Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.28K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Agar qudratimizga shubha qilsang, darsliklarni "qo'lqopday" almashtirishimizga boq ...

Darvoqe. Singapurning 5-6-sinflar matematika darsligi joriy qilinishi bilan 2022-yilda yaratilgan 6-sinf matematika darsligi "chiqit"ga chiqadi. Singapurning "Tabiiy fanlar"i joriy qilinishi bilan 2022-yil tabiiy fanlar darsligi ham "makulatura"ga topshiriladi. Bu darsliklar bor-yo'g'i 2 yil oldin Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida yaratilgan edi. Ularning muomaladan chiqarilishi sabablariga, tabiiyki, bironta rasmiy tashkilot yoki shaxs izoh bermadi, arzirli sabab keltirmadi. Agar sabab - ularning "Novda"ning 2023-yilda joriy qilingan va haligacha qaysi dasturlar asosida yaratilgani noma'lum qolayotgan boshlang'ich sinflar darsliklari bilan uzviy emas desangiz - "Novda" va Singapur darsliklari ham u qadar "qovushmayapdi". Bu degani - balki, keyingi yillarda "Novda"ning ham darsliklari almashtirilar va ularni qaysi nashriyot almashtirib berishini taxmin qilish u qadar qiyinchilik tug'dirmasa kerak.

Qizig'i, 2 yil oldin darsliklarni qaysi nashriyotlar, necha pulga chiqarishi bilan qiziqqan nashrlar va blogerlar bu safar darsliklarni har yili yangilash uchun ajratilayotgan trillionlar ham, bu trillionlar qaysi nashiyot(lar)ga berilayotgani ham unchalik qiziqtirmayapti ...
🔥17👍4
Istagan tashkilot Konstitutsiya va qonunlarni inkor qiladigan hujjat chiqara olaversa, "huququy davlat" deganimiz qayerda qoldi?

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning xabar berishicha, mediamahsulotlar endilikda “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi. Ma’naviyat va ma’rifat markazi, AOKA, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, MTRK, O‘zbekiston Milliy media birlashmasining qarori bilan tele va radiokanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar, xususan, serial, multfilm, kino va qo‘shiqlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish tartibi joriy etildi.

Bu "eski O'zbekiston"ga qaytishmi yoki 1984gami, yoki undan ham ortgami, bilmadim-ku, menda, masalan, bu tashkilotlar qabul qilgan hujjatning amaldagi Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligiga juda katta shubham bor:

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra:

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir. (81-modda)

Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. (82-modda)

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunga ko'ra:

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi. (5-modda)

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqi yo‘q. (7-modda)

"Ma'naviyat", "axloq", "qadriyatlar" o'ta subyektiv, istagancha talqin qilish mumkin bo'lgan tushunchalardir va bu borada har kimning "qarichi" har xil bo'ladi. Masalan, kimdir Mikelanjeloning "Dovud"ini san'at durdonasi hisoblasa, kim uchundir bu "yoshlarning axloqini, tarbiyasini buzadigan narsa" bo'lib ko'rinishi mumkin. Bunday subyektiv, "rezinka" (istagan tarafga tortish mumkin bo'lgan) tushunchalar asosida ish ko'radigan "ma'navyat ekspertizasi" kim(lar)gadir yoqmagan har qanday axborot, kino- yoki televizion asarni yoki san'at asarini senzura qilish, taqiqlash uchun qurol sifatida ishlatilishi mumkin. Bugun faqat media mahsulotlar uchun joriy qilinayotgan "ma'navyat ekspertizasi", agar ishlab ketsa va bunday "ekspertiza"ning de-fakto senzura ekanligi va yuridik jihatdan noqonuniyligi haqida bong urilmasa, ertaga har qanday axborotga, har qanday media yoki bosma mahsulotga, har qanday san'at asariga nisbatan qo'llaniladi. Shunda Oruellning "1984"i ham, yaqin o'tmishimizdagi "Men Pasternakni o'qimaganman, lekin qoralayman" yoki "Bugun jazz o'ynaysan, ertaga vatanni sotasan"lar ham "holva" bo'lib qoladi.

