Jalilov. Qaydlar
4.12K subscribers
1.47K photos
17 videos
22 files
2.3K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Oldin ham yozganimdek, manbalar kelayotgan o'quv yili uchun tarjima qilinayotganini iddao qilgan Marshall Cavendish nashriyotining 5-sinf "Tabiiy fanlar" (Science) darsligi aslida Singapur dasturi asosida emas, Cambridge International dasturi asosida yozilgan. Cambridge International rasmiy saytida mazkur tashkilot o'z dasturi asosida bir qancha nashriyot darsliklarini tavsiya qiladi: Collins, Hodder, Cambridge va Marshall Cavendish.

Modomiki vazirlik keyingi o'quv yilidan 5-sinflarga Cambridge International dasturini joriy qilishga qaror qilgan bo'lsa, yuqorida sanalgan nashriyotlarning hammasidan takliflarni o'rgandimi? Bu nashriyotlar darsliklarini ilmiy, metodik va narx jihatdan solishtirib chiqdimi? Qaysi mezonlar asosida aynan Marshall Cavendishga to'xtaldi?
👍5
Oyina.uz portalining yozishicha, Xiva shahrida 24 soatlik restoran, kafe va ovqat rastalari tashkil etiladi. Turizm rivojida katta oʻrin tutadigan mahalliy taomlarni na mamlakat ichida, na chetda koʻrsatish uchun targʻibotning yetishmasligi tanqid qilindi.

Nazarimda, biz o'zimiz haqimizda o'zimiz uchun turli miflar to'qib olganmiz va bu miflarga boshqalar ham ishonadi, deb o'ylaymiz. Shunday miflardan biri - o'zbek oshxonasi (milliy taomlari) haqida. Mening nazarimda, milliy oshxonamiz ancha g'arib va sog'liq uchun zararli. Masalan, BBC nashrining The Lancet jurnalida e'lon qilingan tadqiqotga tayanib yozishicha, O'zbekiston ovqatlanish tufayli o'limlar soni jihatdan dunyoda eng yetakchi o'rinlardan birida ekan: 100,000 kishiga 892 holat.

Boshqa miflarimiz ham ko'p. Masalan, tarix bilan bog'liq, adabiyot bilan bog'liq ...
👍9🔥2
O'zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, hozirda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilovning o'g'liga tegishli kompaniya "O'zbekneftegaz"ga tegishli "zapravka"larni sotib olgani haqidagi yangilik fonida yana bir qiziq (va xavotirli) ma'lumot: O'zbekistonda boylar va kambag'allar o'rtasidagi farq kattalashib bormoqda. Hook.report nashrining yozishicha, kambag'al oilalarga mamlakat daromadlarining 8,6%i, boy oilalarga - 40%i to'g'ri keladi. Ya'ni, boylar va kambag'allar daromadlari o'rtasidagi farq 5 baravarni tashkil qilmoqda.
👍1
Shunchaki qiziq maʼlumot. 26 fevral va 1 mart yangiliklari.

Qiziq. Harbiy akademik litseylar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidami, kim biladi?
👍2
Forwarded from OZODLIK KANALI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OzodNazar: Ўзбек мактаби: агрессия, чарчоқ ва лоқайдлик

Сўнгги кунларда мактаблар билан боғлиқ бирин-кетин бир неча воқеа содир бўлди:

Навоий шаҳридаги 2-умумтаълим мактабида ўқувчи болаларнинг сочи олдирилди.

Пойтахтдаги мактаблардан бирида ўқувчи билан ўқитувчи бир-бирига қўл кўтарди.

Тармоқда тарқаган, қаерда олингани номаълум яна бир видеода ўқувчилар партаю ўтирғичларни тепиб синдираётгани акс этган.

Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев “телефонсиз мактаб” ташаббусини илгари сурди...

Мактабларда юзага келган вазиятни она тили ва адабиёти ўқитувчиси Диёра Абдужабборова ҳамда таълим масалалари бўйича эксперт Комил Жалилов билан муҳокама қилдик. Сарвар Усмон суҳбатлашди.

