Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.45K photos
17 videos
22 files
2.28K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Davlat yaratayotgan va kuchaytirayorgan tengsizlik

"Asosan matematika, ingliz tilidan prezident maktabiga tayyorlashar ekan. Shunisi qiziq bo‘lib turib, Rakat mahalladagi filialiga olib bordim. Baxtiyor degan bola kutib oldi, “prezident maktabida unday bo‘ladi, bunday bo‘ladi”, deb rosa maqtadi. Nima bo‘lsa ham bolalarning o‘qishiga deb rozilik berdik".


Kun.uz nashri oʻquv markazlaridan biri atrofidagi mojaro haqida chop qilgan maqoladan olingan yuqoridagi parchaga eʼtibor bering. Ota-ona oʻquv markazi farzandini prezident maktabiga tayyorlab berishiga qiziqib, roʻzgʻoridan, boshqa farzandlaridan orttirib yiliga 12 mln soʻm toʻlashga tayyor. Bu - ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar (prezident, ixtisoslashtirilgan, ijod maktablari) yaratayotgan va kuchaytirayorgan tengsizlikka bir misol.

Umuman, prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar atrofida katta industriya - "shadow education" shakllangani sir emas. ("Shadow education" - "soyadagi taʼlim" - bu atama ilmda kurslar, repetitorlik xizmatlari singari pullik qoʻshimcha taʼlim xizmatlari uchun ishlatiladi). Bunday maktablarning katta konkursidan oʻtish uchun maxsus tayyorgarlik kerak, buning uchun oilaning moddiy imkoniyatlari koʻtarishi kerak. Yaʼni, bunday maktablar boshidan imkoniyatlari boshqalarnikiga qaraganda koʻproq oilalar farzandlarini qabul qiladi va umumiy oʻrta taʼlimning oxiriga borib ularning imkoniyatlari orasidagi farq yana ham kattalashadi. Vaholanki, umumiy oʻrta taʼlim tizimi barcha uchun teng ravishda sifatli taʼlim olish imkoniyatini taʼminlashi, bunday imkoniyat oilaning moddiy imkoniyatlari va boshqa omillarga bogʻliq boʻlmasligi kerak.
👍17🔥5👏3😢1
Netflix'ning eng katta yutugʻi

"Yolgʻizlikning yuz yili" asosida ishlangan serialni koʻrayotib negadir xayolimga bir fikr keldi:

Netflix'ning eng katta yutugʻi - unda "maʼnaviyatchi"lar yoʻqligi boʻlsa kerak. Tasavvur qiling, Netflix'da "maʼnaviyatchi"lar va "maʼnaviyat ekspertizasi" boʻlganida .... "Yolgʻizlikning yuz yili" ham, "Kalmar oʻyini" ham, boshqa dunyo miqyosida xitga aylangan filmlar va seriallar ham yaratilmas edi.
👍24🔥6👏1
O'zbekistonda nimalar bo'layotganini chet el OAVlaridan bilish ... odat tusiga kirmoqdami?

"В Кремле объявили, какие страны станут партнерами БРИКС с 1 января. Подтверждения о готовности стать государством - партнером объединения поступили от Белоруссии, Боливии, Индонезии, Казахстана, Кубы, Малайзии, Таиланда, Уганды и Узбекистана, отметил помощник президента РФ Юрий Ушаков", deb yozmoqda Rossiyaning TASS axborot agentligi.

Qiziq. O'zbekistonning bir haftadan keyin ayrimlar "Putinning G'arbga qarshi klubi" yoki "Xitoy qanoti ostidagi loyiha" deya baho berayotgan BRICS tashkiloti "hamkori"ga aylanishi haqida nega yana xorij OAVlaridan bilib olyapmiz? Yoki O'zbekiston rasmiy manbalari va OAVlari bu haqida xabar berganmidi?
🤬19👍4
Iqtisodchi Yuliy Yusupov va Profi Universiteti nodavlat universiteti asoschisi Bektosh Hatamov nodavlat OTMlarga talabalar toʻlayotgan kontrakt pullarining 4%i miqdorida soliqmi, oʻlponmi solishni maʼqullovchi "protokol" haqida yozishdi. Albatta, bu "soliq" / "oʻlpon" noqonuniy - qonunchilikka muvofiq, har qanday majburiy toʻlovlar faqat parlament tomonidan qonun bilan kiritilishi kerak. Va albatta, bu Oʻzbekistonda biznes yuritish (farqi yoʻq, qaysi sohada - oliy taʼlim boʻlishi shart emas) maqsadi boʻlgan ichki yoki tashqi investor uchun yomon signal - istalgan tashkilot istalgan vaqtda bitta "protokol" bilan oʻlpon joriy qila oladigan muhitda biznes yuritish - halol investor uchun juda katta risk.

