Jalilov. Qaydlar
4.12K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Yangi nashr

"O'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi" kitobi nashrdan chiqdi. Nashr Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 60111400 - o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslikdan adabiyot o'qitish bo'yicha bir qancha yangi nazariyalar, qarashlar, yondashuvlar oʻrin olgan. Nazariy qarashlar muayyan badiiy matnlar va ularni o'qitish metodikasi misolida tahlil qilingan.  Mavzularni tushunish uchun kerakli ilmiy, metodik, badiiy manbalar va hujjatlarga QR-kodlar orqali havolalar ilova qilingan. Shuningdek, fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlar va seminarlarni o'tkazish uchun har bir mavzu yuzasidan muhokama savollari, amaliy topshiriqlar va loyiha ishlari ham kiritilgan.

Mundarija va fragment bilan quyida tanishish mumkin.

Qiziqqanlar Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi malaka oshirish markaziga (@Dsc_literature) murojaat qilishlari mumkin.
👍10👏2
Alisher Sa’dullayevning aytishicha, bu davrda (so'nggi 4 yilda) 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar IELTSdan 7dan baland natija qayd etgan. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 30 nafar yoshlar IELTSdan maksimal natija — 9 ball olgan. “Biz bu ko‘rsatkichni (7dan baland olganlarnimi? 9 ball olganlarnimi?) 100 mingga olib chiqmoqchimiz".

Til - "mushakbozlik musobaqasi" emas, kommunikatsiya (muloqot) vositasi. Til (xususan, ingliz tili) shu tilda yaratilgan axborotni (masalan, badiiy, ilmiy asarlarni, kino va ko'rsatuvlarni) tushunish, o'z sohasiga doir yangiliklardan xabardor bo'lish, til egalari bilan to'siqlarsiz muloqot qila olish (masalan, sayohatga chiqqanda, ish jarayonida) uchun kerak. Demak, tilni qaysi darajada egallashni ehtiyoj belgilaydi, kim o'zarga musobaqa emas. Shaxsiy kuzatishlarim bo'yicha, juda ko'p hollarda shaxsiy va professional ehtiyojlarni qondirish uchun C1 daraja (IELTS bo'yicha 7-8 ball) bemalol yetadi. Ko'p holatlarda B2 daraja ham yetarli darajada tushunish va muloqot qila olishni ta'minlashi mumkin. Ba'zi sohalarda (masalan, professional badiiy tarjima bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, lingvistika bo'yicha chuqur tadqiqot olib bormoqchi bo'lsangiz yoki IELTSdan imtihon oluvchi bo'lib ishlayman desangiz) C2 daraja (IELTS bo'yicha 8,5-9 ball) talab qilinishi mumkin.

Shunday ekan, fikri ojizimcha, vaqtni ingliz tili (yoki boshqa til) bo'yicha "bilaklarni ko'z-ko'z qilish"ga emas, kerakli darajada o'rganib, o'z sohasini chuqurroq egallashga qaratgan ma'qul. Chunki, yuqorida yozganimdek til - bu vosita. Muloqot vositasi. Undan "fetish" yasash shart emas.
🔥28👍9😱1🤬1
LiDep partiyasidan 3-raqamli nomzod, amaldagi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning saylovoldi dasturi. Vazir deputat bo'lsa, pedagoglar ish haqini o'rtacha 2 barobarga oshirishni va'da qilmoqda. Nomzodning dasturida ta'limga oid boshqa masalalar ko'rinmadi.
🤔21👍1
Bugun tunda Toshkent viloyatida spektakl namoyish qilinibdimi? "Surish" serialining navbatdagi epizodi?
🔥30👍13🤔2🤯2😱2
"Oblonskiylar xonadonida hamma narsa ostin-ustin boʻlib ketdi".
👍8🤔3🔥2😱2
Saviya tushibdi. Ikki yil oldingi fin xalq ertaklari asosidagi spektakl ancha professionalroq qoʻyilgan edi. Ishonarliroq.
🔥16👏3👍1😱1
"Bu shunaqangi kechirilmas ahmoqlikki, albatta siyosiy oqibatlari boʻlishi shart.
Killerlik soxta boʻladimi, rostmi bu dahshatli “institut” ishlab ketsa, toʻxtatish qiyin. Shu yetmay turuvdi…"

Jamshid Muslimov

Qoʻshilmaslikning iloji yoʻq.
🔥12👍8
"Feyklar haqida"

