Jalilov. Qaydlar
4.07K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.29K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Maktablarga yuklama yana kamida 300 mingga ortadi. Vazirlikning muammoni hal qilish bo‘yicha rejasi ma’lum emas".

Taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatlarini turli idoralarga taqsimlab bergan va oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklar borasidagi jiddiy muammolarga shu paytgacha munosabat bildirmagan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini taʼlimning oʻzi umuman qiziqtirish-qiziqtirmasligi maʼlum emas.
👍10🔥3
Она (независимость) ведь разная. Это не просто громкие слова про язык, культуру и пр. Независимость — она же в голове. Ты чувствуешь, что ты свободный человек. Ведь это же так важно и так ценно. Что ты сам выбираешь, кого любить, где жить, с кем и где работать. Понимаете, ведь это настолько важно. Это свобода. И мне кажется, что в этом есть путь к независимости. ... Есть примеры стран, которые чисто технологически, не имея полезных ископаемых, не имея энергетических ресурсов, стали странами высокого уровня в мире. Потому что они независимы. Они и деньги зарабатывают независимо ни от чего. Они прежде всего вкладываются в своих людей, в образование, в их свободу, в то, чтобы этим людям было комфортно жить и работать. Чтобы они уважали своё гражданство, свой паспорт, свой флаг. Мне кажется, вот эта идентичность, этот путь.

https://orda.kz/u-nas-samyj-neadekvatnyj-vrag-kotorogo-mozhno-bylo-predstavit-za-100-let-zelenskij-dal-intervju-glavredu-ordy-i-esche-pjati-zhurnalistam-iz-ca-386826/
🔥9👍3🤬1
Odatdagidek, oʻzimizda nima boʻlayotganini shimoldan har xil signallar orqali bilib olamiz. "Milliy kontent" ....

"Россия и Узбекистан обсуждают строительство АЭС в республике и открытие ряда совместных предприятий. Об этом говорится в официальных материалах, подготовленных к поездке Владимира Путина в Ташкент".

"У России, помимо таких проектов, как АЭС, металлургия, медь, хлопок, масса дополнительных возможностей для работы с Узбекистаном, потому что постсоветское пространство используется для обхода санкций. То есть кооперация, вполне возможно, может привести к тому, что какая-то часть производств из России может быть перенесена, например, на территорию Узбекистана, чтобы потом уже спокойно, без проблем экспортировать готовую продукцию за пределы постсоветского пространства, включая Европу и так далее".

https://www.bfm.ru/news/550978

Oʻzbekiston hududini sanksiyalarni aylanib oʻtish maqsadida ishlatish rejalari ham bemalol muhokama qilinmoqda....
🔥7🤬3👎2
O‘zbekistonliklar ko‘pdan beri maktab ta’limidan norozi. Teach for Uzbekistan loyihasi orqali endi ular ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyiha pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, tug‘ma o‘qituvchi bo‘lgan mutaxassislarni maktabda ishlashga tayyorlaydi. “Gazeta.uz” loyiha haqida ma’lumot beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/27/teach-for-uzbekistan/

Telegram | Instagram | YouTube
👍9
Yusufbek hojining oʻgʻli Otabekka aytgan gaplarini qayta oʻqidim.
Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми?

Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!
👍45🔥5🤬3
Muhrim Aʼzamxoʻjayev "Kelayotgan yaqin bir-ikki yilda Oʻzbekistonda ayrim maktablarning omadi kulib, oʻquvchilariga zoʻr professionallar dars beradi shekilli" deb turgan bir joyda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova "bir chelak sovuq suv quyib yubordi".

Toʻgʻri, vazirlik rasmiysi pisanda qilayotgan normativ hujjatlarda pedagogik qayta tayyorlov uchun kamida 576 soat oʻqish kerakligi belgilangan. Lekin shu hajm qayerdan kelib chiqqanligi ham qiziq-da. Nima uchun aynan 576 soat, masalan, 550 yoki 610 emas? Qolaversa, pedagoglar tayyorlaydigan OTMlarning oʻzida pedagogika, metodika shuncha soat oʻtiladimi? (Qiziqib oʻzimning bakalavr diplomim ilovasiga qaradim - pedagogika 68 soat, metodika 52 soat oʻtilgan ekan va 120 soat hajmida pedagogik amaliyot oʻtagan ekanmiz - shunda jami 240 soat boʻladi shekilli?) Yoki prezident qarori bilan (7-bandga qarang)
pedagogik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullari yoʻlga qoʻyilgan va bu modullarni bitirganlarga ham qayta tayyorlovdan oʻtmasdan dars berish huquqi berilgan. Bu pedagogik tayyorlarlik modullari ham 576 soat boʻlmasa kerak?

Aytmoqchi boʻlganim - bunday loyiha koʻp mamlakatlarda bor va oʻz samarasini bergan. Qolaversa, loyiha uchun davlatning mablagʻi ketmaydi va loyiha faqat fan oʻqituvchilari yetishmayotgan maktablar bilan hamkorlik qilishini aytmoqda (yaʼni hech kimning "nonini yarimta qilish" niyati yoʻq).

Shunday ekan, balki loyihani qoʻllab-quvvatlab, uning natijasi, taʼsirini ilmiy oʻrganib koʻrish kerakdir? Masalan, chet eldan falon pulga "til egalari" deyilayotgan (va aslida "til egalari" boʻlmaganlarni) olib kelgandan koʻra yaxshi oliygohni bitirgan, sohasini, tilni yaxshi biladigan va "men ham taʼlimga hissa qoʻshaman" deb turgan "oʻzuvuzani qorakoʻzlar"ni ishlatib koʻrarmiz? Nima dedingiz, Dilfuza opa?
👍16👎4🤬2👏1
Oldingi postga izohlarda "zootexnikaga yoki boshqa sohaga oʻqib yurganlar avval boshidan pedagogikani tanlashi kerak edi" deyilmoqda.

Qiziq iddao. Xuddi shu yuqoridagi postda nopedagogik OTMlarda pedagogik tayyorlarlik modullari yoʻlga qoʻyilishi va bu modullarni bitirganlar maktabda dars berish huquqiga ega boʻlishi belgilangan qarorga izoh qoldirgandim. "Taʼlimga mehri bor boʻlsa, boshidan zootexnika yoki boshqa sohani tanlamasin edi" demasdan, qarorga bunday normani kiritganlar va tasdiqlaganlar haqida ham men haqimda bildirgan fikrlarini bildira olarmikan post muallifi, a labbay?

Bitta sohada oʻqidimi - tamom, boshqa sohani oʻqib oʻrganolmasligi, ishlay olmasligi kerak, degan eskicha yondashuvdan voz kechish kerak. Hayot davomida oʻrganish (lifelong learning) - XXI asrning muhim koʻnikmalaridan biri. Inson hayoti davomida yangi sohalarni oʻrganishi, ixtisosligini oʻzgartirishi mumkin va bu normal holat.

"Teach for Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda oʻqitilishi aytilmoqda. Agar shunday boʻlsa, bu - juda yaxshi. TXVUda Post-Graduate Certificate va magistratura darajasidagi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan pedagogik taʼlim dasturlari bor. Universitet professor-oʻqituvchilari pedagogikadan nimani va qanday oʻqitishni yaxshi bilishadi. Masalan, maktabda mutaxassis yetmagani sababli, deylik, iqtisodiyotni geograf, informatikani fizik oʻtganidan koʻra pedagogikani oʻrgangan soha mutaxassisi dars bersa yomon natija boʻlmasa kerak?
👍8👏1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov Britaniyada taʼlim olayotgan Oʻzbekistonliklar bilan uchrashgani xabar berilmoqda.

Xabarni oʻqib, Oʻzbekistonning Britaniyadagi elchixonasida bir necha yil oldin boʻlgan shunga oʻxshagan uchrashuv esga tushdi. Oʻshanda ham rasmiylar Britaniyada tahsil olayotgan biz Oʻzbekistonliklarni yigʻib, islohotlar haqida, yangilanishlar, uchinchi Renessans haqida gapirishgan, "sizlarning bilim va tajribalaringiz bizga kerak", deyishgan edi. Lekin vaqt shuni koʻrsatdiki, balandparvoz gaplar va reallik oʻrtasida katta farq bor ekan. Davlat idoralariga sizning xorijda olgan bilimingiz, tajribangiz - kerak emas. Davlat idoralariga notoʻgʻri ishning notoʻgʻriligini ayta oladiganlar, oʻz fikriga ega boʻlganlar kerak emas. Davlat idoralariga aksar hollarda "labbay"chilar, "ijroni yopa oladigan"lar, balandparvoz hisobotlar va jimjimador hujjatlar yoza oladiganlar kerak. Sohani bilish - bilmaslik, tushunish - tushunmaslik - minginchi masala.

Agar hozir xorijda oʻqiyotgan, ilmiy ish qilayotgan boʻlsangiz va mana bunday tadbirlardan ilhomlangan boʻlsangiz, yuqoridagi yozganlarimni unutmang va qaror qabul qilishda hisobga oling.
🔥10👍7
Forwarded from bakiroo
Йўқ, йўқ ва яна йўқ!

Ўзбекистонда АЭС қурилмаслиги керак, ҳар бир соғлом ақл эгаси, Ўзбекистонни ватаним деган ҳар бир ўзбекистонлик бу қандай кулфатлар яратишини англаб, тушуниб, ҳис қилиб турипти.

АЭС бу сиёсий хатар. Давлат мустақиллигини сўроқ остида қолдиради.

АЭС бу иқтисодий хатар. АЭС бу ижтимоий хатар. АЭС бу экологик хатар.

Ёлғон гапириладиган маконда, ҳукумат халққа ҳисобдор бўлмаган юртда АЭС қурилмаслиги керак. Қайси ақл дунёни ядровий шантаж билан қўрқитаётганларга, ўзлари қурган иккита АЭСни босиб олганларга АЭС қурилишини ишониб топшириши мумкин?

Бугун бор, эртага йўқ қанақадир Султоновлар, қанақадир Мирзамаҳмудовлар, қанақадир Аҳмедходжаевлар АЭС қуриб тажриба ўтказишмоқчи бўлишса, марҳамат, бунинг учун Ўзбекистондан бошқа макон танлашсин.

Мен рози эмасман, рози бўлмайман. Бизнинг Ўзбекистондан бошқа захира ватанимиз йўқ!
🔥38👏5👍3🤬3👎1
2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/28/aes/

Telegram | Instagram | YouTube
👎15🤬7👍4😢3
Sizlarning fikrlaringiz ham, takliflaringiz ham bir tiyin - men aqlliman va bilganimni qilaman

Vazirlik va davlat idoralarining "yangi" deb atalayotgan davrdagi asosiy shiori shu boʻlsa kerak. Oʻzi istagan normativ-huquqiy hujjatni hech qanday muhokamalarsiz qabul qilish, muhokamaga olib chiqqan taqdirda ham, muhokamalarda bildirilgan fikrlarga "tupurib", oʻz bilganidan qolmaslik - normaga aylanib boʻldi.

Maktabgacha va taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda tasdiqlagan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha tan olinadigan sertifikatlar roʻyxati haqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Vazirlik mutaxassislarning ham, pedagoglarning fikriga "tupurgan" - aniqrogʻi, fikrlarni inobatga olganday qilib koʻrsatib, oʻz bilganidan qolmaslik yoʻlini topgan.

Gap shundaki, xorijiy tillar oʻqituvchilariga ustama berish uchun asos boʻladigan sertifikatlar roʻyxatidan quruq til bilishini emas, aynan til oʻqitish metodikasini bilishni tasdiqlaydigan sertifikatlarni chiqarib tashlash taklif qilinayotgan edi. Kun.uz bu boʻyicha maqola eʼlon qilgan va bir necha soatdan keyin maqola saytdan olib tashlangan edi. Oʻsha maqolada ham, mana bu yerda va bu yerda ham taklif qilinayotgan oʻzgarish boʻyicha keskin fikrlar bildirilgan edi.

Bugun eʼlon qilingan va ikki vazirlik tasdiqlagan roʻyxatga diqqat bilan qarasangiz, qiziq narsalarni koʻrasiz.

Birinchidan. Pedagoglarga ustama belgilash uchun asos boʻladigan xorijiy tillar sertifikatlari roʻyxatidan butun dunyoda ingliz tilini oʻqitish metodikasini bilishining tasdigʻi sifatida tan olinadigan Cambridge CELTA va Cambridge DELTA sertifikatlari tushirib qoldirilgan (3-bobga qarang). Vazirlik oʻzining doimiy hamkori - Prezident maktablari kirish imtihonlarida "qovun tushirilganda" ham "turib berib", vazirlik huzuridagi agentlik huzuridagi markazni himoya qilib bergan tashkilotga nisbatan bunday munosabati sababiga hozircha izoh bermagan.

Ikkinchidan. TKT, TESOL singari pedagogika va metodikani bilishni tasdiqlaydigan sertifikatlar bitta jiddiy shart bilan qoldirilgan: bu sertifikatlar faqat tilni B2 darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikatlar bilan birga qabul qilinadi. Yaʼni, de-fakto, bunday sertifikatlar tan olinmaydi. (Bunday sertifikatni yonida boshqa sertifikati boʻlsagina qabul qilamiz, degani - amalda qabul qilmaymiz, degani).

