Muammoning ildizini, sabablarini aniqlab, ularni tizimli hal qilgandan koʻra bu muammolar ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketishining oldini olish osonroq. Ijtimoiy tarmoqqa chiqmagan muammo esa muammo emas. Demak, telefonlarga qarshi kurashish, ularni taqiqlash - har qanday muammoning eng yaxshi yechimi.
Telegram
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
O'quvchilar mobil telefondan foydalanish qoidalarini buzganda ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin
Ta'lim muassasalarida o'quvchi va o'qituvchilar tomonidan mobil telefonlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini qat'iy nazorat qilish bo'yicha Prezident…

👍12
Darvoqe. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Oʻzbekiston maktablarida telefonlarga eʼlon qilingan urush fonida yangragan tashabbusi haqida.
Agar janob Mirzayev buncha - Oʻzbekistonlik oʻqituvchining oʻrtacha 100 oylik maoshiga teng - summani oʻz choʻntagidan toʻlamoqchi boʻlsa, marhamat - davlat xizmatchisi sifatida bu pullarning kelib chiqishi manbaini ochiqlasin-da, toʻlayversin. Agar soliq toʻlovchilar hisobidan toʻlamoqchi boʻlsa, kechirasiz - bunday samarasi shubhali va tuturuqsiz tashabbuslarga byudjet mablagʻlari ishlatilishiga men, masalan, qarshiman.

Telefondan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berilishi aytildi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/513
Telegram I Facebook I YouTube

👍47👎2
Siyosatga qiziqmaydigan, siyosiy jarayonlarga aralashmaydigan, umuman siyosiy millat sifatida shakllanmagan va "och qornim - tinch qulogʻim" falsafasi asosida yashaydigan olomonning qorni och boʻlishi aniq, lekin qulogʻi tinch boʻlishiga kafolat yoʻq.
Telegram
NeoJadid
Zapravkalardagi janglar o'zbekning hayoti "nochor, g'arib, vaxshiy va qisqa" ekanligini yana bir bor yaqqol ko'rsatdi.
Biz hayvon darajasiga tushib qoldik. Jumladan, adolatsiz iqtisodiy tizim va nopok boshqaruv deb ham. O'zbek jamiyatining barcha jabhalarida…

🔥9😱6👎1
Masalan, biz qanday qilib shuncha qisqa muddat ichida "gazi uchta Oʻzbekistonni boqishga yetadigan" davlatdan gaz import qiladigan mamlakatga aylanganimiz, bu ham yetmaganday, energoresurslar masalasida agressor sifatida tan olingan va har qanday bitimni siyosiy shantaj uchun qurol sifatida ishlatishga tayyor bir davlatga mutlaq qaram boʻlib qolganimiz haqidagi savollarni hammamiz, qayta qayta, tayinli javob olmaguncha beraverganimizda bunday holatlarga oʻrin qolmasdi.
Газета.uz
«Gazimiz uchta O‘zbekistonni boqa oladi» — energetika vaziri
Hozirgi gaz hajmi uchta O‘zbekiston uchun yetarli, deya ma’lum qildi energetika vaziri Alisher Sultonov. U aholi energiya manbalariga oqilonalik bilan munosabatda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 95 million aholisi bo‘lgan va ishlab…
😢19👍1
Forwarded from OYINA.UZ
Bilim urib beriladimi?
📌Kecha Oyina.uz telegram kanalida ushbu mavzuda audiochat oʻtkazildi.
Chatda taʼlim boʻyicha ekspert Komil Jalilov, Toshkent shahridagi 243-maktab direktori Ziroatxon Komilova mehmon sifatida qatnashdi. Suhbatning yozib olingan varianti Youtube'ga joylandi.
Tinglash: https://youtu.be/oh6KoeZLHWY
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X

