Jalilov. Qaydlar
4.12K subscribers
1.48K photos
17 videos
23 files
2.3K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Qiziq, OTMga kirishni ham "sovgʻa" qilib yuborsa boʻlar ekan-da? Bira toʻla bakalavr yoki magistr diplomini sovgʻa qilishmabdi-da?

Oliy taʼlim muassasasiga qabul qilishning oʻz qonun-qoidasi, tartibi borligini, bu tartibni buzgan holda abituriyentni OTMga qabul qilish noqonuniyligini hech kim tushunmasa ham, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tushunishi va boshqalarga ham tushuntirishi kerak emasmi? Respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga qasamyod qilgan, rioya etish burchi boʻlgan davlat xizmatchilari hatto eng yaxshi niyatlar bilan ham mavjud qonunlarni, tartib-qoidalarni buzmasliklari kerak emasmi?
🤬17👎2
"Menimcha, biz hozir [rektorlarni saylashga] tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Bilasizlar, bizning o‘zimizga yarasha mentalitetimiz bor. Qachonki jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin bunaqa ishlarni qilsak bo‘ladi". Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov.

Hey, baraka topgur, olim odamsiz, "mentalitet" nima oʻzi? Uning ilmiy taʼrifi nima? "Biz"ning "oʻzimizga yarasha" qanday mentalitetimiz borki, rektorlarni saylashga toʻsqinlik qilsin?

Oʻzbekiston xalqi hokimlarni saylashga, demokratiyaga, inson huquqlariga tayyor emas deydiganlarni eshitsam ensam qotadi. Prezidentni saylayapti-ku shu "tayyor boʻlmagan" xalq? Parlamentni saylayapti-ku shu"tayyor boʻlmagan" xalq?
Oʻtgan yili yangilangan Konstitutsiyani shu "tayyor boʻlmagan" xalq muhokamasiga olib chiqdinglar-ku?

Bir tarafdan, siyosatchilar xalqni "tayyor emas" desa, tushunsa boʻladi, siyosatchilar hokimlar saylanmasligi, hamma narsa "tepa"da hal boʻlishidan manfaatdordir balki - saylov payti "oʻtdimmi - oʻtmadimmi" deb jon hovuchlab oʻtirish, har bir qadami uchun xalq oldida hisobdor boʻlishdan koʻra shunisi tinchroqdir balki.

Lekin shu xalq ichidan chiqqan olim, ziyoli odam xalqni "tayyor emas" deb oʻtirsa ... Bilmadim, bilmadim.
👍15👏3🤯3
"Bugun nodavlat telekanallar vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘ldi. Unda so‘z erkinligi, milliy kontent va bolalar uchun sifatli media mahsulotlarni yaratish masalalarini muhokama qildik. Shu o‘rinda Prezidentimizning matbuot va so‘z erkinligi borasidagi pozitsiyalari juda qat’iyligi, ochiqlik siyosatisiz taraqqiyotga erishish qiyinligi yana bir bor ta’kidlandi".

Ommaviy axborot vositalari haqiqatda erkin mamlakatlarda axborot siyosatiga mas'ul davlat amaldori nodavlat (rasman mustaqil!) OAVlar vakillarini chaqirib, "sizlar erkinsizlar, biz ochiqlik siyosati tarafdorimiz" demaydi, zero ularga bunday deyishning o'zi mohiyatan ularning erkin emasligini eslatib qo'yish emasmi? Ommaviy axborot vositalari haqiqatda erkin mamlakatlarda davlat amaldori nodavlat OAVlar vakillarini chaqirib, ular bilan "milliy kontent va sifatli media" yaratish masalalarini muhokama qilmaydi, zero mustaqil OAVlar tahririyatlari qanday kontent yaratish masalasini o'zlari hal qilishlari kerak emasmi? Aslida-ku, ommaviy axborot vositalari haqiqatda erkin mamlakatlarda "axborot siyosatiga mas'ul amaldor"larning o'zi bo'lmaydi.

"Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi". Yangi O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasidan.

"Tahririyat o‘z kasb faoliyatida mustaqildir". O'zbekiston Respublikasi "Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi Qonuni"dan.
👍10🔥5
"Teach for Uzbekistan" nodavlat notijorat tashkiloti bir loyiha boshlagani haqida yozgandim: nopedagogik OTMlar bitiruvchilari bir necha bosqichli saralashdan va intensiv tayyorlarlikdan oʻtib, oʻqituvchilar yetishmovchiligi kuzatilayotgan maktablarga ikki yil davomida ishlashga yuboriladi. Ikki yil davomida loyiha ishtirokchilari metodik qoʻllab quvvatlanadi va oʻqituvchi ish haqi bilan birga loyiha tomonidan stipendiya bilan taʼminlanadi. Maqsad - eng yaxshi, bilimdon, qobiliyatli yoshlarni maktablarga jalb qilish. Bunday loyiha dunyoning koʻplab mamlakatlarida faoliyat olib boradi.

Bugun tashabbuskorlari, "Teach for Uzbekistan" NNT vakillari tashabbusi bilan yigʻilib, taʼlimdagi dolzarb muammolar, ularning yechimi, kelajak maktabi haqida fikr almashdik. Loyihaning qanday borayotgani haqida ham eshitdik. Hozirda saralash bosqichi ketmoqda. Tashkilot vakillarining aytishicha, xorijdagi vatandoshlar ham loyihaga qiziqish bildirib, Oʻzbekistonga qaytish va maktabda ishlashga qiziqish bildirishmoqda. Baʼzan kichik qadamlar bilan ham katta oʻzgarishlar qilish mumkin.
👍23🔥5👎4🤬2
Matbuot erkinligi indeksidagi qulashimizda aybdorlar ham topila qoldi.
🤯21🤬5👍2🤔2
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan. Izohga hojat yoʻq ...
🤯5
Lekin Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaga qoyil qolish kerak. Tayinlanganidan beri oʻtgan qariyb bir yarim yil davomida "ignor" rejimini yoqish, taʼlimdagi muammolar, xususan, darsliklar haqida, bu muammolarni qanday yechmoqchi ekanligi haqida, umuman, taʼlim tizimini qay tomonga boshlayotgani haqida bir ogʻiz ham gapirmaslik, biron-bir matbuot anjumani oʻtkazmaslik, "partizancha sukut" saqlash ham sanʼat boʻlsa kerak. Qoyil.
🤬30🔥7😢7👎3🤔1
O'zbekiston - taqiqlar mamlakati?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Vazirlikka ko'ra, bitiruvchilarga, xususan, guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borish taqiqlanadi.

Bitiruvchi uchun so'nggi qo'ng'iroq - muhim sana. Bunday muhim sanalar har kuni bo'lmaydi. Bunday kun quvonarli, esda qolarli bo'lishi kerak. Esimda, o'zim maktabni bitirgan yilim sinfdoshlarimiz va sinf rahbarimiz bilan birga istirohat bog'iga borganmiz, aylanganmiz, muzqaymoq yeganmiz, rasmlarga tushganmiz. U paytda taqiqlovchilar va taqiqlar kamroq edi shekilli.

Qiziq, vazirlik nima asosda o'quvchilarga (bitiruvchilarga) “so‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni xiyobonlar, istirohat bog‘lariga borishni taqiqlamoqda? O'quvchilar o'sha kuni xiyobonlar, istirohat bog‘larini aylansa, xursandchilik qilsa, qaysi qonunni buzgan bo'ladi? Vazirlikning o'quvchilarga xursandchilik qilishni taqiqlashdan boshqa ishi qolmaganmi?
👍12
Vazirlik maktab bitiruvchilari uchun har xil noqonuniy taqiqlar o'rnatishga vaqt sarflaguncha, majburiy mehnatga jalb qilinganligi va bu holat haqida jurnalist yozganidan keyin kechasi hokimlik binosiga chaqirilgani aytilayotgan pedagoglar huquqlarini himoya qilish masalasi bilan shug'ullansa foydaliroq bo'lardi. Rasmiy xabarlarga ko'ra, mehnat huquqlari eng ko'p buziladigan soha - ta'lim bo'lib turibdi. Buning asosiy sabablaridan biri, nazarimda, vazirlik hududlarda ta'lim tizimi ustidan nazoratni to'laligiga mahalliy hokimiyatlarga berib qo'ygan.
👍18🔥4🤬4🤯2
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining va vazirining vazifasi nima o'zi?

