Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.28K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
"Farqini top" turkumidan: RTMga plagiat yarashaveradi .. mi?

Postga ilova qilingan suratlardagi matnlarni solishtirib ko'ring. Ranglilari - filologiya fanlari doktori Zulxumor Mirzayeva va Komil Jalilov (men) tomonidan 2022-yilda yaratilgan 10-sinf "Adabiyot" darsligidan sahifalar. Oq-qora rangdagilari - RTMning rasmiy kanalida e'lon qilingan "tanlov sinflari uchun adabiyot o‘quv fani yuzasidan ilk bor ishlab chiqilgan o'quv qo‘llanma". Nechta farq topa olasiz?

Psixolingvist, filologiya fanlari nomzodi, Milliy o'quv dasturi asosidagi ona tili darsliklari muallifi Iroda Azimova o'z kanalida shunday yozadi:

"Ko‘chirish - bu birovning gapini aynan olib o‘z matniga qo‘shish va gapning asl muallifni ko‘rsatmaslik demakdir. Bu hajm ko‘paytirish uchun qilinadimi, o‘z matnini "ilmiylashtirilish" uchun qilinadimi ahamiyati yo‘q. Siz birovning gapini o‘zingizniki qilib ko‘rsatyapsiz degani. Bu yolg‘on, bu o‘g‘irlik demak! "Gapni qo‘shtirnoqqa olib havola bermagan bo‘lsam ham, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida berganman-ku", deb o‘zingizni oqlashga shoshilmang. U o‘z nomi bilan "FOYDALANGAN adabiyotlar ro‘yxati", "ko‘chirilgan adabiyotlar ro‘yxati" emas. Adabiyotni o‘qib, undagi bilimni o‘zlashtirish kerak, muallifning gaplarini emas".

Bu - plagiat. Manbani "foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati"da ko'rsatish sizga butun-butun matnlar, mavzularni birovning kitobidan olib o'zingiznikiga qo'shish va bu matn muallifi sifatida o'zingizni ko'rsatish huquqini bermaydi. Shunday ekan, bunday plagiat "qo'llanma" rasmiy manbadan olib tashlanishini va ko'chirilgan manbalar mualliflaridan (tushunishimcha, u yerda boshqa manbalardan ham ko'chirilgan, faqat biznikidan emas) uzr so'ralishini talab qilaman.
👏14👎9🤬5🤯3
JIDU (diplomatiya) universitetida bizga "Diplomatiya tarixi" fanidan taniqli professor, bir qancha darsliklar muallifi Goga Hidoyatov dars berganlar. Baʼzan mavzudan chetlashib qiziq voqealar yoki siyosiy latihalar aytib berardilar. Shunday latifalardan biri:

Nikson va Brejnev tortishyapti. Nikson Brejnevga:
- Nima desangiz deng, bizning (AQSHning) eng katta yutugʻimiz - bu demokratiya. Sizlarda demokratiya yoʻq.
Brejnev: "Demokratiya" deganda nimani tushunasizlar oʻzi?
Nikson: Qanday tushuntirsam ekan ... Mana, masalan, kimdir Oq uy oldiga kelib, "Nikson - ahmoq!" deb baqirsa, unga hech narsa boʻlmaydi.
Brejnev: "Demokratiya" deganlaringiz atigi shumi? Bizda ham bor shu demokratiya. Kreml oldiga kelib kimdir "Nikson - ahmoq" desa unga hech narsa qilmaydi.

Bu shunchaki talabalik davri hangomalari edi. Bugungi xabarlarga aloqasi yoʻq.
👍9👎8🔥5
Yana bugungi xabar haqida.

Latifa oʻz yoʻliga, lekin xabarda bir jihat eʼtiborimni tortdi: Dusovni javobgarlikka tortish uchun asos qilib olingan modda (JK 140-moddasi: jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish).

"O‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish" deganda nimani tushunamiz? Buning oddiy "haqorat qilish"dan qanday farqi bor? Va buning oʻz xizmat burchini (vazifasini) bajarishi munosabati bilan davlat xizmatchisini (amaldorni) tanqid qilishdan qanday farqi bor?

