Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.45K photos
17 videos
22 files
2.28K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Olimlarning gapi chikora, bizning "oʻzimizga xos oʻzimizga mos" yoʻlimiz borligiga yana bir misol

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Toshkentda boʻlib oʻtayotgan xalqaro forum doirasida Britaniya Kengashi ingliz tili dasturi rahbari Maykl Konolli maʼruzasini tashkil qildi.

Konollining fikricha, til oʻrganuvchilar tilni oʻzlari ham oʻrgangan (yaʼni bu jarayonning "baland-pastini" biladigan) oʻqituvchilardan yaxshiroq oʻrganishadi. Va yaxshi xorijiy til oʻqituvchisi degani - "til egasi" ("native speaker") degani emas.

"Maktablarga til egalarini olib kelamiz" degan "ura ura"lar boshlanganda "til egasi yaxshiroq oʻqitadi" degan qarash ilmiy isbotini topmagan "afsona", balki "kargo kult"ning bir turi ekanligi haqida yozgandim. Yoʻq, vazirlik baribir shundoq ham byudjet ilma-teshik boʻlib yotgan va oʻzimizning oʻqituvchilar oyligi haminqadar boʻlib yotgan bir sharoitda "til egalari"ni jalb qildi, ular "samara berayotgani" haqida "tepa"ga hisobotlar ketdi. "Tepa"da ham "ular samara berayotgani"ning ilmiy asosini, dalilini soʻraguvchi topilmadi. "Toʻxtanglar, shu falon pul va imtiyozlarni oʻzimizning oʻqituvchilarga yoʻnaltirsak ular ham samara koʻrsatmaydimi?" deydigan ham topilmadi.

Xullas, oʻsha savol. Baribir oʻz bilganimizdan qolmaydigan boʻlsak, bunday forumlar-u kazo olimlarning maʼruzalaridan nima naf?
👍22🔥5👏2👎1
"Oliy ta'lim bozori hali universitetlar sifatga e'tibor qaratadigan darajada yetarlicha to'yingani yo'q", deydi Markaziy Osiyo universitetlari forumida "Yangi O'zbekiston" universitetining birinchi prorektori Bahodir Ahmedov.

Oldinroq Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri "O‘zbekistonda xususiy oliygohlar yetarlicha" vaji bilan vazirlik xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini maʼlum qilgan edi.
🤯5👍3
"Hukumatga ishonch darajasi past bo'lgan, korrupsiya darajasi yuqori bo'lgan va jamiyatning qutblashish darajasi yuqori bo'lgan davlatlar Rossiya propagandasi yoki boshqa propaganda uchun juda yaxshi".

"Rossiya "quyon ini" effektini juda yaxshi ishlatadi, o'z propagandasini fitna nazariyasi bilan birlashtiradi".

"Новая газета Европа"da Rossiya propagandasi qanday ishlashi va nima uchun samarali ekanligi haqida yaxshi maqola (rus tilida). O'qib ko'rishni tavsiya qilaman.
🔥8👎1👏1
Ijtimoiy tarmoqlardagi mana bu postga qiziq izoh qoldirilibdi:

Ta’limda ham boshqa sohalardagi kabi “mutlaqo yangi tizim” yaratiladi 😵‍💫
🤬13😢7👍3🤯1
"Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maqsadi nima?" degan savolga aniq javob berilishi kerak

