirishi kerak. "Sirkangiz suv koʻtarmaydigan" boʻlsa, siyosatga kirishning nima keragi bor - ommaga koʻrinmaydigan biron-bir ish bilan shugʻullanib yurish kerak.

Va jurnalist Ilyos Safarov koʻtargan ikki standartlilik masalasiga qoʻshilmay iloj yoʻq. Nega qonun himoyachilarimiz faqat amali yoʻqlarning harakatlariga huquqiy baho berishda hozir-u nozir, amalga egalar esa shunday va undan badtar harakatlari uchun suvdan quruq chiqaveradi? Yoki ular haqiqatdan ham sacred cow'mi?
🔥11👍7👏1🤯1
Darvoqe.

Oldingi postda ishlatilgan "sacred cow" ("muqaddas sigir") birikmasi - haqorat emas. Ingliz tilida bu ibora "asossiz ravishda tanqidlardan xoli qilingan, himoyalangan shaxs yoki guruh" maʼnosini anglatadi. Har qalay, ingliz tilining Webster lugʻati bu iboraga shunday taʼrif beradi.

Har ehtimolga qarshi aytib qoʻydim. Oʻzini "sacred cow" hisoblaydiganlar buni haqorat deb qabul qilmasligi uchun.
👏28👍13👎1🔥1
"Чума на оба ваши дома" ("Vabo tushsin har ikki xonadoningga ham").

Serialdan mutlaqo shaxsiy xulosani Uilyam Shekspirdan mana shu iqtibos yaxshi ifodalaydi.
👍12👎1
"Yovvoyi tabiat haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilganingda, echkiemar bilan ilon o‘z hayotlari uchun urushib chirmalashib qolsa, qaysi tomonga “bolet” qilishni bilmay qolasan, chunki na unisi, na bunisi ko‘rinishidan oppoq yo momiq. Ulardan biri beozor kiyikcha bo‘lsa boshqa gap".

Jurnalist Ibrat Safo ham serial koʻrayotganga oʻxshaydi.
👍14👎2🤯1
«Нет сил, ребёнок отказывается учиться». «Оценивание ради оценивания». «Система тотального и мелочного контроля». Почему «критериальной» системой оценивания в школах недовольны и родители, и педагоги? Насколько она правильно устроена с точки зрения науки? Проблему изучил Комил Джалилов.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/11/25/evaluation/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥13🤯2👍1
Odamning paydo bo'lishiga yangicha nigoh?

"Novda" nashriyotida chop etilgan 4-sinf "Tabiiy fanlar" darsligi muallif(lar)ining fikricha, dinozarlarning qirilib ketishi insonning paydo bo'lishiga turtki bergan - dinozavrlar bor bo'lgan paytda yer ostida yashagan turli mayda jonivorlar o'zgarib, oxiri odam paydo bo'lgan ekan.

Qiziq, odamning paydo bo'lishiga bunday nazar (yer ostida yashagan turli mayda jonivorlar o'zgarishi natijasida odam paydo bo'lishi) oldin ham bor edimi yoki bunday qarash endi paydo bo'ldimi? Ilm-fanda bu qarash o'z isbotini topganmi? (Har qalay, kichik yoshli maktab bolalari o'qiydigan darsliklarga fanda isbotini topmagan qarashlar bunday ishonch bilan berilmasligi kerak shekilli?)

Bilgichlar, soha mutaxassislari nima deydi?
😱14🔥8
Qibraydagi voqea haqida "Ozodlik" videolaridan keyin o'zimizdagi rasmiy manbalar ham bayonot bera boshlashdi. Ayrim nashrlar aynan shu voqea tufayli kimlardir "haydalganini" iddao qilib chiqdi.

Eng achinarlisi, ta'limga ikki yil oldin qilingan suiqasd (Nobel mukofoti laureati Markes ta'biri bilan aytganda, "oshkora qotillik qissasi") bo'yicha hech qaysi vakolatli organ o'z vaqtida biron bir qiziqish bildirmadi.
🔥26😢6👎2👏1🤯1