Jalilov. Qaydlar
3.98K subscribers
1.43K photos
17 videos
22 files
2.26K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Nuriddin Uktamov |Nuriddin O'ktamov
Назаримда ХТВ икки тоифадаги мактабларга айри кайфиятда қараб, Зумрад ва Қиммат авлодларни етиштириб қўяётганини кўриб-билиб турганларига ишонаман.
Har xil sharoitlar yaratib berilgan Zumradlar va Qimmatlar ertaga bir jamiyat boʻlishini, yagona maqsad yoʻlida birlashishini kutish - yo soddalik, yoki ahmoqlikdir

Pedagog Nuriddin Oʻktamov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining "elita" va "oddiy" maktablarga munosabatini mashhur ertakdagi Zumrad va Qimmatga boʻlgan munosabatga oʻxshatibdi.

Oʻylab qarasangiz, oʻxshatishga jon bordek. Ertakda oʻz farzandi bilan yangi xonadonga kelgan ayol shu xonadonning farzandini yoqtirmaydi, ikkalasiga ikki xil munosabatda boʻladi. Yangi vazirlikka oʻz "farzandlari" (agentlik maktablari) bilan kelgan vazir va uning atrofidagilarda (eʼtibor bering: vazirlikdagi asosiy lavozimlarga agentlikdan kelganlar tayinlangan) "oʻzlariniki boʻlmagan" ("oltin fond"ga kirmaydigan, "oddiy" oʻquvchilar oʻqiydigan) maktablarga munosabati oʻzgacha. Bu munosabat nafaqat har yili 25-mayda bilinadi: "elita" maktablariga imtiyozlar, sharoitlar, hatto oddiy maktablarga ravo koʻrilmagan laborantlar - bular hammasi "Zumrad va Qimmat" munosabatining inʼikosi, nazarimda.

Lekin vazirlik bir narsani tushunyaptimi, yoʻqmi, bilmayman. Har xil munosabat koʻrgan bu "Zumrad" va "Qimmat"lar ertaga birlashib bir jamiyat boʻla olmaydi. Chunki ular orasida sovuqlik, nainki sovuqlik, balki nafrat, jarlik boʻladi. Oʻz yurtida, Konstitutsiyasi "hamma teng" deb turgan bir paytda bolaligidan tengsizlik koʻrganlardan ertaga "vatanga muhabbat" degan narsalarni kuta olasizmi?

UPD. Ha, Zumradlar va Qimmatlarni birlashtirib turadigan hech narsa boʻlmaydi. Eslab koʻring, ertakdagi Qimmat va uning onasini ilonmi, ajdarmi yutganda Zumrad zarracha achinmaydi.
🔥45👍11👎6😱3👏2
BASTION
Таълим раҳбарлари ҳақиқий ислоҳотлар ўрнига, давлат раҳбари олдида ҳисоб бериш, "очко тўплаш" ҳаракатида юрибди, деб тушунишга асослар етарли.
Bir necha ming kuzatuvchiga ega "Bastion" telegram kanalida eʼlon qilingan murojaatga koʻra, oʻqituvchilarning dam olishga boʻlgan huquqlari buzilayotgan boʻlishi mumkin. Ilgariroq "Xalq taʼlimi info" kanali ham "Dolzarb 90 kunlik" doirasida ta'lim muassasalarida turli xil o'quv kurslari, to'garaklar tashkil etilib, barcha o'quvchilar ta'lim jarayoniga to'liq qamrab olinishi va bu tadbirlar kelgusi oʻquv yiliga boshlanishigacha (sentyabrgacha) davom etishi reja qilinayotgani haqida yozgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglari uzaytirilgan - 56 kunlik mehnat taʼtili olish huquqiga ega. Mehnat Kodeksiga koʻra, barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlar ham har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega (216-modda). Xodimni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga faqat xodimning yozma roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi (232-modda).
👍30
"Fon bilan yozamiz"

- Bugun vazir nutqi bor ekan, shunga zalni to'ldirib turish uchun fon kerak.
- Fonni qayerdan olamiz?
- Doktorantlarimiz, ilmiy tadqiqotchilarmiz bor-ku!
- Ularning vazifasi ilmiy tadqiqot qilish emasmi?
- Oldin fon bo'lib bersin, tadqiqoti qochib ketmaydi.