Yangi saylangan parlamentga bitta taklifim bor: birinchi yigʻilishda "feyklar haqida" qonun qabul qilish. Unga koʻra, har qanday voqea-hodisa haqida davlat organidan oldin gapirish va / yoki davlat organi pozitsiyasiga zid fikr bildirish "feyk tarqatish" deb malakalansin va javobgarlikka sabab boʻlsin. Shunda hammasi iziga tushib ketadi. Har safar biron bir voqea ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotganda alohida ogohlantirish bilan chiqishga hojat qolmaydi.
👍8👎2🔥2🤯2
Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales bugun o‘z mashinasida ketayotganida o‘qqa tutilganini aytdi. Mashinasi ichida olingan videoda u yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgani va old oynadagi kamida uch o‘q izlari aks etgan. Haydovchi jarohat olgan ko‘rinadi. Morales hukumatni aybladi, hukumat darhol rad etdi. Hujumdan ko‘p o‘tmay (hammani uzoq kuttirmay) radioga bergan intervyusida u yo‘lda ikki mashina ularning yo‘lini to‘sib, o‘t ochgani va bir o‘q uning boshidan bir necha santimetr masofada vizillab o‘tganini aytdi.

Boliviya hozirda kamayib borayotgan gaz ishlab chiqarish, tugab qolayotgan valyuta zahiralari va o‘sayotgan inflyatsiyadan jabr chekmoqda.

Jurnalist Ibrat Safo
👍9
Sahna xabarlaridan taʼlim xabarlariga oʻtamiz. Oʻqituvchilar yozmoqda:

Bizda bugun markazlashgan ChSB jarayonlari ekan, dars bo‘masakan, o‘quvchilarni 100% ta’minlab berarkanmiz. Bo‘lmasa ota-onasini chaqir, tushuntirish xati yozdir, 3 dan ortiq baho qo‘ymaysan degan joylari borakan. Spravkali kasallarniyam chaqirdik. Endi o‘zimizga o‘zimiz sabr tilayapmiz😢
😱9👍2🤯2😢2
Dastlabki natijalarga koʻra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida OʻzLiDeP yagona saylov okrugi boʻyicha 26 oʻrinni egallagan.

Bir savol: bu degani - partiya roʻyxatida 3-raqamli nomzod, amaldagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ham Oliy Majlisga oʻtganini bildiradimi?
👍9🔥4
Davletovuz kanali yozmoqda:

Saylov kodeksiga ko‘ra, partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.

Ilgariroq Uzdiplomat nashri bir qancha vazirlar, jumladan, O'zLiDeP ro'yxatida 3-raqamli nomzod, amaldagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ham, agar deputatlikka saylansa vazir lavozimidan voz kechishi haqida ariza yozganini xabar qilgan edi.

Shi o'rinda yuqoridagiga qo'shimcha yana bir savol tug'iladi: amaldor o'z lavozimidan voz kechish niyati bo'lmasa, partiya ro'yxatiga nega nomzodini qo'yadi? Ro'yxatni to'ldirish uchunmi? Ro'yxatdan pastroqdagilarga "parovoz" bo'lish uchunmi? Yoki boshqa sabab bormi? Partiyaga ovoz bergan saylovchi aynan shu nomzod ro'yxatda borligi uchun ovoz bergan bo'lsa-chi?
👍12🔥5
Saylovchilarda chinakam tanlov yo'q edi: YXHT Xalqaro Kuzatish missiyasining parlament saylovlari bo'yicha dastlabki xulosalari

YXHT Kuzatish missiyasi o'zining dastlabki xulosalarini e'lon qildi. Ularga ko'ra:

- Siyosiy muhit erkinlikni cheklaydigan darajada qolgan holda, saylovchilarga chinakam tanlash imkoniyatini bermadi.

- Uyushmalar va tinch yigʻilishlar erkinligi hamda soʻz erkinligi borasidagi asosiy huquqlar qonun hujjatlarida ham, amaliyotda ham nomutanosib ravishda cheklanganligicha qolmoqda.

- Roʻyxatga olingan beshta siyosiy partiyaning barchasi qonun asosida erkin va teng sharoitlarda saylovoldi kampaniyalarini olib borishga muvaffaq boʻldi, biroq ularning saylovoldi kampaniyalari vazmin ruhda boʻlib, hukmron partiya yoki bir-birining siyosatiga jiddiy eʼtirozlar bildirmadi.

- Saylov kuni tinch va tartibli o‘tdi, biroq ko‘plab qonunbuzarliklar, xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish holatlari, protsessual va texnik nosozliklar jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

- Umuman olganda, saylov qonunchiligi xalqaro standartlarga va YXHTning demokratik saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlariga to‘liq mos kelmaydi.
👏17👍2😢2
"Oʻsha-oʻsha tuxumlar, faqat yondan koʻrinishi"

Yuqoridagi - kecha boʻlib oʻtgan parlament saylovlari haqida YXHT missiyasining xulosalari edi. Endi shaxsiy kuzatuvlar.

