Jalilov. Qaydlar
3.99K subscribers
1.43K photos
17 videos
22 files
2.25K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Forwarded from Fikrlar Ulashuğı
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fikrlar Ulashuğı
Jalilov. Qaydlar
Ular "Kalmar O‘yini" maydonlari — puxta tanlab olingan ishtirokchilar uchun yarqiragan sahnalardir. Kirish imkoniyati bor, ammo juda past, sara o'quvchilar guruhi uchun, ko‘pincha allaqachon imtiyozli, resurslar va test tayyorgarligiga ega oilalardan kelgan yoshlar uchun. Qolganlari-chi? O‘z milliy tizimlarida shunchaki tomoshabinlar, xolos.

🎭 Voqelikdan chalg‘itish
"Kalmar O‘yini" o‘z ishtirokchilarini ko‘zni qamashtiruvchi chiroqlar va qutulish umidi bilan chalg‘itgani kabi, PIIMA ham ramziy g‘alabalar bilan jamoatchilikni chalg‘itadi. Bitta Prezident maktabi muvaffaqiyatga erishadi va bu boshqa hamma joyda tizimli harakatsizlikni oqlash uchun ishlatiladi. Shu orada, qishloq maktablari xarobaga aylanadi, o‘qituvchilar toliqib chiqib ketadi va tengsizlik yanada chuqurlashadi.

⚙️ Tizimni qayta ishlab chiqarish, o‘zgartirish emas
PIIMA tizimni buzib tashlamaydi — aksincha, uni mustahkamlab boraveradi. U mukammallikni ommalashtirish o‘rniga, uni toza, elitar doiralarga ajratib qo‘yadi — davlat maktablarini chetda qoldiradi. U mohiyat emas, balki mavqe eksportchisiga aylanadi.

IV. Yashirin Tovon: "O‘yinchilar"ga nima bo‘ladi?
"Kalmar O‘yini"da "g‘alaba qozonish" juda qimmatga tushadi: o‘yinchilar axloqini, munosabatlarini va qadr-qimmatini yo‘qotadilar. Xuddi shunday, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘yinda:

O‘quvchilar hamkorlik qilishga emas, balki raqobatlashishga o‘rgatiladi.

O‘qituvchilar ziyolilar sifatida ko'rsatilmaydi, mahsulot sifatida baholanadi.

Maktablar isloh qilinmaydi, faqat reytingga kiritiladi.

Tovoni-chi? Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqib ulg‘aygan, yuzaki ko‘rinishga ruju qo‘ygan va o‘z taqdirini belgilovchi tizimli tuzilmadan bexabar bo‘lib ulgurgan butun bir avlod.

V. Arena tashqarisidagi umid: siklni buzish
Biroq, hammasini yo'qotganimiz yo'q. "Kalmar O‘yini" bosh qahramon tizimdan yuz o‘girishi, o‘yin tashkilotchilarini anglamaguncha va ularga qarshi chiqmaguncha mukofot pullarini sarflamaslikka qaror qilishi bilan yakunlanadi.

Xuddi shunday, O‘zbekistonlik o‘qituvchilar, talabalar va siyosatchilar ham o‘zlariga quyidagi savollarni berishlari lozim:

Bizning ta’lim tizimimizni kim loyihalashtirmoqda?

Kim uchun u haqiqatan ham "chegara bilmas"?

Biz qanday fuqarolarni tarbiyalayapmiz — shunchaki "o'yinchilar"nimi yoki fikrlovchilarnimi?

Oldinga yo‘l

—Siyosat ishlab chiqishda hokimiyatni markazsizlashtirish — islohotlarni o‘qituvchilar va jamoatchilik boshqarsin.

—Ko‘zbo‘yamachilik ta’limini tugatish — elita resurslarini davlat sektori bo‘ylab taqsimlash.

—Muvaffaqiyatni qayta ta’riflash — raqobat emas, balki hissa qo'shish sifatida.

VI. Yakuniy mulohaza

Agar biz ta’limni maktablar, o‘qituvchilar va buyrokratlarning omon qolishi bilan bog'lab qo'ysak, demak, biz allaqachon mag‘lub bo‘lgan bo'lamiz.
O‘zbekistonga "Kalmar O‘yini" tizimi emas, balki har bir bolaga — faqatgina eng zo‘r 1%ga emas — xayol qilish, xavfsiz xato qilolish va rivojlanish imkoniyatini beradigan adolatli sinfxona muhiti kerak.

Bizga g‘olib kerak emas.
Bizga yaxshiroq "o‘yinlar", yaxshiroq maktablar va yaxshiroq kelajak yaratuvchi dizaynerlar avlodi kerak.

Muallif izohi:
Ushbu maqola Uftada.NSS tanqidiy vatandoshlik mulohazalari turkumining bir qismi hisoblanadi. Agar siz bunday g‘oyalar bilan tanishishni, ularni muhokama qilishni yoki muloqot maydonlarida foydalanishni istasangiz, bemalol murojaat qilishingiz yoki erkin iqtibos keltirishingiz mumkin. Ta’lim — bu tomosha emas, balki axloqiy majburiyatdir.
"Kalmar oʻyini": bu raqamlardan magʻrurlanish yoki xursand boʻlish emas, xavotirga tushish kerak

Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi oʻz tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar statistikasini eʼlon qildi. Prezident maktablariga bir oʻringa - 148 talabgor, tengsizlikning yana bir oliy namunasi boʻlmish, oʻquvchi maktab bilimi bilan kirmasligi aniq boʻlgan Al-Beruniy maktabiga - bir oʻringa 103 talabgor. Qolgan maktablarga ham bir oʻringa kamida bir necha oʻn talabgor.

Eʼtibor bersangiz, agentlik rasmiy kanalida bu statistikani eʼlon qilar ekan, sarlavhada bir oʻringa talabgorlar sonidan keyin undov belgisini ishlatgan. Va post sarlavhasida ishlatilgan koʻzlari charaqlab turgan stikerga ham eʼtibor bering. Men buni his-hayajon, xursandchilik, magʻrurlanish belgisi sifatida qabul qildim.

Aslida-chi, bu quvontiradigan raqammi? Mamlakatning har yuzdan oshiq oʻquvchisidan faqat bittasi "elitalik"ka munosib koʻrilib, unga oʻsha "elitalik"ka munosib koʻrilmaganlar hisobidan hamma sharoitlar muhayyo qilinishi, qolganlar aksar hollarda elementar sharoitlari yoʻq, bir necha smenali maktabda oʻqishga majbur boʻlishi - tanangizga oʻylab, vijdonan oʻzingizga oʻzingiz javob beringchi, undov belgisi ishlatadigan holmi?

Umumiy oʻrta taʼlim - "yo sen boshqalarni, yo boshqalar seni" tamoyili amal qiladigan "kalmar oʻyini" boʻlishi kerak emas. Bu yoʻl bizni "porloq kelajak"ka olib bora olmaydi. Orzudagi Oʻzbekistonda umumiy oʻrta taʼlim "kalmar oʻyini" boʻlmasligi kerakligini, oʻquvchilar - stavka qilinadigan poyga otlari emasligini tushunmaydiganlar taʼlim tizimini boshqarmasligi kerak.
Bolalikdanoq hayotni omon qolish jangi (survival game) hisoblaydiganlar avlodi

Yuqoridagi postga Prezident (yoki ixtisoslashtirilgan?) maktablarining oʻquvchilari (bitiruvchilari?) qanday izohlar qoldirayotgani bilan bir qiziqib koʻrishni masalat beraman.

"Dunyo- musobaqa" deb Harvardga kirish qiyinligini misol keltirishlar. Yoki "omon qolish uchun kurash qoʻlidan kelmasa mahallasidagi maktabda oʻqiyversin, nima muammo" qabilidagi izohlar.

Bular "oltin fond" deb, boshqa maktablar hisobidan hamma sharoitlarni muhayyo qilib, "qora xalq" oʻqiydigan maktablarga ijozat berilmaydigan dabdabali bitiruv oqshomlari qilib berib haqiqatdan ham oʻzini "elita", boshqalarni "qora xalq" sanaydigan, omon qolish uchun "kalmar oʻyini" hali maktabdan boshlanishini norma hisoblaydigan avlodni shakllantirib boʻldik shekilli.

Jamiyatni bolalikdan ikki qutbga ajratish juda xavfli. Bu - "Zumrad va Qimmat" siyosatini olib borayotgan Umarova va uning jamoasi buning oqibatlarini tasavvur ham qilmayotgan boʻlsa kerak.
"Kalmar oʻyini" hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova olib borayotgan taʼlim siyosati oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor deb oʻylaysiz?

Bu savolga oʻzimning javobimni bermoqchiman. Koʻpchilik oʻz fikrini bildirib boʻldi (postga izohlarda, boshqa kanallarda, X tarmogʻida) va men aytmoqchi boʻlgan koʻp narsalar aytib boʻlindi. Shuning uchun javobim qisqa boʻladi. Men nazarimda eng asosiy boʻlgan ikki oʻxshashlik va bitta muhim farqni keltiraman.

