Kecha jurnalist Anora Sodiqova "endi millatimiz bolalariga tarixni qanday oʻqitishni ham soʻrashimiz kerakmi? degan savolni qoʻygan edi.
Aftidan, shimoldagi ogʻalarni faqat bizning tarix darsliklarimiz qiziqtirmaydiganga oʻxshaydi. "Reviziya" ostiga Ozarbayjon va boshqa davlatlar tarix darsliklari ham tushibdi. "Boshqa davlat darsliklaridan oʻziga nisbatan fobiya, muhabbat yoki loyallik qidirib, baho berish dunyoda yana kimning xayoliga kelishi mumkin? Kimga kerak bu? Endi bizdan darsliklarimizni oʻzgartirishni talab qilishadimi?" degan savol qoʻymoqda Ozarbayjon nashri.
Va "tarixning obyektiv yoritilishi" masalasi Kremlda Xavfsizlik kengashi darajasida ham muhokama qilingani haqida xabar berilmoqda. Maʼruzachilardan biri - tarix "obyektiv" yoritilgan darslik mualliflaridan biri Medinskiy.
Qiziq. "Tarixning obyektiv yoritilishi" deganda bir paytlar bizga oʻrgatilgan "Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga oʻz ixtiyori bilan qoʻshilib, taraqqiy etgani" haqidagi choʻpchaklar nazarda tutilmoqdami? Shunga qaytishimizni istashyaptimi?

Telegram
Anora_Sodiq_kundaligi
Миллатимиз болаларига тарихимизни ҳам руслардан сўраб ўргатишимиз керакми?
Қўшниларимиз мактаб дарсликларимизни ҳам кўздан қочиришмас экан.
Ўзбекистонлик мутахассис Россия мактаби дарсликларига эътироз билдирганини эслолмайман.
Россия ўзбекистонликларнинг…

🔥11👍6😱2
Ozod Nazarning jurnalist Sarvar Usmon mezbonligidagi bugungi - so'nggi sonida Boysun voqealari muhokama qilinayotgan bir paytda, parlament sayloviga tayyorgarlik ko'rayotgan va elektoratini unga, uning nomzodlariga ovoz berishga ishontirishi kerak bo'lgan, mamlakatning Oliy Majlisidan joy olib, xalq nomidan gapirishga vakolat oladigan partiyalar shu elektoratni qiynayotgan, sentyabr boshidan beri asosiy muhokama va xavotir mavzusi bo'lib kelayotgan Boysundagi M-25 konidagi fojialar haqida nimalar deydi?
Xalq demokratik partiyasi. Partiya saytida avgust oxiridan bugungi kunga qadar e'lon qilingan xabarlar orasidan odob-axloq qoidalaridan tortib "donni ayash" haqidagi xabarlar orasida Boysun haqida bir og'iz gap topa olmadim.
Saylovga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan sotsial-demokratlarning partiya saytini yangilashga vaqtlari yo'q shekilli, undagi oxirgi yangilik 2023-yil noyabr oyiga tegishli. Tabiiyki, Boysun haqida gap yo'q.
Yetakchisi odatda turli voqealarga rezonansli munosabatlar bildirib keladigan "Milliy Tiklanish"chilarni, saytiga qaraganda, xalq tabobati, dorilar reklamasi, kitoblar, oila, xullas, turfa mavzular qiziqtiradi. Faqat Boysun bu ro'yxatda yo'q.
O'zlarini "liberal demokrat" sanaydiganlar saytida ham Boysun bo'yicha bir og'iz munosabat topa oplmadim. Ekologlar saytida ham - vaholanki hech bo'lmaganda ular fojianing ekologik oqibatlari haqida nimadir deyishlari kerak emasmidi?
Vaholanki, normal davlatda - normal saylovlar oldidan mamlakat parlamentidan joy olish uchun kurashayotgan normal partiyalar bunday hodisani e'tiborsiz qoldimagan, albatta munosabat bildirgan, hukumatning fojia paytidagi xatti-harakatlariga o'z bahosini bergan bo'lardi. Oldingi gapda kalit so'z - uch marta qaytarilgan "normal" so'zi edi.
Endi savol. Xalq hisobidan kun ko'rayotgan bu partiyalarni Boysun haqiqatdan ham qiziqtirmaydimi yoki bu haqda gapirishga hozircha ruxsat bo'lmadimi?

👍23🔥8
Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
"Like" bosganga o‘n besh yil,
"Share" qilganga - yigirma.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi telegram kanali ogohlantirmoqda. Yuqoridagi to'rtlik (Erkin Vohidovdan perefraza) vazirlik ogohlantirishidan ilhomlanib to'qildi. Barcha o'xshashliklar tasodifiydir.
Shunchaki ma'lumot o'rnida. Oruellning Okeaniyasida eng katta jinoyat - fikr jinoyati bo'lgan. Bunday jinoyatda gumonlanganlarni Muhabbat vazirligida fikr politsiyasi so'rov qilgan.