Tepadagi savolni yana bir qaytaraman:

Istagan tashkilot "ma'naviyatni, axloqni, qadriyatlarni (va hokaz va hokazoni) himoya qilish" bahonasida Konstitutsiya va qonunlarga zid tartiblar o'rnata qila olsa, xususan, "fikr politsiyasi" joriy qila olsa, "demoktarik", "huquqiy" davlat deganlarimiz qayerda qoladi?


Senzuraga yo'q deng!
👍16🤬5
Darsliklarni "qo'lqopday almashtirish" qudrati haqidagi postga Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida o'n minglab maktablar va millionlab o'quvchilar o'qiyidigan ta'lim dasturlari, metodika va darsliklariga javobgar mutasaddidan izoh:

Ассалому алайкум, омонмисиз Комил ака?

Келинг, шу таҳлилларни 2022 йил учун ҳам қиламиз.
2022 йилда Кембриджнинг инглиз тили дарсликлари чоп этилган, ваҳоланки 2020 йилда Fly High чоп этилган эди, орадан 2 йил ўтиб янги дарслик чоп этилди.
Нега? Чунки Fly High дан Кембриджнинг дарслиги яхшироқ. Немис тили, француз тили дарсликларида ҳам худди шу ҳолат.

Бундан ташқари, 2021 йилда маҳаллий мутахассислар билан информатика дарслиги яратилган ва чоп этилган эди, 2023 йилда Кембриджнинг информатикаси маҳаллийлаштириб чоп этилди.

Нима учун бундай ҳаракатлар бўлган? Албатта, сифат учун.

Энди сиздан илтимос, ўша 2022 йилда чоп этилган 5-синф математика ва 6-синф табиий фан дарслиги ва янги 2024 йилда чоп этилган математика ва табиий фан дарсликларини илмий, методик жиҳатдан таҳлил қилинг. Ва адолат билан фикр билдиринг. Қайси бири мукаммалроқ?

Ишончим комил, ўзингизнинг фарзандингиз 6-синф бўлганда 2022 йилда ҳамда 2024 йилда чоп этилган математика ва табиий фан дарсликларидан бирини танлаш имконияти берилса, ҳеч қачон 2022 йилдагисини танламайсиз.

P.S. Жавоб тариқасида масалани ичига кирмасдан билдирадиган дастур ва муқобил дарсликлар ҳақидаги фикрларингиз керак эмас.


Xuddi shu mutasaddi vazirlik o'tkazgan matbuot anjumanida 1−11-sinflarni o‘z ichiga oladigan yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standarti (DTS) 2025-yil yakunigacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi haqida xabar bergan edi. Sog'lom mantiq va pedagogika tamoyillariga ko'ra, oldin dastur bo'yicha bir to'xtamga kelinadi, ta'limiy maqsadlar aniqlanadi, keyin darslik yarailadi, teskarisi emas. Ertaga (2025-yil yakunida) dasturlar tasdiqlansa, hozir maqtayotganimiz Singapur darsliklarini ham "makulatura"ga otvoramizmi?

Aynan shu aniq dastur hali yaratilmasdan va tasdiqlanmasdan turib darsliklarning yangilanaverishi (kecha "fin" darsliklari, bugun "Singapur" darsliklari, ertaga yana qaysidir boshqa davlatlarning darsliklariga ishqimiz tushar balki?) hamda butun normal dunyoda ishlaydigan erkin darsliklar tizimiga o'tish ("yagona darslik" degan narsadan voz kechish) istagining yo'qligi "maqsad sifatmi o'zi?" degan katta savolni paydo qiladi.
👍18👎1🤯1
Oruell va Gogol hayratda: Senzura - bu senzura emas, bu senzurani joriy qilishni esa odamlarning o'zi iltimos qilgan

Oruellni o'qiganlar biladiki, "yangi til"da hamma narsa teskari ma'no tashiydi: urush - bu tinchlik, qullik - bu ozodlik va hokazo. Katta og'a esa seni har doim kuzatadi. Gogolni o'qiganlar esa "revizor"ga shikoyat qilgan unter-ofitserning xotini "o'zini o'zi savalagani" haqida eslasalar kerak. Xullas, Konstitutsiya va qonunlarda taqiqlangan senzurani joriy qilayotgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi bayonotini o'qib, Oruell ham, Gogol ham "balli" devorsalar kerak. O'zingiz baho bering:

"Ma’naviyat ekspertizasi“ loyihasi media mahsulotlarga senzura qo‘ymaydi. Lekin: Yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetga rahna soluvchi mediamahsulotlarning tarqalishining oldini olish choralari ko‘riladi. (Ya'ni, senzura-bu senzura emas).