Masalan, shunday gipotetik vaziyatni tasavvur qilaylik: men "Umarova olib borayotgan taʼlim "islohotlari" taʼlimni goʻrga tiqyapti" deb yozsam, "oʻz xizmat burchini (vazifasini) bajarayotgan" amaldor "meni oʻz xizmat burchim (vazifamni) bajarishim munosabati bilan haqorat qildi" deb sudga bera oladimi? Bizning ijro hokimiyatidan toʻla mustaqilligi shubha ostida boʻlgan (masalan, shaxsan men uchun) sudlarimiz ijro hokimiyatining bir aʼzosi, amaldor va oddiy fuqaro oʻrtasidagi bunday tortishuvda adolatli hukm chiqarishiga umid bormi? Bunday "ajoyib modda" bizning amaldorlarni "oʻz xizmat burchini bajarishi munosabati bilan" tanqid qilib boʻlmaydigan "sacred cow"ga aylantirib qoʻymasligiga kafolat bormi? Masalan, Dusov vazir oʻrinbosarini haqorat qilgani uchun jazolandimi yoki ... vazirlikdagi pul masalalari bilan bogʻliq qator iddaolari uchunmi, degan savol, oʻylaymanki, faqat menda tugʻilmadi.

Yana bir narsa. Fikrimcha, shaxs siyosatga kiryaptimi, public person boʻlishni istayaptimi, tanqidlar va baʼzan qattiqroq gaplarni koʻtarishga tayyor boʻlib kirishi kerak. "Sirkangiz suv koʻtarmaydigan" boʻlsa, siyosatga kirishning nima keragi bor - ommaga koʻrinmaydigan biron-bir ish bilan shugʻullanib yurish kerak.

Va jurnalist Ilyos Safarov koʻtargan ikki standartlilik masalasiga qoʻshilmay iloj yoʻq. Nega qonun himoyachilarimiz faqat amali yoʻqlarning harakatlariga huquqiy baho berishda hozir-u nozir, amalga egalar esa shunday va undan badtar harakatlari uchun suvdan quruq chiqaveradi? Yoki ular haqiqatdan ham sacred cow'mi?
🔥11👍7👏1🤯1
Darvoqe.

Oldingi postda ishlatilgan "sacred cow" ("muqaddas sigir") birikmasi - haqorat emas. Ingliz tilida bu ibora "asossiz ravishda tanqidlardan xoli qilingan, himoyalangan shaxs yoki guruh" maʼnosini anglatadi. Har qalay, ingliz tilining Webster lugʻati bu iboraga shunday taʼrif beradi.

Har ehtimolga qarshi aytib qoʻydim. Oʻzini "sacred cow" hisoblaydiganlar buni haqorat deb qabul qilmasligi uchun.
👏28👍13👎1🔥1
"Чума на оба ваши дома" ("Vabo tushsin har ikki xonadoningga ham").

Serialdan mutlaqo shaxsiy xulosani Uilyam Shekspirdan mana shu iqtibos yaxshi ifodalaydi.
👍12👎1
"Yovvoyi tabiat haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilganingda, echkiemar bilan ilon o‘z hayotlari uchun urushib chirmalashib qolsa, qaysi tomonga “bolet” qilishni bilmay qolasan, chunki na unisi, na bunisi ko‘rinishidan oppoq yo momiq. Ulardan biri beozor kiyikcha bo‘lsa boshqa gap".

Jurnalist Ibrat Safo ham serial koʻrayotganga oʻxshaydi.
👍14👎2🤯1
«Нет сил, ребёнок отказывается учиться». «Оценивание ради оценивания». «Система тотального и мелочного контроля». Почему «критериальной» системой оценивания в школах недовольны и родители, и педагоги? Насколько она правильно устроена с точки зрения науки? Проблему изучил Комил Джалилов.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/11/25/evaluation/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥13🤯2👍1
Odamning paydo bo'lishiga yangicha nigoh?

"Novda" nashriyotida chop etilgan 4-sinf "Tabiiy fanlar" darsligi muallif(lar)ining fikricha, dinozarlarning qirilib ketishi insonning paydo bo'lishiga turtki bergan - dinozavrlar bor bo'lgan paytda yer ostida yashagan turli mayda jonivorlar o'zgarib, oxiri odam paydo bo'lgan ekan.

Qiziq, odamning paydo bo'lishiga bunday nazar (yer ostida yashagan turli mayda jonivorlar o'zgarishi natijasida odam paydo bo'lishi) oldin ham bor edimi yoki bunday qarash endi paydo bo'ldimi? Ilm-fanda bu qarash o'z isbotini topganmi? (Har qalay, kichik yoshli maktab bolalari o'qiydigan darsliklarga fanda isbotini topmagan qarashlar bunday ishonch bilan berilmasligi kerak shekilli?)

Bilgichlar, soha mutaxassislari nima deydi?
😱14🔥8
Qibraydagi voqea haqida "Ozodlik" videolaridan keyin o'zimizdagi rasmiy manbalar ham bayonot bera boshlashdi. Ayrim nashrlar aynan shu voqea tufayli kimlardir "haydalganini" iddao qilib chiqdi.