🤯11🤬4
"Ma’lumotlarga ko‘ra, boysunliklardan voqea haqida internetda ma’lumot, foto va videolar tarqatmaslik so‘ralgan".
Senzurani muammolarni hal qilish va falokatlar oqibatlarini bartaraf qilishning yagona yoʻli deb biladigan hukumatga AESni ishonib boʻlmaydi.

Газета.uz
“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida – O‘zbekiston…
Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. 'Gazeta.uz' vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va…
🔥15👍2
Gazeta.uz dan yangi Oʻzbekistonda inson qadri haqida navbatdagi reportaj.
"Shunchalik ilojsiz, og‘ir ahvolda qolganimiz, hech kimga kerakmasdek tashlab qo‘yilganimizni farzandlarim bilishini xohlamadim. ...
[Vaziyat haqida, nima qilish kerakligi haqida] biror ma’lumot ham aytilmayapti. Hatto Telegramʼdagi guruhlarda xavotir olib bir narsa yozsang, biror narsa so‘rasang, spam qo‘yib, bloklab tashlashyapti yoki yozganingni o‘chirishyapti. ...
Aholiga oldin ham, hozir ham yordam berilgani yo‘q".
"Meni qiziqtirayotgan savol shuki, nega mas’ullar haqiqiy ahvol haqida hali ham xabar bermayapti? Nega Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki hokimlik aholining ichida zaharlanganlar bor-yo‘qligi bilan qiziqmayapti? Yoki davlatimizga faqat boylik qizig‘u, ammo aholining sog‘lig‘i va tinchligi qiziq emasmikan?"
"Rahbariyatning esa ko‘zi ko‘r, qolog‘i kar, “jinnini yoqib olgan”.
"Gaz koni sabab ikki qishloqdoshimizdan ayrildik. Bolalari yetim, ota-onasi bo‘zlab qoldi. Biri og‘aynim edi, yana biri qo‘shnimning o‘g‘li. Qo‘shnimning turmush o‘rtog‘i ham o‘tib qolgandi, endi o‘g‘lidan ham ayrildi".
"O‘sha kuni u: “Biz o‘lyapmiz, bizni olib ketadigan hech kimimiz yo‘q”, deb yig‘lab telefon qildi. Soat tungi 2:30 atrofi edi, men boshqa mahalladagi o‘rtoqlarimga telefon qilib, ular haqida aytdim. Mashinalari bilan kelib, o‘sha oilani olib ketishdi. Bugungi kunda ular ham mening oilam kabi sarson-sargardonlikda yuribdi".
"Aholiga hech qanaqa yordam ko‘rsatilmayapti, vaziyat yuzasidan hech qanaqa ma’lumot ochiqlanmayapti".
Inson qadri haqidagi oldingi reportaj - bu yerda.

😢6🔥4👏3👍1
"Bitta tog‘ lolasini qiziqib uzgan cho‘ponga 2 mln so‘mga yaqin jarima solgan Ekologiya vazirligimiz shuncha odam, tabiat qiynalib turganda nimagadir jim o‘tiribdi".
Nafaqat ekologiya vazirligi, butun boshli hukumat, ekologiya partiyasi, boshqa partiyalar - umuman, hamma jim - boysunliklar taʼbiri bilan aytganda, "koʻzi koʻr, qulogʻi kar, jinni yoqib olgan"ga oʻxshaydi. Har qalay na hukumatdan, na elektorat ovozi uchun kurash illyuziyasini yaratayotgan partiyalardan biron-bir joʻyali munosabat yoki xatti-harakatlar rejasini koʻrmadim. Hamma faqat axborot olib turish bilan band shekilli.
Nafaqat ekologiya vazirligi, butun boshli hukumat, ekologiya partiyasi, boshqa partiyalar - umuman, hamma jim - boysunliklar taʼbiri bilan aytganda, "koʻzi koʻr, qulogʻi kar, jinni yoqib olgan"ga oʻxshaydi. Har qalay na hukumatdan, na elektorat ovozi uchun kurash illyuziyasini yaratayotgan partiyalardan biron-bir joʻyali munosabat yoki xatti-harakatlar rejasini koʻrmadim. Hamma faqat axborot olib turish bilan band shekilli.
Газета.uz
“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida – O‘zbekiston…
Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. 'Gazeta.uz' vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va…
😢16👍4🔥2
"Metodist" jurnalining taklifi bilan shanba, 28-sentyabr kuni soat 17:00da jurnalning telegram kanalida "Matnni tushunish: nima va qanday?" mavzusida vebinar rejalashtirilgan. Vebinarda matnni tushunish o'zi nima, u qanday sodir bo'ladi, uning samarali bo'lishi uchun nimalarga e'tibor berish kerak, matnni tushunish haqidagi nazariy bilimlarimiz til va adabiyot darslariga qanday ta'sir qiladi singari masalalarni ko'rib chiqamiz. Vebinarga jurnalning telegram kanalida shanba kuni e'lon qilinadigan havola orqali ishtirok etish mumkin.
"1000 kitob" podkastining 5-soni:
Xabaringiz bor, "1000 kitob" loyihasi doirasida ta'lim nazariyalariga bag'ishlangan "Ways of Learning" kitobi tarjima qilinmoqda. "1000 kitob" podkastining navbatdagi soni doirasida jurnalist Muhrim A'zamxo'jayev va pedagog, tadqiqotchi Shokir Tursun bilan suhbatimiz tarjima qilinayotgan kitobda qamrab olingan nazariyalardan boshlab, kattaroq masalalarga - "Tilla baliqcha"ning 5-sinf uchun qay darajada tushunarligigi, til qanday o'rganilishi, o'quvchining kashf qilish jarayoni qanday kechishi, darsliklar, ta'lim tizimimizda tizimning holati va hatto alifbo singaro global masalalarga ulanib ketdi. Aslida ham, bular hammasi bir-biriga bog'liq narsalardir.

YouTube
#5 1000KITOB podkast: “Bu kitob ta’lim tizimizni yaxshilashga yordam beradi”
1000KITOB podkastining navbatdagi sonida biz ta'lim bo'yicha ekspertlar Komil Jalilov va Shokir Tursun bilan ta'lim, pedagogika, darsliklar va O'zbekistondagi ta'lim tizimi haqida suhbatlashdik.
00:00. Tizer.
01:10. Boshlandi.
02:35. Ta’lim bo‘yicha ekspert…
00:00. Tizer.
01:10. Boshlandi.
02:35. Ta’lim bo‘yicha ekspert…
👍5🔥2
"Peshonasi"ga permanent islohotlar "yozilgan" O'zbekiston ta'lim tizimida navbatdagi islohot: xayr, kollejim?
Xabar berishlaricha, islohotlardan "boshi chiqmaydigan" O'zbekiston ta'lim tizimini yana bir islohot kutmoqda. Bu safar islohot professional ta'lim tizimiga tegishli: amaldagi ("Ta'lim to'g'risida"gi qonunda belgilangan) uch darajali (boshlang'ich professional ta'lim - kasb hunar maktablari, o'rta professional ta'lim - kollejlar va o'rta maxsus professional ta'lim - texnikumlar) o'rniga faqat texnikumlarni qoldirish taklif qilinmoqda.
Uch bosqichli professional ta'lim tizimi 2019-yilda joriy qilingan edi. O'shanda yangi joriy qilnayotgan tizim "professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash" maqsadlari bilan izohlangan edi. Bu tizim ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashtirilishi aytilgan edi.
Bugun esa bu tizimdan voz kechilayotgani sababi sifatida "professional ta'lim tizimi muassasalari tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayotganligi" keltirilgan, biroq bu iddaoni tasdiqlovchi faktlar yoki muammoni (agar mavjud bo'lsa) hal etishning muqobil yechimlari tahlili, odatdagidek, keltilmagan. Bu esa bir necha yildan keyin taklif qilinayotgan tizim yana isloh qilinmasligiga kafolat yo'qligini anglatadi.
Uch bosqichli professional ta'lim tizimidan oldin esa "9+3" (9 yillik umumta'lim maktabi va 3 yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) tizimi amalda edi. 2017-yilda bu tizimdan voz kechilib, 11 yillik ta'limga qaytilgan edi.

🤬8😢1
Deja vu.
Bugun koʻp telegram kanallar tarqatgan xabarni - yoki shunga oʻxshashlarini - koʻp yillar oldin koʻp joylarda oʻqigandekman. Voqea qahramonlari va joylari oʻzgargan boʻlishi mumkin, lekin mohiyati oʻzgarmagan.
Shu oʻrinda buyuk Rudakiyning aytganlari esga tushadi:
Kimda-kim olmasa hayotdan taʼlim,
Unga oʻrgatolmas hech bir muallim.

🔥16
Xabar berishlaricha, Toshkentdagi maktabda rus tili darsida boʻlgan voqea Rossiya tashqi ishlar vazirligini qiziqtirib qolibdi: RF Tashqi ishlar vazirligi xodimi Mariya Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, voqea yuzasidan rasmiy Toshkentdan rasmiy izoh soʻrayotgan ekan. Bundan oldin shimolliklarni Oʻzbekiston maktablarida tarix qanday oʻqitilishi qiziqtirgan, undan ham oldin RF federal kanallarida oʻzbek millati "1917-yildan keyin yaratilgani" haqidagi iddaolar yangragan edi.
Balki shimoldagi ayrim hali ham oʻzini "katta aka" yoki "katta opa" sanayotganlarga Oʻzbekiston suveren davlat ekanligini, Oʻzbekiston maktablaridagi tartib-intizom masalasini oʻzimiz hal qila olishimizni aytarmiz?

🤯13🔥8👍3👎2🤬2👏1
Yoʻq joydan "siyosiy" muammo "yasash" boʻyicha master-klass:
"Мы запросили официальных разъяснений у узбекистанской стороны. В дружественных отношениях стратегического партнерства и союзничества двух государств нет и не может быть места какой-либо неприязни, тем более на языковой почве. Должны приниматься последовательные меры, в том числе напоминающие общественности о благотворном влиянии многовекового использования русского языка в разных сферах нашего общения, взаимного обогащения в культурно-образовательном, научном и социально-экономическом плане", - сообщила Захарова.
"Содержание ролика не может не вызывать крайней обеспокоенности и сочувствия к ребенка, - отметила Захарова. - К узбекистанской стороне обращена настоятельная просьба дать материалу в СМИ правовую оценку и в случае обоснованности - принять меры к виновнику жестокого обращения с ребенком. Держим этот вопрос в поле самого пристального внимания".
Qiziq. Oʻzbekiston maktablarida nima, qanday oʻqitilishi, tartib-intizom, taʼlim-tarbiya - bu suveren Oʻzbekistonning ichki ishi, deydigan odam bormi?

Интерфакс
Москва запросила разъяснений в связи с инцидентом на уроке русского языка в Ташкенте
Российский МИД запросил у узбекистанской стороны официальные разъяснения в связи с инцидентом с учеником в школе в Ташкенте, заявила представитель ведомства Мария Захарова.
😱4👍2👎2🔥2
Kecha Toshkentdagi maktabda sodir boʻlgan voqea boʻyicha "Milliy tiklanish" raisi oʻz fikrlarini bildiribdi:
"Tarbiyaçi va öqituvçilarning malaka darajasi va psixologik holati tezkor, jiddiy va şaffof tahlil qilinişi lozim.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi rangli statistika va jarangdor xorijiy tajribalardan olingan xulosalar bilan jamoatçilikni ovutiş yölidan voz keçib, allaqaçon kelajakka tuzatib bölmas zarar berayotgan tarbiyaçi va öqituvçilarni tanlaş, samarali işlaş uçun şaroit va faoliyatni töğri baholaş masalalarida “baqirib yotgan” muammolarni körişi va yeçim berişi kerak", deb yozgan Alisher Qodirov oʻzining telegram kanalida.
Yuqoridagi iqtibosda muallif imlosi saqlandi. Rasmiy shaxsning nega Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan rasmiy alifboni tan olmasdan, "oʻz alifbosi"da yozishi masalasini ochiq qoldiramiz. Boshqa narsa qiziq: partiya yetakchisi maktabdagi odatiy mojaro (normal demayapmiz, lekin odatiy - bunga oʻxshash mojarolar istalgan kuni istalgan maktabda sodir boʻlishi mumkin) haqida fikr bildirishni lozim topib, boshqa jiddiyroq (masalan, Boysun) masalalarda sukut saqlashi. Yoki maktabdagi bu mojaro shimolning nazariga tushgani uchun ham Alisher Qodirovning nazariga tushdimikan?

🔥25👍4👎2
Ijtimoiy tarmoqlar taʼlim tizimidagi "islohotlar" va bu islohotlarning oʻzi shundoq ham oʻrtachadan sezilarli darajada kamroq maosh oladigan oʻqituvchilarga taʼsiri haqida.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi "ura-ua" qilib joriy qilayotgan "mezonga asoslangan" baholash tizimi (CHSB - BSBlar)ning xarajatlari oʻqituvchi gardaniga tushmasligi kerakligi haqida oldin ham yozishgan edi. Koʻrib turibmizki, "islohotlar" oʻqituvchi hisobidan amalga oshirilayotganga oʻxshaydi.
Oʻqituvchi 1 stavka uchun 20 soat dars bersa, faniga qarab 20ta sinfga kirib chiqishi mumkin. Har bir sinfda kamida 35 oʻquvchi, kamida bir marta CHSB va bir marta BSB. Diqqat, savol: oʻqituvchi oyligining necha foizi nazorat ishlarini chiqartirishga ketadi?

😢18