Ekspertlarning faoliyati media kontent ishlab chiquvchilar, ijodiy guruhlar va badiiy kengashlar uchun tavsiyaviy takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Lekin: Bunday mediamahsulotlarning namoyish etilishini to‘xtatish bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga takliflar kiritib boriladi. (O'sha gap: senzura-bu senzura emas).

Va diqqat, kulminatsiya: “Ushbu loyiha media kontentlarning yoshlar, ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga ta’siridan xavotirlangan ota-onalar, ziyolilar, shuningdek, keng jamoatchilik so‘rovi, talab va tashabbuslari asosida joriy qilinmoqda”. (Mana sizga "o'zini o'zi savalagan unter-ofitserning xotini").

Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tabiiyki, o'z bayonotida nima asosda "O'zbekiston - demokratik davlat", "Har kim so'z erkinligi huquqiga ega", "Har kimga ijod erkinligi kafolatlanadi" deyilgan Konstitutsiyani "chetga surib qo'yayotgani" haqida indamagan.

Va bu qadamni (de-fakto senzurani) olqishlab post yozayotgan ayrim faollarga kichik eslatma: erk yo hammaga, yo hech kimga. To'g'ri, "ma'naviyatga zid kontent" bahonasida ovozlar o'chirilishi boshlanganda bu ishni qiladiganlar aynan siz "ma'naviyat" deb tushungan narsa bilan ilhomlanishidan, sizning nazdingizda "nomaqbul" kontentga qarshi kurashishidan umidvordirsiz. Lekin "ma'naviyat, axloq, milliy mentalitet" - bular mavhum (aniq ta'rif berish, chegarasini belgilab olish) imkonsiz kategoriyalar va bu istagan tomonga cho'zish mumkin bo'lgan qurol ertaga o'zingizga qarshi qayratilishiga va o'shanda kech bo'lishiga ham tayyor turing. "Ular meni olib ketish uchun kelganlarida esa, meni himoya qiladigan hech kim qolmagan edi".

P.S. O'zi aslida kerakmas (real qiymat yoki ne'mat yaratmaydigan) tashkilotlar o'zining "kerakli"ligini isbotlab turish uchun mana shunday tashabbuslar bilan chiqishadi.

P.P.S. Bu postni axloqsizlikni, vahshiylikni yoki boshqa qonunlar bilan taqiqlangan kontentni yoqlash sifatida qabul qilmaslik kerak. Qonunlarda qanday mazmundagi kontentni tarqatish mumkin emasligi ko'rsatilgan. Kontentning bunday kategoriyalarga mos tushish-tushmasligini - sud hal qilishi, O'zbekistonda faoliyat yurituvchi OAV yoki blogger bunday kontentni tarqatsa, qonunchilikda belgilangan tartibda javob berishi kerak. O'zini huquqiy va demokratik deb e'lon qilgan davlatda qandaydir "ma'naviyat ekspertizasi" (de-fakto - "fikr politsiyasi")ga o'rin bo'lmasligi kerak.

Darvoqe, oʻsha odamlar senzura oʻrnatishni iltimos, talab qilib markazga yuborgan soʻrovlarni eʼlon qilishning imkoni bormi? ("Studiyaga!" derdi-ku bir mashhur teleboshlovchi)
👍11🔥2👎1😢1
Oʻqituvchining qalb faryodi:

A T T ESTATSIYA: YO HAYOT,YO MAMOT!

Attestatsiya. O‘qituvchi bilimini sinovchi jarayon emas. Asabini sinaydigan jarayon. “Ikki eshik orasi” asarida,asirga tushgan sovet askarlarini nemis fashistlari bir vaksina bilan sinab ko‘radigan jarayon bor edi. Asirga shu ukolni qilsa,qancha muddatda o‘ladi degan sinov edi bu. Attestatsiya -aynan shu bizda.
Men savollar qiyin demayapman. Kalitlar ichida chalkashlik bor deyapman. Noroziligim shundan! Darslikda mutloqo bo‘lmagan mavzulardan tuzilgan savollar,bir navoyishunos olimaning ,Dilnavoz Yusupovaning kitobidan keltirilgan g‘azal tabdillari qo‘yilgan. Olima opamiz bir g‘azal sharhi uchun kamida 1 soat vaqt sarflagandirlar. Aslida,Navoyi bayt-misralarini manaman degan olim ham lug‘atsiz tabdil qilolmaydi. O‘qituvchi bir minutda qanday tabdil qilsin?  Xo‘sh?!!! Darslikda berilmagan och qofiya,to‘q qofiya,ichki qofiya,tashqi qofiya...xo‘sh?!! Buning  hisobini kimdan so‘raylik? Menga 5 ta tushdi Navoyi dan! Hammasini bexato ishlabman! Ammo ba'zi savollar  o‘ta mantiqsizlik bilan tuzilgan.
Tatami so‘zining ma'nosi nima?

Sambo so‘zining ma'nosi nima?

“Bir kunlik yoz" hikoyasida qizaloq quyoshni nimaga o‘xshatadi.

“Baliqning og‘zi yo‘q,
Men baliq emasman.
muallifi kim?

Yetti xil qotishmadan qurilgan inshoot qaysi.

Yevgeniy Onegin she'riy romanidagi bolivar so‘zining ma'nosi nima?

Yevgeniy Onegin da u o‘ynagan polyakcha raqsning nomi nima?

“Muzqaymoq" hikoyasidagi rus ayolining ismi nima?

Hikoyani satrma satr tintib chiqing ham topolmaysiz: chunki ismi keltirilmagan hikoyada.

!!!!!!!!!!!!!!!!!!

2022-yilda o‘rta maktablar uchun tavsiya qilingan 10-sinf adabiyot darsligi 2024-yilning 25-oktabrida maktablarga keldi. Ammo,2022-yilning kuzidagi,2024-yilning bahoridagi,2024-yilning kuzidagi  attestatsiya savollarida aynan o‘sha darslikdan ko‘prooq qo‘yildi? Xo‘sh? Yana nimani misol keltiray???

Adabiyot o‘qituvchisi bolaning adabiy dunyoqarashini,badiiy didini va zavqini o‘stiradigan,tilning go‘zalligini o‘rgatadigan shaxs! U adabiyotshunos olim emas-ku? Kimni yasamoqchisizlar adabiyot o‘qituvchisidan???

Ma'lumotlar bazasi emasmiz-ku biz!! Odammiz. Robot ham emasmiz!!!

Pedagogik mahorat testlari shunday tuzilganki, tuzuvchilarning o‘ziga shu savollarni qo‘yib,yechib berishini talab qiling-chi,o‘shalarning o‘zi kaliti qani buni deb qoladi. Javob!!

Yoki Prezidentning 2024-yil,1-oktabr sanasidagi “attestatsiyadan 86 baldan yuqorisini olgan o‘qituvchiga 70% ustama qo‘shib berilsin” degan nutqidan cho‘chib ketdingizlarmi?

Qo‘rqmanglar,janoblar!

Buni hali yuz chig‘iriqdan o‘tkazib,“andavalab”, Prezidentimiz aslida bunday demoqchi edilar” deb yo‘lini qilardinglar-ku baribir. 1000$  maoshning ham tartibini o‘ylab topganlaring kabi! Kallalaringga qoyil-ee!! Shu usulga o‘tishning hech keragi yo‘q edi.

Maqsad shu bo‘lsa,kerakmas bizga o‘sha 70% ustama!! Asablarimizni ,nafsoniyatimizni bunaqa sinovdan o‘tkazmanglar!!

Ijtimoiy tarmoqlardan

(Muallif uslubi va imlosi saqlandi)
👍38
"Низомга мувофиқ, мутахассислар гуруҳи томонидан Ўзбекистон ҳудудида намойиш этилаётган маҳаллий ва хорижий хорижий медиа маҳсулотларнинг давлат сиёсати, миллий қадриятлар, маънавий-ахлоқий мезонларга зидлиги ўрганилади ва рухсат берилади.

Бунинг қип-қизил цензура экани, шундоғам қонунда сўз эркинлигини суиистеъмол қилиш, ҳуқуқбузарлик ва жиноят учун жавобгарлик мавжудлигини билиш учун катта ақл шарт эмас. Буни қарангки, Марказ энди баёнот билан чиқиб, биз сўз эркинлигига дахл қилмоқчи эмасмиз, нотўғри тушунманглар, деб чиқибди.

Хўш, Сизнинг материалингизни соҳада қонунлар етарли бўлишига қарамай кимдир "мен кўрсам, уни эълон қилишинг мумкин" деб турса, нима деб тушуниш мумкин? Маънавият маркази ўзининг ҳаракатлари қайси қонун, Конституция ва халқаро нормаларга мувофиқлигини изоҳлай оладими? Яна ўзини овсарликка солиб, яна воҳима қилманглар, деганига ўлайми?..”

https://www.bbc.com/uzbek/articles/cj9n79zr294o/cyr
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat tashkilotlari va kompaniyalari ro'yxati e'lon qilindi. Bu ro'yxatda Ta'limni rivojlantirish markazi yo'q

Gazeta.uz nashrining yozishicha, O‘zbekistonda 6-dekabrdan kuchga kiradigan "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati shakllantirildi. Ro‘yxatga 27 ta respublika darajasidagi davlat organi va tashkiloti, 71 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organi, 10 ta davlat maqsadli jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimiyatlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan 49 ta xo‘jalik jamiyati va unitar korxona kiritildi. Lekin, masalan, ro'yxatda Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi yo'q. Qiziq, nega?

Qonunda berilgan ta'rifga ko'ra, manfaatlar to'qnashuvi - shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat.

2023-yildan boshlab maktablarga joriy qilingan boshlang'ich sinf darsliklarini "Novda Edutainment" nashriyoti yaratgan va Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi kengash tasdiqlab bergan edi. Qizig'i, Markazni tashkil qilinganidan boshlab 2024-yil fevraligacha boshqargan Vohid Hamidov 1-iyun (lavozimga tayinlangan kuni) holatiga ko‘ra audiokitoblar va ertaklarni ikki tilda (o‘zbek va rus) ovozlashtirish, yosh bolalar uchun bosma materiallar va stol o‘yinlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi "Novda Edutainment" kompaniyasi rahbari etib ko‘rsatilgan edi. Gazeta.uz nashrining tayinlov kuni qayd etgan xabariga ko'ra, "hozirgi "Novda Edutainment" bilan bir manzilda joylashgan va tugatilgan "Avtotest Mirobod"ning sobiq rahbari sifatida ham Vohid Hamidov qayd etilgan. Hamidovning o'rinbosari, hozirda markaz rahbari vazifasini bajaruvchi Yuliya Risyukova "Avtotest Report"da yetakchi metodist va haydovchilarni imtihon qilish bilan shug'ullanuvchi "Toshkent imtihon markazi" rahbari bo'lgan. "Novda Edutainment" nashriyotiga esa 2024-yilda ham maktab darsliklarini yangilash topshirilgan. Markaz ham, uning hozirgi va sobiq rahbarlari ham, masalan, bu vaziyatda qay darajada manfaatlar to'qnashuning oldi olingani haqida xabar berishmagan.
👍6
Yuqoridagi postga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibidan quyidagi mazmunda javob olindi:

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ro‘yxatdagi davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi davlat tashkilotlari va muassasalariga hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq aksiya paketlari ularga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga ham tadbiq etiladi. Markaz ta'sischisi Prezident Administrasiyasi (ro'yxatda bor), qonun markazga ham tatbiq etiladi.

Javob uchun rahmat. Demak, tushunishim boʻyicha, yuqori turuvchi tashkilot roʻyxatda boʻlsa, qonun uning tarkibidagi yoki muassisligidagi tashkilotlarga ham tadbiq etiladi. Masalan, Administratsiya roʻyxatda boʻlgani uchun qonun uning quyi tashkiloti - Taʼlimni rivojlantirish markaziga ham tadbiq etiladi.

Faqat unda nega, masalan, AOKA ham Administratsiya huzuridagi tashkilot boʻlgani holda nega roʻyxatda qayd etilgani shaxsan men uchun unchalik tushunarli boʻlmayapti.

