Jalilov. Qaydlar
4.09K subscribers
1.46K photos
17 videos
22 files
2.28K links
Fikrlar. Kuzatishlar.

Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Download Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi telegram kanalida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining "yangilangan sharoitlari"dan e'lon qilingan fotosuratlarda asosan Rossiyaning pedagogikaga oid adabiyotlari va "Novda" darsliklarini ko'rish mumkin.

Afsuski, na unisi va na bunisi ta'lim sifatini ko'tarishga unchalik ham katta yordam bermaydi. Prezident yordamchisi 11 yillik ta'limni "hashamat" deb atagan, maktabning asosiy vazifasi bosqinchilik urushini oqlash va targʻibot qilish sifatida koʻrilayotgan sharoitda pedagogika boʻyicha xolis, ishonchli, oʻrnak olishimiz mumkin boʻlgan tadqiqotlar va yangiliklar boʻlishi dargumon deb oʻylayman. "Novda" darsliklarining sifati haqida esa yetarlicha gapirildi.

"Yangilangan" sharoitlarda mazmun ham ham yangilanmasa hammasi bekorligini hech kim tushunmasa ham Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va vazirlikdagilar tushunishi kerak edi, nazarimda.
🔥10👍2
"Как говорят местные, аттестация учителей давно превратилась в фарс".

"К сожалению, у нас нет даже актового зала, где дети могли бы собираться на праздники или элементарно учиться во время холодов. Зимой-то у нас действительно холодно — в ауле нет газа".

"Учебники составлены так, что даже взрослому трудно понять, что к чему, не говоря уже о школьниках".

"Как говорит преподавательница из Нукуса, учителя, которые действительно заинтересованы в обучении детей, быстро выгорают. Сказываются низкие зарплаты и отсутствие поддержки — талантливые кадры уходят в частные школы или переезжают за границу".

"За аттестацию тоже необходимо платить, поэтому учителями высокой категории становятся только те, кто умеет договариваться, а не те, кто умеет и любит учить".

"В целом ситуация с образованием в стране очень печальная".


Hook.report nashri - Qoraqalpog'istondagi maktablar holati haqida.

Rasmiylar hamma sharoitlar muhayyo Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini ommalashtirish, olimpiadalarga tayyorlaydigan maxsus markazlar ochish haqida gapirayorgan bir paytda - hook.report nashri Qoraqalpog'istondan reportaj tayyorlabdi.
😢4🔥3👍1
Kechagi kun kutilmagan yangilik bilan tugadi. Bor yoʻgʻi bir necha soat oldin katta tadbirda koʻrinish berib, balki kim nimani koʻrsatayotganini va gapirayotganini zimdan kuzatib turgan, "oʻtda yonmas, suvda choʻkmas" amaldor bilan kun oxiriga borib namoyishkorona xayrlashilishini, masalan, men kutmagan edim.

Uning ommaviy axborot vositalari rivojlanishi va soʻz erkinligi mustahkamlanishi borasidagi xizmatlariga soha mutaxassislari munosib baho berishar. Uning taʼlim sohasidagi xizmatlari esa "fin tajribasi" niqobi ostida affillangan xususiy nashriyot yaratgan va finlarga ham, boshqa bir normal davlatga ham hech qanday aloqasi yoʻq darsliklarni olib kirish boʻldi. Bu ishni amalga oshirish uchun "ilmiy-metodik" deb jimjimador nom berilgan, boshqa affillangan bizneslardan jalb qilingan shaxslar boshqaruvidagi markaz tuzildi. Maktab darsliklarini yaratish va chop qilish bir qoʻlga berildi. Taʼlimning mazmuniga, sifatiga katta zarba berildiki, oʻnglanish uchun qancha vaqt va kuch kerak boʻlishini tasavvur qilish qiyin. Bularning bari "islohot" niqobi ostida amalga oshirildi.

