Jalilov. Qaydlar
4.07K subscribers
1.44K photos
17 videos
22 files
2.27K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nimani xohlaydi?

Manbalarning xabar berishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini sudga bergan oʻqituvchilardan ayrimlariga bosim boʻlgan va bosimlar ortidan pedagog sudga kiritilgan daʼvo arizasini qaytarib olishini aytgan.

Ilgariroq jurnalistlar tizimni tanqid qilganlarni tiyib qo'yish uchun vazirlik tomonidan davlat va nodavlat tashkilotlariga qoʻngʻiroqlar boʻlayotgani haqida xabar berishgan edi.

Qiziq, bunday bosimlar va qoʻngʻiroqlar ortida turgan(lar)ning muddaosi nima?
👍6🔥2😱2
Noshirlik faoliyatini "takomillashtirish" bahona kitoblar senzurasi masalasiga Gazeta.uz nashri ham eʼtibor qaratdi.

Nashrning yozishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qonun loyihalari matnlarini saytlarida e’lon qilmaydi (masalan, Qozog‘iston va Qirg‘iziston parlamentlari kabi). Shuningdek, ular hujjatlarni birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqqandan keyin qanday o‘zgartirishlar kiritilgani haqida ma’lumot bermaydi. Vazirlik va idoralarga yo‘llangan deputatlik so‘rovlarining matnlari, ushbu so‘rovlarga javoblar ham e’lon qilinmaydi.

Aslida xalq saylagan, legitimligini xalqdan olgan va xalqqa hisobdor deputatlar qonunlar loyihalari matnlarini, ulardagi oʻzgarishlarni eʼlon qilib borishi kerak emasmi? Yoki ... deputatlar xalq "ustidan nima ish qilib qoʻyayotganini" xalq bilishga haqli emasmi?
🔥10👍6👏1
Zafarbek Solijonov
Қонунни ўзим кўриб чиқдим. Либерал сиёсат тарафдори бўлган юрист сифатида айтишим мумкинки, бу борада алоҳида цензура, тақиқ ёки китоб ишлаб чиқариш жараёнини қийинлаштириб ташловчи нормалар йўқ. Қонунчилик палатаси хабариям таҳрирланган.
O'zbekiston xalqining Qozog'iston, Qirg'iziston yoki Britaniya xalqidan qandaydir "kam" joyi bormi?

Qonun loyihasi shunchalik "yaxshi" ekan, to'liq matnini e'lon qilishga nima xala beradi? Jamoatchilik, shu deputatlarni saylagan xalq ham ko'rib chiqsin, fikr bildirsin. Xavotirlar noo'rin bo'lsa - ishonch hosil qilsin. Yoki faqat "tanlanganlar"ga mumkinmi matni bilan tanishib chiqish? Qonun tasdiqlanib kuchga kirsa, u hammaga ta'sir qiladi-ku, faqat "ko'rib chiqqanlar"ga emas.

Umuman, parlament saytida yoki normativ-huquqiy aktlar muhokamalari portalida qonunlar loyihalarining matnini e'lon qilib borishga nima xalal beradi? "Hokimiyatning yagona manbai" deyiladigan xalq, Yusufbek hoji tili bilan aytganda, "uning ustidan nima ish qilinayotgani" haqida bilishga haqli emasmi? Otabek tili bilan aytganda, "aqlli deputatlarning xalq ustidan qilayotgan ishlari albbata nomaqbiul bo'lmasa", qonun loyihalari matnini yashirishga ne hojat? Yoki serverda joy yetmaydimi? Loyihalar matnini saytga yuklaydigan xodim yo'qmi? Xohish bo'lsa, bular hal qilsa bo'ladigan masalalar shekilli?

Gazeta.uz e'lon qilgan maqolada Qozog'iston yoki Qirg'izistonda parlamentlar qonun loyihalari matnini parlament saytida e'lon qilishi haqida yozgan edi. Masalan, Qirg'iziston parlamenti saytining qonun loyihalari muhokamasi bo'limida qonun loyihasi tashabbuskori kimligini ham bilsa bo'lar ekan. Londonda Vestminster saroyida (Britaniya parlamenti binosi) bo'lganimda har bir qonun loyihasi bo'yicha kim qanday ovoz bergani haqida ma'lumot olish imkoniyati borligi haqida aytishgandi - bu saylovchilar tomonidan deputatning o'z saylovoldi va'dalarini qay darajada bajarayotgani, qay darajada saylovchilar manfaatlarini ifoda etayotnini nazorat qilish uchun kerak ekan. Parlament saytidagi maxsus bo'limda esa har bir qonun loyihasi bo'yicha to'liq ma'lumotni ko'rsa bo'ladi: kim kiritdi, joriy holati, har bir o'qishdagi matni va kiritilgani o'zgarishlari va boshqa batafsil ma'lumotlar (masalan, qarang).

Shunday ekan, O'zbekiston parlamenti muhokama qilayotgan qonunlari loyihalarini faqat "tanlanganlar" "ko'rib chiqib", xalqni tinchlantiruvchi postlar yozishi yetarli emas. Qonunlar loyihalari matnlari va bu loyihalarga har safar o'qishda kiritilgan o'zgarishlar e'lon qilinib borilishi kerak. Yoki "hokimiyatning birdan bir manbai" O'zbekiston xalqining bunga haqqi yo'qmi?