Masalaning boshqa tomoni. Bunday "oʻlpon" noqonuniy boʻlgani bilan nodavlat OTMlar uning ustidan shikoyat qilishi dargumon. Chunki nodavlat OTMlariga litsenziyani beradigan tashkilot - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Vazirlik "oʻlpon" toʻlashdan bosh tortgan va shikoyat qilgan nodavlat OTM ustidan biron bahona bilan litsenziyani bekor qilish boʻyicha sudga murojaat qilmasligiga kafolat yoʻq. Shu paytda ena va qozi haqidagi sal qoʻpolroq, lekin topib aytilgan xalq ogʻzaki ijodi namunasi esga tushadi.

Qizigʻi, bu protokol bilan faqat nodavlat OTMlariga "oʻlpon" joriy qilinmagan. Protokol bilan OTMlar rahbarlari va professor-oʻqituvchilari oyligidan ham ushlab qolish rejalashtirilgan (16-bandga qarang). Aftidan, protokolni tuzganlar modomiki yuridik shaxslarga "oʻlpon" joriy qila olar ekanmiz, nega jismoniy shaxslar oyligidan ham ushlab qola olmasligimiz kerak, deb oʻylashgan shekilli. Oʻzbekistonda qaysi organ soliq solish vakolatiga egaligini aniq-tiniq belgilab bergan Konstitutsiya buzilgandan keyin, xodimning oyligiga daxl qilishni taqiqlovchi Mehnat kodeksi nima boʻlibdi?
🤬13👍10😱4
"Наболело! Сегодня у меня 8 класс писал СОЧ по геометрии на бумаге. Так вот, они все сдали быстрее, чем я бы прочитал хотя бы половину из заданий. Этот класс был мой самый любимый два года. А теперь весь класс просто в ...опе. Все перестали учиться! А зачем? В конце четверти же все будет где-то в сети все ответы. Зачем напрягаться в течении четверти, слушать, делать домашку? До этого я им сам сочинял контрольные, брал из того же учебника, но был уверен, что они их увидят впервые прям на контрольной, а не за день или два до СОЧа. Еще не проверял, но уверен, что все написали на 40 из 40" (Oʻqituvchi)

"у нас такая же ситуация, сына взбесило, что те кто списывал у него же, получили больше баллов, чем он сам. как так? И знаете каков результат? Теперь он решил забить на самостоятельные решения и говорит, что тупо спишет и все. Вот что тут поделать? у меня нет доводов в противовес этому. Говорю, главное твои знания, а не оценки, а он говорит, ну тогда можно вообще забить школу, мои знания от репетитора, а не от школы"
(Ota-ona)

Yuqoridagilar - yangi baholash tizimi haqida ijtimoiy tarmoqlardan olingan fikrlar edi.

Hali bu tizimning haqiqiy "meva"larini bir necha yil oʻtib totamiz. Lekin oʻshanda kech boʻladi. Vazirlik esa keyingi yil bu tizim joriy qilinadigan maktablar sonini 2 baravarga koʻpaytirmoqchi.
😢32👍2😱2
Yuqoridagi postga qoʻshimcha. Kanalga kelgan izohlardan (izoh muallifi imlosi va uslubi saqlangan):