Eng achinarlisi, ta'limga ikki yil oldin qilingan suiqasd (Nobel mukofoti laureati Markes ta'biri bilan aytganda, "oshkora qotillik qissasi") bo'yicha hech qaysi vakolatli organ o'z vaqtida biron bir qiziqish bildirmadi.
🔥26😢6👎2👏1🤯1
Kecha qaysidir maʼnoda "mezonlarga asoslangan baholash" kuni boʻldi desa ham boʻladi. Dastlab Потребитель.уз guruhi admini bu masalada shikoyatlar, noroziliklar koʻpaygani haqida yozdi. Keyin Gazeta.uz da mavzu boʻyicha mening kattaroq tahliliy maqolam chiqdi. Keyin Oʻzbekiston yangiliklarini oʻziga xos uslubda yoritadigan (tushunishimcha, yangiroq) telegram kanal ham muammoga eʼtibor qaratdi.

Muammo koʻlami haqiqatdan ham katta. Joriy qilinayotgan (aniqrogʻi, 1,5 mingta maktabga joriy qilingan) tizim pedagogika va testologiyaning bazaviy tamoyillarini shu darajaga inkor qiladiki, bunday ilmga asoslanmagan, aniqrogʻi, unga qarshi tuzilgan tizim halokatga yetaklashi aniq. Buni maqolamda koʻrsatib berishga harakat qilganman.

Eng achinarlisi, vazirlik muammoni tan olish oʻrniga "yangi tizimni ota-onalar tushunmayapti, direktorlar yetarlicha tushuntirmagan, oʻqituvchilar ishlashni xohlamayapti" degan vajlar bilan muammoni boshqa oʻzanga buryapti. "Xorijiy tajriba" deyapti, lekin vazirlik misol keltirgan bironta davlatda bunday tizim yoʻqligini, hatto andoza olinayotgani taxmin qilinayotgan Qozogʻistonda ham bu tizim boshqacha ishlashini maqolamda koʻrsatib berdim.

Tushunaman, eng tepaga "tizim zoʻr" deb "raport" berilgan, tizimni joriy qilish uchun byudjetdan mablagʻ olingan, balki xorij grantlari ham jalb qilingandir (kim biladi). Lekin ota-onalar, pedagoglar, mutaxassislarning fikrlariga "tupurib qoʻyib" oʻjarlik bilan "tizim zoʻr" deb joriy qilishdan davom etaverish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Muammoni tan olish va uning ustida ishlash kerak. Facebook'da oxirgi haftada koʻpayib ketgan vazir nomiga bir xil qolipdagi tabriklar bilan ham muammoni xaspoʻshlab boʻlmaydi.
🔥16👍11🤯3
Quyida - kecha "Новости Узбекистана на вайбе" telegram kanalida eʼlon qilingan post.
👍3
📚Родители бьют тревогу: новая система образования в школах убивает желание учиться

В социальных сетях разгорается скандал вокруг новой системы оценки знаний в школах. Родители продолжают критиковать СОЧ (суммативное оценивание за четверть) и СОР (суммативное оценивание за раздел), утверждая, что это "шаг в никуда", который разрушает систему школьного образования.

В чем проблема?
Основное недовольство связано с новой системой подсчета четвертных оценок. Родители возмущены, что выполнение домашних заданий практически не влияет на итоговую оценку, а контрольные работы СОЧ и СОР играют решающую роль:

▪️50% оценки за СОР
▪️40% за СОЧ
▪️10% за домашние задания.

По словам родителей, это демотивирует детей учиться: зачем выполнять домашние задания или слушать учителей, если можно просто выучить ответы на контрольные из интернета или воспользоваться шпаргалками?

⚠️На что жалуются родители?

Необъективность системы:

▪️Ученик может не заниматься, игнорировать домашние задания, но успешно сдать контрольные и получить хорошую четвертную оценку.
▪️Ответы к контрольным заданиям есть в открытом доступе, что нивелирует весь процесс обучения.

Некорректные вопросы в тестах:

Родители утверждают, что вопросы составлены некорректно, а иногда правильных ответов просто нет.

Другие системные проблемы:

▪️Переполненные классы.
▪️Нехватка учебников и квалифицированных педагогов.
▪️Отсутствие поддержки для учеников, которые не успевают за программой.

Что требуют родители?

▪️Министр дошкольного и школьного образования Хилола Умарова должна выступить с разъяснением по новой системе.
▪️Внести корректировки в методику подсчета оценок, чтобы вернуть мотивацию детей к учебе.
▪️Решить базовые проблемы: нехватку учителей, учебников и переполненность классов.

💬А что думаете вы? Как новая система оценки знаний влияет на процесс обучения ваших детей? Поделитесь своим мнением в комментариях!

Твой свежий VAIB здесь, подписывайся
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤯2