Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar (masalan, 1, 2 ,3) rasmiy tasdigʻini topdi: maktabgacha taʼlim agentligi tugatildi. Bir oz oldin Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bevosita Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻysunuviga oʻtkazilgan edi.
Xullas, "maʼmuriy islohotlar" davom etmoqda. Oʻzi aslida oldin maktabgacha taʼlim tizimi uchun ham Xalq taʼlimi vazirligi javob berardi. Keyin alohida vazirlik qilindi, keyin agentlik sifatida yangi vazirlik tarkibiga kirdi. Bunday "islohotlar"dan qanday maqsad koʻzlangan, bilmadim, lekin vazir Hilola Umarova tizimdagi tashkilotlarni shaxmat donalariday u yoqdan bu yoqqa surish va nomini oʻzgartirishdan koʻra taʼlim mazmuni va sifati bilan shugʻullansa foydaliroq boʻlardi, degan fikr bor. Masalan, haligacha umumiy oʻrta taʼlimning yagona dasturi yoʻq va turli sinflar turli yillarda yaratilgan, bir-biriga mos tushmaydigan dasturlar bilan tahsil olmoqda. Kelayotgan oʻquv yilida 5-6 sinflar uchun Singapurning matematika va tabiiy fanlar darsliklari joriy qilinishi bu muammoni yanada kuchaytiradi.

👍9
Kanal kuzatuvchilaridan kelgan xabar:
Assalomu alaykum, bugun ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida 1- smenaga kirgan o'quvchilarning savollari tarqalib ketib, keyingi smenadagilar ularni ustozi bilan ishlab, javoblarini yodlab kirishdi. Agentlik tizimida shunaqa xatolar gapirilsa ham har yili bo'laveradimi? Qani bu yerda jajji bolajonlarimiz uchun adolat? Yana eng qiziq tomoni 2- smenada kirgan o'quvchilar o'sha yod olgan savollar va ularning javoblari o'zlariga qaytib tushganini aytmoqda. Smena qilar ekan shuni ehtiyotini qilib bir xil kuchdagi har xil savollar tuzmaydimi? Birinchi smenaga kirgan boladan ko'ra keyingi smenada kirgan bolaning kirish ehtimoli yuqori bo'ladiku bunaqada!
Xabar muallifi bilan bog'langanimda farzandi Qarshida imtihon topshirganini aytdi, lekin bunday holat (1-smena test topshiriqlarining 2-smenada aynan takrorlangani) nafaqat Qarshida, balki butun respublikada kuzatilganini iddao qildi.
Test topshiriqlarining test topshiruvchilarining ma'lum bir guruhiga oldindan ma'lum bo'lishi testning validligini yo'qqa chiqaradi. Agar shunday holat haqiqatda kuzatilgan bo'lsa, bu test natijalari asosida qaror qabul qilish aslo mumkin emas.
Qizig'i, o'tgan yili Prezident maktablariga kirish imtihonida shunga o'xshash holat kuzatilgan edi. Nahotki xatolardan tegishli xulosalar chiqarilmagan bo'lsa?

👍15🤯1
Tizimsizlik - bizning shiorimizdir?
Qandaydir bahsli talablar joriy etib, "doʻppi tor kelganda" ularni bekor qilish emas, talablarni joriy qilishdan oldin ularning ehtimoliy taʼsirlarini tahlil qilish lozim. Shunda har xil qarorlar qabul qilib, keyin ularni bekor qilib, keyin yana qabul qilib bekor qilish va kulgiga qolishga hojat qolmaydi.

Telegram
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan B2 sertifikati talabi bu yil ham bekor qilinishi mumkin
Bu haqda kecha Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o‘rinbosarlari ishtirokida bir qancha bloger va jurnalistlar bilan bo‘lib…

👍6😱2
Darvoqe.
Mana bu xabarga koʻra, 2024-yil 6-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova va vazir oʻrinbosarlari bir qancha jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishgan ekan. Qiziq, qaysi nashlardan jurnalistlar va qaysi blogerlar bo'lgan, qanday masalalarni ko'tarishgan? Bunday muloqot bo'lishi haqida oldindan xabar berilganmi, muloqot istalgan jurnalist / bloger uchun ochiq bo'lganmi? Yoki "noqulay" savollar bermaydiganlarni yig'ish ma'qulroq ko'rilganmi?
Masalan, mening ta'lim sohasi mutaxassisi sifatida ham, ta'lim masalalarini tahlil qiladigan kolumnist / bloger sifatida ham, farzandlari davlat maktabiga va davlat bog'chasiga boradigan ota sifatida ham vazirga savollarim bor edi ...