👍10
Zoyir Mirzayevning aytishicha, ota-onalar bilan kelishilgan holda “Telefonsiz maktab” tashabbusi bilan chiqqan maktabga rag‘batlantirish tariqasida 300 million so‘m ajratiladi.
2023-yilda Toshkent viloyatida 139 nafar maktab o‘quvchilari tomonidan 122 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 44 nafari 9-sinf o‘quvchilari, 34 nafari 10-sinf o‘quvchilari, yana 29−30 foizi 11-sinf o‘quvchilaridir.
U Angren (2 tadan 11 taga), Bekobod (3 tadan 9 taga), Bo‘ka (4 tadan 8 taga), Oqqo‘rg‘on (1 tadan 4 taga), Chinoz (2 tadan 6 taga) tumanlarida maktab o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilik oshganini ma’lum qildi.
“Bundan xulosa qilishimiz kerak. „Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi“ deb hech kim kafolat bera olmaydi. Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Telefon o‘quvchilarni buzyapti deb, takliflar berasizlar. O‘zimizni ham buzmayaptimi mabodo? Ular o‘zimizni ham buzyapti”, — dedi u.
Savol: Mobil telefonlar va jinoyatchilik o'rtasida qandaydir korrelyatsiya borligiga ilmiy asoslangan dalillaringiz bormi? Qaysi taqdiqotlar o'quvchilar orasida jinoyatchilikning oshishiga telefon sabab bo'lyapti, degan xulosani bermoqda?

Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?
Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi.
🔥11👍3🤔1🤯1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasidagi pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqotda attestatsiya uchun har bir fandan test spetsifikatsiyasi ishlab chiqilgani aytilmoqda.
Savol: o'sha test spetsifikatsiyalari bilan qaysi ochiq manbada tanishsa bo'ladi?

👍14
Jalilov. Qaydlar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasidagi pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqotda attestatsiya uchun har bir fandan test spetsifikatsiyasi ishlab chiqilgani aytilmoqda. Savol: o'sha…
Yuqoridagi savolga izohlarda javob berishdi: attestatsiya uchun test spetsifikatsiyalari pedkadr.tdi.uz telegram kanalida joylangan ekan (1, 2).
Telegram
Pedkadr.tdi.uz
Қуйида педагог кадрлар аттестациясининг биринчи ва иккинчи босқичда педагогларнинг мутахассислик фани ва касбий стандарлари ҳамда педагогик маҳоратини баҳолаш бўйича малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар (назорат материаллари спецификаси)…
👍10
Barcha ta'lim tizimi mutasaddilari o'qishi kerak bo'lgan maqola: O‘zbekistonda o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishiga talablar qanday va ularni bajarmasa nima bo‘ladi?
Konstitutsiyaga asosan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Shunga ko‘ra, soch va soqol o‘stirish (va o‘stirmaslik), pirsing qo‘yish (va qo‘ymaslik), tatuirovka tushirish (va tushirmaslik), soch va tirnoqni bo‘yash (va bo‘yamaslik), sirg‘a va uzuk taqish (va taqmaslik) shaxsning faqat va faqat o‘zi tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalardir. Birov o‘z burniga pirsing qo‘yishi jamiyat tomonidan qanday qabul qilinadi, qadriyatlarimiz va (aslida nimaligi hanuzgacha to‘liq anglab olinmagan) ma’naviyatimizga qay darajada mos keladi — mutlaqo ahamiyatsiz. Bunda e’tibor qaratilishi va hurmat qilinishi kerak bo‘lgan jihat — shaxsiy huquq. E’tiborga molik tomoni, soch va tirnoq uzunligi hamda ta’lim sifati o‘rtasida biror bog‘liqlik ham yo‘q.
Konstitutsiya har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini kafolatlaydi. Biror qonun yoki qonunosti hujjati (jumladan, soch uzunligini o‘lchashga asos beruvchi qaror ham) Konstitutsiyada keltirilgan prinsip va normalariga zid kelishi mumkin emas. Shuningdek, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, har bir bola o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqiga ega. Shu bois, bola o‘zining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanganligi uchun uning ota-onasi javobgarlikka tortilmaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/27/maktab/

O‘zbekistonda o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishiga talablar qanday va ularni bajarmasa nima bo‘ladi?
Munavvarqori aytgandi: 'Ovrupo osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovrupoliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va kalta kiyim janjallari'. Asr o‘tsa hamki, O‘zbekiston hamon shu 'janjallar' ichida. Vaholanki, huquqshunoslarga ko‘ra, Konstitutsiya…
👍10
Buyuk Britaniyaning kerak boʻlsa qirol oilasi gapini oʻtkaza olmaydigan BBC kompaniyasida ishlaydigan jurnalistni "suhbat"ga chaqirgan IIB xodimining aytishicha, "Oʻzbekiston hukumatini diskreditatsiya qilish" haqida qonun bor ekan. Lex.uz dan bunday qonunni topa olmadim. Qonun chiqaruvchilarimizga savol: shunday qonun bormi? Bu qonun Facebook'dagi postlar va izohlarni tartibga soladimi? Bor boʻlsa, qonun matniga havola berib qoʻyinglar, yana bilmasdan qonunbuzar boʻlib qolmaylik.
Газета.uz
Журналиста Узбекской службы BBC Ибрата Сафо вызвали «на беседу» в ОВД в Ташкенте
Журналист Узбекской службы BBC Ибрат Сафо сообщил, что его вызвали «на беседу» в органы внутренних дел в Узбекистане — предположительно из-за поста о высушенном озере в Национальном парке и строительстве Magic City. Журналист написал, что это случается впервые…
🤯3🔥2
Qiziq. Vazirlarning tashrifdan oldin tashrif bo'ladigan viloyatlarga tashriflari - tasodifmi yoki qonuniyat? Yoki oldindan borib "hammayoqni chinniday qilib qo'yish" harakati?
🤯5🔥1👏1🤔1
O'zbekiston maktablarida telefonlarga qarshi kurash kampaniyasida yangi termin - "maktab hududida telefondan bemaqsad foydalanish". "Ko'chada bemaqsad yurish" degan termin bor edi, endi, mana, "telefondan bemaqsad foydalanish" termini ham muomalaga kiritilmoqda. Faqat yangi termin kiritganda va bu termin cheklov yoki taqiq kiritish uchun ishlatilganda, bu terminning izohini ham berib ketish kerak-da. "Bemaqsad foydalanish" nima degani? Masalan, tanaffus paytida musiqa yoki audikitob eshitish yoki hordiq chiqarish uchun o'yin o'ynash - bemaqsad foydalanishga kiradimi? Qolaversa, o'quvchi shaxsiy mulkini xohlagancha tasarruf qilmaydimi? Istasa - maqsadli ishlatadi, istasa - bemaqsad ...
Telefonga qarshi bo'lganlarga berilgan "mobil telefonlar va jinoyatchilik o'rtasida qandaydir korrelyatsiya borligiga ilmiy asoslangan dalillaringiz bormi?" degan savolga ham biron-bir javobni hozircha ko'rmadim. Qolaversa, PISA 2022 natijalari ham maktabda kuniga bir soatgacha raqamli qurilmalarni ta'limiy maqsadlarda ishlatgan o'quvchilarning matematikadan natijalari bunday qurilmalarni ishlatmagan o'quvchilar natijalaridan 24 ballga yuqoriroq ekanligini ko'rsatadi.
Fikri ojizimcha, maktablarda telefonga qarshi kurash - "yopig'liq qozonni yopig'ligicha qoldirish", maktablardagi muammoli vaziyatlarning ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketishining oldini olish strategiyasining bir qismi bo'lsa kerak ...

👍20🔥5👎2🤯1
#новая_бомбардировка_бухары
В массированном сносе на территории буферной охранной зоны Всемирного наследия ЮНЕСКО шокирует многое:
1) Снос начался ДО СОГЛАСОВАНИЯ плана работ с ЮНЕСКО. Это означает, что разрушение существующих сооружений противозаконно и противоречит международным обязательствам, принятым на себя республикой.
2) Если снос начался, он ведется согласно какому-то проекту. Единственный обнародованный проект катастрофичен во всех отношениях и прежде всего по замыслу. Рядом с наиболее сохранившимся средневековым городом Средней Азии выстроена ориенталистская бутафория «под старину». Однако бутафорский «Восток» в визуальном соседстве с историческим ядром Бухары обречен выполнять роль пугала, отталкивающего горожан и отпугивающего туристов.
3) «Само-ориентализация» для услады внешнего взора – наследие колониальных времен. Но если «колониальные выставки» начала ХХ века организовывались собственно колонизаторами, архитектурное шоу в Бухаре добровольно планируется авторами проекта. Резкие отзывы многих горожан в социальных сетях красноречиво свидетельствуют о неприятии такого подхода
.
4) Проект эклектично совмещает несовместимое. Два «Каляна», служащие лифтовыми шахтами «Шератона» - пожалуй, апофеоз архитектурной халтуры, но ими нелепости не ограничиваются.
5) И последнее… На обнародованном плане нет здания Областного хокимията, о котором мы уже писали. Мы еще раз обращаем на это внимание руководства республики, а также всех заинтересованных в сохранении наследия граждан и сообществ. Политика государства в отношении наследия должна быть последовательной!
Мы обращаемся к ЮНЕСКО, в чьем ведении находятся объекты Всемирного наследия, и правительству Узбекистана, отвечающему за сохранность культурного достояния республики, а также всем заинтересованным институциям и лицам: снос должен быть остановлен, а дальнейшие планы – скорейшим образом обсуждены и предоставлены общественности!
Alerte Heritage

👍13😱1
Forwarded from Асанов формати
Олдинроқ Боқий Бухоро деган лойиҳа колониализм давридан қолиб кетган тушунчаларга асосланганини ва ҳақоратли эканини айтганимда, "колониализм" сўзини ёмон кўрадиган баъзи ватандошлар хафа бўлганди. Мана энди бир халқаро ташкилот амалда шу гапни такрорлаяпти. Ўзи тайёр шарқона шаҳар ёнидан ўта дидсиз сунъий шарқона шаҳар қуриш ориентализациядир, фақат бу ишни колонизатор эмас, собиқ колониянинг ўзи қиляпти. Колониал фикрлаш шу даражада мияга ўрнашиб қолганидан далолат бу. Тафсилотлар Gazeta.uz'да.
Кеча ижтимоий фикр етакчилари топига кирганимиздан хурсанд бўлдик. Аммо ўртада катта соққа турганида шу топдаги одамларга биров қулоқ солмаслигига яхши мисол бўлди Боқий Бухоро.
@AsanovEldar

Buxoroda mutaxassislar "eski binolarga o'xshash", "soxta", "kolonializm davridan qolib ketgan" deb baho berayotgan butaforiya markazni qurish uchun buzilayotgan obyektlardan Gazeta.uz fotoreportaji.
Albatta, davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning uchdan bir qismidan oshgan, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 4%ga yetgan, boylar va kambag'allar daromadlari o'rtasidagi farq 5 baravarga yetgan O'zbekistonda va xususan Buxoroda boshqa hal qilinishi kerak bo'lgan muammolar qolmagan. Shu butaforiyani qurib olsak, sayyohlar ham keladi, hammasi zo'r bo'lib ketadi.

Markaziy stadiondan hokimlik binosigacha: Buxoro shahrida boshlangan
Buxoro shahrining tarixiy qismiga tutash hududda 'Boqiy Buxoro' sayyohlik majmuasining qurilishi ortidan o‘nlab davlat obyektlari buzilishi boshlandi. Bu jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. 'Gazeta.uz' muxbirlari Buxoroda bo‘lib, ayni paytda buzish…
😢7🤯1
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasining Singapurda Marshall Cavendish Education nashriyotiga tashrifi haqida xabar bergan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mazkur nashriyot darsliklarini o'zbek tiliga tarjima qilib, chop qilish va maktablarga tarqatish soliq to'lovchilarga qanchaga tushayotgani, nega aynan shu nashriyot tanlangani va mazkur nashriyot darsliklarining O'zbekiton ta'lim standartlariga qanchalik mosligi haqidagi savollarga javob bermaslikni ma'qul ko'rmoqda.
Tasavvur qiling: 3 yil Milliy o'quv dasturi bo'yicha, 4-yilga kelganda "Fin standartlari asosida" deyilgan "Novda" darsliklari bo'yicha tahsil olgan o'quvchilarga 5-sinfga kelganda Singapur darsliklari beriladi. O'quvchilar bilimidagi izchillik va uzviylik haqida kimdir o'ylayatimi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xalqaro_hamkorlik
#Singapur
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi.
➖ Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini…

👍8😱2🤬1
Oldin ham yozganimdek, manbalar kelayotgan o'quv yili uchun tarjima qilinayotganini iddao qilgan Marshall Cavendish nashriyotining 5-sinf "Tabiiy fanlar" (Science) darsligi aslida Singapur dasturi asosida emas, Cambridge International dasturi asosida yozilgan. Cambridge International rasmiy saytida mazkur tashkilot o'z dasturi asosida bir qancha nashriyot darsliklarini tavsiya qiladi: Collins, Hodder, Cambridge va Marshall Cavendish.
Modomiki vazirlik keyingi o'quv yilidan 5-sinflarga Cambridge International dasturini joriy qilishga qaror qilgan bo'lsa, yuqorida sanalgan nashriyotlarning hammasidan takliflarni o'rgandimi? Bu nashriyotlar darsliklarini ilmiy, metodik va narx jihatdan solishtirib chiqdimi? Qaysi mezonlar asosida aynan Marshall Cavendishga to'xtaldi?

👍5