"Xalq ta'limi info" nashrining xabar berishicha, Ma’naviyat markazi maktablarni tekshirmoqchi. Tekshirish savolnomasida pedagoglarni majburiy obunaga jalb qilishdan tortib Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur xonalari mavjudligi va bezatish holati, maktab pedagoglari va o‘quvchilarning Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi telegram kanaliga a'zo bo'lishi singari "ajoyib" bandlar ham bor.

"Xalq ta'limi info" nashrining eslatishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-sonli qaroriga muvofiq xalq ta’limi xodimlarini bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlangan (qarorning 16-bandga qarang). Xuddi shu qarorning xuiddi shu bandida yana bir muhim narsa taqiqlangan: xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida esa Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat markazi"ga tekshirish, xususan, ta'lim muassasalarini tekshirish vakolati berilmagan. Pedagoglar va o‘quvchilarning qaysi telegram kanallarga a'zo yoki a'zo emasligini tekshirish esa "meniki, seniki" qilib yangilangan Konstitutsiyamizning 31-moddasiga (yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqi) mutlaqo ziddir. Savol: "Ma'naviyat va ma'rifat markazi"ga Konstitutsiyani va amaldagi qonunchilik normalarini buzish huquqi berilganmi?

Endi asosiy savolga o'tamiz.

"Ta’lim tizimini isloh qilishning ahvoli" bilan "Ta'lim loyihalari markazi" (Loyiha ofisi) shug'ullansa, ta'lim mazmunini (o'quv dasturlari va darsliklarni) Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi tasdiqlab bersa, maktab darsliklarini "Novda" xususiy nashriyoti chiqarib bersa, maktabdagi davomatni Milliy gvardiya nazorat qilsa, hokimliklar ta'lim tizimi xodimlari ustidan xo'jayinlik qilsa, mana endi istagan tashkilot maktabni tekshiraman deb tursa, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri esa "sukut" rejimini yoqib olsa, biron-bir matbuot anjumani o'tkazib, ta'limdagi muammolarni qanday hal qilmoqchiligi haqida yoki ta'lim tizimini qaysi tomonga boshlayotgani haqida izoh berishni, savollarga oydinlik kiritishni lozim bilmasa, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining va vazirining vazifasi nima o'zi? Faqat taqiqlar o'rnatish-u, telegram kanalida tashriflar va tadbirlar haqida chiroyli rasmlar qo'yib borishmi?
👍23🔥5
Ta'lim tizimini boshqarishni qonuniy asoslarga qaytarish kerak!

O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuniga ko'ra, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ta'lim standartlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning ta’lim tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi. Maktab ta'limi tizimida vakolatli davlat boshqaruvi organi - Xalq ta'limi vazirligining huquqiy vorisi sifatida (qarang: PF-14, 25.01.2023, 8-band) Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quv va tarbiya jarayonlarining o‘zaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlashga mas'ul organ hisoblanadi.

