Jalilov. Qaydlar
Bolalikdanoq hayotni omon qolish jangi (survival game) hisoblaydiganlar avlodi Yuqoridagi postga Prezident (yoki ixtisoslashtirilgan?) maktablarining oʻquvchilari (bitiruvchilari?) qanday izohlar qoldirayotgani bilan bir qiziqib koʻrishni masalat beraman.…
Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligiga savol: "o'gay"larga ham ataganingiz bormi yoki "Zumrad va Qimmat" siyosati qayergacha davom etadi?
Al-Xorazmiy universiteti telegram kanalida universitetda talabalar uchun ajratilishi kutilayotgan grantlar haqida ma'lumot berildi. Ushbu ma'lumotga ko'ra, universitet kirish imtihonlaridan o'tgan Prezident maktablari bitiruvchilariga 4 yillik o'qish uchun 100% grant beriladi. Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga xuddi shunday 4 yillik 100% grant beriladi.
Qiziq, bu ham "Zumrad va Qimmat" siyosatining davomimi? Nega "oddiy" maktab bitiruvchisi 4 yillik 100% grantga da'vogarlik qila olmaydi? O'gaymi u? Nega shundoq ham oddiy maktablar o'quvchilari tushida ko'rmagan sharoitlarda tahsil olgan prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktabi bitiruvchisi o'sha 4 yillik 100% grant uchun boshqalar qatori bellashmasligi kerak? "Oddiy" maktab bitiruvchisi bilan halol kurashda yengilib qolsa, shuncha ko'z-ko'z qilinayotgan tizimning "shishirilgan pufak" ekanligi oshkor bo'lib qolishidan qo'rquv bormi?
Umuman, modomiki bu universitet davlat oliy ta'lim muassasasi shaklida tashkil qilingan va soliq to'lovchilar hisobidan moliyalashtirilar ekan, hamma uchun umumiy qonun-qoidalar asosida ish tutishi kerak emasmi? Yoki Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida bo'lgani uchun qonundan ustunmi?
Keling, qonun va qarorlarga murojaat qilamiz. Konstitutsiya bo'yicha barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. (7-modda) Kimlargadir aynan prezident yoki ixtisoslashtiilgan maktabni bitirgani uchun imtiyoz berish tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillariga qay darajada mos keladi?
"Ta'lim to'g'risida"gi qonunga ko'ra, ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin. (38-modda) Kimlargadir aynan prezident yoki ixtisoslashtiilgan maktabni bitirgani uchun imtiyoz berish bu tamoyilga qay darajada mos keladi va qaysi qonun bilan belgilangan?
PF-81ga ko'ra, davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi. Ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. Ushbu hujjatda davlat grantini ajratishda qaysidir maktab bitiruvchisi bo'lish talabi qo'yilishi mumkinligi haqidagi normaga ko'zim tushmadi.
O'sha savol: o'quvchilar va bitiruvchilarni "sevimli Qimmatlar" va "o'gay Zumradlar"ga ajratish qachongacha davom etadi? Va bizni qayergacha olib boradi?

🤯14👍4🔥2