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yana bir nodavlat OTM litsenziyasining bekor qilingani haqida xabar berdi. Huquqshunos va "Profi Universitet" nodavlat OTM ta'sischisi Bektosh Hatamov o'zining telegram kanalida vazirlik tomonidan qonun buzilishiga yo'l qo'yilganiga - birinchi instansiya sudi qarori hali kuchga kirmasdan turib vazirlik e'lon berganiga e'tibor qaratdi va "vazirlining maqsadi nima?" degan haqli savol qo'ydi. Oldinroq jurnalist Ilyos Safarov "vazirlik endilikda litsenziyasi bor universitetlarni ham to'la yo'qotishga kirishgandek taassurot uyg'onmoqda", deb yozgan edi. Ilyos Safarovning postida "Vazirlikning sudlarda yutqazgan holatda qayta-qayta appelyatsiya berayotgani ham g'alati. Bu sizga OTVning xususiy universitetlarni yopishdan manfaatdorligini anglatmayaptimi?" degan savol ham qo'yilgan edi. Bektosh Hatamov esa o'z postida "Davlat oliygohiga bormagan abiturient xususiyga ketmoqda, o‘rtada raqobat paydo bo‘lmoqda. Buni ko‘rgan vazirlik xususiylarni yopishimiz kerak degan xulosaga kelib qolmadimikan?" deb, shunday manfaatdorlik bo'lishi mumkinligiga ishora qilgan. Bundan oldinroq Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'zi uning "O‘zbekistonda xususiy oliygohlar yetarlicha" degan subyektiv xulosasi bilan u boshqaradigan vazirlik xususiy universitetlarga litsenziya berishni to‘xtatganini, ya'ni qonunni buzayotganini ma'lum qilgan edi.

O'zi aslida davlat OTMlarini boshqaradigan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o'zi boshqaradigan davlat OTMlariga raqobatchi bo'lgan nodavlat OTMlariga litsenziya berish va bu litsenziyani bekor qilish uchun sudga murojaat qilish vakolatiga ega bo'lishi sogʻlom mantiqqa ham, qonunga ham zidligi haqida qayta-qayta yozgan edim. Xususan, bu "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib- taomillari toʻgʻrisida"gi qonunning 19-moddasiga zid. Lekin keyinroq bu mantiqsizlik "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga kiritilgan o'zgarishlar bilan mustahkamlandi - qonunning 57-moddasida nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish vakolatlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berildi. Shu bilan birga, xuddi shu qonunda, nazarimda, qarama-qarshilik (bir-birini inkor qiluvchi normalar) bor: 57-moddada "nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi", deyilgan, yuqoriroqda yozganimdek, vazirlikning bu vakolatlarga ega bo'lishi "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib- taomillari toʻgʻrisida"gi qonunning 19-moddasiga zid.

Va eng qizig'i, vazirlik shu paytgacha litsenziyasi bekor qilingan nodavlat OTMlar qaysi qonunlarni buzgan edi, bu qonun buzilishi holatlari (agar haqiqatda yo'l qo'yilgan bo'lsa) litsenziyani bekor qiladigan darajada qo'pol xatolar edimi yoki bu OTMlarga kamchiliklarni bartaraf qilishga yordam berish mumkin edimi, degan savollarga javob bergani yo'q. Faqat “Digital university” stipendiya va yotoqxona bilan taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyilmagani xabar qilindi. (O'zi nodavlat OTM stipensiya bilan ta'minlashga majburmi, majbur bo'lsa, bu tizimni yo'lga qo'yish uchun universitetga vaqt va yordam berish mumkin emasmidi, degan savollar tug'iladi shu yerda).

(davomi quyida)
👍5🔥1
(davomi)

Kuni kecha "Yangi O'zbekiston" universitetida bo'lib o'tgan xalqaro forumda "Yangi O'zbekiston" universitetining birinchi prorektori Bahodir Ahmedov "Oliy ta'lim bozori hali universitetlar sifatga e'tibor qaratadigan darajada yetarlicha to'yingani yo'q", degan fikr bildirdi (va shaxsan men bu fikrga qo'shilaman). Jahon Banki vakili Rita Almeydaga ko'ra esa, Mrkaziy Osiyoda aholining va xususan yoshlar sonining o'sishi bilan oliy ta'lim qamrovi asosiy muammolardan biri bo'lib qoladi. Demak, bu sharoitda nodavlat OTMlarning "boshini chopish" va shu orqali nodavlat OTM ochmoqchi bo'lib yurganlarga mablag'larini boshqa sohaga tikkani ma'qul, degan signal berish emas, endi qadamlar qo'yayotgan nodavlat oliy ta'lim bozoriga oyoqqa turib olish va kamchiliklarini bartataf etishga yordam berish yaxshiroq yechimdir. Lekin, hozirgi sharoitda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bunday qilmaydi, chunki u davlat OTMlariga raqobatchilar kamayishidan manfaatdor. Demak, agar biz yana o'sha "eski O'zbekiston"dagi holatga - abituriyentda tanlov imkoni yo'q va oqibatda OTMga kirishdan bitirishgacha korrupsiya urchib yotgan holatga qaytishni xohlamasak, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining litsenziya bilan bog'liq vakolatlari bekor qilinishi, sohada mustaqil, shaffof va xolis regulyator bo'lishi kerak.
👍6🔥1🤬1
Xabarlarga ko'ra, davlat rahbari 2025-yilgi byudjet parametrlarini muhokama qildi. Unda raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida xarajatlarni optimallashtirish va daromadni oshirish muhimligi aytildi. Oldinroq 2025-yil byudjetida ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilayotgan mablag‘larni 20 foizga ko‘paytirish nazarda tutilayotgani aytilgan edi.