Balki endi xatolar haqida ochiq gapirib, ularni toʻgʻrilashni boshlarmiz? Yoki hali ham Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining va vazirligining tili bogʻlanganmi?

Darvoqe. Bayram muborak!
👍27🔥4🤯2🤬2😢2😱1
Saroy shoirlari bizda azaldan boʻlgan. Keyinroq saroy bloggerlari haqida eshitdik. Kechagi tadbirning videosini koʻrib esa "saroy pedagogi" degan yangi kategoriya paydo bilmadimikan, degan savol tugʻildi. Taʼlimning real muammolari haqida gapirish, ularga yechimlar taklif qilish oʻrniga biri olib, biri qoʻyib, kimoʻzarga madh oʻqish bilan shugʻullanadiganlarning bir joyga yigʻilganini oldin koʻrmagan (yoki eʼtibor bermagan) ekanman. Xullas, tadbir tashkilotchilari rosa "mehnat" qilishgani koʻrinib turibdi.

Ustoz haqiqatni tanitishi, haqiqatni gapirishni oʻrgatishi kerak. Aynan shu bilan uni "otadan ulugʻ" zot deb eʼzozlashadi. Lekin ustozi haqiqatni gapirish oʻrniga tilyogʻmalalikni qoʻyillatadigan yurtning kelajagi xavotir uygʻotmay qoʻymaydi.
👍29😢4
Sarroflar aqchani, tujjorlar mato’ni saralaganidek, muharrirlar ham umumiy hol va maishatg‘a taalluq nimarsalarni saralaydurki, boshqa so‘z ila «tanqid» atalur. Masalan, yangi maktab va muallimlari va anda o‘qulaturgon kitoblarni ma’nan taftish etib, andagi nuqsonlarni bayon etmoq tanqiddur. Taarruz va dushmanlik emas.

Biz eskilarni ayblaymizki, alarg‘a islohdan so‘zlasak, chiday olmaydurlar. Ammo o‘zimizning maqtab, risola, tahrir va maslakimizni bir kishi tanqid etdimi, chiday olmaymiz, diqqat ila munaqqid so‘zini tinglamaymiz, Munaqqid bizni to‘g‘rimizg‘a ming so‘z ila bayoni muddao etar ekan, biz oni ichindan o‘n so‘zini noma’qul topib, yuzig‘a urarmiz. Va yoinki vajhsiz oning so‘zini raddu o‘zig‘a e’tiroz etarmiz. Agarda ul desaki, man sizg‘a bir ming kalima nasihat yo tanqid so‘yladim, durust, o‘n kalimasi sizg‘a bejo ekanki, qaytib oldim, 990 kalimasig‘a na dersiz?

Mahmudxoʻja Behbudiy
👍13🔥6👏1
Shaxdam qadamlar bilan Shimoliy Oʻzbekiston sari olgʻa!

"Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga milliy qadriyat va an’analarga rioya etilishini tekshirish uchun “O‘zbekkonsert"ga batafsil ssenariy taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda. Maqsad — sahnadagi “nojoiz xatti-harakatlar"ning oldini olish", - deb yozmoqda Gazeta.uz.

Qiziq, "nojoiz xatti-harakatlar" deganda nima nazarda tutilmoqda? Vazirlikda nima "joiz" va nima "nojoiz"ligining aniq roʻyxati yoki mezonlari bormi?

Bundan tashqari, vazirlikdagi maxsus komissiya tadbir dasturi yoki ssenariysining "saviyasini", "milliy anʼanalar va umumbashariy qadriyatlarga mosligini" va - diqqat qiling! - "Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat mavzularning aks ettirilishi"ni tekshirib, undan keyin ruxsat berar ekan. Demak, bundan buyogʻiga (agar loyiha tasdiqlansa), faqat "Shimoliy Oʻzbekiston" ruhidagi, sahnada faqat bir xil kiyingan, "Arqadagʻ"ga muhabbatni tarannum etuvchi konsert dasturlarini koʻrish mumkin boʻladi.