Shunday ekan, ta'lim tizimini boshqarishni qonuniy asoslarga qaytarish kerak. Oxirgi paytlarda "bolalab ketgan", Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan har xil vakolatlarni olib qo'ygan tashkilotlar (Loyiha ofisi, Ta'limni rivojlantirish markazi singari) taskilotlar tugatilishi, ta'lim sohasiga jalb qilingan va ta'limga aloqasi yo'q tashkilotlar (Milliy gvardiya, "Novda" singari) ta'limdan chetlashtirilishi, ta'limning hududiy boshqarmalari mahalliy hokimliklar "changali"dan xalos qilinishi, hokimliklar ta'lim tizimi xodimlariga "xo'jayinlik" qila olmasligi, istagan tashkilot maktablarni tekshira olmasligi kerak. Maktab ta'limi bo'yicha vakolat ham, mas'uliyat va javobgarlik ham Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida bo'lishi kerak. Vazir esa ochiqroq bo'lishi - matbuot anjumanlari o'tkazib, ta'lim tizimida nimalar qilayotgani va nima uchun qilayotgani haqida hisob berib borishi, "noqulay" savollarga javob bera olishi kerak. Rasmiy telegram kanaldagi chiroyi rasmlar va maqtovlar - ochiqlik emas!

"Cho'pon ko'paysa, qo'y harom o'ladi" deyishadi. Agar "vazirlik o'z ishini eplay olmayapti" degan qarash bo'lsa (ta'lim tizimiga mas'ul organlarning ko'paygandan ko'payishini yana boshqa nima bilan izohlash mumkin?), tashkilotlar va mas'ullar sonini ko'paytirish - bu yechim emas. Bunday "yechim" xaos tug'diradi va muammolarni ko'paytiradi, xolos.
👍29🔥3
"Ular (Gazprom) 700 million dollarlik qarzni Moldova hukumati o‘z zimmasiga olishini istashdi. Ular bu “Moldovagaz"ning qarzi ekanini aytishdi. ... Biz esa buni tekshirishimiz lozimligini aytdik, chunki biz bu qarzlar qayerdan paydo bo‘lib qolganini bilmaymiz. Biz bu pulni qaytarishga rozi bo‘lmadik, chunki o‘zimiz tekshirib ko‘rmagan qarz bo‘yicha bitimga qo‘l qo‘yish bizning fuqarolarimiz nafaqat narxi oshib ketgan va ishlatilayotgan gaz uchun, balki bu qarz uchun ham to‘lashi lozimligini anglatardi. Shuning uchun biz xalqaro auditorlarni yolladik va auditorlar qarz 700 emas, 8 (sakkiz) million dollar ekanini ko‘rsatib berishdi. Bu hikoyadan qanday xulosa qilish mumkin? Biz muqobil manbalarimiz bo‘lishi, bizni boshqa “shantaj” qilmasliklari uchun barcha ishni qilyapmiz. Chunki tijoriy sharoitlar bo‘lishi bir narsa, hech qachon bo‘lmagan qarzingizni bor deyishlari — umuman boshqa narsa".

...

"Biz gazni bozordan sotib olyapmiz. Gazni hozir bozorda o‘zimiz topgan eng past narxda xarid qilyapmiz va eng muhimi — bizda tanlov bor. 30 yil ichida qilinmagan va biz qilgan narsa shuki, bizda tanlov paydo bo‘ldi. Agar narx bir bozorda yaxshiroq bo‘lsa, o‘sha yerdan gaz sotib olamiz, agar boshqasida yaxshiroq bo‘lsa — unisidan".

Moldova prezidenti Mayya Sandu

Qiziq. Nega Moldova qila olgan narsani O'zbekiston qila olmaydi?

Shunchaki ma'lumot o'rnida. 2019-yilda O'zbekistonning "Lukoil"dan 600 mln AQSH dollari qarzi borligi aytilgan edi.
🔥17👍4👎1
Qiziq. Shu beozorgina mavzudagi beozorgina maqola ham senzuraga uchradimi?

Axborot siyosatiga masʼullar soʻz erkinligi boʻyicha xalqaro reytinglarda qulashimizda blogerlar aybdor, deyishayotganmidi?
🤯14👍5😱1
Ikki soat oldin eʼlon qilingan material 404 beryapti. Materialda berilgan ayrim fikrlarga munosabat bildirmoqchi edim.
🤔11👍2😱2
Mana o'sha maqola.