Shu o'rinda bir savol. Ta'lim sohasida ham nafaqat ajratilayotgan mablag'larni oshirish, balki xarajatlarni optimallashtirish va davlat byudjetidan (ya'ni, soliq to'lovchilar pulidan) ajratilayotgan mablag'larni to'g'ri yo'naltirish muhim emasmi? Bu esa sun'iy ochilgan, aslida ko'zga ko'rinadigan qo'shimcha qiymat yoki ijtimoiy ne'mat yaratmayotgan idora va tashkilotlardan voz kechish vaqti kelganligini ham anglatmaydimi?

Masalan, o'z asosiy missiyasini o'tgan o'quv yilida bajarib bo'lgan (bu missiya nimadan iborat bo'lganini - markaz aslida nima uchun ochilganini ta'lim sohasiga bevosita va bilvosita aloqadorlar anglab bo'ldi, nazarimda) (va fikri ojizimcha, bu missiyasi bilan ta'limning sifati va mazmuniga qaqshatqich zarba bergan), qiladigan ishi asosan har xil tashkilotlar bilan memorandumlar imzolash va seminarlar-u konferensiyalar o'tkazish bo'lib qolgan, saytida ham tayinli ma'lumotlar joylanmagan (masalan, o'zi tasdiqlab bergan darsliklarni saytidan topish imkoni yo'q - tegishli sahifa bo'm-bo'sh turibdi) Ta'limni rivojlantirish markazidan ham voz kechish vaqti kelmadimi?

Darvoqe. Markaz o'tgan yili tasdiqlab bergan darsliklarning ayrimlarini bor-yo'g'i bir yildan keyin "qayta ishlangan" nashr sifatida qaytadan chop qilish xarajatlarini kim to'lagan, degan savolga ham javob berilmadi.
🔥12👍1
Kobul Doʻsovning yozishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev boshqa ishga oʻtishi munosabati munosabati bilan ishdan ketgan. Vazirlikka kelishidan oldin Usmon Sharifxoʻjayev Prezidenti Administratsiyasida va Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasida ishlagan edi.

Bundan oldin ham Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini bir qancha yaxshi kadrlar tark etgan edi. Buning sabablari haqida bir qancha taxminlarim bor. Lekin ta'limday katta va mas'uliyatni tizimdan yaxshi kadrlar ketishi juda yomon - ta'limning kuni ko'proq "kinnachilar" va "ura-ura"chilarga qolishi xavfi kuchayyapti.
👍32🤯2
Qiziq maʼlumot.

Ma’lumot uchun, iyul oyida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbarlarining ochiq muloqotida tadbirkor, IDU xalqaro raqamli universitet asoschisi Ibrohim Hurramov taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi taklifi bilan chiqqan edi.
🔥3🤯2👍1
"Bugun O‘zbekistonda xususiy va davlat maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bor. Tan olish kerakki, ta’lim maktab turlariga ko‘ra farq qiladi. Bolalar bilimi va shuningdek, oilasi ijtimoiy holatidan kelib chiqib, maktabni tanlashi mumkin. Lekin ikkinchi tomonda bu tendensiyaning kuchayishi tabaqalanishni keltirib chiqarmaydimi? Vazir o‘rinbosari Sardor Rajabovga ko‘ra, bu tabaqalanish emas. Chunki prezident va ixtisoslashgan maktablari uchun pul to‘lanmaydi".