🔴Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews
👍6👏2
UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi yozmoqda:

"UNESCO Buxoroda Butunjahon madaniy merosi roʻyxatidagi joylarning saqlanishi, xususan, bufer zonadagi qurilishlar rejalari boʻyicha jamoatchilik vakillari bildirgan xavotirlarni diqqat bilan kuzatmoqda. Butunjahon madaniy meros markazi Oʻzbekiston hukumati bilan bogʻlanib, batafsilroq maʼlumot berish va vaziyatni oydinlashtirishni soʻradi.

Butunjahon madaniy meros markazi umid qiladiki, hukumat xalqaro konvensiyada nazarda tutilgan majburiyatlariga rioya qiladi hamda Butunjahon madaniy meros komitetining 2024-yil iyun oyida boʻlib oʻtadigan keyingi sessiyasida bu masala koʻrib chiqib, baho berilmaguncha buzilish va qurilish ishlarini olib borishmaydi.

UNESCO Madaniy meros obyektlarining noyob universal qiymatini saqlab qolish boʻyicha oʻz ekspertizasi va yordamini berishga tayyor".
👍5
Taʼlim emas, haqiqiy sirk boʻlib ketdi buyogʻi.

Halollik, toʻgʻrisoʻzlik (va umuman, boshqa insoniy fazilatlar) har xil toʻgaraklar-u oʻn kunliklar va tashviqot ishlari bilan singdiriladi, deb ishonish uchun pedagogika va psixologiyadan umuman tasavvur boʻlmasligi kerak.
👍18😱3🤯2
Qiziq. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova har hafta "Vazirga murojaat" ruknida har xil savollarga javob berib boradi.

Dilfuza opa, mening savollarimga ham javob berib keting. (Aslida bu savollar sizga emas, vazirga. Vazirga murojaat oʻrnida qabul qilsangiz ham mayli.) Bu savollar siz javob berib kelayotgan savollardan koʻra ahamiyati kamroq boʻlmasa kerak, harqalay. Sizga qulayroq boʻlishi, kanalda qidirib yurmasliginigiz uchun yana bir marta bu savollardan ayrimlarini eslataman. Masalan:

Nega vazir tayinlanganiga bir yildan oshiq vaqt oʻtsa hamki biron marta ochiq matbuot anjumani oʻtkazib tizim boʻyicha yigʻilib qolgan savollarga javob bermadi, taʼlimni qaysi tomonga boshlayotgani boʻyicha strategiyasini ochiqlamadi?

PISA 2022 natijalari boʻyicha vazirlik qandaydir strategiya ishlab chiqqanmi? Bu strategiyani eʼlon qilishning iloji bormi?

Singapurning Marshall Cavendish va Star Publishing nashriyotlari darsliklari qaysi mezonlar asosida tanlangan? Boshqa muqobil takliflar oʻrganilganmi?

4 yil har xil dasturlar asosida taʼlim olgan oʻquvchilar 5-sinfga kelib Singapur va Cambridge International dasturlari asosida oʻqib keta olishiga ishonasizmi? Bu borada qandaydir asoslangan tahlillaringiz, xulosalaringiz bormi?

"Novda"ning boshlangʻich sinf darsliklarini oʻzingiz varaqlab koʻrganmisiz? Farzandlaringizni shu darsliklardan oʻqitgan boʻlarmidingiz?


Savollar koʻp. Javoblar esa yoʻq...
🔥7👏4👍1
Darvoqe. Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligiga savol.

Bolalarni maktabda ommaviy tahqirlash - sport zaliga yig'ib, sochini oldirish keysi natijasi nima bo'ldi? Vazirlik holatni o'rgandimi? Qanday choralar ko'rildi?

Yoki direktor bolalarning iltimosi bilan sartarosh chaqirgan, degan gapga ishonib qo'yaveramizmi?
👍3🔥1
Freedom House tashkilotining 2024-yilgi hisobotida O'zbekiston 100dan 12 ball bilan erkin bo'lmagan davlatlar qatoridan joy oldi. Siyosiy huquqlar bo'yicha - 40dan 2 ball va fuqaroviy erkinliklar bo'yicha - 60dan 10 ball.

Tashkilot xulosasiga ko'ra, O'zbekiston avtoritar davlat bo'lib qolmoqda. Mamlakatda qonuniy faoliyat yuritadigan muxolif partiyalar mavjud emas, "qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati ijro etuvchi hokimiyatning instrumentlari bo'lib xizmat qiladi". Ommaviy axborot vositalari hukumat tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Tashkilot hisobotida O'zbekiston "avtoritarizm qattiq o'rnashgan" davlatlar qatorida sanalgan.
😢27👍6
Oʻzbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, hozirda Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosarining oʻgʻliga tegishli kompaniya "Oʻzbekneftgaz"ning avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini va Chinozdagi neftni qayta ishlash korxonasini sotib olgani haqida xabar berilgan edi. Iqtisodchilar 101 million soʻmlik ustav kapitaliga ega MCHJ qanday qilib bir necha milliardlik qiymatga ega aktivlarni sotib olgani haqidagi savollarni ham oʻrtaga tashlashdi.

Vesti.uz esa har ikkala holat haqida bergan xabarida yangi mulkdorning Rossiya fuqarosi ekanini iddao qilmoqda. Birinchi xabarda "Rossiyalik oligarx" jumlasi, ikkinchi xabarda esa "Sharof Rashidovning nevarasi" jumlasi sarlavhaga chiqarilgan boʻlsa-da, har ikkala xabar matnida Oʻzbekiston xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olmasligi haqida bayonot bergan sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning oʻgʻli Rossiya fuqarosi ekani iddao qilingan. Rasmiy manbalar hozircha bu iddaolarga biron bir tarzda munosabat bildirishmadi.
🤬16🤯5👍1
Yangi metodika? "Usuli jadid"?

Kun.uz va Oyina.uz nashrlari joriy yil yakuniga qadar 100 mingdan ziyod o‘qituvchilarning malakasi yangi metodikalar bo‘yicha oshirilishi haqida xabar berdi. Deyarli so'zma-so'z bir xil bo'lgan ushbu ikki xabarda "yangi metodika" deganda nima nazarda tutilgani ochiqlanmagan. Qolaversa, amaldagi qonunchilik bo'yicha, xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarning malaka oshirishi ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida (Avloniy nomidagi institut, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, malaka oshirish bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagog tayyorlaydigan OTMlar) amalga oshiriladi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga esa ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti maqomi berilmagan. TRM o'zi darslik yaratadigan tashkilotmi, darslik tasdiqlaydiganmi, malaka oshiradiganmi yoki boshqa? Uning vakolat va vazifalari o'zi qayerda boshlanib, qayerda tugaydi? TRM maka oshirish bilan shug'ullansa, Avloniy instituti va Milliy markazlarning nima keragi bor? Birinchi navbatda shularga aniqlik kiritilsa zarar qilmasdi, menimcha.

Endi "yangi metodika" atamasiga qaytsak. Agar "yangi" deganda TRM "mantra"day ushlab olgan "4K" nazarda tutilgan bo'lsa, bu - yangi metodika yoki model emas. Bu haqida yozgan edim. Qolaversa, TRM tasdiqlagan "4K" darsliklarida "4K" aslida yo'qligi haqida ham yozgan edim. Shunday ekan, TRM "yangi metodika" deganda nimani nazarda tutayotganini ochiqlasa zarar qilmasdi.

Qolaversa, metodikaning "eski" yoki "yangi"si bo'lmaydi. Biron-bir fanni o'qitishda, konkret darsda ishlatiladigan metodik yondashuvlar fanning yoki konkret darsning o'quv maqsadlaridan kelib chiqib, ta'lim nazariyalariga tayangan holda tanlanadi. O'quv maqsadlari esa o'quv dasturlarida belgilanadi. TRM esa "Novda" darsliklariga asos bo'lgan o'quv dasturlarini haligacha (mana, o'quv yilining 3-choragi tugayapti hamki) e'lon qilganicha yo'q. O'quv maqsadlarini bilmagan holda qanday qilib "yangi metodika"ni tanlash mumkin?
👍7