Va eng muhimi: Taʼlimni rivojlantirish markazining taʼlim, xususan, darsliklar sohasidagi keng vakolatlarini hamda markaz va "Novda" oʻrtasidagi aloqalarni hisobga olsak, 2023-yildan beri darsliklarni chop qilish va yaratish (bilishimcha, hech qanday tenderlarsiz) "Novda"ga topshirilayotganida hech qanday manfaatlar toʻqnashuvi yoʻq deb ishonch bilan ayta olamizmi?
👍12🔥3
Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma'naviyat ekspertizasi"dan o‘tkazilishini e’lon qildi. Komil Jalilovning fikricha, bu — senzura. “Ular “senzura o‘rnatmaymiz” deyapti, lekin senzura o‘rnatishini tan olyapti”, — deb yozadi u o‘z maqolasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/13/ekspertiza/

Telegram | Instagram | YouTube
👍9👏1
"Novda" darsliklari hali bizni koʻp hayratga solishda davom etadi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining fikricha, bu darsliklar zoʻravonlikni (abuse) targʻib qilmoqda.

Savol: Oʻzbekistondagi barcha maktab oʻquvchilari oʻqishga majbur bu darsliklar "maʼnaviyat ekspertizasi"dan oʻtganmi?
🤬13👍3🔥2😱2
Taʼlim sifatidan va turli tajribalardan norozi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, ota onalar vaziyatni oʻz qoʻllariga olishga qaror qilgan koʻrinadi. Foydalanuvchilarning yozishlaricha, yangi baholash tizimidan norozilar vazir Hilola Umarovaga murojaat topshirishgan va murojaat javobini eʼlon qilishga vaʼda berishmoqda. Oldindoq CHSB-BSB tizimidan norozilar Telegram tarmogʻida maxsus guruh ham tashkil qilishgan edi.

"Mezonlarga asoslangan" deyilayotgan yangi baholash tizimi (CHSB - BSBlar) testologiya nuqtai nazaridan mezonlarga asoslanganmi oʻzi? mavzusidagi "Maʼrifat" gazetasida eʼlon qilingan tahliliy maqolani bu yerda oʻqishingiz mumkin.
👍22😢1
"Koʻrinmas kuchlar aralashuvi"

Oxirgi paytlar bir qiziq tendensiyani kuzatyapman. Ayrim koʻzga koʻringan, oʻz sohasida mavqega ega olimlar 2021-2022-yillarda Milliy oʻquv dasturi loyihasini yaratishda qandaydir "kuchlar" ("qora"?) aralashib, ular tuzib bergan dasturni boshqa narsaga almashtirib qoʻyishgani haqida iddao qilishmoqda. Bu iddaolar turli davralarda, oʻqituvchilar bilan uchrashuvlarda ham yangramoqda.

Oʻsha paytlarda Milliy o'quv dasturi bilan bog'liq jarayonlarda bevosita ishtirok etganim uchun shu iddaolarga izoh berib ketmoqchiman.

Milliy oʻquv dasturi loyihasini yaratish uchun ishchi guruhlar tuzilgan. Bu guruhlar faoliyati hukumat qarori bilan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan Respublika ta'lim markazi tomonidan muvofiqlashtirilgan. Fanlar bo'yicha Milliy oʻquv dasturlari loyihalariga har qanday o'zgarishlar Respublika ta'lim markazining tegishli fanlar uchun mas'ul metodistlari hamda ishchi guruhlarning birgalikda muhokamalari natijalari asosida kiritilgan. Ayrim fanlardan dasturlarning dastlab Respublika ta'lim markaziga taqdim etilgan loyihalari RTM rahbariyati va metodistlarinig talablariga javob bermagani uchun keyingi bosqichlarda ish jarayonida o'zgargan - bu tabiiy jarayon. Ya'ni, bu jarayonga chetdan "qandaydir ko'rinmas kuchlar" ta'sir qilmagan yoki bu "kuchlar" hech kimga bildirmasdan hujjatlarni almashtirib qo'ymagan (buning imkoni ham yo'q edi).

O'z vaqtida fanlar bo'yicha Milliy oʻquv dasturlari loyihalarini Respublika ta'lim markazi ham (maxsus telegram kanalda), o'sha paytda mavjud bo'lgan Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ham (uzviylik.tdi.uz saytida) ochiq muhokamalarga qo'ygan edi. Va bu hujjatlar inspeksiyaning o'zida ham bir necha marta muhokamadan o'tgan edi.