Keyingi qadam nima? Shimoliy Koreyaga oʻxshab yoppasiga hammadan bir xil kiyim va soch turmagini talab qilishmi?

Aslida totalitarizm birdaniga "bostirib" kelmaydi. Oldin bitta qadam tashlanadi, madaniyat vazirligining "milliy anʼanalar va qadriyatlarni qoʻriqlash" bahonasi bilan tashlayotgan qadami singari, indalmasa, reaksiya bildirilmasa, keyin boshqa qadamlar. Bir "ajoyib" kunda esa kiyimingiz, fikrlashingiz, boringki, yuz koʻrinishingiz davlat tasdiqlab bergan "ramka"larga tushmagani uchun jazonaladigan ulkan "konslager"da uygʻonganingizni bilmay qolasiz.
👍24🤯5😱2👎1
Konstitutsiyani nima qilamiz?

Eng qizigʻi, "Shimoliy Oʻzbekiston" tomon navbatdagi "shaxdam qadam" boʻlgan qaror loyihasini tayyorlagan na Madaniyat vazirligi va na buni oʻz qarori sifatida eʼlon qilishi kutilayotgan Vazirlar Mahkamasi loyihaning oʻtgan yili "meniki seniki" qilib dabdaba bilan qabul qilingan Konstitutsiyaga mosligi haqida oʻylab ham oʻtirmagan koʻrinadi.

Masalan, ekspert komissiyasi konsertga ruxsat berish yoki rad qilish uchun uning ssenariysiga baho berishda eʼtibor qaratadigan mezonlarni olaylik. "Milliy qadriyatlarga moslik". Qaysi millatning qadriyatlariga? "O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi", deyiladi Konstitutsiyada (8-modda). "130dan ortiq va millat va elat yashaydi" deyiladigan Oʻzbekistonda bir millat uchun "qadriyat" hisoblangan narsa boshqa millat uchun "nojoiz" boʻlib qolishi mumkin. Xoʻsh, Madaniyat vazirligidagi sallali, e uzr, doʻppili ekspertlar qaysi mezonlar asosida nimanidir milliy qadriyatlarga mos yoki mos emasligini aniqlaydi?

Umuman olganda, konsert ssenariysiga kimlardir oʻz mezonlari asosida baho berib, shu asosda uni tasdiqlashi yoki rad qilishi esa Konstitutsiyaning 53-moddasiga zid: "Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi".

Vazirlikning konsert ssenariylarini oldindan koʻrish istagi esa Konstitutsiyaning 82-moddasiga zid: "Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi". Senzurani faqat OAVdagi axborot ustidan nazorat sifatida tushunmaslik kerak. Davlatning har qanday axborot (shu jumladan, sanʼat, omma oldida namoyish etiladigan musiqa va sahna asarlari va h.z.) ustidan nazorat oʻrnatishi senzuradir.

Sarlavhaga chiqarilgan savolga qaytamiz. Har bir vazirlik, idora, boring-ki, "kalla" asosiy qonunni oʻz "doʻppi"siga moslab qayta bichaveradigan boʻlsa, Konstitutsiyaning kuchi qayerda qoladi? U nima uchun qabul qilingan edi?
👍20🔥7
Soxta "buyuklik" iddaolari. Qiziq, ular kimga kerak?

Ba'zan o'tmishimiz buyukligini, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligimizni "dalillash" uchun qiziq va ilm-fanga aloqasi yo'q iddaolar yangrab turadi. Masalan, telekanallardan birida AQSH soliq tizimi Buxoro amirligidan olingan, degan iddaolar yangragani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda aylandi. Shunday qiziq iddaolardan biri Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining "Oyina" portalidagi maqolada ham keltirilgan. "Rim papasi, dengizchi Papay kabi nomlar yaralishiga turkiy til sababchi bo‘lganmi?" sarlavhali maqolada shunday deyiladi:

"Bizning tilimizdagi so‘zlar hozirda butun dunyo taniydigan Rim papasi, dengizchi Papay (aslida, boboy) kabi nomlar yaralishiga sababchi bo‘lgan".

Oksford etimologik lug'ati (Oxford Dictionary of Word Origins) esa boshqacharoq fikrda. Lug'atga ko'ra, "pope" ("papa") so'zi cherkov lotin tilidan (ecclesiastical Latin) kelib chiqqan so'z bo'lib, lotin tiliga esa cherkov grek (yunon) tilidan o'tgan va grek tilidagi "pappas" so'zidan yasalgan. Vikipediya ham shunday fikrda - "papa" so'zi qadimgi yunoncha "πάππας"dan kelib chiqqan, degan ma'lumotni beradi. Maks Fasmerning etimologik lug'ati esa Homerning "Odisseya"sidan bu so'zning ishlatilishiga misol keltiradi. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi ham "papa" so'zining kelib chiqishini yunoncha deb beradi.

Dengizchi Popayga kelsak, u aslida "boboy" emas, "Popeye" bo'lib, inglizcha "pop-eyed" so'zlaridan yasalgan, degan taxmin mavjud.

Shu o'rinda talabalik paytlarimda eshitganim bir fan doktorining ma'ruzasi esga tushib ketdi. U biz talabalarga jiddiy ohangda lotincha "meditsina" so'zi "madadi Sino" so'zlaridan kelib chiqqan, deb uqtirardi. Xuddi "Amerika" - "Amir aka"dan kelib chiqqan, degandek.

Qiziq, bunday soxta "ilmiy kashfiyotlar" va "buyuklik iddaolari" kimga (nimaga) kerak?
👍24
Ta'limda islohotlar haqida qisqacha

O'tgan yili yangi baholash tizimi tumanimizdagi 10ta maktabda tajribadan o'tkazildi. Biroq hamma "dod" deyishiga qaramay, bu yil Toshkent shahrining hamma maktablariga joriy qilindi. Bunday qog'ozbozlik o'qituvchiga ortiqcha yuk. Masalan, bir o'qituvchi 10ta sinfga darsga kirsa, qancha ish bo'lib ketadi, uni chiqartirish, tayyorlash ham mablag'ga borib taqaladi ...

"Ma'rifat" gazetasining "O'qituvchi nimani o'ylaydi?" ruknidan
🤯4
Oʻzbekiston taʼlim tizimining bir ajoyib xususiyati bor. Har safar "boʻldi, tubiga yetib keldik, bundan tubi (battari) boʻlmaydi" deb turganingda yangi tub kashf qilinadi. Salom bermagani uchun talabaga tushuntirish xati yozdirish bir tub boʻlsa, xat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan keyin dekanning xonasida bir soat talabaning "boshini qotirish" keyingi tubdir.

Lekin ishonaman: taʼlim tizimimiz bizni yangidan-yangi tublar bilan hayratga solishda davom etaveradi.
🤯20😱2👍1🔥1🤔1
Yuqoridagi postga izohlardan:

Oʻqituvchilarning paxtaga majburlash ham boshlandi hozircha kunlik Qashqadaryo Qarshi shahar maktablariga shunday topshiriq kelgan hamma Oʻqituvchilar haftada bir kun borishi majburiy bugun mani paxtaga boradigan kunimni aytishdi shunday deb

Xuddi shu mazmundagi xabar kanalning qayta aloqa botiga ham qoldirilgan. Muallif imlosi va uslubi oʻzgarishsiz qoldirildi. Shunga oʻxshash mazmundagi - taʼlim va tibbiyot tizimi xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilnayotgani haqidagi xabarlar Eltuz nashri tomonidan ham e'lon qilindi (Qiziriq, Bo'ka).

Menda bunga o'xshash xabarlarni tekshirish, qay darajada haqiqatga yaqin yoki yiroqligini aniqlash imkoni mavjud emas. Lekin tegishli idoralarda, masalan, Maktabgacha va maktab ta'limi va Sog'liqni saqlash vazirliklari yoki Mehnat inspeksiyasida tekshirish va agar shunday holatlarga yo'l qo'yilayotgan bo'lsa, chora ko'rish imkoni (va majburiyati) bor.

Salom bermagani uchun talabaga tushuntirish xati yozdirishni nari borsa hazilga olish, shunchaki kulib qo'yish mumkin. Lekin majburiy mehnat - hazil emas. Senatorlardan biri aytmoqchi "qora tush" davrining eng yomon illatlaridan biri qaytishiga aslo yo'l qo'yish mumkin emas.
🔥11
AQSHda 2016-yilda chop etilgan "O'zbek tili" darsligining nega kirill alifbosida yozilgani haqida darslik muallifi izohi.

"The scheduled transition from the Cyrillic to the Latin script has been postponed indefinitely..."

Oradan 8 yil o'tib kirill - lotin masalasida O'zbekistonda katta o'zgarish bo'ldi, deyish qiyin ...
👍11🤯2😱2🤔1
"Yangi Oʻzbekiston" aylanib qozigʻini topadi?

Kechagi - majburiy mehnat mavzusining davomi. "Kainbek" telegram kanalining yozishicha, oʻqituvchilar paxta terimi uchun odam topishga majburlamoqda.

Islohotlar aylanib-aylanib, boshlangan joyiga qaytdimi? "Yangi Oʻzbekiston"ning sakkizinchi yiliga kelib, "eski Oʻzbekiston"dan qayt(aril)magan nima qoldi?
🔥8👍2🤯2🤔1
"Oʻtkan kunlar"ni ingliz tiliga oʻgirgan tarjimon Mark Rizning yozishicha, juma, 11 oktyabr kuni soat 19:00da Asaxiyning Furqat koʻchasi, 15a manzilidagi doʻkonida kitob taqdimoti va imzolash marosimi boʻladi. Kitobni shu yerda xarid qilish imkoni ham boʻladi.

Darvoqe. Gazeta.uz da Mark Rizning intervyusi eʼlon qilingan edi. Oʻqishni tavsiya qilaman. Tarjimonning asar haqidagi fikrlari ayrim oʻrinlarda bizdagi adabiyotshunoslikda qabul qilingan fikrlardan farq qilishi bilan juda qiziq.
🔥18👍2
Shu oʻrinda bir voqea esga tushdi.

Ijod maktablarining 11-sinfi uchun "Adabiyot" darsligiga "Oʻtkan kunlar" haqida turli fikrlar kiritilgan va oʻquvchilardan bu fikrlarga munosabat bildirish soʻralgan edi. Darslik kengashda muhokama qilinayotganda muhokama ishtirokchilaridan biri Mark Rizning Oʻzbek oyim haqidagi fikrlariga eʼtiroz bildirdi: axir qanaqasiga Oʻzbek oyimni "qoloqlik timsoli" deyish mumkin... Biz tushuntirdik: bu yerda oʻquvchidan munosabat soʻralyapti, oʻquvchi bu fikrga qoʻshilmasligi ham mumkin, asosiysi - bu yerda Mark Rizning "noanʼanaviy" (bizning aksar adabiyotshunoslarimiz uchun) qarashi oʻquvchini fikrlashga majbur qiladi ...

Baʼzan fikrlash jarayoniga turtki berish uchun odatiy qoliplardan, stereotiplardan chiqib turish, voqea-hodisalarga boshqacharoq rakursdan nazar tashlash kerak. Biz esa koʻpincha oʻzimiznikiga mos kelmaydigan fikrni darhol "surib tashlash"ga shoshilamiz.
👍12