Ассалому алейкум, ман 2 фарзанднинг онасиман, болаларим бири 9 синф бири 5 синф. Тугрисини айтаман икала фарзандим хам йиллик бахосида 4 бахоси йук эди, хаммаси 5 эди. Шу йили 1 чорекда икки фарзандимни бахоси тушиб кетди хатто кичкина фархандимни чореги 3 хам чикди. Ман икаласига тушунтирдим, манга сизларни бахоилар керак эмас манга билиминг мухим деб... натижа нима булди биласизларми... хозир икала фарзандим хам факатгина Сор-Сочни кур курона жавобини бир икки кун олдин шпаргалка таерлашяпти, мактабга бормаслиги купайган. Айтишадики "Ман ундан кура шу вактимни кушимча дарсларимга сарфлайман мактабга сарфлайдиган бекорчи вактим йук" деб бу фикрига 100% кушиламан. Мани имкониятим бор Худо хохласа кушимчаларда болаларим билим олишини давом эттиришади, лекин имконияти йуклар канча... Нима демокчиман, бу системани йулга куймаслигилар учун кучимни сарфламайман ахволни куриб турибман .... шунчаки МАКТАБНИ СИСТЕМАСИНИ ДАБДАЛА КИЛИБ ТАШЛАДИЛАР,БОЛАЛАРНИ ИНТИЛИШИНИ, КИЗИКИШИНИ, ИШОНЧИНИ йук килдилар...

Xullas, bu "mezonlarga asoslangan" deyilayotgan gʻayri ilmiy baholash tizimi davom etaversa, oqibati xayrli boʻlmaydi - bir nechta avlodni boy beramiz. Nahotki bu holat "tepa"dan hech kimni tashvishga solmayapti?
😱15👍9
"Ma'rifat" gazetasining kechagi sonida e'lon qilingan "Adabiy ta’lim tamoyillari va baholashning yangi tizimi" maqolasida bir qiziq fikrga ko'zim tushdi: "Adabiyot darsi oʻquvchiga bilim bermaydi, unda koʻngil tarbiyalanadi". Keling, shu fikrni tahlil qilib ko'raylik.

Adabiyot darslarida o'quvchi asosan badiiy matn bilan ishlaydi: uni tahlil qiladi, unga munosabat bildiradi, undan o'z xulosalarini chiqaradi. Badiiy matnni tahlil qila olish uchun u qanday qonuniyatlar asosida tuzilishi haqida muayyan bilimlar kerak: masalan, badiiy matn boshqa turdagi (axborot, ilmiy va hokazo) matnlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, badiiy matnning tur va janrlari bir-biridan qaysi xususiyatlariga ko'ra farq qiladi, badiiy matnda qanday tasvir vositalari ishlatiladi va ular qanday maqsadlarga xizmat qiladi va hokazo va hokazo. Misol uchun, yangi 5-sinf adabiyot darsligining boshida berilgan Abdulla Oripovning "Tilla baliqcha" she'ri aslida qandaydir ko'lmakda yashaydigan qandaydir bitta baliq haqida emasligini tushunish uchun ham obrazlilik, ramz, majoz haqida muayyan bilimlar kerak. Bunday bilimlarsiz o'quvchi asarni tahlil qila olmaydi, unga munosabat bildira olmaydi, shunchaki "aravani quruq olib qochadi", xolos. Badiiy matnni tushunish va tahlil qilish uchun kerakli bilimlar va ko'nikmalar asosiy obyekti badiiy matn bo'lgan adabiyot darslarida berilmasa, qaysi darslarda berilishi kerak?

Ushbu postga ilova qilingan sxemaga qarang. Unda ta'lim jarayoni soddalashtirilgan ko'rinishda aks etgan: ta'limiy maqsadlar qo'yiladi, maqsadga mos vositalar (o'quv materiallari, metodika va hokazo) tanlanadi, qo'yilgan maqsadlarga qay darajada erishilgani baholash orqali aniqlanadi. Ta'lim jarayoni samarali bo'lishi uchun mana shu uch asosiy element (maqsad - vosita - baholash) uyg'un ishlashi, bir-biriga mos bo'lishi kerak. Mutaxassislar (masalan: 1, 2) ta'limiy maqsadlar imkon qadar aniq belgilanishi, o'quvchi ta'lim jarayoni so'ngida bajara olishi kerak narsalarni tasvirlashi kerakligiga urg'u berishadi. Aniq maqsadlar qo'ymasdan ta'lim jarayonining samarasini ta'minlash imkonsiz, zero hayotda ham qayerga borishingiz kerakligini aniq bilmasangiz, ko'zlagan manzilingizga yetib bormaysiz.

"Adabiyot darsi oʻquvchiga bilim bermaydi, unda koʻngil tarbiyalanadi" deyish esa, nazarimda, adabiyot fanini aniq maqsadsiz, "oldi-qochdi" fanga aylantiradi, chunki "ko'ngilni tarbiyalash" - mavhum gap: siz o'qituvchi sifatida "ko'ngilni qanday tarbiyalash" kerakligini va ta'lim jarayoni yoki uning bir qismi nihoyasida "ko'ngilning qay darajada tarbiyalanganligiga" qanday baho berish kerakligini aniq tasavvur qila olasizmi? Adabiyot alohida fan sifatida o'qitiladigan yoki ona tili tarkibida o'qitiladigan davlatlar o'quv dasturlarini tahlil qilsangiz, adabiyot fani uchun konkret maqsadlar - o'quvchillar egallashi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalar belgilanganini ko'rishingiz mumkin. Masalan, Maktabgacha va maktabgacha ta'lim vazirligi andoza olishga harakat qilayotgan Singapur ta'lim vazirligi tasdiqlagan o'rta maktab adabiyot dasturini ko'rsangiz, unda 4 yo'nalish bo'yicha aniq ta'limiy maqsadlar qo'yilganining guvohi bo'lasiz. Masalan, uchinchi yo'nalish bo'yicha (syujetga baho berish) o'quvchilardan syujet strukturasini (misol uchun, ekspozitsiya, kulminatsiya, yechim), syujet vositalarini (masalan, flashback - asardagi voqealardan oldin bo'lgan voqealarga ishora qilish, flashforward - keyinroq bo'ladigan voqealarga ishora qilish, twist - kutilmagan burilishlar) hamda konfliktning syujet rivojidagi ahamiyatini tahlil qila olishi kutiladi. Maktabni bitirish imtihonida ham shu ko'nikmalar tekshiriladi. Bu ko'nikmalarni egallash uchun esa, tabiiyki, muayyan bilimlar (masalan, syujet nima, uning qanday elementlar bor va hokazo) egallanishi kerak.

Ta'lim jarayoni samarali bo'lishi uchun aniq maqsadlar kerak. Bunday maqsadlarni belgilaydigan hujjatlar esa amalda yo'q. Shunday ekan, ta'lim samarasi haqida gapirish mantiqsizlikdir. Balki aniq maqsadlar yo'qligi uchun ham "ko'ngilni tarbiyalash" singari mavhum maqsadlar bilan o'zimizni aldayotgandirmiz?
👍9
"Barcha imtiyozlaringiz oʻzingizga va atrofingizdagi xushomadgoʻylarga siylov". Fahriddin Nizomov (Faxriyor) Yozuvchilar uyushmasidan chiqishi haqida.

Oʻzi Stalin davrida tuzilgan, asosiy maqsadi ijodkorlarni va ularning ijodini nazorat qilish, asosiy vazifasi esa "partiya liniyasi"dan chiqmaydiganlarni imtiyozlar bilan siylab, itoatsizlarni "savalash" boʻlgan (adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Boris Pasternak keysini eslang) bunday uyushmalar bizga kerakmi?

Balki shunday "uyushmalar" borligi tufayli ham adabiyotimiz haligacha dunyo miqyosiga chiqa olmayotgandir?
👍22👏7🤔1
"Zakovat"ga byudjetdan 50 mlrd?

Har xil faktlarni yodlab olib, buni "intellekt" deb oʻylaydiganlarga nima uchun soliq toʻlovchilar hisobidan pul ajratilishi kerakligini kimdir tushuntirib bera oladimi?
👎132👍71🤬67🔥6🤯6
Yuqoridagi postga izohlardan birida "Eng yaxshi sarmoya ilmga tikilgan sarmoya" deb yozishibdi.