Ko‘plab o‘qituvchilar ustamasiz qolishi mumkin: sertifikatlar ro‘yxatini qisqartirish reja qilingan


16:01 4125

Ta’lim vazirliklari minglab o‘qituvchilarni ustamasiz qoldirishi mumkin: pedagoglarga ustama to‘lashda qo‘llanadigan va qabul qilinganiga hali yil to‘lmagan xorijiy til sertifikatlari ro‘yxatidan bir qancha xalqaro sertifikatlarni chiqarib tashlash reja qilingan. Avvalgi ro‘yxatga ishonib, sertifikat olayotgan o‘qituvchilar bundan norozi.

2023 yilning iyulida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 o‘quv yilida ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangandi. Endilikda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining qo‘shma qarori bilan bu ro‘yxat o‘zgartirilishi mumkin.

2024 yil 7 may kuni muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasiga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llanadigan milliy va xalqaro til sertifikatlar ro‘yxatini qayta tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

Ya’ni ayrim sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarish va yangilarini qo‘shish taklif etilgan. Masalan, ingliz tili bo‘limidagi jami 11 ta sertifikat 5 tagacha qisqargan. Loyihada mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga (amal qilish muddati tugaguncha) ustamalar berilishi aytilgan.

Qisqarishga tushayotgan xalqaro test tizimlaridan biri – TKT testi (Teaching Language Test) uchun to‘lov qilib qo‘ygan va imtihon bo‘lishini kutib turgan minglab ingliz tili o‘qituvchilari bundan norozi. Ular sertifikatni olish muddati qaror qabul qilingandan keyinga to‘g‘ri kelishi va ularning o‘tmay qolishidan xavotir olishmoqda.

Bu borada e’tiroz bildirayotgan ko‘plab o‘qituvchilar Kun.uz'ga murojaat qildi.

“Nega ustozlar taqdirini bunchalik o‘yinchoq qilishadi?”

Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birida ishlovchi pedagogning aytishicha, TKT sertifikati modullarga bo‘lingan bo‘lib, amaldagi tartibga ko‘ra 3-, 4-modullar uchun ustama haqi beriladi.

“Hali 1-modulni topshirib, imtihondan o‘tib, 2-3-modulga to‘lov qilgan ustozlarimiz bor. Har bir modulga 800 ming so‘mdan to‘lov qilganmiz. Shuncha mehnat qilib endi C1 ga yetishdik deganimizda, TKT bekor bo‘ladi deb loyihaga kiritishgan.

Nega qarorlarini tinimsiz o‘zgartiraverishadi? Nega ustozlar taqdirini bunchalik o‘yinchoq qilishadi? Bu serifikatni olish uchun qancha mehnat qildim”,
– deydi u.

“Men hozirda tug‘uruq ta’tilidaman. Shunday bo‘lishimga qaramasdan TKT sertifikatini olish uchun astoydil o‘qiyapman. 1-modulidan o‘tdim, endi 2-, 3-modullar uchun to‘lov qilgandim. Har bir modul uchun 800 ming so‘mdan to‘lov qilganman.

Biz ingliz tili ustozlari o‘yinchoq bo‘ldikmi? Bugun bu qonun, ertaga boshqasi... Biz qaysi biriga harakat qilishni bilmay qoldik-ku. Ingliz tili ustozlari har yili yurak hovuchlaydigan bo‘lib qoldik. Bu yil qanaqa qonun chiqarkan, qaysi sertifikat bekor bo‘larkan deb”,
– deydi Qashqadaryodan yozgan yana bir pedagog.

“Bugungi kunda biz o‘qituvchilar uchun yaratilgan ba’zi bir qonun va loyihalar ko‘ngilni biroz ranjitadi. Men ham TKT imtihonida qatnashib, 1-3-modullardan o‘tib, 2-moduldan o‘tolmadim. Shu darajaga kelguncha kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay salkam 5 oy o‘qidim, ko‘zimni nuri ketdi. 950 ming so‘mdan har bir modul uchun mablag‘ sarfladim. O‘sha vazirlikdagi insonlar shu tomonlarini o‘ylasin. Faqat o‘zlarini haqman demasdan”, – deydi bir andijonlik o‘qituvchi.

Surxondaryolik pedagog esa TKT sertifikatining boshqa til sertifikatlaridan ko‘ra samarali ekaniga e’tibor qaratgan.

“CEFR yoki IELTS'dan C1, 7+ o‘qituvchilarni ko‘rdik, boshlang‘ich sinflarning kitoblari dasturiga tushunmay, bolaga nima o‘rgatishni bilmay o‘tiribdi? Aynan shu kitoblar programmasini tushunib, bolaga biron narsa o‘rgata olishi uchun aynan TKT sertifikati kerak, pedagoglar uchun TKT muhimroq”, – deydi u.

Davomi quyida
👍5👏2
... davomi

“TKT sertifikatini olganman, TKT kursini o‘qib metodikada ko‘p malakamni oshirdim. O‘z darslarimda qo‘llab ko‘rdim va o‘quvchilarim bilan birga juda yaxshi natijalarga erishdim. Bilimi mukammal bo‘lgani bilan metodikasi bo‘lmasa, bilimni o‘quvchilarga yetkazib berishda maqsadga erishib bo‘lmaydi. Umumiy qilib aytganda, TKT bu ingliz tili o‘qituvchilarining metodik bilimlarini oshiruvchi kurs deb bilaman”
, – degan yana bir andijonlik o‘qituvchi.

Kun.uz izoh so‘rab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklariga so‘rov yubordi.

https://webcache.googleusercontent.com/search?q=cache:https://kun.uz/news/2024/05/16/koplab-oqituvchilar-ustamasiz-qolishi-mumkin-sertifikatlar-royxatini-qisqartirish-reja-qilingan
👍3
404 bo'lgan maqolada ko'tarilgan masala yuzasidan yana bir o'qituvchining fikri.

Assalomu alaykum! Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani ...-maktab ingliz tili o'qituvchisi ...

TKT sertifikatini oʻtgan yil olganman. Xudoga shukrki, hali amal qilish muddati tugamagan. Hozir IELTS borasidagi bilimlarimni mustahkamlamoqdaman. Nima uchun TKT qolishi kerak degan savolga aynan javobim shundaki, maktab darsligining asosiy qismi TKT testining 1-modulida koʻzda tutilgan bosqichlarni qamrab oladi. Demakki, oʻqituvchi uchun ayni muddao. Ikkinchi modul esa oʻqituvchini asl pedagogga aylantiradi. Shu sertifikatga tayyorlanish ortidan universitetda olmagan bilimlarimni oldim. Ishonavering, universitetda pedagogika fani, metodika fanlari umuman hech qanday bilim bera olmasligini anglaganman. Ish reja, maqsad, konspekt, yuklama, maktab bilan bogʻliq yuzlab holatlar aynan ushbu modulda nazarda tutilgan. Endi 3-modul haqida soʻz yuritsam, bu modul yaxshi oʻqituvchining shakllanishida juda ham muhim. Mutasaddi tashkilotlar, aynan taʼlimni rivojlantirishni istayotganlar nima uchun shunday foydali sertifikatni yoʻqotish payida. Nima uchun aynan shunchaki til bilish sertifikatini majburiy qilishmoqda. Bu ham kerak? Lekin pedagog uchun bir quloch til emas, mahorat kerak. Agar imkoni yetsa, TKTning oʻzbekcha variantini ishlab chiqib, har bir oʻqituvchiga majburiy oʻtishni belgilash joiz. Chunki pedagoglarimizda mahorat yetishmaydi, konspekt nimaligini, darsdan koʻzlangan maqsad nimaligini ham bilmaydi. Taym menejmentning-ku tushiga kirmaganlari bor. Men sertifikatlarni solishtirmoqchi emasman, pedagog uchun nima muhimligini eslatib qoʻymoqchiman, xolos.
(Muallif imlosi va orfografiyasi saqlandi)