👍7
Negadir, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi oxirgi oʻzgarishlar eʼlon qilinganda maqsad oʻzi shu boʻlsa kerak, degan fikr oʻtgan edi xayolimdan.
"Maʼrifat" gazetasining ertaga chiqadigan soni muvoqasida men yaqinda koʻtargan masala - ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonida 1-smena test topshiriqlari 2-smenada ham takrorlangani ham koʻtarilibdi. Agentlik vakillari kanaldagi post tagida bunday holat boʻlmaganligi haqida izoh yozish bilan cheklanishdi, lekin rasmiy izoh ham berishmadi, test topshiriqlari qaytarilmaganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradigan tahlillar (yoki boshqa dalillar) ham taqdim qilishmadi.
🔥5👍2
Sohada ham "oʻyinchi", ham regulyator va ham litsenziya beruvchi vakolatlarini bitta qoʻlga berish oqibati: Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini maʼlum qildi va buni "O‘zbekistonda xususiy oliygohlar yetarlicha" ekani bilan izohladi.
Aslida, vazir u boshqarayotgan vazirlik qonunga "tupurib qoʻygani"ni tan oldi. "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi qonunda vakolatli organ "litsenziyaga ega tashkilotlar yetarlicha" degan asos bilan litsenziya berishni toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas. Vakolatli organ litsenziyaga talabgor yuridik shaxsning hujjatlarini qabul qilishga majbur va qonunning 29-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgandagina litsenziya berishni rad qilishi mumkin.

Kun.uz
Vazir xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini ma’lum qildi
Xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov buni sifatsiz kadrlar va ishsiz oliy ma’lumotlilar ko‘payib ketishi oldini olish uchun deb izohlagan.
👍3😱3🔥1
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida OTMlar boʻlishi va vazirlik nodavlat OTMlariga litsenziya berish vakolatiga ega boʻlishi sogʻlom mantiqqa ham, qonunga ham zidligi haqida oldin yozgan edim. Natijani koʻrib turibmiz: vazirlik qonunga xilof ravishda litsenziya berishni toʻxtatganini, yaʼni sohaga raqobatchilar kirib kelishiga sunʼiy toʻsiq qoʻyganini tan olmoqda.
Telegram
Jalilov. Qaydlar
Kun.uz bir qancha nodavlat OTMlarning litsenziyasi bekor qilingani yuzasidan material tayyorlabdi. Bundan oldin Qalampir.uz eʼlon qilgan materialda litsenziyasi bekor qilingan OTMlardan biri taʼsischisi undan pul talab qilinganini iddao qilgan edi.
Juda…
Juda…
🔥13👍3
Bu deputatlar oʻzlari oʻtgan yili ikki qoʻllab - ikki oyoqlab yoqlagan va "meniki, seniki, hammamizniki" deb eʼlon qilishgan hujjatni varaqlab koʻrishganmi?
"Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 25-modda.