(Suhbat badiiy to'qima mahsuli bo'lib, barcha o'xshashliklar tasodifiydir)
👍28🤯17👏7🔥2😢1
Gazeta.uz jurnalisti Shuhrat Latipov (qarang: 1, 2) va tahlilchi Azamat Shomuzaffarov (qarang: 3) AOKA tomonidan ishlab chiqilgan "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi bog'liq jiddiy muammolar - o'ta mavhum ta'riflar, AOKA vakolatlarining haddan tashqari kengayishi, senzuraning kuchayishi haqida yozishdi. Ilgariroq jurnalist Ilyos Safarov ham suhbatdoshlari bilan "Vatandosh" ko'rsatuvida AOKAga total "raqamli 1984" oʻrnatish huquqini beradigan qonun loyihasini muhokama qilgan edi.

Eldar Asanov yozmoqda: "Bundan buyog‘i butun dunyoda dezinformatsiyaga qarshi kurash, internetni tartibga solish kuchayib boraveradi va buni kimlardir so‘z erkinligini cheklash deb baholayveradi". Lekin mavhum, istalgan vaziyatda vakolatli organ yoki amaldor foydasiga talqin qilish mumkin bo'lgan, yoqmaydign har qanday postni o'chirishni talab qilish va hatto shaxsiy yozishmalargacha kirib borish imkonini beradigan normalar bilan dezinformatsiyaga qarshi kurashilmaydi. Loyihani qo'llab quvvatlayotgan blogerlar bir narsani hisobga olishmayapti: o'zingiz yoqlab bergan "oybolta" istalgan payt o'zingizga ham qarshi ishga solinmasligiga kafolat yo'q.
👍29🔥5
Oʻzbekiston qonunlari ajoyib, sud tizimi undan-da ajoyib. Masalan, haqorat bor, lekin ... haqorat yoʻq.

"Ekspert 7 ta postning barchasida haqorat, obro‘sizlantirish, ishchanlik obro‘siga putur yetkazish borligini asoslab berdi. Xususan, jurnoja*ab so‘zi haqorat, deb topilgan. Hamma postlar bir-biriga bog‘liq va ular Anora Sodiqovaga qaratilgan, degan xulosa chiqarilgan. .... Biroq sudya lingvistik ekspertiza xulosasini nomaqbul dalil, deb topgan".
"Siz iflos vijdon bilan gʻolibsiz, men toza vijdon bilan magʻlubman" degan edi Abdulla Qodiriy oʻz qahramonlaridan biri tilidan. Lekin bu ishda magʻlub Anora Sodiqova emas, magʻlub - Oʻzbekistonning tobora boʻgʻilib borayotgan jurnalistikasi va Anora Sodiqova mardlarcha himoya qilishga harakat qilib kelayotgan millat manfaatlari.

Oʻzbekiston huquq tizimida pretsedent: endi sud, kerak boʻlsa, "bu - qora, lekin ... qora emas" deb hukm chiqarishi mumkin. Endi istalgan erkin soʻz aytayotgan jurnalistni yoki faolni haqorat qilib, suvdan quruq chiqish mumkin.

Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessansga xush kelibsiz!

#JeSuisAnoraSodiqova
🤬18👍16👎6😱4🤯2
Konstitutsiya va qonunlarda belgilanmagan institutlarga va shaxslarga davlar boshqaruvi bo'yicha vakolatlar berish ijtimoiy kontraktni bir tomonlama buzish bo'lib, davlatga nisbatan ishonchni va oxir-oqibat legitimlikni yo'qqa chiqaradi.
👍12😢4🔥1
Dilshooda
Endi yana o'sha savollarga qaytsak, qaysi nuqtada xato qilyapmiz? Nima qilishimiz kerak? Va qachon bu to'g'rilanadi?
Qaysi nuqtada - aniqrogʻi, nuqtalarda - xato qilayotganimizni tushunish uchun, nazarimda, velosipedni qayta ixtiro qilish shart emas. Rivojlangan va (deyarli) har bir Oʻzbekistonlik koʻchib ketishni, farzandlari yashashini orzu qiladigan davlatlar allaqachon bu savollarga javob berishgan:

- Hokimiyatning almashinuvi. Bu almashinuvning sababi faqat biologik jarayonlar boʻlishi kerak emas. Asosiy qonunda belgilangan vakolat muddatining tugashi, xalq erkin fikr bildiradigan va real tanlash imkoniyatiga ega saylovlar vositasidagi almashish.

- Hokimiyatning uch boʻgʻini bir-biridan mustaqil ishlashi, bir-birini nazorat qila olishi va tiya olishi. Parlament va sud ijro hokimiyatining qosh-qovogʻiga, har bitta aytgan gapiga qarab qolmasligi, xalq bergan mandat va qonunlar asosida ish yuritishi.

- Meritokratiya. Davlat lavozimlariga tayinlashda kimning oʻgʻli-qizi, doʻsti-dugonasi, jiyani boʻlish yoki sadoqatiga emas, lavozim vazifalarini bajarish uchun kerakli bilim, kompetensiyalar va tajribaning bor-yoʻqligiga qaralishi.

Mana shu yuqorida aytilgan narsalar boʻlsa, siz aytgan - qonun va qarorlarning imi-jimida qabul qilinmasligi ham, hamma uchun sifatli taʼlim va tibbiyot uchun imkoniyatlar ham, sifatli infratuzilma ham va boshqa koʻplab narsalar ham boʻlaveradi. Yuqoridagi uch narsa boʻlmasa - har safar qisqa muddatli eyforiya davridan keyin "birinchi maʼmuriyat" davriga qaytaveramiz. Va har safar "2017-yilimni (yoki boshqa, eyforiya boshlangan istalgan raqam) qaytaring" deb oʻtiraveramiz. Agar shunday deyishga ruxsat berishsa, albatta.
👍19🔥2🤯2
"Bizdagi maktab ta’limidagi eng katta kamchilik — yodlashga qaratilgan bilim berish usuli. Afsuski, bu narsa universitetda ham saqlanib qoladi. Masalan, oraliq nazoratda bir oy avval o‘tilgan narsa so‘raladi. Yoddan javob berish birinchidan quyi ko‘nikma, ikkinchidan, odam faqat yodlash bilan shug‘ullanishi fikrlash ko‘nikmasini cheklaydi. Oqibatda shpargarkalar, ko‘chirmakashliklar paydo bo‘ladi. Afsuski, talabalar ham miyasini qotirib tahliliy narsa yozib bergandan ko‘ra bir yarim soat o‘tirib, u yoqdan, bu yoqdan ko‘chirib berishni ma’qul ko‘radi. Bu narsani hech bo‘lmaganda universitetda yo‘qotishga harakat qilishi kerak. Biz ona tili darsliklariga kommunikativ yondashuvni kiritganimizdan maqsad ham fikrlashga turtki bo‘lish edi".

Filologiya fanlari nomzodi Iroda Azimova

Juda qiziq suhbat boʻlibdi. Tavsiya qilaman. Iroda Azimova oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda foydali tavsiyalar berganlar.

Biz Iroda Azimova bilan, adashmasam, Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilinayotgan paytda tanishganmiz. Har ikkalamiz ham universitetni tashkil qilish boʻyicha komissiya raisi, oʻsha paytdagi Bosh vazir (hozirgi davlat rahbari) suhbatiga kafedra mudirlari lavozimiga nomzodlar sifatida kirib, tasdiqlanganmiz va bizga til, adabiyot oʻqitish metodikasini tubdan yangilash vazifasi qoʻyilgan edi. Keyinchalik Respublika taʼlim markazida Milliy oʻquv dasturi va bu dasturlar asosidagi darsliklar yaratishda birga ishladik. Garchi har xil fanlar yuzasidan dasturlar va darsliklar ustida ishlagan boʻlsak-da, oʻylayman, taʼlimdagi muammolar va ularni qanday hal qilish mumkinligi borasidasi fikrlarimizda mushtarak oʻrinlar koʻp. Umuman, Iroda Azimovadagi men juda hurmat qiladigan ikki jihat - prinsipiallik va muammoning ildizini koʻra olish. Aynan shu jihatlar, nazarimda, qarshiliklarga qaramasdan, oʻrta taʼlimda ona tilini oʻqitishga, oliy taʼlimda esa boʻlajak oʻqituvchilarni tayyorlashga yangi yondashuvlarni olib kirishlariga yordam berdi.

Xullas, suhbatni oʻqishni yoki videosini koʻrishni tavsiya qilaman.
👍17👏1
Umuman, oxirgi paytlar bir narsani koʻp oʻylayman.

Oʻzimning yoshligim oʻzimda boʻlsaydi, AQSHdan qaytib kelmaslik harakatini qilardim.

Fotoda: men oʻqigan va dars bergan Kolumbiya universiteti (New York) 2007-yil qishida. Shaxsiy arxivdan.
😢49🔥11👍7
Yaxshi yangilik.

"1000 kitob" doirasida “O‘quv dasturi. Asoslar, tamoyillar va muammolar” (“Curriculum: Foundations, Principles, and Issues”) kitobi tarjima qilinar ekan. O'tgan yili "1000 kitob" eksperti sifatida faoliyat yuritganimda ta'limga oid tarjima qilinishi kerak bo'lgan kitoblar bo'yicha fikr so'rashganida shu kitobni ham tavsiya qilgandim va tavsiyam qabul qilingani uchun rahmat. Bu yo'nalish - o'quv dasturlari o'zi nima, ularni yaratishning ilmiy asoslari, yondashuvlari bo'yicha o'zbek tilida adabiyot umuman yo'q. Balki shuning uchun ham Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi har ikki-uch yilda "o'quv dasturlarini takomillashtirish"ni "xobbi" qilib olgandir.

Umuman, ta'lim, pedagogika, metodika sohasida va uning alohida yo'nalishlari (masalan, ta'lim falsafalari siyosati va nazariyalari, o'quv dasturlari va darsliklar yaratish, alohida ehtiyojlari bor bolalar ta'limi, ta'limda baholash, yosh bolalar yoki kattalar ta'limining o'ziga xos xususiyatlari va hokazo) bo'yicha o'zbek tilida adabiyotlar yo'q. Pedagogika va metodika bo'yicha o'zbek tilida mavjud adabiyotlar esa, afsuski, aksar hollarda yoki oldi-qochdi gaplardan yoki hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan, sovet ideologiyasi ta'sirida shakllangan qarashlardan iborat. Shu jihatdan, masalan, o'tgan yili loyiha doirasida tarjima qilingan "Ta'lim" va "O'rganish yo'llari" kitoblari ham tezroq o'quvchilar qo'liga yetib borishi juda zarur.
👏16🔥6
Va xavotirga soladigan yangilik.

"Стороны обсудили сотрудничество в информационной сфере, подготовку кадров и взаимодействие пресс-служб двух стран. Речь шла об обмене профессиональным опытом, подходах к стратегическим коммуникациям и развитии компетенций сотрудников в условиях стремительно меняющейся медиасреды и роста влияния цифровых платформ. Также они говорили о запуске совместных медиапроектов и укреплении партнёрства в области информационной политики".


Qiziq, urush girdobiga tobora "tomi ketayotgan" Rossiyadan "axborot siyosati" sohasida nimani oʻrganish mumkin? Ijtimoiy tarmoqlarni "ekstremistik" deb topishnimi? Hukumatga (aniqrogʻi, bitta odamga) yoqmaydigan har qanday fikrni "diskreditatsiya" ("feyk") deb eʼlon qilish va fikr bildirganni qamoqqa tiqishnimi? Yoki yoqmaydigan har qanday shaxs yoki tashkilotga "xorij agenti" yorligʻini yopishtirishnimi?
🔥11👍5
Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhim masalalarni qamrab olgan. Biroq qonundagi istalgancha talqin qilish xavfini tug‘diradigan ayrim mavhum jumlalarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb yozadi “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/05/30/column/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥7👍4👏2
Tarixga nazar tashlasak, dastlabki sivilizatsiyalar asosan suv boʻyida paydo boʻlgan. Bu bejiz emas - suv bu sivilizatsiyalar uchun tom maʼnoda hayot-mamot masalasi boʻlgan. Va iqlimi tobora oʻzgarib, yashash uchun noqulay boʻlib borayotgan Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston uchun daryolar va suv havzalarining ahamiyati hali ham beqiyos. Shu jihatdan, Afgʻonistonda legitimligi tan olinmagan toliblar hukumati qurdirayotgan Qoʻshtepa kanalining bizga taʼsiri qanday boʻlishi mumkin? Jurnalist Ilyos Safarov ekspertlar bilan birga bu muhim savolga javob izlaydi.
👍9👏1
"Lekin bu ishda mag‘lub Anora Sodiqova emas, mag‘lub — O‘zbekistonning tobora bo‘g‘ilib borayotgan jurnalistikasi".

'Vaziyat ayollarning tahqirlanishini qonuniylashtirgandek tuyillmoqda”.

"Nega bunday holatlarda avvallari so‘z erkinligi, jurnalistlar huquqi haqida baralla gapirgan tashkilotlar jim?"

"Aholida sud idoralariga ishonchsizlik kayfiyati ko‘payib boraveradi".

Faollar Anora Sodiqovaga oid sud qarorini qanday qarshi oldi?

Qizigʻi, maqolada ayollar va bolalar huquqlari faoli Irina Matviyenkoga tayanib yozilishicha, ilgariroq xuddi shu bloger tomonidan boshqa jurnalistga nisbatan tahdid boʻlgan va "hech narsa" boʻlmagan ekan. Juda qiziq. Ayrimlar boshqalarga nisbatan tengroqdirlar?

#JeSuisAnoraSodiqova
🔥16
Qoʻshilaman.

"Tilla baliqcha"ni 5-sinf darsligiga kiritishni yoqlagan (yoki kiritgan?) olimlardan biriga, "5-sinfda bu asar bilan qanday ishlashni tavsiya qilasiz, oʻquvchida asarni tahlil qilish uchun na adabiyot nazariyasi boʻyicha va na asarning konteksti haqida yetarlicha bilim yoʻq-ku?" deb savol berganimda "Chuqur kirilmaydi, asarning kontekstini tushuntirilmaydi" deb javob bergan edi. Lekin "chuqur kirilmasa", "kontekst tushuntirilmasa" - bu asarni 5-sinf oʻquvchisiga berishdan qanday maqsad koʻzlangan oʻzi, yuqoriroq sinflarga, oʻquvchi asarni tahlil qilish uchun yetarli bilimga ega boʻlgan paytda bergan maʼqulroq emasmi, degan savolni javobsiz qoldirgan edi.
👍23
Асанов формати
Буларнинг барчаси онлайн платформалар ва веб-сайтлар фаолиятини тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий базани мустаҳкамлаш, интернет маконидаги хавфсизликни таъминлаш, тизимли чора-тадбирларни кучайтириш заруратини кўрсатмоқда.
Eldar aka, uzr-ku, bunday manipulyatsiyaning nima keragi bor? xuddiki muammoli qonun loyihasisiz Oʻzbekistonda qurol-yaroq, psixotrop moddalar targʻiboti yoki pornografiyaga ruxsat berilganday.

Amaldagi "Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi"gi qonunni ochib qarang, siz yozgan narsalarning hammasi qonunning 12-1 moddasi bilan taqiqlangan.

Oʻsha gap: siz bugun yoqlab berayotgan oybolta ertaga oʻzingizga ham qarshi ishlatilishi mumkinligini yodda tuting.
👍40🔥7👏4👎2🤔1🤯1
Ha, onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerlardir

Umuman, AOKA muammoli qonun loyihasi bo'yiicha e'tirozlar va savollarga o'z javobini beribdi.

AOKAning tushuntirishicha, ha, taklif qilinayotgan loyiha bo'yicha, ijtimoiy tarmoqlarning har qanday foydalanuvchisi bloger bo'ladi va har qanday shaxsiy yozishmalar "kontent tarqatish" deb qabul qilinadi. Lekin bunday yondashuv "blog", "bloger", "kontent" tushunchalarining buzib talqin qilinishidir. Blog" (inglizcha "web-log" - "internet-jurnal" so'zidan) - bu muallifning (blogerning) omma uchun ochiq qaydlari (masalan, qarang: Kembrij lug'ati, rus tilining katta lug'ati). "Kontent" deganda ham ommaga mo'ljallangan ma'lumot tushunilishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti bor har bir foydalanuvchini (bu akkaunt yopiq bo'lsa ham) "bloger" toifasiga kiritish, tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan har qanday shaxsiy yozishmalarni "kontent tarqatish" deb hisoblash nashidga layk bosishdan ko'ra xatarliroq oqibatlarga olib keladi va istalgan yoqmaydigan shaxsni shaxsiy fikri, foto yoki videosi uchun taqib qilish uchun qonuniy zamin yatarib beradi.

AOKA o'z javobida "kontent jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solsagina noqonuniy hisoblanadi", demoqda. Lekin, birinchidan, loyihaga ko'ra, jismoniy yoki yuridik shaxs yolg'on axborotni o'chirish talabi bilan murojaat qilishi mumkin, influyenserlar va OAVlar esa "yolg'on" degan maxsus belgi qo'yishi kerak. Maqolada yozganimdek, "yolg'on axborot" tushunchasining loyihada berilgan ta'rifi g'ayriilmiydir va qaysidir davlat organi yoki amaldorga yoqmagan istalgan axborotni "yolg'on" deb e'lon qilish imkonini beradi. Qolaversa, loyihadagi mavhum ta'riflar AOKAga, masalan, davlat yashirmoqchi bo'lgan har qanday voqea-hodisa, falokat haqidagi ma'lumotlarni "jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid soladigan" (demak, noqonuniy) deb e'lon qilish imkonini beradi. AOKA o'z bayonotida keltirgan misol ham bu xavotirni qaysidir ma'noda tasdiqlaydi.

"Ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi yoki faktlarni buzib ko‘rsatishi mumkin, ammo u oddiy hazil yoki kinoya va hokazo bo‘lgani uchun shaxs, narsa, voqea, hodisa va jarayon haqida noto‘g‘ri taassurot qoldirmaydi", deyiladi AOKA bayonotida. Oldinroq ham yozganimdek, har qanday "taassurot" subyektiv bo'ladi, ya'ni ma'lumotni qabul qiluvchiga bog'liq - bu ilmiy isbotlangan. Shunday ekan, taassurotning "to'g'ri" yoki "noto'g'ri"si bo'lmaydi. (Umuman, "taassurot"ni "to'g'ri" yoki "noto'g'ri" deb tasniflash har qanday fikrni nazorat qilishga intiladigan totalitar jamiyatlarga xos xususiyatdir). Subyektiv tushunchalarni qonunchilikka olib kirish qonunni istagan tarafga burish imkonini yaratadi va har birimiz uchun xavfli oqibatlarga olib keladi.

Aslida, bu loyiha "Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" deb nomlangan bo'lsa-da, foydalanuvchilarga qandaydir amaldagi qonunchilikda mavjud bo'lmagan huquqlar yoki himoya mexanizmlari bermaydi. Amaldagi qonunchilikda shundoq ham, masalan, ayrim blogerlar (taklif qilinayotgan loyiha bo'yicha - influyenserlar) yoqlab chiqayotgan jihatlar tartibga solingan. Tushunishimcha, bu loyiha kimgadir har qanday fikr ("kontent") ustidan total nazorat o'rnatish uchun kerak.
🤯9👍5