"Bunday kam sonli maktablardan iborat tarmoqni moliyalashtirish uchun oddiy maktablarga qaraganda ancha koʻproq pul ajratiladi. Bu tengsizlik ... bunday maktablarning innovatsion laboratoriyalar sifatidagi validligini cheklaydi, chunki bunday maktablardagi sharoitlar boshqa maktablardan katta farq qiladi.

... Bunday maktablar oʻquvchilarni bevosita oilasining daromadiga koʻra tabaqalashtirmasa-da, iqtisodiy jihatdan nochor oilalarda bunday maktablar uchun tayyorlaydigan qoʻshimcha darslarga qatnash imkoniyatlari juda kam boʻlishi mumkin. Bunday maktablarga kirishda topshiriladigan fanlardan qoʻshimcha darslarning yillik xarajati nisbatan baland. Iqtidorli oʻquvchilarni oʻqitishga bunday yondashuv ... xavotirlarni uygʻotadi va kerakli natijalar bermayapti".
IHHT (OECD) hisobotidan

Tan oling, yuqoridagi hisobotdan parchani oʻqiyotganda Oʻzbekistondagi Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni tasavvur qildingizmi? Aslida bu Qozogʻistondagi Nazarboyev maktablari haqida edi, lekin, koʻrib turganingizdek, vaziyat Oʻzbekistondagidan katta farq qilmaydi. Mohiyatan, Oʻzbekistondagi Prezident maktablari Qozogʻistondagi Nazarboyev maktablaridan andaza olgan holda tashkil etilgan.

Vazir oʻrinbosari tengsizlikni faqat maktab uchun pul toʻlash yoki toʻlamaslikda koʻradigan boʻlsa, unga bu mavzudagi xalqaro tadqiqotlar, PISA natijalari tahlili va Shlyayxerning kitobi bilan tanishishni tavsiya qilaman. Darvoqe, Shlyayxerning kitobini agentlikning oʻzi oʻzbek tilida chop etgan.
👍11🔥3👏3👎2
Oldingi postga qo'shimcha.

Izohlarga qaraganda, ayrimlar bu postni xususiy maktablarga qarshi, deb qabul qilishibdi. To'g'ri, xususiy maktablar ham ma'lum ma'noda tengsizlikni kuchaytirishga yordam beradi - puling bo'lsa, yaxshi sharoitda o'qiysan va imkoniyatlaring ko'proq bo'ladi. Lekin post xususiy maktablar haqida emas edi, chunki xususiy maktabga tadbirkor pul tikadi, sharoit yaratadi, o'qituvchilar oyligini to'laydi, ayrimlari xorijdan o'quv dasturlari sotib oladi va hokazo, demak, u bu pulni qaytarib olishi kerak. Bu - biznes. Post davlatning o'zi tengsizlik yaratishi (yoki uni kuchaytirishi) haqida edi.

Gazeta.uz UNICEFning "O'zbekistondagi bolalar va o'smirlar vaziyatining tahlili"dan ayrim xulosalarni e'lon qildi. Tahlilga ko'ra:

- Ta’lim sifati, ayniqsa, tayanch ko‘nikma va malaka nuqtai nazaridan hamon xavotir uyg‘otadi. Bu 2022-yilda o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini xalqaro baholash dasturi (PISA) tahlili bo‘yicha O‘zbekistonning reytingi o‘rtachadan past ekanligini ko‘rsatadi. Maktablarning hozirgi soni va taqsimlanishi bilan talabalar har kuni ikki yoki uch smenada o‘qiydilar. Natijada o‘quvchilarning o‘qish vaqti qisqaradi, bu esa ta’lim sifatiga ta’sir qiladi.

- Maktablarning 57 foizi faqat cheklangan sanitariya-gigiyena xizmatlariga ega, yana 23 foizida esa bu xizmatlar deyarli yo‘q. Maktablarda suv ta’minoti, sanitariya sharoitlari va gigiyena bilan bog‘liq vaziyat o‘quvchilarning salomatligi va davomatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. (Maktab hojatxonalari masalasini Kun.uz ham ko'targan, hojatxonalarning ta'lim sifatiga ta'siri haqida ekspertlar fikrlarini e'lon qilgan edi).

Bir tarafda "iqtidorli" deb hisoblangan bolalar uchun hamma sharoitlar muhayyo, bolalar bir smenada o'qiydigan, sinfdagi o'quvchilar soni kam Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablari. Ikkinchi tarafda normal sanitariya-gigiyena sharoitlari yo'q, ikki yoki uch smenada ishlashga majbur maktablar. Birinchi guruhdagi maktablarga kirish uchun katta konkurs, bu konkursdan o'tish uchun ota-ona pul sarflashi kerak (qo'shimcha darslar). Demak, bunday maktablar avval-boshdan mavjud bo'lgan tengsizlikni yanada kuchaytiradi. Qolaversa, bunday maktablar kuchliroq o'qituvchilarni ham o'ziga jalb qiladi, bu esa "oddiy" maktablardagi ta'lim sifatiga yanada salbiy ta'sir qiladi.

Xalqaro tadqiqotlar va tahlillar o'quvchilarni "iqtidorli" va "iqtidorsiz"ga ajratmasdan, sifatli ta'lim olish uchun barchaga teng sharoit yaratib beradigan tizimlarda umumiy ta'lim sifati yuqori ekanligini ko'rsatadi. Davlatning majburiyati bo'lgan umumiy o'rta ta'limning vazifasi - tengsizlik yaratish yoki uni kuchaytirish, "iqtidorsiz" deb ko'rilgan ko'plarni sharoitdan qisib, "iqtidorli" deb ko'rilgan kamchilikka hamma sharoitni muayyo qilish va bu bilan maqtanish emas, balki hamma uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali startdagi imkoniyatlarni tenglashtirish. Shundagina davlat barqaror bo'ladi. Buni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati tushunishi kerak.
👍13🔥4👏1
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Agar 4 nutqiy koʻnikma boʻyicha oʻzbek tilidagi darajangizni aniqlab beradigan test (oʻzbekcha IELTS desa boʻladi) yaratsak, 200–250 ming toʻlov evaziga oʻzingizni sinab koʻrar edingizmi? Boshlanishiga Toshkentda.
Anonymous Poll
41%
Ha
12%
Yoʻq
14%
Sal qimmat
21%
100–150 boʻlsa mayli
13%
Keragi yoʻq narsa
👍4
Forwarded from 1000KITOB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tilimiz rivoji uchun har kuni harakat qilish har birimiz uchun burchdir. Bayram muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
🔥4
Yana qonun farmonga (qonun osti hujjatiga) moslashtiriladimi?

“Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni [PF-158-son] qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi. Sodda qilib aytganda, kasb-hunar maktablari va kollejlar bo'lmaydi, faqat texnikumlar bo'ladi. Bu haqda oldinroq taqdimot qilingan edi.

Shu o'rinda yana yuridik kolliziya yuzaga keladi. Amaldagi ta'lim to'g'risidagi qonunning 10-moddasida professional ta'lim tizimi boshlang‘ich professional ta’lim - kasb-hunar maktablari, o‘rta professional ta’lim - kollejlar va o‘rta maxsus professional ta’lim - texnikumlarni o'z ichiga olishi belgilangan. Demak, bugun e'lon qilingan farmon qonunning mazkur moddasini inkor qilmoqdami?

"Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunga muvofiq, Prezident qaror va farmonlari qonunosti hujjatlari bo'lib, o‘ziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga - qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Yoki yana qonun imi-jimida qonunosti hujjatiga moslashtiriladimi?

Bundan oldinroq "ma'muriy islohotlar" deya nom berilgan jarayon paytida qonun bilan ta'lim sifatini nazorat qilish va nodavlat ta'lim tashkilotlarini litsenziyalashga mas'ul Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi yopilgan (ya'ni o'shanda ham qonunosti hujjati qonunni inkor qilgan), qonun esa oradan ikki yilcha o'tib qonunosti hujjatiga moslab qo'yilgan edi. Parlament balki bu borada biror izoh berar?
👍4🔥1
Bakiroo qaror qabul qiluvchilarni o'yga toldirishi kerak bo'lgan ikki muhim jihatga e'tibor qaratmoqda:

- jon boshiga YAIM O'zbekistonga qaraganda 37%ga past bo'lgan Qirg'izistonda o'qituvchilar oyligi Oʻzbekistonga qaraganda balandroq;

- O'zbekistondan farqli ravishda, Qirg'iziston o'qituvchilarning o'rtacha maoshi mamlakatdagi o'rtacha maoshdan kam emas.

Boshqa sohalardagi o'rtacha maoshlar, inflyatsiya va boshqa faktorlarni hisobga olganda, O'zbekiston o'qituvchilari kambag'allashishda davom etmoqda. Vazirlik esa hech qanday tadqiqotlarsiz, hatto o'zi taklif qilgan xorijiy ekspertlarning fikrlariga qaramasdan xorijdan o'qituvchilarni taklif qilish va ularga peshonasida O'zbekistonda tug'ilish yozilgan o'qituvchilarning tushiga ham kirmaydigan maoshlar va imtiyozlar berishda davom etmoqda.

Hamda vazir 1% o'qituvchilar 10 mln olishi bilan maqtanishda davom etmoqda. Men, masalan, vazirning o'rnida xalqaro tadbirlarda bunday statistikani aytishdan uyalgan bo'lardim ...
🔥21😢12👍5👏2
“O‘sha vazir ham, uning xodimlari ham, hatto davlatning birorta shifoxonasi shifokorlari ham biror marta o‘g‘limning holidan xabar olmagan-ku. Qanday qilib ko‘mak berayotgan ekan? Hatto uyimning eshigi qaysi tomonga ochilishini bilmay turib, biz nogiron bo‘lib qolgan bolalarni davolayapmiz, ko‘mak beryapmiz deyishga uyalmadimi? O‘sha vazirdan so‘rang-chi, dorimas, birorta shprits berganmikan? Vazir bunday yolg‘on gapirib tursa, undan pastdagilardan nima kutaylik?”
👍8😢1
Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning Gazeta.uz ga intervyusidan:

"Lekin, umumiy aytganda, davlat ishlab chiqaruvchi bo‘lmasligi lozim — buni tushunish juda muhim".

"Lekin poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish, poyezdlarni boshqarishda raqobat muhitini yuzaga keltirish mumkin".

"Universitetlar o‘z sifatini yaxshilashiga rag‘bat bo‘lishi uchun ular o‘rtasida raqobat bo‘lishi kerak". (Nodavlat OTMlarni "chopayotgan", davlat OTMlarining oʻquv dasturlari inkubatordan chiqqandek bir xil boʻlishini talab qiladigan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga alohida salom).

Oʻsha savol: olimlar gapiga quloq solmaydigan, oʻz bilganimizgan qolmaydigan boʻlsak, falon pul sarflab tadbirlar oʻtkazishdan mantiq nima? Shunchaki PR?
👍15
Otdan oldin arava?

Xabarlarga
qaraganda, "Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish" bo'yicha "yo'l xaritalari tuzilmoqda va ishchi guruhlar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

Mantiqan olib qaraganda, bir narsani "takomillashtirish"dan oldin o'sha narsa ishlatib ko'riladi hamda uning baland-pasti, yutuq-kamchiliklari aniqlanadi. Chunki takomillashtirmoqchi bo'lgan narsangizning qaysi jihatlari yaxshi ishlayapti va ularga tegmaslik kerak, qaysi jihatlari yomon ishlayapti yoki ishlamayapti - "takomillashtirish"dan oldin siz bular haqida tasavvurga ega bo'lishingiz lozim.

Shu mantiqni o'quv dasturlariga (curriculum) tadbiq qiladigan bo'lsak, mavjud o'quv dasturlarini takomillashtirishdan oldin siz uni ishlatib ko'rgan, yutuq va kamchiliklari haqida ma'lumot yiqqan bo'lishingiz kerak. Buning uchun hech bo'lmaganda bir avlod uzluksiz shu dastur asosida tahsil olgan bo'lishi kerak. Buning uchun esa bizning kontekstda 11 yil kerak.

Bundan tashqari, o'quv dasturlarini qayta ko'rib chiqish, takomillashtirish yoki yangilarini joriy qilish ta'lim tizimi va (yoki) falsafasi tubdan o'zgarganda, jamiyat ehtiyojlari o'zgarganda yoki ilm-fandagi jiddiy o'zgarishlar oldingi o'quv dasturiga kiritilgan ta'lim mazmunining validligini shubha ostiga olganda amalga oshirilishi mumkin. Tabiiyki, ta'lim tizimida, jamiyatda yoki ilm-fanda bunday katta, fundamental o'zgarishlar har ikki-uch yilda amalga oshmaydi.

"Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish"ga kelsak, bu dastur hali to'liq va oxirigacha joriy qilingani ham, bir avlod bu dastur bo'yicha uzluksiz ta'lim olgani ham yo'q: 2021-yilda bu dastur va uning asosidagi darsliklar 1-2 sinflarga, 2022-yilda 3, 6, 7, 10-sinflarga joriy qilingan edi. Biroq, 2022-yil qabul qilingan Prezident farmonida 2024-yil 1-sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini ta'minlash topshirilgan bo'lsa-da, de-fakto Milliy o‘quv dasturidan voz kechish 2023-yilda boshlangan edi.

(Izoh: 2024-yil 4-oktyabrdagi maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligi haqidagi farmon bilan 2022-yilgi farmondan Milliy o‘quv dasturini 2024-yilgacha to'liq joriy qilish haqidagi band imi-jimida olib tashlangan, "maktabgacha ta'lim sifatini oshirish umumiy o'rta ta'limning bor-yo'g'i 2-3 yil oldin yaratilgan va joriy qilinishi boshlangan o'quv dasturidan voz kechishni taqozo qiladimi?" degan savolni berguvchi esa, tabiiyki, topilmagan).

Demak, 2023-yilda 1-4-sinflar uchun "Novda" xususiy nashriyoti darsliklari joriy qilindi (bu darsliklarga asos bo'lgan o'quv dasturlari haligacha ochiqlanmadi, lekin ular Milliy o‘quv dasturi asosida emasligi aniq) va ikki yildan beri boshlang'ich sinflar Milliy o‘quv dasturi asosida o'qimayapti. Qolaversa, bilishimcha, bu yil yaratilgan va "bir qo'lli qilingan" 5-sinf darsliklari ham Milliy o'quv dasturi asosida emas: masalan, matematika va tabiiy fanlar Singapurdan tarjima qilingan, adabiyot darsligining mundarijasi ham 2021-yilda yaratilgan Milliy o'quv dasturining mazmuniga mos kelmaydi.

Milliy o‘quv dasturini joriy qilish nihoyasiga yetmagan va aro yo'lda qolib ketgan, turli sinflar turlicha dasturlar asosida o'qiyotgan bir sharoitda vazirlik qo'lida bu dasturning yutuq va kamchiliklari, takomillashtirish kerak bo'lgan o'rinlari haqida ishonarli ma'lumotlar bor deyish qiyin. Qolaversa, darsliklar o'quv dasturlari asosida yaratiladi (teskarisi emas!), lekin o'quv dasturlarini takomillashtirishdan oldin darsliklar yaratilib bo'lingan. Shunda "Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish"dan maqsad o'quv dasturini o'sha hammamizga ma'lum xususiy nashtriyot tomonidan allaqachon yaratilgan (tarjima qilingan) va joriy qilin(ayot)gan darsliklarga moslashtirishmi, vazir va uning komandasi uchun "mana, dasturlarni yangiladik" degan "ochko" ishlash imkoniyatimi yoki buning tagida qandaydir boshqa sir-sinoatlar ham bormi?
🤯8👍6🔥1