Anora_Sodiq_kundaligi
Суд тизими мустақил бўлмаган юртда ўлим жазосини жорий қилиш бу ҳудди маймунни қўлига граната тутқазиб қўйишдек гап.
@anora_sodiq
@anora_sodiq
🤯12👏1
Bakiroo 9-sinfdan keyin oʻquvchilarni ilm yoki kasbga qarab yoʻnaltirish zarurati haqida yozmoqda.
Bakiroo postidagi koʻp fikrlarga qoʻshilgan holda, ayrim fikrlar bahstalab ekanligini ham aytib oʻtmoq lozim. Tashqi mehnat migratsiyasini sivilizatsiyalashgan, inson, shu jumladan, mehnat migranti huquqlari hurmat qilinadigan bozorlar tomon yoʻnaltirish, albatta, zarur. Yoshlarimiz xorijga kasb bilan birga til va boradigan davlati qonun-qoidalarini bilib borishlari, oʻz huquqlarini himoya qila olishlari ham muhim.
Kasb yoʻnalishini tanlagan yoshlar uchun majburiy maktabni bitirish davrini qisqartirish - bahsli masala. Maktab berishi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar yigʻindisi bor. Shundan kelib chiqib majburiy taʼlim davri belgilanadi. Koʻp davlatlarda bu - 12 yil va undan kamroq muddatda maktabni bitirganlar taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Masalan, ayrim davlatlarda ular oliy taʼlimga toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilinmaydi (qoʻshimcha tayyorlov kurslarida oʻqish kerak boʻladi). Shunday ekan, kasb oʻrganaman, degan oʻquvchiga apil-tapil maktab attestatini berish keyinroq ular uchun muayyan eshiklarni yopib qoʻyishi mumkinligini oʻylab koʻrish kerak. Umuman, maktabning vazifasi - yoshlarni OTMga kirishga yoki kasb oʻrganib mehnat bozoriga kirishga tayyorgarlash emas, balki kengroq - yoshlarni hayotga, jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishga, hayoti davomida oʻrganish va rivojlanishga tayyorlashdir. Shu nuqtayi nazardan maktabga nisbatan qarashlarimiz oʻzgarmasa koʻp narsani toʻgʻrilashimiz qiyin boʻladi.
Yana bir narsa. Bakiroo aytgan 9-sinfdan keyin oʻquvchilarni ilm-fan yoki kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimi bir necha yil oldin bor edi. Taʼlim sifati qanday edi - bu haqida obyektiv tadqiqotlarni men koʻrmaganman, lekin tizim va infratuzilma bor edi va bu infratuzilmadan samarali foydalanish mumkin edi. Lekin "ikkinchi maʼmuriyat"ning qilgan birinchi ishlaridan biri - "burgaga achchiq qilib koʻrpani kuydirish", yaʼni ayrim kollejlardagi jinoyatchilikni bahona qilib 12 yillik tizimni demontaj qilish va 11 yillik tizimni qaytarish boʻldi. Bu oʻquvchilarni "oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratmaslik" zarurati bilan izohlandi. Lekin, birinchidan, oʻquvchilar majburiy taʼlimning turli bosqichlarini turli maktablarda olishi (yaʼni muhitni almashtirishi) normal holat. Xususan, ikki yilcha oldin jar solingan Finlyandiya tizimida ham. Ikkinchidan, turli muhitlarga, jamoalarga moslasha olish ham muhim hayotiy koʻnikmadir va unga maktabdan oʻrgatish muhim. Lekin oʻsha paytda eng yuqori minbardan yangragan taklifni, tabiiyki, hech kim qabul qilishdan oldin baland-pastini tahlil qilib koʻrish kerakligini aytmadi. "Ura ura" bilan qabul qilindi.
Shu jihatdan, mening ham orzuim borki, davlat va jamoat ahamiyatiga molik muhim qarorlarni faqat bitta odam qabul qilmasa. Har qanday sohaga oid qarorlar mutaxassislarning asoslangan tahlillari asosida va kerak boʻlsa, jamoatchilik fikrini ham inobatga olgan holda qabul qilinsa. Bitta odam (kim boʻlishidan qatʼiy nazar) har qanday sohaning taqdirini hal qilishni zimmasiga olishi ... nazarimda, taraqqiyotning xatarli yoʻli. Tarixda bunga misollar yetarli.

bakiroo
Тил ва касб (дурадгордан пайвандчигача) керак
Кейинги 2 йилда меҳнат мигрантларимизнинг иш жўғрофияси анча кенгайди. Болтиқбўйидан тортиб Британиягача бўлган эркинлик ва инсон қадрият бўлган давлатларда қоракўзларимиз меҳнат қилишмоқда.
Айрим ҳолатларда…

👍22🔥5😱1
"Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi?"
"Eski davr"dan hech qayerga chiqib ketganimiz yoʻq edi. Davlat test markazining nomi oʻzgargani bilan, test topshiriqlari tuzishga yondashuvi oʻzgargani yoʻq edi. Va DTM tashkil topganidan beri oʻzgarmagan bu yondashuv - PISAdagi ayanchli natijalarimiz sabablaridan biri ekanligi haqida yozgan edim. "Bukrini goʻr tuzatadi" - DTMning yondashuvi hech qachon oʻzgarmaydi. Nomi oʻzgarsa ham.

Xushnudbek.uz
UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi? Yoki “bolasi yo’qlar” yana savol tuzyaptimi?
#abituriyent
Kecha testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo'lmagan ma'lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan…

🤬15👍1
Oliy taʼlimga kirish tasodifiy (?) uchrashuv uchun sovgʻa sifatida tortiq qilinadigan yurtda ilm-fanga qanday munosabatni kutish mumkin?
Oyina.uz
Prezident bilan uchrashgan qiz talaba boʻldi
😢25👍11🤬8👎5👏1🤯1
Haqli savol.
Bunday "shohona inʼom"larning yuridik (qonuniy) asosi bormi? Harqalay, oʻtgan yilgina qabul qilingan va hali "ohori toʻkilmagan" Konstitutsiya boʻyicha, Oʻzbekiston - absolyut monarxiya emas, hokimiyatlar boʻlinishi tamoyiliga asoslangan huquqiy respublika. Demak, hech qaysi mansabdor shaxs oʻzi istagan narsani qila olmaydi, uning har qanday xatti-harakatlari huquqiy asosga ega boʻlishi lozim.
"Davlatimiz rahbari meni oʻzim orzu qilgan oliygohda imtiyozli grant asosida oʻqishga tavsiya qilib, omad tiladilar". Abituriyentni oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilishning qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalari bor. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va (yoki) universitet rahbariyati mazkur talabani qanday rasmiylashtiradi, buyruqda nima deb yozadi? "Davlat rahbari bilan uchrashib qolgani uchun ... oʻqishga qabul qilinsin", deb yozadimi? Shunga oʻxshagan oldingi holatlarda qanday rasmiylashtirgan?
Yana bir narsa. Bunday aksiyalardan maqsad PR boʻlsa, koʻzlangan emas, teskari natija berishini "aʼyonlar" aytishmadimikan? Yosh avlodga "Oʻzbekistonda ogʻzaki buyruqlar qonunlardan ustun turadi" degan mujdani berishi mumkinligini tushuntirishmadimikan? Xoʻp, "aʼyonlar"ning jurʼati yetmas ekan, parlament nega jim?

NeoJadid
Farg'onada "tasodifan" prezident yo'lidan chiqib qolgan abiturientni Mirziyoyev universitetga o'qishga kiritib qo'yibdi.
Adashmasam, bu ikkinchi xolat. Avvalroq ham Mirziyoyev bir qariyaning nevarasiga "talabalikni tortiq" qilgan edi. Undan avval,…

👍19😢3🤯1🤬1
Oldingi postga izohlardan:
"Yechim shunchaki bu ishni qonuniylashtirishda boʻlib qolmasligi kerak. Ertaga bu ishlar qonun doirasida boʻlsa eʼtiroz boʻlmaydimi?"
Albatta, bunday "sovgʻalar" qonuniylashtirishi kerak, demoqchi emasdim. Aytmoqchi boʻlganim - oʻzimiz qabul qilgan qonunlar, qarorlar va tartiblarga oʻzimiz rioya qilishimiz kerak. Va "tepa"dagilar bu ishda namuna boʻlishi kerak. Va eng muhimi - oʻzaro tiyib turish va muvozanat mexanizmlari ishlashi kerak.

Bunday "shohona inʼom"larning yuridik (qonuniy) asosi bormi? Harqalay, oʻtgan yilgina qabul qilingan va hali "ohori toʻkilmagan" Konstitutsiya boʻyicha, Oʻzbekiston - absolyut monarxiya emas, hokimiyatlar boʻlinishi tamoyiliga asoslangan huquqiy…

👍15🔥1
Odatdagidek, har yili yozgi kirish imtihonlari mavsumida nomi oʻzgargan, lekin ish uslubi, mohiyati oʻzgarmagan DTM - Bilim va koʻnikmalarni baholash agentligi testlari muhokama mavzusiga aylanadi. Bu yil muhokamaga huquqshunoslik fani test topshiriqlari turtki berdi. DTM, odatdagidek, eʼtirozlarga "bizda muammo yoʻq, bizda hammasi zoʻr" qabilida javob berdi (1, 2). Yurist Xushnudbek Xudoyberdiyev DTMning bu munosabatga "yolgʻon va safsata" deb baho berdi. "Maʼrifat" gazetasi telegram kanalida esa Sirdaryolik oʻqituvchining DTM direktoriga murojaati eʼlon qilindi (bu postni ayni paytda gazeta telegram kanalida qayta topishning imkoni boʻlmadi).
Muhokamalarda asosiy urgʻu - test topshiriqlarining abituriyent uchun moʻljallanmagan (roʻyxatda yoʻq) manbalardan shakllantirilgani (masalan, kodekslardan) yoki turli darsliklarda turlicha berilgan maʼlumotlar asosida tuzilgani (masalan, 2-jahon urushi paytida Shoahmedovlar asrab olgan bolalar soni - bir darslikda 14ta, boshqa darslikda - 15ta deyilgan ekan va testda shu boʻyicha savol tushgan, deyilmoqda).
Lekin muhokamalarda masalaning asl mohiyatiga eʼtibor berilganini hozircha koʻrmadim. Xoʻp, deylik, darsliklarda Shoahmedovlar asrab olgan bolalar soni turlicha emas, bir xil berilganida nima oʻzgarardi? Abituriyentning bu maʼlumotni bilish - bilmasligi nimani hal qilardi? Yoki DTM eʼlon qilgan manbalarda kodekslar ham koʻrsatilganida masala hal boʻlarmidi? Yoʻq, albatta.
Bu haqida oldin ham qayta qayta yozganman, yana bir marta tushuntirmoqchiman. (Bilaman, foydasi yoʻq - 30 yildan beri test tuzishga yondashuvi bilan taʼlimning "goʻrga tiqilishi"ga ulkan hissa qoʻshgan DTMni endi hech narsa oʻzgartirmaydi: yoki bu tashkilot yopiladi, yoki oʻzining yondashuvi bilan taʼlimimizni battar qilishda davom etadi. Boshqa yoʻl yoʻq. Lekin hech boʻlmaganda keyingi safar DTM testlari muhokama markaziga tushganda balkim urgʻuni toʻgʻri qoʻyishni oʻrganarmiz).
Testologiyada "washback" tushunchasi bor. Bu - testlarning taʼlim tizimi ishtirokchilarining xatti-harakatlariga taʼsiri. Yaʼni, testlarda nima tekshirilsa, oʻquvchi bor eʼtiborini shunga qaratadi, oʻqituvchi ham shuni oʻqitadi. Test qanchalik "muhim" deb qaralsa ("high-stakes testing"), uning "washback" taʼsiri shunchalik kuchli boʻladi. Bizning tizimda DTM testlari aynan shunday kuchli taʼsirga ega "muhim" testlardir. Londonda yoqlagan magistrlik dissertatsiyam aynan DTM testlari taʼsiri haqida boʻlgani, bu mavzuda koʻplab adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarni oʻrganganim uchun bu mexanizm qanday ishlashini tushuntirib bera olaman.
Xullas, "muhim" testlarda nima soʻralsa, oʻquvchilar va oʻqituvchilar eʼtiborini shunga qaratadi. DTM testlari asosan Blum taksonomiyasidagi quyi darajali kognitiv koʻnikmalarni tekshiradi: xotira va qisman qoʻllash: biron bir faktni, maʼlumotni, tushunchani, taʼrifni, qoidani, formulani yod olish va nari borsa, uning asosida abstrakt masalani yechish. Bunday testlar oʻquvchini yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni rivojlantirishga ragʻbatlantirmaydi. Vaholanki, maktabda bu koʻnikmalar rivojlantirilmasa, keyin kech. Ertaga oliy taʼlimga yoki mustaqil hayotga qadam qoʻygan oʻquvchida tahlil qilish, tanqidiy fikrlash, real muammolarga yechim taklif qilish, yangi narsa yaratish koʻnikmalari boʻlmaydi.
Nima uchun DTM asosan xotirani tekshiradi? Menda bunga ikkita javob bor. Birinchidan, testologiya boʻyicha men oʻqigan ilmiy adabiyotlarda yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni yopiq test topshiriqlari (bir nechta javob variantlari berilgan test topshiriqlari) yordamida tekshirish juda qiyin, deyilgan. Agar test topshiriqlarini tuzuvchi mutaxassis testologiyani juda yaxshi bilmasa, u yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni tekshiradigan yopiq test topshiriqlari tuza olmaydi - test topshiriqlari xotiraga qaratiladi.
Ikkinchidan, DTM (va uning ekspertlari) apellyatsiyani ham oʻylaydi. Abituriyent apellyatsiyaga bersa, unga darslikdan "mana, sening javobing notoʻgʻri" deb koʻrsata olishi kerak. Bunday yondashuv bilan yuqori darajadagi kognitiv koʻnikmalarni tekshirish imkonsiz.
(davomi quyida)

"Eski davr"dan hech qayerga chiqib ketganimiz yoʻq edi. Davlat test markazining nomi oʻzgargani bilan, test topshiriqlari tuzishga yondashuvi oʻzgargani yoʻq edi. Va DTM tashkil topganidan beri oʻzgarmagan bu yondashuv…

👍15😢2
... davomi
Shunday ekan, xalqaro tadqiqotlarda (masalan, PISAda) oxirgi oʻrinlarni egallashni va umuman, taʼlimni battar abgor qilishni istamasak, ertaga bizga fikrlaydigan avlod kerak deb hisoblasak, "bukri"dan voz kechish kerak. Uni goʻr tuzatishini kutish - oʻzimizning kelajagimizga oʻz qoʻlimiz bilan bolta urishdir.

Газета.uz
Что о состоянии образования Узбекистана говорит исследование PISA? Разбор Комила Джалилова (часть 1)
Результаты исследования PISA (проверка математической, читательской и естественно-научной грамотности школьников) стали для Узбекистана и ожидаемыми, и неожиданными. Колумнист «Газеты.uz» Комил Джалилов анализирует, что эти результаты означают, в чём причина…
👍12🤯1