Men chiqqan saylov uchastkasida tashkiliy jihatdan hamma narsa risoladagidek taassurot qoldiradi: shaxsni tasdiqlovchi hujjat soʻrashdi, soʻng roʻyxatga qoʻl qoʻydirib byulletenlar berishdi. Kabinaga oʻtib byulletenlarni toʻldirasiz, keyin urnaga tashlaysiz. Goʻyo hamma narsa risoladagidek, biroq .... butun jarayon davomida gʻalati his sizni tark etmaydi.

Gʻalatiligi shundaki, hamma byulletenlarda beshtadan familiya bor (notanish hammasi), beshta partiyaning logotipi bor, lekin real tanlov yoʻq. Shartli "oʻngchi" oʻtdi nima-yu, soʻlchi oʻtdi nima? Yoki milliychi oʻtdi nima, yashili oʻtdi nima? Axir ularning hammasi bir xil-ku, Inkubatordan chiqqan tuxumlardek. Qiyofasiz, "tish"siz, zabonsiz. Ortiqcha savollar bermaydigan. "Past"dagilarni qiynayotgan ortiqcha muammolar bilan oʻzlarini qiynamaydigan. "Tepa" nima desa, shuni tasdiqlab beradigan. Axir bekorga koʻpchilik oʻt-oʻlanlar va gullar orasiga suqilgan portretlarni qabr ustiga qoʻyiladigan yodgorliklarga oʻxshatdimi. Sukunat kuni oʻtdi, qabristondagidek sukunatning besh yili boshlanmoqda ....
👏15👍10
Saylov natijalari boʻyicha rasmiy eʼlon qilingan raqamlarda menda savol tugʻdiradigan ikki jihat bor:

1. Saylovdagi davomat

Qariyb 75% aholi saylovda ishtirok etdi deb eʼlon qilindi. Men uchastkaga chiqqan payt vaqt peshin edi, lekin odamlar juda siyrak, roʻyxatlarda qoʻl qoʻyganlar juda kam edi. Men taniydiganlarning koʻpchiligi chiqmadik deyishdi. Shaxsan men aholining siyosiy faolligini kuzatganim yoʻq. 75% qayerdan keldi?

2. Oʻrinlar taqsimoti

Rasmiy eʼlon qilingan raqamlarda bironta ham "buzilgan" (hisobga olinmaydigan) byulleten haqida xabar berilmadi, 150 oʻrinning hammasi taqsimlandi. Menga oʻxshab hamma nomzodlarga qarshi ovoz berganlar (demakki ovozi hisobga olinmaydiganlar) butun respublika boʻylab bironta ham chiqmaganmi?

Ha, yana bir narsa. Kecha Bosh prokuratura koʻpchilik uchun saylovlardan koʻra qiziqroq tuyulayotgan bir jarayonni muhokama qilmaslik haqida ogohlantirish bilan chiqdi. Har ehtimolga qarshi soʻrab qoʻyay: rasmiy natijalarga shubha bilan qarash yoki ular haqida savollar berish jinoyat qatoriga kiritilmadimi hali?
👍7
Ha, uzr, yana bir savol. Aslida bu savolga javob boʻlsa yuqoridagi savollarga hojat qolmasdi.

Uchastkalar, okruglar haqida maʼlumotlar bormi? Ular bilan qaysi ochiq manbada tanishsa boʻladi? Uchastkalardagi davomat (va uning kun davomidagi dinamikasi), uchastkalardagi ovozlar taqsimoti (va ularning kun davomidagi dinamikasi) singari maʼlumotlarni nega ochiq eʼlon qilish mumkin emas? Axir bunday maʼlumotlar MSKda bor boʻlsa kerak?

Va nega bizda ekzit-pollarga ruxsat yoʻq? Yoki ekzit-pollar va rasmiy raqamlarni solishtirish imkoni boʻlsa qandaydir qoʻrqinchli kartina chiqib keladimi?
🔥9
Сайлов куни давомида ХСКМ кузатувчилари овоз беришда қатнашган сайловчилар сони ва расман эълон қилинган сайловчиларнинг дастлабки маълумотлари ўртасидаги тафовутни қайд этдилар.

Умуман олганда, овозларни санаш жараёни ЙХҲТнинг 1990-йилги Копенгаген ҳужжати 7.4-бандига мувофиқ, сайлов бюллетенлари тўғри саналганлиги юзасидан жиддий хавотир уйғотди.

YXHT kuzatuv missiyasining dastlabki natijalari ham kecha koʻtarilgan savollarda jon borligini tasdiqlaydi.
👍7🔥1