Oʻxshashliklar:

1. "Kalmar oʻyini"ning janri - "omon qolish oʻyinlari" (survival games). Juda koʻpchilik ichidan juda kamchilik omon qoladi. Magʻlub boʻlganlarning resurslari omon qolganlar foydasiga qayta taqsimlanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi olib borayotgan siyosat ham "omon qolish oʻyini"ga oʻxshaydi. Bir necha oʻn, hatto bir necha yuz "magʻlub"ning resurslari bitta "gʻolib" foydasiga qayta taqsimlanadi. Eng achinarlisi, vazirlik ham bunday ayanchli statistikani xursandchilik, gʻurur bilan eʼlon qiladigan, hatto bolalar ham davlatning fuqarolar oldidagi burchi, majburiyati boʻlgan sifatli, har bir oʻquvchining iqtidorini yuzaga chiqarishi kerak boʻlgan umumiy oʻrta taʼlimning "omon qolish oʻyini"ga aylanishini normal holat deb biladigan jamiyatga yetib keldik.

2. "Kalmar oʻyini"da bu tomosha VIP mehmonlar uchun edi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining bu "tomoshasi" ham VIP tomoshabin uchun. Maqsad - oʻsha tomoshabinning koʻzini quvontirish, goʻyoki "samara berayotgan islohotlar" illyuziyasini hosil qilish.

Va eng asosiy farq:

"Kalmar oʻyini" - bu fiction (oʻylab topilgan narsa, xayolot). Qanchalik ishonarli, taʼsirli boʻlmasin, xayolot. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi siyosati - reallik. Qanchalik zararli boʻlmasin, reallik. Bunday siyosat bilan vaqti kelib "Kalmar oʻyini" ham bizda reallikka aylanmasligiga kimdir kafolat bera oladimi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandning tarixiy merosi faqat Registon, Go'ri Amir yoki Shohi Zindadan iborat deb o'ylasangiz, adashasiz. Samarqandda XIX asr 2-yarmi - XX asr boshlarida qurilgan hamda Yevropa va Osiyo me'morchilik an'analarini o'zida mujassamlashtirgan ko'plab ajoyib inshootlar bor. Ular sizni xuddi vaqt mashinasidek 1-2 asr ortga qaytarishi mumkin.

Inqilobdan oldingi Samarqand bo'ylab Gazeta.uz bilan sayr qiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Til va adabiyot ta’limi" jurnali o‘zbek tilida faoliyat yuritadigan eng yaxshi muharrirlar 20 taligini e’lon qilibdi. O'zbek tilining rivoji, o'zbek tilida sifatli kontentning ko'payishida muharrirlarning o'rni beqiyos.

Menda ro'yxatdagi ayrim muharrirlar bilan birga ishlash imkoniyati bo'lgan. Masalan, Xurshid Ibrohim bilan Milliy o'quv dasturi asosidagi o'rta maktablar uchun "Adabiyot" darsliklarini yaratishda birga ishlaganmiz, qolaversa, 2024-yilda chiqqan (f.f.d. Zulxumor Mirzayeva bilan hammualliflikda) "Adabiyot o'qitish metodikasi" darsligimizni muharrir sifatida o'qib bergan. "Akademnashr"dagi Abdulla Sharopov "Baholash nazariyasi asoslari" kitobimga muharrirlik qilganlar. Orif Tolib bilan esa doktoranturada birga o'qiyapmiz. Haqiqatdan ham o'z ishlarining professionallari - ularni (va ro'yxatga kirgan boshqa o'z ishining ustalarini) e'tirof vilan tabriklayman!

Yaxshi muharrirlar ham, o'zbek tilida sifatli kontent ham ko'payaversin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi loyihaga Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlash tajribasiga ega o'qituvchilar taklif qilinadi.

🔎 Yo‘nalishlar:
– Ingliz tili
– Matematika
– Ona tili va adabiyoti

Talablar:
– Milliy sertifikatga tayyorlash bo‘yicha tajriba
– Mavzuni oddiy, tushunarli tilda tushuntirish ko‘nikmasi
– Mas’uliyat, natijaga ishlash va o‘z ustida ishlashga tayyorlik

Nima taklif qilinmoqda:
- Yuqori ish haqi (ish hajmiga qarab)
- Qiziqarli va kelajakka qaratilgan loyiha
- O'zingiz va metodikangiz haqida katta auditoriyaga gapirish imkoniyati
- Kelajakdagi karyerangiz uchun kuchli portfolio
- Uzoq muddatli hamkorlik

📥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bu yerga bosing.
"Xalq ta'limi info" kanalining yozishicha, attestatsiya natijalaridan norozi bir guruh o'qituvchilar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligini sudga bergan. Pedagoglar tomonidan sudga kiritilgan da’vo arizasida attestatsiya jarayonlariga oid 9 ta e’tirozli holat keltirilgan bo‘lib, ulardan eng asosiy urg‘u test savollarining murakkablik darajasi belgilangan vaqt me’yoriga mutanosib emasligi hamda savollar tuzish jarayonida validlik va testologiya qoidalariga rioya etilmaganligiga qaratilgan. Shuningdek, da’vo arizasida keltirilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Apellyasiya komissiyasi tomonidan pedagoglarning shikoyatlari asosli, huquqiy va daliliy baholanmasdan, “asossiz” deya topilib, rad etilgan.
Da'vi arzizasi kiritgan pedagoglar pedagog kadrning bilimi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar borligi, shuningdek, sinovlarni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar bo‘lganligi sababli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, shuningdek pedagoglarga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish kabi talablarni qo'yishgan.
Bilishimcha, bu safar sudga individual o'qituvchi murojaat qilmayapti, balki konkret da'vogarlar ortida attestatsiya jarayonlari va natijalaridan qoniqmagan o'qituvchilarning katta guruhi turibdi. Va ular asosiy e'tiborni konkret test topshiriqlarining to'g'ri yoki noto'g'riligiga emas, attestatsiya bilan bog'liq tizimli muammolarga qaratishmoqda.
Umid qilamanki, bu safargi sud jarayoni "Dovud va Goliaf" kurashi bo'lmaydi. Sud har ikkala tarafga teng huquq va imkoniyalar berishiga, ishni ko'rayotgan sudya esa masalaga formal, yuzaki yondashmasdan, mohiyatni o'rganishga vaqt, hafsala va jur'at topishga umid qilaman. Zero, adolatga bo'lgan oxirgi umidning sinishi (sindirilishi) oqibatlari fuqaro uchun ham, jamiyat uchun ham, davlatchilik uchun ham yaxshi bo'lmasligi aniq.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ustidan sudga daʼvo arizasi kiritgani xabar berilgan edi. "Xalq taʼlimi info" nashrining yozishicha, O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan yana bir nechta advokatlari vazirlik bilan bo'lib o'tadigan sudda pedagoglar huquqlarini himoya qilish maqsadida attestatsiya bilan bog'liq sud ishida ko‘ngilli ravishda ishtirok etish istagini bildirgan.
Men oʻylayman, bu sudga taʼlim masalalarini yoritadigan jurnalistlar va blogerlarni taklif qilish, jarayonning keng yoritilishini taʼminlash kerak. Attestatsiya - davlat siri yoki shaxsiy hayot emas va sudning ochiqligi, jarayonning keng yoritilishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar koʻrmayapman. Shunda, balki, jarayonning natijasi oldindan maʼlum "Dovud va Goliaf jangi" boʻlishining oldini olish mumkin boʻlar.

P.S. "Xalq taʼlimi info" nashri ham jarayonni yoritishga tayyorligini aytgan edi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qarshi sud ishida oʻqituvchilar manfaatini himoya qilayotgan advokat OzodNews axborot dasturida bu keys vazirlikning attestatsiya testlarini tuzishga yondashuvini oʻzgartirishga majbur qiladi, deb umid bildirgan.
Forwarded from Farengeyt Press
Do‘stlar, Usborne “Boshlang‘ch saboqlar” turkumidan oltita kitobni o‘zbek tilida nashrga tayyorlash ishlari boshlangani haqida avval xabar bergan edik. Shulardan uchta kitob (kimyo, biologiya, fizika) chop etishga tayyor holga keldi. Qolgan uchtasi jarayonda. Sentabr oyidan birin-ketin barcha kitoblar bozorga chiqadi.

Avvaldan buyurtmalar ham qabul qilinadi, bu haqda keyinroq xabar beramiz.

Bu kitoblar asosan o‘smirlar uchun deb aytilsa-da, aslida barcha qiziquvchilar uchundir. Ayniqsa, qiziquvchan farzandining savollariga javob berishda qiynaladigan ota-onalar uchun ayni muddao. Ilmiy-ommabop kitoblar o‘qishga chog‘langan kitobxonlar uchun ham yaxshi boshlang‘ich bilim beradi degan umiddamiz.
Quyida fizika, kimyo va biologiya kitobidan olingan parchalar.

#FarengeytPress #boshlangich_saboqlar #Usborne_Kimyo #Usborne_Fizika #Usborne_Biologiya #IlmSoddaTilda

Facebook | Instagram | X