Qizig'i, hozir "qandaydir kuchlar aralashuvi" haqida iddao qilayotgan olimlar bu muhokamalarda inspeksiya rahbariyati bilan birga davraning to'rida o'tirishgan, savollar berishgan, ya'ni dasturlarni o'qishgan, ularning mazmuni bilan tanish bo'lishgan. Agar ayrim fanlar bo'yicha dasturlarning o'sha muhokamaga olib chiqilgan va dastlabki variantlari o'rtasida farqlar mavjud bo'lsa, ulardan xabardor bo'lishgan. (Dasturlarda ism-familiyalari ham turibdi).

Keyinchalik muhokamalar natijasida Inspeksiya fanlar bo'yicha Milliy oʻquv dasturlari loyihalarini tasdiqlab, o'zining "Uzluksiz ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi"ga qo'shgan va maxsus konferensiya tashkil qilib, bu Konsepsiya taqdimotini o'tkazgan, prezident farmoni bilan esa 2024-yil 1-sentyabrga qadar ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishi belgilangan edi.
🔥12👍2
Fin saboqlari

Ta'lim bo'yicha mutaxassis, Melburn universiteti professori Pasi Sahlberg "Fin saboqlari 3.0" kitobida o'zining qiziq bir kuzatuvi haqida fikr yuritadi. Muallifning qayd etishicha, PISAda yuqori natijalar qayd etayotgan davlatlar (Singapur, Honkong, Yaponiya, Janubiy Koreya, shuningdek, muallifning vatani - Finlyandiya ham) pedagogika, metodika va o'quvchilarni baholash sohasida o'zlari "innovatsiya" o'ylab topmagan. Bu davlatlarda o'quv dasturlarini yaratish, o'quvchilarni o'qitish va baholashga bo'lgan yondashuvlar ildizi asosan G'arb olimlari XX asrda ilgari surgan pedagogik nazariyalar va yondashuvlarga borib taqaladi.

Xususan, muallif Finlyandiyaning ta'limdagi muvaffaqiyatlarida muhim rol o'ynagan pedagogik g'oyalar va yondashuvlar sifatida quyidagilarni sanaydi:

- konsruktivizm nazariyasi va Jon Dyuining (John Dewey) pedagogik qarashlari;

- hamkorlikda o'rganish (cooperative learning) yondashuvi;

- o'quvchilarning turli sohalarda qobiliyatini namoyon qilishi haqidagi qarashlar, xususan, Gardnerning "Turfa zakovatlar" ("Multiple intelligences") nazariyasi;

- baholashning standartlashtirilgan testlarga asoslanmagan, muqobil usullari (masalan, portfioli, amaliy topshiriqlar, o'z-o'zini baholash);

- o'qituvchilarning o'zaro yordami va bir-biridan o'rganishi (peer coaching) haqidagi g'oyalar, xususan, Brus Joys (Bruce Joyce) qarashlari.

Nazarimda, bu fikr ham oldinroq yozganimni tasdiqlaydi: "fin tizimi" yoki "Singapur tizimi" deb u yoki bu davlat darsliklatini ko'chirib (tarjima qilib) qaytadan chop qilish uchun trillionlarni sarflash samara bermaydi. Chunki qandaydir mo'jizaviy "fin metodikasi" yoki "Singapur metodikasi" yo'q: ularning darsliklari ham XX asrda G'arb (asosan AQSH va Yevropa) olimlari ishlab chiqqan va pedagogikada tan olingan nazariy tamoyillar va ular asosidagi amaliy yondashuvlarga asoslanadi. Masalan, fin yoki Singapur darsligini ko'chirganimiz bilan uning tagida qanday pedagogik nazariya yotganini tushunmasak, u darslikdan hech qanday samara chiqmaydi.

Bu esa - pedagoglarni tayyorlash va malaka oshirish tizimida o'qitiladigan fanlar mazmunini ham tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo qiladi. Bizdagi pedagogika va metodika darsliklari ham, darslari ham aksar hollarda o'rganish jarayoni qanday sodir bo'lishi, uning ilmiy asoslari, uning samarasini ta'minlovchi omilar haqida tasavvur bermaydi.
👍20
"Uyida chaksa uni yo'q, tom boshida qo'sh tandir"

Ko'pchilikka yaxshi tanish "Mahallada duv-duv gap" filmida bu gapni aytgan Oyposhsha, balki ta'lim tizimini boshqaradigan sanoqsiz idodalar qilayotgan ishlarni ko'rib, balki fikrini sal boshqacharoq ifodalagan bo'lardi: "Byudjetida ulkan teshik-u, qo'sha-qo'sha dabdabali konferensiyalar".

Mana o'zingiz baho berib ko'ring:

2024-yil 15-noyabr: "Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshladi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipov, YUNESKO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Yunisefning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Kastillo ishtirok etmoqda".

2024-yil 8-noyabr: "Joriy yilning 5-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) bilan hamkorlikda “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi".

2024-yil 16-oktyabr: "Markaziy Osiyo Universitetlar forumining xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirokidagi ochiq muloqot tadbiri boshlandi. Ayni vaqtda Yangi O‘zbekiston Universitetida Markaziy Osiyo Universitetlari Forumining muhim uchrashuvlaridan biri boshlandi. Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda".

Har ikki haftada bir dabdabali tadbir, konferensiya, unga kazo-kazolar chaqirilgan. Qizig'i, bu "konferensiyabozlik" yil oxiriga yaqin qolganda avj olmoqda. Yil oxirida esa parlament, odatdagidek, byudjetdagi o'zgarishlarni, oshirilgan sarf-xarajatlarni indamay tasdiqlab beradi. "Hey, har ikki haftada "xalqaro konfernsiya"ga balo bormi, juda zaril bo'lsa, shu konferensiyalarni hammasini bitta qilib o'tkazsa bo'lmaydimi?" deydigan odam yo'q.

Va eng achinarlisi - bu konferensiyalarda aqlli gaplar aytiladi, lekin bu gaplarning zarracha foydasi yo'q. Vazirlik baribir o'sha gaplarning teskarisini qiladi. Masalan, vazirlikning o'zi konferensiyaga taklif qilgan eksperti "yaxshi xorijiy til oʻqituvchisi degani - "til egasi" ("native speaker") degani emas", deb turibdi, keyingi yil byudjetida esa "xorijiy o'qituvchilarni jalb qilish" xarajatlari oshirilyapti. Yoki bugun konferensiyaga taklif etilgan Shlyayxerning "World Class: How to Build a 21st-Century School System" kitobini varaqlab ko'ring - vazirlik olib borayotgan siyosat bu kitobda berilgan tavsiyalarga (masalan, ta'limda tengsizlikning oldini olish, o'quvchilarni erta yoshdan "iqtidorli"-"iqtidorsiz"ga ajratmaslik va hokazo) g'irt teskari.

Vazirlikdagilarga savol: Baribir bilganlaringizni qiladigan bo'lsalaringiz, konferensiyalarda aytilgan aqlli gaplar-u tavsiyalarning teskarisi qilinadigan bo'lsa, o'zi shundoq ham byudjet "bir ahvol" bo'lib yotgan paytda bunday tadbirlardan nima naf? Shunchaki PR uchunmi? Yoki ... ?
👍43🔥4🤯3😢2🤬1
Bilarmidingiz?

Jurnalist Muhrim A'zamxo'jayev "avtomobil uchun davlat raqami olganingizda to'lovning katta qismi davlat byujeti yoki YHXBga emas, "GID License Plate" degan MCHJga o'tishini bilarmidingiz?" deb so'ramoqda.

Masalan, Spot.uz nashri skuterlar va mopedlar uchun ham nomer belgilarini kiritish rejalashtirilayotgani va har bir to'lovdan 3,5 BHM (1 milliondan oshiq summa) "GID License Plate"ga o'tishi haqida yozgandi.

Yana bir qiziq narsa. 2023-yilda "fin tajribasi asosida" deyilgan boshlang'ich sinf darsliklarini chiqargan va bu yil "Singapur tajribasi asosida" yuqori sunf darsliklarini yangilashda davom etayotgan "Novda Edutainment" hamda o'sha davlat raqamlari uchun to'lovlarning katta qismini oladi, deyilayotgan "GID License Plate" "qarindosh" ekanligini bilarmidingiz?

Orginfo.uz ga ko'ra, "Novda Edutainment"ning "onasi" - "GID Tashkent". "GID Tashkent"ning "onasi" - "GID FZE".

Xuddi o'sha Orginfo.uz ga ko'ra, "GID License Plate"ning "onasi" - - "GID FZE".

"GID License Plate" va "Novda"ni shunda tog'a-jiyan (yoki xola-jiyan?) desak bo'ladimi?
🤬104🔥22😢14👍12🤔4😱4👎1