Oʻzingiz oʻylab koʻring: arzimagan oylikka ishlayotgan oʻqituvchiga ham tilni bilishini tasdiqlovchi B2 sertifikati uchun, ham metodikani bilishini tasdiqlovchi sertifikat uchun xarajat qilish zaril ekanmi? Oʻqituvchi endi tinchgina til sertifikatini olib qoʻya qoladi - vazirlikka oʻqituvchining metodikasi qiziq boʻlmasa, quruq fanni bilishi qiziqtirsa, oʻqituvchi ham boshini ogʻritib nima qiladi?

Xullas, "islohotlar" davom etadi. Yanada koʻprogʻini kuting ...
👍12🔥1
Yuqoridagi postga vazirlik rasmiylari qoldirgan izohlarni va vazirlik qabul qilayotgan qarorlarni bir tizimga ulab, mantiq topishga harakat qilyapman, lekin mantiq topa olmayapman.

Birinchidan.

"Нима ўқитувчи дегани энди В2 даражадаям билмасинми?" Bu yildan boshlab chet tili oʻqituvchisini ishga qabul qilayotganda B2 sertifikati majburiy qilindi shekilli? Yaʼni, oʻqituvchini ishga qabul qilishdan oldin tilni kamida B2 darajada bilishi tekshirib olinyapti.

Bir narsa. Agar oʻqituvchi metodikani bilmasa, u tilni B2 darajada emas, C1 yoki C2 darajada bilishidan oʻquvchiga hech qanday naf yoʻq. Tilni B2 darajada biladigan oʻqituvchi ham, metodikani yaxshi bilsa, darsni oʻquvchi uchun foydali va qiziqarli tarzda tashkil qila oladi. Shunday ekan, ishga kirishda B2 talab (bu talab maktabda dars bera olish uchun yetarli) qoʻyilayotgan joyda oʻqituvchiga yana tilni (yaʼni oʻzi dars beradigan fanni bilgani uchun) ustama toʻlash - mantiqsizlik. Bu haqida oldin ham fikrimni bildirganman.

Ikkinchidan.

"Нега икки марта харажат қилади? Қилмасин, бир марта С1 олсин, олди қочди пулга сотиладиган сертификат олмасдан".

Yaʼni, tushunishimcha, vazirlik metodika boʻyicha sertifikatlarni - xususan, Cambridge beradigan sertifikatlarni ham - "oldi qochdi, pulga olinadigan sertifikatlar" deb hisoblaydi. Shuning uchun "ularga ishonmaymiz, til sertifikatlariga ishonamiz" demoqda.

Maʼzur tutgaysiz, shu oʻrinda qoʻshimcha savol tugʻiladi. Modomiki Kembrij "oldi qochdi pulga olinadigan sertifikatlar" beradigan tashkilot boʻlsa (eʼtibor bering: bu mening fikrim emas, vazirlik rasmiylari izohidan shunday xulosa kelib chiqadi!), unda nega Prezident maktablari kirish imtihonlarini bu tashkilotga ishonib topshiryapmiz, bu imtihonlar uchun soliq toʻlovchilar hisobidan xorijiy valyutada falon pul toʻlayapmiz? A, labbay?
👍9🔥2
BBC Oʻzbek xizmatining mana bu xabarini oʻqib, Oʻzbekiston SSR davlat madhiyasidagi birinchi satrlar esga tushdi. Putin haqida izoh yozganlar bilan shugʻullanish haqida buyruq berganlar va bu buyruqni bajarganlar oʻzlarini OʻzSSRda deb oʻylashaptimi, yoki vazirlik Rossiya Federatsiyasi yurisdiksiyasiga oʻtdi-yu, biz bilmay qoldikmi?

Men, masalan, Putinni xalqaro darajadagi jinoyatda gumonlanuvchi shaxs deb hisoblayman va bunday hisoblash uchun asosim bor. IIV bu postim uchun meni ham "suhbat"ga chaqiradimi?
👍7🤯2
Darvoqe. Rossiya Oʻzbekistonda nafaqat "kichik quvvatli", balki katta AES ham qurmoqchi.

Росатом не снимает вопрос о строительстве в Узбекистане атомной станции большой мощности. Об этом заявил генеральный директор госкорпорации Алексей Лихачев в эфире телеканала "Россия-1".

"Мы не снимаем вопрос с повестки дня и о [строительстве] большой станции, которая в целом будет 2,5 гигаватта", - сказал он.
🤯5🤬3👍2
"OAVni yanada erkin qilish borasida katta rejalarimiz bor!"

Jurnalist Anora Sodiqova yozganidek, so‘z erkinligini hukumat vakili rivojlantiraman va erkinlashtiraman, deyishi - yaxshilikdan darak emas. "Axborot siyosatiga mas'ul" davlat amaldori (o'zi bu lavozimning vazifalari nima? OAVlar kuratori? senzori? boshqa?) "OAVni yanada erkin qilish borasida katta rejalari bor"ligini e'lon qilishi - menda, negadir, o'zi shundoq ham so'z erkinligi abgor holatda bo'lgan O'zbekistonda mustaqil OAVlarning ertasi uchun katta xavotirlar uyg'otadi.
👏24👍7🔥1
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi o'zining "Kelajakka sarmoya: maktab ta'limi sifatining mamlakat taraqqiyotiga ta'siri" nomli hisobotini e'lon qildi. Unda ta'lim sohasidagi mavjud muammolar va maktab ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Hisobotda muhim masalalar ko'tarilgan, lekin tavsiyalar mantiqan tugallanmagandek (yoki "A"sini aytgandan keyin, "B"sini aytishga istihola qilingandek) taassurot qoldiradi.

Xususan, hisobot mualliflari mavjud muammolar qatorida o'quv materiallari sifatini ham keltirishgan. "Tarixiy yoki geografik ob’ektlarning noto‘g‘ri joylashuvi kabi darsliklardagi xatolar ta’lim samaradorligini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Masalan, 3-sinf o‘quvchilari uchun o‘qish savodxonligi darsligida Ichan-Qal’aning Buxoroda joylashgan deb ko‘rsatib o‘tilganligi o‘quvchilarni chalg‘itishi, o‘z mamlakati tarixi va geografiyasi haqidagi tushunchalarini buzishi mumkin", deyiladi hisobotda. Muammoning yechimi sifatida maktab darsliklari sifatini nazorat qilish standartlarini kuchaytirish tavsiya qilingan.

Yaxshi. Lekin hisobot mualliflari misol sifatida keltirgan xatolik - "Novda"ning bu yil shoshilinch ravishda joriy qilingan boshlang'ich sinf darsliklaridagi muammolar faqat texnik (orfografik, punktuatsion) va faktik xatoliklar bo'lsa, bir navi edi. Muammo chuqurroq - berilayotgan kontentning o'quvchi yoshiga mos emasligi, mavzular o'rtasida uzviylikning yo'qligi va eng muhimi - darsliklarning qaysi o'quv dasturi asosida yozilganligining mavhumligi. Ya'ni, o'quvchilarda bu darsliklar asosida tahsil olish natijasida qanday ko'nikmalar shakllantirilishi maqsad qilingan - haligacha noaniq. Vaholanki, o'quv materialining (darslikning) tasdiqlangan ta'limiy maqsadlarga (standartlar, o'quv dasturlariga) mos bo'lishi - ta'lim sifatini ta'minlashning muhim shartidir.

Markaz, shuningdek, darsliklarni tayyorlash va chop etishning barcha bosqichlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlash choralari ko‘rilishi lozimligini ta'kidlagan. Lekin "Novda" darsliklarini tasdiqlash va joriy qilishda Ta'limni rivojlantirish markazining ishtirokini hisobga olsak, ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvi haqida na shu paytgacha izoh berildi, na chora ko'rildi.

Eng muhimi - hisobotni PISAdagi natijalar bilan boshlagan markaz PISAda yuqori natijalarga erishgan davlatlarda darsliklar tanlovi borligi haqida indamagan. Darsliklar siyosati erkinroq, tanlov bor davlatlarning PISAdagi natijalari yuqoriroq ekanligining haqida ham, UNICEF tavsiyalari haqida ham indalmagan. Albatta, bular haqida gapirish - darsliklardagi xatolardan-da kattaroq ko'lamdagi muammolarni va bu muammoning sabab(chi)larini eslatishni ham taqozo qilardi.
👍11🔥3
"Davlat puli" degan tushuncha yoʻq, soliq toʻlovchilar puli bor. Va davlat soliq toʻlovchilar pulini ular oldidagi majburiyatlarini taʼminlash uchun sarflashi shart. Bu - soliq toʻlovchilar (xalq) va davlat oʻrtasidagi ijtimoiy kelishuvdir. Adliya vazirligi xodimi shu narsani tushunmasa, boshqalardan nimani kutish mumkin?
🤬14👍2🔥1
"Turizmni rivojlantirish" deymiz. Oʻzimiz uchun oʻzimiz toʻqigan miflarni yigʻishtirib, real oʻylasak, Oʻzbekiston - turistlar uchun jozibador mamlakat emas:

1. Tarixiy obidalarimizdan boshqa turistga koʻrsatadigan narsalarimiz yoʻq hisobi. Va turistlarni jalb qilishi mumkin boʻlgan tarixiy obidalarimiz joylashgan shaharlarda (Samarqand, Buxoro, masalan) hayot "oʻlik" - tarixiy obidalar koʻrishdan boshqa qiladigan ish yoʻq. Na madaniy hayot, na tungi hayot, na qoʻyniga tortadigan tabiat, na autentik anʼanalar (har xil "pompez" festivallar emas). Shunday ekan, turist kelsa ham uzoq turmaydi - bir kun Samarqand, bir kun Buxoro, bir kun Xiva. Nari borsa yana bir-ikki kun biron joyga borar. Boʻldi. Shu bilan ketadi va katta ehtimol bilan, qaytib kelmaydi. Turizmni bunday rivojlantirib boʻlmaydi - turist uzoqroq qolishni, qaytib kelishni istashi kerak.

2. Tarixiy obidalarimiz - masjid va madrasalarimiz ham deyarli bir xil uslubda. Bu uslubdan farq qiladigan tarixiy inshootlarni (masalan, islomdan oldingi, chor Rossiyasi yoki sovet davrlari arxitekturasini) oʻzimiz izchil yoʻq qildik va qilyapmiz. Oʻsha saqlanib qolgan yodgorliklarimiz atrofidagi autentik muhit (mahallalar va hokazo) allaqachon yoʻq qilingan - yodgorliklar oʻzi uchun sunʼiy muhitda "qaqqayib" turibdi (yaqqol misol - Shahrisabz: oʻzim bir marta borib, qaytib bormaydigan boʻlganman). Har xil "boqiy birbalo" deb atalmish sunʼiy butaforiyalar esa turistga qiziq emas.

3. Shaharlar oʻrtasida harakatlanish qiyin. "Afrosiyob" deganlariga hech qachon bilet yoʻq, shaharlararo parvozlarga ham bilet topish muammo (va bu parvozlar soni juda kam), "oddiy" poyezdlar bilan yoki koʻchadagi kirakashlar bilan bir shahardan ikkinchisiga borish esa qimmatli vaqt va asabni oʻldirish degani.

4. Maqtanadigan "ekoturizmbop" joylarimiz (masalan, Chorvoq taraflar) ham muammo: ishonchli transport qatnovi yoʻq, yoʻllardagi chuqurlar aviabombalar bilan muttasil bombardimon qilinish natijasiga oʻxshaydi, bir amallab yetib borgandan keyin esa dam olish naq besh yulduzli "all inclusive" kurortlardan ham qimmat. (Baraka topgurlar, "chet ellik" degani - albatta boy-badavlat degani emas, bizga boy-badavlati kelmaydi, kamxarji keladi, lekin bu narxlar va narxlarga nomutanosib sharoitlar bilan kelganiga pushaymon boʻladi).

5. Turistlarni bironta firma guruh-guruh qilib olib yurmasa, ular mustaqil harakatlana olmaydi. Tasavvur qiling: rus tilini bilmaydigan turist mustaqil ravishda Samarqanddan Buxoroga bormoqchi. Unga sharoit bormi? Yoʻq.

6. Turist uchun qulay sezonimiz qisqa: qishimiz ham, yozimiz ham har jihatdan anomal. Va anomal chinovniklarimiz yozni ham, qishni ham yanada anomal qilishga harakat qilishadi - yaqinda ularning saʼy-harakatlari bilan Oʻzbekiston yil-oʻn ikki oy anomal joyga aylanadi.

Umuman olganda, oldin "turist" uchun emas, "oʻzuvuzani qorakoʻzlar" Oʻzbekiston ichida ish bilan, dam olish uchun, oʻqish uchun harakatlanishiga normal sharoitlar yaratish kerak. "Inson qadri"ni har qadamda his qiladigan sharoitlar. Shundan keyingina turistlarni chorlash haqida oʻylasa ham boʻladi. Oddiy sharoitlar yoʻq joyda vizasiz rejimlar, har xil kengashlar, "koloritli" bozorlar - hammasi befoyda.
👍37🔥6👏2👎1