"Zakovat" oʻyinini ilm va unga byudjetdan ajratiladigan pullarni "ilmga sarmoya" deb jiddiy aytilyaptimi? "Zakovat" NNTga alohida eʼtiborning asl sababini uning "ilmga aloqasi bor"ligidan emas, oʻtgan yilgi ayrim bayonotlardan va keyinroq klubning PR vositasiga aylan(tiril)ganidan qidirish kerak emasmikan?
👍87👎37🔥2🤬1
Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tizimlarida (maktab, litsey) faoliyat yuritayotgan ona tili va adabiyot o'qituvchilari uchun so'rovnoma

Hurmatli ustozlar! Ona tili va adabiyot fanlarini o'qitishda qo'llanilayotgan baholash usullarining ta'lim samaradorligiga ta'sirini o'rganish hamda ta'lim samaradorligini oshirishi mumkin bo'lgan baholash usullarini taklif qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqot doirasida so'rovnoma o'tkazilmoqda. So'rovnomani to'ldirish uchun bir oz vaqtingizni ayamasdan, tadqiqotga hissa qo'shishingizni iltimos qilaman.

So'rovnoma doirasida yig'ilgan barcha ma'lumotlar faqat umumlashtirilgan holda ilmiy ish doirasida ishlatiladi. Ilmiy etiket qoidalariga muvofiq, so'rovnomada qatnashganlarning shaxsini aniqlashga yordam berishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar oshkor qilinmaydi.

So'rovnoma havolasi: https://xalqtaliminfo.uz/questionnaires/14/uform
👍11🤬1
Oʻzbekiston taʼlimi dunyoda eng oxirgi oʻrinlarda...mi?

Xabaringiz bor, oxirgi yillar Oʻzbekiston oʻquvchilari taʼlim sifatini oʻlchashga qaratilgan bir nechta xalqaro tadqiqotlarda qatnashdilar: PIRLS, PISA, TIMMS. Va bu tadqiqotlardagi natijalarimiz, afsuski, Oʻzbekistonda maktab taʼlimi obrazli qilib aytganda, ogʻir bemor emas, balki oʻlib boʻlganligini koʻrsatmoqda. Eng achinarlisi - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ahvolni oʻnglash uchun ilmiy asoslangan qadamlar tashlash oʻrniga biratoʻla taʼlimning janozasini oʻqib qoʻya qolmoqchi koʻrinadi.

Oʻzbekiston maktab taʼlimida nimalar boʻlyapti va nimalar boʻlmasligi kerak - agar siz uchun bu mavzu befarq boʻlmasa, koʻring, fikr bildiring.
👍12🔥4🤬1
"Tanaffus" podkastining kecha eʼlon qilingan soni tagida qoldirilgan izohlardan.

"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan yangi baholash tizimi taʼlimning samarasiga xizmat qilmasligini, aksincha, bolalarni faqat BSB va CHSBlarning tayyor javobini koʻchirib baho olishga oʻrgatayotgani, oʻqishdan sovutayotganini vazirlik tushunishni istamayapti. Vazirlik mutasaddilari bilan dialogga urinishlar foyda bermadi - ular har qanday argumentga "bu sizning shaxsiy fikringiz, bizdagi maʼlumotlar boshqacha" deya javob berishni maʼqul koʻrmoqda. Vazirlik haqiqatdan ham taʼlimning biryoʻla "janozasini oʻqimoqchi" koʻrinadi.
👍18😱4🔥2🤬1
Kobul Dusovning yozishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ustidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan. Daʼvo oʻqituvchilar attestatsiyasiga oid. Ariza Beruniy tumanlararo sudi tomonidan koʻrib chiqilishi kutilmoqda.
👍24🔥6👏3🤬1
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova oʻzining yangi yil tabrigida yana islohotlar vaʼda qilmoqda. Taʼlim sohasiga begona boʻlmaganlar esa "islohot" desa yuragi bezillaydigan boʻlib qolgan.

Kelayotgan yangi yilda vazirlikning mantiqsiz va maqsadsiz islohotlari va nihoyat barham topib, taʼlim normal izga qaytishini, taʼlim sohasi vakillari "koʻksiga shamol tegishini" tilab qolaman.

Kirib kelayotgan yangi, 2025-yil muborak boʻlsin!
🔥35👍6🤬1